8-sinf adabiyoti (258-betdan oxirigacha) “Singlimga xat” she’rida “Qizlardek sarvinoz



Download 37,25 Kb.
Sana13.03.2020
Hajmi37,25 Kb.
#42343
Bog'liq
8 adabiyot oxiri


8-sinf adabiyoti (258-betdan oxirigacha)
1. “Singlimga xat” she’rida Qizlardek sarvinoz, suluv, xushqomat deb Sergey Yesenin nimani tariflaydi?

A) oluchazorni B) Sashani

C) qayinlarni D) atirgullarni

2. R.Thokurning “Shubxa” hikoyasidagi Shubxashinining yashaydigan qishlog‘ining nomi berilgan qatorni aniqlang?

A) Chondipur B) Kalikutta C) Bombey D) Panguli



3. Ko‘nglimda armon yotar

Terskaydagi qor misol.

Ushbu misrada terskay so‘zi qanday ma’no anglatadi?

A) tuya ma’nosini B) soya joy ma’nosini

C) kenglik ma’nosini D) arqon ma’nosini

4. Qisqa – qisqa misralardan iborat vaznlarda she’r yozish qaysi ijodkor she’riyatining asosiy xususiyatlaridan biri edi?

A) Muhammad Yusuf B) U.Azim

C) Ma’ruf Jalil D) S.Yesenin

5. Fuzuliyning: «Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r, Ziloli zavq shavqin tashnayi diydor o‘landan so‘r» ... misralarida qanday she’riy san’atdan foydalanilgan?

A) Tajnis B) Tazod C) Tanosib D) Irsoli masal

6. T.Sulaymonning dostonlarini belgilang.

1."Jahonnoma"; 2."Jahongashta,"3."Sarvinoz " 4. "Qora soch"

A. 1,3 B. 2,4 C.1,4 D.2,3



7. Tasavvuf adabiyotida inson uchun tiriklikning ma’no –mazmuni, maqsad-muddaosi sifatida … talqin etiladi.

Nuqtalar o‘rniga muvofiq javobni joylashtiring.

A) may B) qalb C) ishq D) mayxona

8. Qaysi ijodkor ijodini organish jarayonida sahrobeminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarning, tog‘-u toshlarqilmishi qingir zotlarning ramziy ifodasi ekanligini ilgaymiz?

A) A.Muxtor B) T.Sulaymon C) M.Yusuf D)A.Oripov



9. Shoir shunday ko‘pki, ularga yer tor, Hammasi mashhur va hammasi nomdor. Ushbu satrlar M.Yusufning qaysi she’ridan olingan?

A) “Vatanim” B) “Mehr qolur”

C) “Yurtim, ado bo‘lmas armonlarin bor”

D) “Manida”



10. R. Thokurning “Shubha” hikoyasidagi Shubxashinini kim Shu deb chqirar edi?

A) Shukeshini B) Gonyash C) Protap D) Bonikontxa



11.To‘ra Sulaymonning qaysi she’rida xalq dostoni qahramoni Go‘ro‘g‘li sulton nomi tilga olingan?

A) “Armon” B) “Iltijo”

C) “Tavallo” D) “Gul bir yon chaman bir yon”

12. Tassavvufiy adabiyotimizda jannatga tushish ilinjida bu dunyoning bor lazzatidan voz kechgan odam qanday ataladi?

A) Zohid B) Solik C) Darvesh D) Orif (oshiq)



13. Shukur Xolmirzayev qaysi asari orqali sho‘ro davrida faqat qoralanib kelgan “bosmachilik harakati”ga ham yangicha yondoshishga urinadi?

A) “Qora kamar” B) “O‘n sakkizga kirmagan kim bor”

C) “Dinozavr” C) “Ziyofat”

14. Bir lahza qo‘lidan qo‘yganmi o‘zbek,

O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni.

Fuzuliyga bo‘lgan hurmat ifodasi aks ettirilgan ushbu bayt muallifini aniqlang?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov

C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

15.Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub “Ot egasi” hikoyasidagi Inodning uchta boyligi berilgan qatorni aniqlang?

A) soy bo‘yidagi serdaraxt qishlog‘i; bosmachilar bilan urushda halok bo‘lgan otasining qabri; qishloq o‘rtasidagi tepada o‘rnashgan ikki xonali maktabi.

B) soy bo‘yidagi serdaraxt qishlog‘i; qishloq o‘rtasidagi tepada o‘rnashgan ikki xonali maktabi; qorabayr oti.

C) qishloq o‘rtasidagi tepada o‘rnashgan ikki xonali maktabi; qorabayr oti, bosmachilar bilan urushda halok bo‘lgan otasining qabri;

D) soy bo‘yidagi serdaraxt qishlog‘i; qishloq o‘rtasidagi tepada o‘rnashgan ikki xonali maktabi; qorabayr oti, sigiri va o‘n bosh qo‘yi

16. R.Thakurning pok insoniy muhabbat ulug‘langan asarlari berilgan qatorni aniqlang?

A) “Tonggi qo‘shiqlar”, “Suratlar va qo‘shiqlar”

B) “Oqshom qo‘shiqlari”, “Bibha sohili”

C) “Tonggi qo‘shiqlar”,“Chitra”, “Lahza”,“Malini”

D) “Donishmand Roja”, “Bibha sohili”

17. Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub “Ot egasi” hikoyasida o‘zining vazifasidan foydalanib Inodning otiga egalik qilmoqchi bo‘lgan obraz berilgan qatorni aniqlang?

A) Bo‘riboy B) Inod C) Egamberdi D) Rahmon



18. Eshmat podachi obrazi qaysi asarda uchraydi?

A) “Ot egasi” (Shukur Xolmirzayev)

B) “Qiyomat qarz” (O‘lmas Umarbekov)

C) “Omon ovchining o‘limi” (Shukur Xolmirzayev)

D) “Me’mor” (Mirmuhsin)

19. Fuzuliyning turkiy devonida qancha g‘azal, ruboiy, qasida va qit’a mavjud edi?

A) 300 ga yaqin g‘azal, 75 ruboiy, 42 qit’a va 27 qasida

B) 300 dan ortiq g‘azal, 75 ruboiy, 42 qit’a va 27 qasida

C) 300 ta g‘azal, 75 ruboiy, 42 qit’a va 27 qasida

D) 300 ga yaqin g‘azal, 75 ruboiy, 27 qit’a va 42 qasida

20. Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasida nomi keltirilgan cho‘lni aniqlang?

A) Zarchaman B) Bandixon C) Dizzah D) Olatog‘



21. Fuzuliy qalamiga mansub qaysi asar “Soqiynoma” deb ham yuritiladi?

A) “Matla ul - e’tiqod” B) “Hadiqat us-suado”

C) “Yetti jom” D) “Suhbat ul-asmor”

22.Qaysi asar qahramonining ismining ma’nosi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib “cho‘rtkesar”, “qat’iyatli”, “qaysar” degan ma’nolarni bildiradi?

A) “Ot egasi” (Shukur Xolmirzayev)

B) “Qiyomat qarz” (O‘lmas Umarbekov)

C) “Omon ovchining o‘limi” (Shukur Xolmirzayev)

D) “Yulduzlar mangu yonadi” (Tog‘ay Murod)

23. “Iltijo”, “Ishq kemasi” she’riy to‘plamlari muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) To‘ra Sulaymon B) Oybek

C) Erkin Vohidov D) Muhammad Yusuf

24. Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasida ishlatilgan “kamar” so‘zining ma’nosi nima?

A) kichik jarlikning labi B) berk joy

C) kurashda chalib yiqitish D) sopol ko‘za
25. Fuzuliy qaysi tillarda devon tuzgan?

A) arab, turk va fors B) arab, turk va hind

C) arab,ozarbayjon, turk D) arab,ozarbayjon, turk

26. Abdulla Qodiriy o‘zining “Mehrobdan Chayon” romanida ham Fuzuliyni eslaydi. Asardagi qaysi obraz Fuzuliyning:

Dahr bir bozordur – har kas mato‘in arz edar, – degan misrasini keltiradi?

A) Ra’no B) Tohir C) Solih maxdum D) Anvar



27. R.Thakurning “Gang daryosining qizi” dramasi qaysi asarlari asosida yaratilgan?

A) “Pochta”, “Halokat”

B) “Qurbonlik”, “Chitrangoda”

C) “Hisob-kitob”, “Jazo”

D) “Nur va soyalar”, “Ko‘zga tushgan cho‘p”

28. Muhammad Yusuf dostoni qaysi javobda berilgan?

A) “Uyqudagi qiz” B) “Qora quyosh ”

C) “Ishq kemasi” D) “Osmonimga olib ketaman”

29. “Opamga xat” asarining muallifi berilgan qatorni aniqlang?

A) Muhammad Yusuf B) U.Azim

C) Ma’ruf Jalil D) S.Yesenin

30. Muhammad Yusufning daslabki she’rlaridan namunalar qaysi gazetada e’lon qilingan?

A) “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”

B) “O‘zbek tili va adabiyoti”

C) “O‘zbekiston madaniyati”

D) “O‘zbekiston ovozi”

……………………………………………………



31. Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasida ishlatilgan “zovboshi” so‘zining ma’nosi nima?

A) kichik jarlikning labi B) berk joy

C) kurashda chalib yiqitish D) sopol ko‘za

32. To‘ra Sulaymonning qaysi she’rida kibr zabtiga olib xalqidan uzoqlashgan, bosar tusarini bilmay “uchib yurgan” kimsalar haqida fikr bildirilib “Muallaq qolsa kimdir, yer turib osmon turib…” misrasi keltiriladi?

A) “Armon” B) “Iltijo”

C) “Tavallo” D) “Gul bir yon chaman bir yon”

33. Olovda tug‘ilib olovdan omon chiqadigan afsonaviy qush nomi berilgan qatorni aniqlang?

A) Humo B) Qaqnus C) Samandar D) Namrud



34. Fuzuliy o‘zining qaysi asarida Alisher Navoiyni ustoz sifatida tilga olib uni: “Manzuri shahanshohi Xuroson”, – deb ta’riflaydi?

A) “Matla ul - e’tiqod” B) “Hadiqat us-suado”

C) “Yetti jom” D) “Layli va Majnun”

35. Kimning ijodini o‘rganmasdan turib, Boborahim Mashrab ijodini hozirgi yuksak badiiy darajada tasavvur etib bo‘lmas edi?

A) A.Navoiy B) Fuziliy C) Feruz D) Maxtumquli



36.Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub asar berilgan qatorni aniqlang?

A) “Guliston” B) “Bo‘ston” C) “Chor devon” D)“Bahoriston”



37. Fuzuliy Iroqning qaysi shaharlarida hayot kechirgan?

A) Bag‘dod, Hilla, Najaf

B) Bag‘dod, Hilla, Najaf, Umra

C) Bag‘dod, Hilla, Arash

D) Bag‘dod, Hilla, Najaf, Arash

38. Qaysi ijodkor vabo kasalligi bilan vafot etgan?

A) R.Tagor B) Fuziliy C)Feruz D) Maxtumquli



39. Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasida ishlatilgan “kurtuk” so‘zining ma’nosi nima?

A) kichik jarlikning labi B) berk joy

C) qoyasimon qotgan qor, muzlik

D) seldan hosil bo‘lgan chuqur ariq



40. Fuzuliyning falsafiy risolasi berilgan qatorni aniqlang?

A) “Matla ul - e’tiqod” B) “Hadiqat us-suado”

C) “Yetti jom” D) “Layli va Majnun”

41. Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasidagi obrazlar berilgan qatorni aniqlang?

A) Omon, Egamberdi, Eshmat, Inod, Hamdam

B) Omon, Hamdam, Rahmon, Ulton

C) Omon, Hamdam, Rahmon, Ulton, Egamberdi

D) Omon, Hamdam, Rahim, Ulton
42. “Baxtiyorlar bog‘i” ma’nosini anglatadigan asar berilgan qatorni aniqlang?

A) “Saodat ul-iqbol” B) “Hadiqat us-suado”

C) “Yetti jom” D) “Suhbat ul-asmor”

43. Fuzuliyning dunyoda yagona nusxa hisoblanuvchi “Kulliyot”ining qo‘lyozmasi bugungi kunda qayerda saqlanadi?

A) AQSh B) Sankt-Peterburg C) Londin D) Britaniya



44. Qaysi asar qahramoni harbiydan qaytgan yili otasi qazo qiladi. Ikki yildan keyin onasi uni uylantiradi. Onani ham tuproqqa qo‘ygan yili o‘g‘il ko‘radi?
A) “Ot egasi” (Shukur Xolmirzayev)

B) “Qiyomat qarz” (O‘lmas Umarbekov)

C) “Omon ovchining o‘limi” (Shukur Xolmirzayev)

D) “Yulduzlar mangu yonadi” (Tog‘ay Murod)



45. Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasida ishlatilgan “g‘ajir” so‘zining ma’nosi nima?

A) o‘laksaxo‘r B) buzoqcha C) sigir D) yirik yirtqich qush



46. Fuzliyni oldim qo‘limga,

Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi.

Fuzuliyga bo‘lgan hurmat ifodasi aks ettirilgan ushbu bayt muallifini aniqlang?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov

C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

47. Oshiqlar uxlaydi saharga tomon

Fuzuliy devonin boshiga qo‘yib.

…Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo

Fuzuliy she’riga oshiqligim rost.

Fuzuliyga bo‘lgan hurmat ifodasi aks ettirilgan ushbu she’r muallifini aniqlang?

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov

C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon

48. Shukur Xolmirzayev qaysi asari orqali xotin -qizlarimizning sho‘ro davridagi fojiali hayotini ro‘yirost yoritgan?

A) “Qora kamar” B) “O‘n sakkizga kirmagan kim bor”

C) “Dinozavr” C) “Ziyofat”

49. Fuzuliy qalamiga mansub “O‘landan so‘r” radifli g‘azalining vazni to‘g‘֥ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?

A) ramali musammani mahzuf

B) hazaji musammani mahzuf

C) hazaji musammani solim

D) ramali musaddasi mahzuf

50. T.Sulaymonning maqolalari to‘plami qaysi?

A."Intizor" B) "Hamqishloqlarim"

C) “Gulshan" D) “To‘yboshi"

51. Fuzuliy qalamiga mansub “O‘landan so‘r” radifli g‘azalida boshdan oyoq qaysi she’riy san’at ustunlik qiladi?

A) talmeh B) tazod C) tanosub D) tashbeh



52. Qaysi ijodkor o‘z g‘azali orqali ishqqa mubtalo bo‘lgan kishi bilan ishqdan bexabar odamlar o‘rtasidagi farqni ochib bergan?

A) Navoiy B) Mashrab C) Fuzuliy D) Furqat

53. T.Suloymonning onalar to‘g‘risida kuylangan, ularning mo‘tabar va buyukligini alohida ta’kidlangan she’ri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) “Armon” B) “Tavollo” C) “Vatan” D) “Gul bir yon chaman bir yon”



54. Fuzuliy qalamiga mansub “Kerakmazmi sanga” radifli g‘azali tahliliga oid bo‘lmagan ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?

A) g‘azalda boshdan oxir tazod san’ati ustunlik qiladi. Deyarli har bir baytda goh zimdan, goh oshkor tarzda ikki o‘zaro zid tushuncha bir-biriga qarshilantiriladi. Baytlarda aynan kimdan so‘rash targ‘ib etilayotgan bo‘lsa, mantiqan buning zamirida aynan kimlardan so‘ramaslik ham anglashilib boradi.

B) ishqiy mavzuda bitilgan ushbu g‘azal – yetti baytdan iborat. Vazni – ramali musammani mahzuf (yoki maqsur).

Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~).

C) qofiyalari(“joning”, “uryoning”, “xandoning”, “parishoning”, “paykoning”, “raxshoning”, “iymoning”, giryoning) – pishiq, jarangdor radifi (“kerakmazmi sanga”) g‘azalni boshdan-oxir o‘z tizginida ushlab turibdi.

D) Lirik qahramon bu g‘azalda undalmalardan ustalik bilan foydalanadi. Izchil ravishda har baytda bittadan undalma qo‘llangan.



55. Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub romanlar berilgan qatorni anilqnag?

A) “To‘lqinlar”, “Cho‘loq turna”, “Bodom qishda gulladi”, “Yo‘lovchi”, “Olabo‘ji”, “Dinozavr”

B) “So‘nggi bekat”, “Qil ko‘prik”, “Olabo‘ji”, “Dinozavr”, “Yo‘lovchi”

C) “Yo‘lovchi”, “Qora kamar”, “Ora yo‘l”, “Xumor”, “Qil ko‘prik”, “So‘nggi bekat”

D) “To‘lqinlar”, “O‘n sakkizga kirmagan kim bor”, “Qil ko‘prik”, “So‘nggi bekat”

56. R.Thakurning dastlabki she’riy to‘plami qanday nomlangan?

A) “Tonggi qo‘shiqlar” B) “Suratlar va qo‘shiqlar”

C) “Oqshom qo‘shiqlari” D) “Bibha sohili”

57. Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub “Ot egasi” hikoyasida Inod shaxsiy ot saqlash man etilganligi to‘g‘risidagi qaror haqida kimdan eshitadi?

A) Rahmon B) Hamdam C) Egamberdi D) Bo‘riboy



58. R.Thakurning mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adolatsizlik qoralangan asarlari berilgan qatorni aniqlang?

A) “Tonggi qo‘shiqlar”, “Suratlar va qo‘shiqlar”

B) “Oqshom qo‘shiqlari”, “Bibha sohili”

C) “Tonggi qo‘shiqlar”,“Chitra”, “Lahza”,“Malini”

D) “Donishmand Roja”, “Bibha sohili”

59. R.Thakurning o‘zbek tiliga tarjima qilingan hikoyalari berilgan qatorni aniqlang?

A) “Bibha sohili”, “Roja va Rani”

B) “Qurbonlik”, “Chitrangoda”

C) “Hisob-kitob”, “Jazo”, “Nur va soyalar”

D) “Nur va soyalar”, “Ko‘zga tushgan cho‘p”, “Jazo”

60. Hindiston Respublikasining milliy madhiyasi qanday nomlangan?

A) “Mening oltin Bengaliyam” B) “Xalq qalbi”

C) “Gitanjali” D) “Ko‘zga tushgan cho‘p”

61. R.Thakurning necha jildlik tanlangan asarlai o‘zbek tilida nashr qilingan?

A) 8 jiltli B) 7 jiltli C) 5 jiltli D) 10 jiltli



62. Nechun qulluq qilmay Andijonga men –

Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim.

Agar do‘stim bo‘lsa, bitta u do‘stim –

Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..

Ushbu she’riy parcha muallifi kim?

A) To‘ra Sulaymon B) Zebo Mirzayeva

C) Muhammad Yusuf D) Zulfiya

63. R.Thokurning “Shubxa” hikoyasida ismi shirin zabon degan ma’noni bildiradigan obrazni aniqlang?

A) Shubxashini B)Shukeshini C) Shuxashini D) Sharbashini



64. R. Thokurning “Shubxa” hikoyasidagi Shubxashinining otasining ismi berilgan qatorni aniqlang?

A) Panguli B) Gonyash C) Protap D) Banikontxa



65. Qaysi asar qahramoni: “U tilidan mahrum bo‘lsa ham, lekin ko‘zlari qora, shahlo, kipriklari uzun, lablari qiz qalbida tug‘yon urgan hislarni aks ettirib, gul bargiday titrab turardi”, – deb ta’riflangan?

A) “Shubxa” (Robindranth Thakur)

B) “Choliqushi” (Rashod Nuri Guntekin)

C) “Qorako‘z majnun” (Said Ahmad)

D) “O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy)

66. “Istar ko‘ngil” nomli kitob kimning qalamiga mansub?

A) S.Ahmad B) U.Nosr

C) T.Suloymon D) G‘.G‘ulom
67. Qaysi asarda asar qahramonlaridan biri yashaydigan qishloqdan oqib o‘tadigan daryo o‘rta tabaqaga mansub qizlarga o‘xshatiladi?

A) “Shubxa” (Robindranth Thakur)

B) “Choliqushi” (Rashod Nuri Guntekin)

C) “Qorako‘z majnun” (Said Ahmad)

D) “O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy)

68. To‘ra Sulaymonning qaysi she’rida biri izzat biri mulktalab bo‘lib yurgan aka-ukalar holati haqida fikr bildiriladi?

A) “Armon” B) “Iltijo”

C) “Tavallo” D) “Gul bir yon chaman bir yon”

69. R.Thokurning “Shubxa” hikoyasidagi Shubxashinining do‘sti hisoblangan Protapning asosiy mashg‘uloti berilgan qatorni aniqlang?

A) bog‘da meva va sabzavotlar yetishtirish

B) qarmoq bilan baliq ovlash

C) bozorda meva sotish

D) tamarind daraxti ko‘chatlarini yetishtirish

70. S.Yesenin «Ona ibodati» she’rida ona va o‘g‘il munosabati orqali qanday mavzuni yoritgan?

A) iltijo mavzusi B) oila mavzusi

C) hijron mavzusi D) vatan mavzusi

71. Sergey Yeseninning aksar she’rlarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov

C) Mirtemir D) Oybek

72. Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan ijodkor berilgan qatorni aniqlang.

A) Aleksandr Delvig B) Anna Axmatova

C) A.S.Pushkin D) S.Yesenin

73. Maxtumquli va Yesenin ijodini birlashtirib turuvchi xususiyat berilgan qatorni aniqlang?

A) har ikkala ijodkor ham Eron safaridan ta’sirlanib she’rlar bitgan.

B) har ikkala ijodkor 9 yoshidan xalq qo‘shiqlariga o‘xshatib she’rlar bita boshlagan.

C) har ikkala ijodkor zargalik hunarini o‘rgangan

D) har ikkala ijodkor ijodida G‘arb kishisining Sharqqa mehri jo‘sh urib turganini sezish mumkin.

74. U besh yoshida o‘qish o‘rgandi, 20 yoshida Peterburgga kelib Aleksandr Blok bilan tanishdi.

Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

A) Aleksandr Delvig B) Anna Axmatova

C) A.S.Pushkin D) S.Yesenin



75. Qaysi o‘zbek ijodkori ijodini Sergey Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi?

A) Muhammad Yusuf B) Tilak Jo‘ra

C) Ma’ruf Jalil D) Xurshid Davron

76. Yeseninning qaysi she’rida rus yigitining Eron go‘zaliga sevgisi ochiq kuylanadi va buni ochiq bildirish uchun “Tehronm”, “Sheroziy gilam”, “Rossiya”, “Rus” so‘zlari maxsus qo‘llanadi?

A)“Singlimga xat”

B) “Xurosonda bir darboza bor…”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”

D) “Ona ibodati”
77. Yesenin qaysi she’rida Ryazandagi oluchazorlarini eslaydi?

A)“Singlimga xat”

B) “Xurosonda bir darboza bor…”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”

D) “Ona ibodati”

78. Yeseninning qaysi she’rida Pushkin, Lermantov nomlari keltirilgan?

A)“Singlimga xat”

B) “Xurosonda bir darboza bor…”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”

D) “Ona ibodati”

79. “Gurjiston shoirlariga” she’rining muallifi berilgan qatorni aniqlang?

A) Aleksandr Delvig B) Anna Axmatova

C) A.S.Pushkin D) S.Yesenin

80. Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog‘ida dunyoga kelgan ijodkor berilgan qatorni aniqlang?

A) S.Ahmad B) T.Sulaymon

C) M.Yusuf D) O.Sharafiddinov

81. Sergey Yeseninning qaysi she’rida ona it, uning yetti bolasi, uy egasi, Quyosh, Oy, javdar xirmoni, qop, qor, muzdek ter, ko‘zyoshi singari timsollar uchraydi?

A) “Singlimga xat”

B) “It haqida doston”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”

D) “Ona ibodati”

82. “Bu she’r lirikaning eng yuksak talablariga javob beradi. Holat, manzara, makon va zamon bor. Ularning bari lirik qahramon his-tuyg‘usi, tasavvuroti, kayfiyati, ruhidagi o‘zgarishlar, uning istagi va niyatiga yetish ilinji orqali ifodalanadi”. Sergey Yeseninning qaysi she’riga ushbu ta’rif berilgan?

A) “Singlimga xat”

B) “Xurosonda bir darboza bor…”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”

D) “Ona ibodati”

83.Yeseninning qaysi she’rida dushmanining bayrog‘ini qo‘llari bilan pastga qulatib jon bergan pahlavon obraz uchraydi?

A)“Singlimga xat” B) “Xurosonda bir darboza bor…”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”

D) “Ona ibodati”



84. T.Suloymon “Iltijo” she’rida qaysi faslni tarannum etadi?

A) qishni B) bahorni C) kuzni D) yozni



85. Yeseninning qaysi she’ri 4+3 shaklida turoqlangan?

A)“Singlimga xat”

B) “Xurosonda bir darboza bor…”

C) “Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan…”



D) “Ona ibodati”
Ritorik so‘rqoq gap bu…?

Download 37,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish