Haqiqat va mening haqiqatim



Download 15,44 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi15,44 Kb.
#677935
Bog'liq
1-kurs fors-inglis 1-guruh CHo\'liyev Hayotjon


Haqiqat va mening haqiqatim
Haqiqat – bilish nazariyasing bosh kotegoriyasi borliqning ideal ifodasi, chunki haqiqat ongidan, bilayotgan subekidan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat bilimlarning obektivborliqqa muvofiq bo’lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish inikosining natijasidir. Haqiqat ilmiynazariada mujassamlashgan anglab yetilgan tastiqlovchi mulohazalar ko’rinishida o’z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat bilish rivojlanishing yakuni va omilidir. Falsafa tarixida haqiqat muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. Avestoda haqiqat oily sharofatdir deyilgan. Dar haqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotelning fikricha haqiqat mulohazalar va amaldagi holat o’rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g’oyalar dunyosiga mos keluvchi g’ayritabiiy mustaqqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g’oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiyqiydir deb hisoblagan. Foma Akvinskiy haqiqat yolg’on narsalarda emas, balki aqilda mavjud bo’ladi, har bir narsa o’zi bog’liq bo’lgan aqilga munosabati darajasidagina haqiyqiy deb nomlanishi mumkin deb qayd etgan. Beruniy fikricha haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Farobi fikricha haqiqatni bilish aqilning kamolotiga bog’liq. Farobiy va uning izdoshlari fikricha haqiqat bir nechta bo’lishi mumkin emas,haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta bo’lishi mumkin emas. Farobi haqiqatning o’zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan.
Obektiv haqiqat-bilimlarimizning inson insoniyatga bog’liq bo’lmagan mazmuni. Bizning bililimlarimiz doimo muayyan odamga yoki muayyan ijtimoiy guruhga bog’liq bo’lgan unsure mavjud bo’ladi. Binobarin, o’z bilimlarimizga subektiv unsurlarga bog’liq bo’lmagan va shu sababli obektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Obektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutloq shakillarida amal qiladi.
Mutloq haqiqat-predmetni kelajakda to’ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo’lmagan tarzda to’la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Obektiv haqiqat to’la va mukammal ko’rinishdagi mutloq haqiqatdir. Ayrim xollarda ayrim haqiqat vaqt o’tishi bilan o’zgarmasa yani vaqt shart sharoitlariga bog’liq bo’lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat-borliqni asosan to’g’ri aks ettirsada obraz obektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat tog’ri, biroz noto’g’ri, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Nisbiy va mutloq haqiqat bir biri bilan chambarchas bog’liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o’z chegarasi bo’lgan mutloq haqiqatga yaqinlashadi.
Yolg’on-haqiqatning qaraqama qarshisi. Yolg’on odatda noto’g’riligi ayon bo’lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko’tarish sifatida tushuniladi. Yolg’on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan. Beruniy fikricha shunday kishilar bo’ladiki, ularning tabiatiga yolg’on xabar tarqatish o’rnashib qolib, go’yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo’ladi. Ular yolg’on ishltmasdan tura olmaydi. Yolg’onchilik kishini adolatdan yuz o’girtiradi, zulim, yolg’on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulkini hiyla bilan o’zlashtirib olish, o’g’rilik va boshqa qing’ir yo’lga boshlaydi. Haqiqat bor joyda albatta yolg’on ham bo’ladi. Insonlarning dunyoqarashiga qarab haqiqat ham turli ko’rinishda bo’ladi. Masalan, diniy dunyo qarash sohiblari uchun diniy kitoblar, diniy amallar muqaddas marosimlar oliy haqiqat hisoblanadi. Har bir inson o’zining dunyo qarashidan kelip chiqqan holda haqiqat yo’lini qidiradi. Kimgadir haqiqat bo’lgan narsalar kimlar uchun yolg’ondan iborat. Mening haqiqatim bu bugungi kunda o’z kuchim bilan erishgan narsalarimdir. Rostgo’ylik-odillik , yuksak ma’naviyat,go’zal odob axloq belgisidir.
Download 15,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish