“Hamza” bekati
“Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitary korxonasiga 57 stansiya mansub bo`lib, ulardan 40dan ortig`i so`nggi yillarda rekonstruksiya qilindi.
“Hamza” uzeldagi eng namunali va eng yangilangan stansiyalardan biridir. O`zida 60 ta malakali xodimlarni birlashtirgan muassasa mijozlar uchun mutlaqo zamonaviy muhitni yo`lga qo`yish, ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va yuk tashish hajmini ko`paytirish orqali olinadigan daromadni ko`paytirishga intilyapti. O`tgan ikki yil mobaynida stansiya xodimlari yaxshi natijalar qayd etishdi. Hattoki, karantin paytida ham stansiyada yuk ortish va tushirish jarayoni o`zgarishsiz bir maromda davom etdi.
“Hamza” bekati stansiyalar turi bo`yicha yuk bekatiga mansub bo`lib, amalga oshiriladigan ish ko`lamiga ko`ra 3 sinfga mansub yuk stansiyasi hisoblanadi. Toq tarafdan “To`qimachi”, juft tarafdan esa, “Toshkent” bekati bilan chegaralanadi. Ikkala tarafdagi peregon ham bir izlik temir yo`l bo`lib, yo`lga chiqqan poyezd stansiyaga yetib kelmaguncha stansiya navbatchisi chiqish signalini ocha olmaydi. Stansiyada avvaliga 7 yo`lga ega bo`lgan, so`nggi paytlarda esa, mijozlaraga qulay va sifatli xizmat ko`rsatish maqasadida shahobcha yo`li sifatida stansiyaga yondosh bo`lgan korxonaga berib yuborilgan. Sxemada ko`rib turganimizdek, aynan shu yettinchi yo`l kontakt tarmog`i bilan ta’minlanmagan va o`sha yo`ldagi manyovr ishlarini bajarish uchun teplovozdan foydalanish darkorligini ko`rsatadi.
Stansiyaga 50 ga yaqin shahobcha yo`llari tutashadi. Lekin ularning hammasi ham doimiy foydalanishda emas. Qolgan oltita yo`lga elektrovoz qabul qila oladi. Elektrovozni tok bilan ta’minlaydigan simlardan 27 kV kuchlanishli tok o`tadi bu esa, stansiya hududida yuqori darajadagi ehtiyotkorlikni talab etadi. Stansiya navbatchisi G`ayrat aka (familiyalarini bilmayman) ning aytishicha, “… stansiyada 23 ta markazlashtirilgan strelka bor.” Markazlashtirilgan strelka degani, strelkaning yo`nalishini stansiya navbatchisi o`zi o`zgartiradi. Markazlashtirilmgan strelkada esa, strelkaning yo`nalishini o`zgartirish uchun poyezd tuzuvchi (составитель поездов)ning o`zi stansiya navbatchisining ko`rsatmasiga ko`ra o`zgartiradi. “Stansiya navbatchisining ish joyi (“tablo”) stansiyaning “miyasi”. Negaki, inson tana a’zolarining har bir harakati nerv tolalari orqali bosh miyadan olinadigan buyruq asosida amalga oshiriladi. Stansiyada ham huddi shunday, stansiya navbatchisi – stansiyaning smenali boshlig`i. Smena paytida, stansiyaning ortish-tushirish va manyovr ishlarini, qo`shni stansiyalar bilan poyezdlar harakati, lokomotiv so`rashga taalluqli barcha muloqotlarni stansiya navbatchisi olib boradi va shu muloqotga qarab qo`l ostidagilariga ko`rsatmalar beradi. Stansiya rahbari esa, asosan ma’muriy ishlar bilan, MTU hamda stansiyadan yuqori turuvchi ma’muriy idora va tashkilotlar bilan muloqot olib boradi.
Stansiyada jo`natiladigan yuklar asosan temir-beton mahsulotlari, tushiriladigan yuklar esa, un, yog` va bug`doy mahsulotlaridir. Stansiyda shahobcha yo`llariga vagonlarni olib kirrib berish olib chiqish uchun ikki manyovr lokomotivi (aniqrog`i teplovozlar) xizmat qiladi. Ushbu shahobcha temir yo`llarida yuk ortish hajmi 50-55 vagon atrofida, yuk tushirish esa, 59 vagonni tashkil etadi. Yuk tashuvlari nafaqat mahalliy yo`nalishlarda, balki xalqaro yo`nalishlar (MDH davlatlari, yaqin va uzoq xorij davlatlari) da amalga oshiriladi. Bunda qurilish materiallari, metal, yog`och mahsulotlari va sement tashiladi.
To be continued or to be added …
Do'stlaringiz bilan baham: |