Guruh fio 630-18 Rahmonov Ozodbek 14 va 15 amaliyot mashg’uloti. Mavzu



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#336304
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14,15-amaliyot



Guruh 

FIO 

630-18 

Rahmonov Ozodbek 

14 va 15 amaliyot mashg’uloti. 

Mavzu:

 To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasining asosiy prinsiplarini 

o‘rganish 

Ishdan maqsad: 

To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasining asosiy prinsiplarini o‘rganish 



1. Nazariy qism 

1. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasining asosiy prinsiplari 

Tolali optik tarmoqlar, SDH/SONET ierarxiyasini qo‘llagan holda uzatish tezliklarini 

oshirish bo‘yicha rivojlandi. Natijada kam kanalli uzatish tezliklaridan, tezligi 155 Mbit/s 

bo‘lgan  sinxron  raqamli  ierarxiyaning  STM-1  tizimiga,    undan  keyin  tezligi  622  Mbit/s 

bo‘lgan STM-4 tizimiga va  tezligi 2,5 Gbit/s bo‘lgan STM-16 tizimiga o‘tish amalga oshdi. 

Jadallik bilan rivojlanish zaruriyati Internet trafiklariga ya’ni uning xizmat turlariga bo‘lgan 

qiziqish bilan bog‘liqdir. Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar hajmining oshishi o‘z 

navbatida  foydalanuvchilarga  multimediyalardan  foydalanish  imkonini  beradi.  Bu  esa 

tarmoqqa  ulanuvchi  operatorlarni  sonini  oshirishga  majbur  qiladi  va  natijada  kanallar 

soni singari ularning uzatish tezliklari ham oshadi. Bunday tezliklardan foydalanish uchun 

STM-64, STM-256 texnologiyalari yaratildi. Lekin ma’lumotlarni uzatish hajmining yanada 

oshishi va mavjud bo‘lgan  optik tolalar orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyatining tez to‘lishi 

yana muammolarni yuzaga keltirdi.  

Bunday muammolarni xal qilish uchun esa 3 variantdan foydalanishga to‘g‘ri keladi: 

- yangi optik kabellarni yotqizish; 

-yuqori 


ishlab 

chiqaruvchanli 

vaqtli 

multipleksorlashga 

ega 

bo‘lgan  



apparaturalardan foydalanish; 

- WDM texnologiyalaridan foydalanish. 

Birinchi  variantda  tarmoqdagi  mavjud  bo‘lgan    optik  kabellarni  o‘rniga  yangisini 

yotkizish iqtisodiy sarf xarajatlarni oshiradi. 

Yotqizilgan  kabellar  bo‘yicha  tolaning  optik  o‘tkazuvchanlik  qobiliyatini  ikki  usul 

orqali  oshirish  mumkin:  kanalning  uzatish  tezligini,  anchagina  tez  vaqtli  zichlashtirishni 

qo‘llash hisobiga, yoki  WDM-texnologiyalarini qo‘llab, bir optik tola bo‘ylab signallarni 

uzatishni amalga oshiruvchi to‘lqinli kanallarning sonini oshirish  hisobiga. 

Birinchi  variantni  qo‘llash,  sinxron    raqamli  ierarxiya  (SONET/SDH)  tizimlari 

qo‘llaniladigan uzoq masofali aloqa tarmoqlarida, bir qancha qiyinchiliklar bilan bog‘liq, 

ya’ni  uzatish  tezligi  40  Gbit/s  dan  yuqori  bo‘lgan  oxirgi  apparaturalarni  zudlik  bilan 

qimmatlashishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda amalda axborotlarni uzatish tezligi 10 Gbit/s 




tezlikga  ega  bo‘lgan  TDM  kanallari  qo‘llanilmoqda.  40  Gbit/s  tezlikli  TDM  kanallarini 

qo‘llashni  ta’minlovchi  apparaturalar  yaratildi.  Bundan  tashqari  ko‘pgina  hollarda 

yotqizilgan  optik  tolalar  10  Gbit/s  dan  yuqori  bo‘lgan  tezlikda  axborotlarni  uzatish 

imkonini  bermaydi,  chunki  uni  yotqizishda  tolali  optik  kabel  tarkibida,  axborotlarni 

bunday uzatish tezligida tolada yuzaga keladigan bir qator ta’sirlar nazarda tutilmagan.  

Birinchidan tolada, yorug‘lik impulslarini kengayishiga olib keluvchi  dispersiyaning 

mavjudligi  axborotni  uzatish  tezligini  chegaralanishiga  olib  keladi.  Bir  modali  optik 

tolalarda to‘liq holdagi dispersiya, xromatik va qutblangan-moda dispersiya (QMD) lardan 

iborat. Xromatik dispersiya qiymatini, teskari ishorali dispersiyaga ega bo‘lgan bir bo‘lak 

tolani liniyaga ulash yo‘li bilan kamaytirish mumkin.  QMD  qiymati, texnologiyalarning 

takomillashmaganlishi tufayli yuzaga keluvchi, tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan, dumaloq 

shakldagi  yorug‘likni  o‘tkazuvchi  tolani  ko‘ndalang  kesimining  og‘ishi  bilan  bog‘liq. 

Shuning uchun ham doimiy ravishda dispersiyani kompensatsiyalash imkoni bo‘lmaydi.  

Ikkinchidan,  uzatish  tezligining  oshishi  bilan  foto  qabul  qiluvchi  qurilmalarining 

sezuvchanligi  va  yorug‘lik  signallarining  eltuvchisini  axborotli  signallar  bilan 

modulyatsiyalanish  chuqurligi  pasayadi,  natijada  signalning  shovqinga  bo‘lgan  nisbati 

ham  kamayadi.  Bunday  ta’sirlarni  kompensatsiyalash  uchun  qo‘shimcha  ravishda  optik 

signal  kuchaytirgichlari  va  regeneratorlari  o‘rnatiladi.  Bularning  barchasi  optik 

apparaturalarning murakkablashishiga va uning narxini oshishiga olib keladi.  

Tolali optik aloqa liniyalari bo‘yicha axborotlarni uzatish tezligini, axborot hajmini 

oshishi  yangi  optik  tolali  texnologiyalarni,  ayniqsa  kanallarni  to‘lqin  uzunligi  bo‘yicha 

multipleksorlovchi  (zichlovchi)  WDM  va  DWDM  deb  ataluvchi  texnologiyalarni  

yaratilishiga  olib keldi.  

WDM  (wavelength  division  multiplexing)  to‘lqin  uzunligi  bo‘yicha  ajratishga  ega 

bo‘lgan  multipleksorlash,  DWDM  (dense  wavelength  division  multiplexing)  -  to‘lqin 

uzunligi bo‘yicha ajratishga ega bo‘lgan zich multipleksorlash  ma’nosini anglatadi. 

WDM  texnologiyasi  bir  vaqtning  o‘zida  keng  spektrdagi  optik  nurlanishlarni 

o‘tkazuvchi  optik  tola  qobiliyatiga  yoki  interferensiyalanmaydigan  va  o‘zaro 

bog‘lanmagan  to‘lqin  uzunliklarining  juda  katta  majmuasiga  asoslangan.  Har  bir  to‘lqin 

uzunligi tola bo‘ylab axborotlar oqimini uzatuvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan optik kanal 

bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘shni kanallar oralig‘i juda kichik nanometrlarni tashkil etadi. 

WDM  texnologiyasi  tolali  optik  kanallarning  va  aloqa  tarmoqlarining 

o‘tkazuvchanlik  qobiliyatini  yuz  martagacha  oshirish  va  optik  tolaning  o‘tkazish 

qobiliyatidan samarali faydalanish imkonini beradi. Uni vaqtli zichlashtiruvchi texnologiya 

(TDM) lar bilan birgalikda qo‘llash orqali, bitta optik tola bo‘ylab axborotlarni uzatishni 

terabit tezligikgacha yetkazish mumkin.  

WDM  texnologiyasi  dupleks  rejimda    (bir  vaqtning  o‘zida  ikki  tomonlama 

yo‘nalishda ) bir tola bo‘ylab bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yuzlab optik kanallarni uzatuvchi 

tolali optik tizim va tarmoqlarni yaratish imkonini berdi.  

 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish