Guruh: 911-17 (302) Mavzu: Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Bajardi



Download 89,04 Kb.
bet1/21
Sana29.12.2021
Hajmi89,04 Kb.
#74674
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

  1. QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



Fakultitet: Jismoniy madaniyat fakulteti

Guruh: 911-17 (302)

Mavzu:  Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

Bajardi: O’mirov Yoqubbek.

Qabul qildi: SH.M.Norqulov.

Topshirdi: O’mirov Yoqubbek.

2020-yil


Mavzu Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

Reja:

I. Kirish

II. Asosiy qism

1.1. Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi.

1.2 Stol tennisining tarixi.

1.3 Stol tennisidagi o’yin qoydalari.

1.4. O’yinda raketka bilan ishlash texnikasi.

1.5. O’rgatish uslubi.

III. Xulosa

IV. Adabiyotlr ro’yxati



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikaning geografik jihatdan tuzilishi va iqlimi sharoitining fasllarga qarab qulay kelishi asosida turli tabiiy qazilma boyliklar va xom ashyolardan foydalanishi ta’minlaydi. Bu jihatlar aholining ko‘p sohalarida ijtimoiy mehnat qilish va sog‘lom turmush tarzini yaratishda ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jismoniy madaniyat komil insonni tarbiyalashdek muqaddas vazifani bajarishda barcha o‘quv yurtlari ta’lim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat irodali chaqqon vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini O‘zbekiston Respublikasi “Talim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” hamda “O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 24-oktabrdagi PF-31-54-sonli “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risidagi farmoni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarni samarali bajarish uchun bolalarni eng kichik yoshdan boshlab jismoniy-tarbiya bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda Respublika jismoniy – tarbiya va sport qo‘mitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Respublikamizda amalga oshirilatyotgan jismoniy madaniyatni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sog‘lom - ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak, Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘liqni emas balki sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”, -deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1- yig‘ilishidagi ma’ruzasida. Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog‘lom, hushchaqchaq har tomonlama jismonan rivojlangan mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan qo‘riqchilarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Sog‘lom avlod deganda biz faqat baquvvat farzandlarimizni emas balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan halqni tushunishimiz kerak. Bunday halqni hech kim hech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz kerak” Zamonaviy sport turlarida samarali yuqori natijalarga erishish faqat o‘ta shakllangan jismoniy tayorgarlik evaziga amalga oshirish mumkin. Shuning uchun sportchilardan jismoniy sifatlar, harakatlar uyg‘unligi yuqori darajada namoyon bo‘lishi lozim. Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning halqaro andozalarini yetakchi murabbiylarning ish tajribalari bilan davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan o‘rganilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari, sport klublarining faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarini diqqat markazida turibdi. Sportchilarimizning halqaro sport maydolaridagi erishayotgan yutuqlari, ayniqsa mahalliy millat xotin-qizlarining sportda jahonga tanilishiga, bu bilan esa yurtimiz shon-shuhratini oshirishdagi say-harakatlari Vatanimizning bevosita 5 g‘amxo‘rligining ulug‘vor natijasidir. Bu jihatlarda ilmiy xodimlar va murabbiylarning o‘zaro hamkorliklarini ta’minlashni davr talab qilmoqda. Yuqoridagi amaliy tadbirlarni ta’kidlashdan maqsad shundanki, ularni, amaliy va nazariy jihatdan tashkil qilish asosida faoliyat ko‘rsatishni ko‘pincha ilmiy xodimlar tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib boriladi. Shu sababdan ilmiy tadqiqotlar tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatib kelayotgan mutaxassislarni ishga olish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ko‘pgina xorijiy mutaxassis va olimlarning bu borada qiziqishlari, olib borayotgan va olib borgan izlanishlari hozirgi zamonaviy sportdagi sportchilarni jismoniy, texnik-taktik, ruhiy tayyorgarliklarini zamonaviy sport talablariga javob beradigan darajada oshirish borasida izlanmoqdalar. R.N Poliyani fikriga ko‘ra 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarining o‘sishi kuzatiladi. Tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkorlik, kuchni rivojlantirishga oid hajmini ko‘tarish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F Bashkirov, V.P Filinlar ham qo‘llab-quvvatlaganlar. I.Arshavskiy, Ya.V Vaynbaum, A.Gujalavskiy va boshqalar yosh sportchilarning funksional tayyorgarligini ilmiy tekshirishlari natijasida jismoniy mashqlar organizmning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynashi tasdiqlagan. Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko‘pgina tadqiqotchilar ishlarida va ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan (N.A.Belyaev, E.A.Sergiev, A.M.Nuraliev, Chan Suan Dong, Ye.V.Fomin, M.I.Popichev va boshqalar). Yu.D.Jeleznyakning fikricha sport o‘yinlariga ixtisoslashgan mashg‘ulotlar bilan ilk bor shug‘ullanishni 11-12 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. U o‘zining tadqiqotlarida aynan shu yoshda bolalarni jismoniy va texnik tayyorgarligini jadal o‘stirish imkoniyatlarini ochib beradi. 6 Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya va sportning ilmiy va ijtimoiy pedagogik xususiyatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyatlarini yurtimiz olimlari tomonidan ijobiy ravishda mukammal asoslab bergan. O‘zbekiston Respublikasida yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha malumotlar O.V Goncharevaning olib borgan tadqiqotlarida o‘z aksini ma’lum miqdorda topgan. Bu ham esa yosh olima tomonidan kam yoritilgan. Bundan tashqari Andijon viloyati o‘zining keng maydonlari, xushchaqchaq insonlari bilan ham alohidi ajralib turadi. Bu go‘shada bayramlar, tanlovlar, musobaqalar, to‘ylar va shodiyona kunlarda bolalar elning nazaridan chetda qolmaydi va albatta bu paytlarda bolalar uchun alohida e’tibor berilishi shundaki, ularni sportning milliy harakatli o‘yinlarga, kurashishga chorlovchi har xil milliy harakatli o‘yinlar o‘tkazilib turadi. Masalan; ko‘pkari, quloq cho‘zma, arqon tortish va hakozalar, qizlarga esa happak, besh tosh, quvlashmachoqlar shular jumlasidandir.


Download 89,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish