Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsni so'roq qilish psixologiyasi reja



Download 39,19 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi39,19 Kb.
#751847
  1   2
Bog'liq
GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHI SHAXSNI SO\'ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI


GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHI SHAXSNI SO'ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI
REJA

  1. GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHI SHAXSNI SO'ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI

  2. .GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHINI HIMOYA HUQUQI BILAN TA’MINLASHGA OID QONUNLARNI QO‘LLASH BO‘YICHA SUD AMALIYOTI .


Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish psixologiyasi 

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi hali jinoyatchi emas. Shu bois 


jinoyatni ushbu shaxs sodir etganmi, degan masalaga javob izlayotganda 
uning psixologiyasini aniq tushunish zarur. Aybdor javobgarlikdan bo‘yin 
tovlash va jinoyatda ishtirokini yashirishga intilib, atrofdagilardan jinoyat 
bilan bog‘liq kechinmalarini yashirishga harakat qiladi. U o‘z xotiralarini 
tashqi ko‘rinishlardan asraydi va bu bilan ularga doimo jonli tus beradi, 
kechinmalarini yashirar ekan, ularni yanada keskinlashtiradi. Oxir 
oqibatda o‘z hissiyotlari va fikrlarini yashirishga qaratilgan harakatlar 
uning ruhiy jarayonlarida kuchli buzilishlar hosil qiladi. 
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining protsessual holati jiddiy 
farqlarga ega bo‘lsa, psixologik jihatdan bu farqlar unchalik muhim 
hisoblanmaydi. Jumladan, gumon qilinuvchida uning holati tez-tez 
o‘zgarib turadi, goh o‘ziga nisbatan ishonch paydo bo‘lishi, faol qarshilik 
ko‘rsatishga intilish, tergovchining imkoniyatlarini yetarli baholamaslik, 
o‘ziga nisbatan ortiqcha ishonish, goh aksincha, g‘amginlik, depressiv 
holat, parishonlik, irodasizlik hosil bo‘lishi bilan kechadi. 
Gumon qilinuvchidan farqli ravishda ayblanuvchi ko‘pincha ishning 
holati, tergovda mavjud dalillarning mazmuni haqida ko‘proq ma’lu-
motga ega bo‘ladi. Biroq dastlabki tergovda gumon qilinuvchida ham, 
ayblanuvchida ham ko‘pgina o‘xshash psixologik holatlar, motivlar 
kuzatiladi, binobarin, ularning xatti-harakatlarida ham bular ko‘rinadi
So‘roq qilinayotganlarning ruhiy holati, harakat motivlari, shaxsiy 
xislatlari ularning dastlabki tergovdagi xatti-harakatlarini va ularga 
psixologik yondashuvni, eng samarali taktik va psixologik usullarning 
tanlanishini belgilab beradi. So‘roqda ayblanuvchi turli-tuman 
hissiyotlarni boshdan kechirishi mumkin. 
Jinoyat sodir etgan shaxs fosh bo‘lishdan va, albatta, jazolanishdan 
qo‘rqadi. Bu holat odatda uning ruhiyatiga og‘ir ta’sir ko‘rsatadi, 
irodasiga muayyan darajada bosim o‘tkazadi, yuzaga kelgan holatlarni 
to‘g‘ri baholash imkoniyatini pasaytiradi, o‘zini nazorat qilishini 
yomonlashtiradi, uni ruhan siqilgan, depressiv holatga solishi mumkin. 
Qo‘rquv odatda jinoyat sodir etgan shaxsda uni jinoiy javobgarlikka 
tortishdan ancha avval paydo bo‘ladi. Bunday psixologik holatlar so‘roq 
qilinayotgan shaxs bilan psixologik aloqa o‘rnatishni qiyinlashtiradi, 
so‘roq samaradorligini pasaytiradi.Shu o‘rinda va bundan keyin ayblanuvchi haqida aytiladigan hamma fikrlar 
teng darajada gumon qilinuvchiga ham taalluqlidir.
 
So‘roqda ayblanuvchi ruhiy larza, yuz bergan voqeadan qarindoshlari 
va yaqinlari, do‘stlari, xizmatdoshlari, qo‘shnilari xabardor bo‘lishi 
mumkinligidan xavotirlanib uyalishi mumkin. Atrofdagilarning bahosi va 
fikrlariga hattoki qat’iy shakllangan g‘ayriijtimoiy qarashlarga ega 
bo‘lgan shaxslar ham befarq emasdirlar. Oshkor bo‘lishni istamaslik juda 
kuchli motiv bo‘lib, ko‘p jihatdan ayblanuvchining xatti-harakatini 
belgilab beradi. Bunday motiv aniqlanganida tergovchining vazifasi 
so‘roq qilinayotgan shaxsni to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatma berish zarurligiga 
ishontirishdir. Faqat shugina, biroz bo‘lsa-da, yaqin odamlarning xayri-
xohligini saqlab qolishga yordam beradi. 
Tergovchi ba’zan boshqalarning fikri bilan qiziqmaydigan ayblanuv-
chilar (ko‘pincha retsidivistlar) bilan uchrashishiga to‘g‘ri keladi. Ular 
«ushlanmagan – o‘g‘ri emas», «pulning hidi yo‘q» kabi prinsiplarga 
asoslanadilar. 
Ayrim ayblanuvchilarga o‘zi erishgan ijtimoiy, xizmat va moddiy 
mavqeini yo‘qotishdan qo‘rqish xos bo‘ladi. Shu bois so‘roq paytida 
bunday ayblanuvchi ko‘pincha to‘g‘ri ko‘rsatma berishdan bo‘yin 
tovlaydi. Bu o‘rinda tergovchi ayblanuvchining mazkur psixologik holat-
ni yengishi uchun uni halol va vijdonan mehnat qilish orqali ijtimoiy 
mavqeini tiklash, jamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylanishi mumkin-
ligiga ishontirishi kerak. 
Ayblanuvchining harakat motivlarini shakllantiradigan kuchli psixologik 
holat ozodlikdan, odatdagi turmush tarzidan mahrum bo‘lish, jinoyatchilar 
orasida bo‘lib qolishdan qo‘rqish tashkil qiladi. Bunday hissiyot ayniqsa 
birinchi marta jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga 
xosdir. Ushbu vaziyatda ayblanuvchi faqat aybini rad etish, yolg‘on 
ko‘rsatma berish orqaligina ushlab turish, hibsda saqlash, qamoqqa olish, 
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq hukm chiqarilishidan qutulib qolish 
mumkin deb hisoblaydi. Unda tegishli psixologik holat yuzaga keladi, 
tergovchi yengishi zarur bo‘lgan qarash shakllanadi. Buning uchun aybla-
nuvchini aybni isbotlash uning e’tirofiga uncha bog‘liq emasligiga, hal 
qiluvchi darajada butun dalillar majmuiga bog‘liq ekanligiga ishontirish talab 
qilinadi. Bu o‘rinda chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish hamda jinoyatni 
ochishga faol ko‘maklashish sud uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holat 
hisoblanishini tushuntirish talab qilinadi. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, guruh tomonidan sodir etiladigan 
jinoyatlarda ayblanuvchi guruh ishtirokchilariga har xil munosabatda 
bo‘ladi. Agar u kimgadir ko‘p jihatdan qarzdor bo‘lsa, ushbu shaxsning 
jinoyatga aloqadorligini yashirishga urinadi, bunda uning yordami va 
qo‘llab-quvvatlashidan umidvor bo‘ladi. Ko‘pincha jinoyatchilar guruhi-
dagi psixologik munosabatlar tizimi kuchga bo‘ysunish, qo‘rquvga, 
boshqa tuban intilishlar va instinktlarga asoslanadi. Shu bois tergov 
jarayonida jinoiy guruh ishtirokchilari bir-birlaridan ajratilganda ushbu 
asosda qurilgan munosabatlar buzilib ketadi. Ayblanuvchida uni jinoiy 
guruhga tortgan, jinoiy javobgarlikka jalb qilinishiga sabab bo‘lgan 
shaxslarga nisbatan adovat mustahkamlanib boradi. Tergovchi ayblanuv-
chining bunday ruhiy holatidan foydalanishga, uning oldida jinoiy 
guruhda mavjud bo‘lgan munosabatlar tizimini ochib berishga, jinoyat-
chilar orasidagi soxta o‘rtoqlik hissiyoti nimaga asoslanganligini ko‘rsa-
tishga, bu bilimlardan so‘roq qilishning eng samarali taktik usullarini 
tanlashda foydalanishga haqlidir. Biroq ularni jinoiy guruh ishtirokchi-
larining psixologik o‘zaro munosabatlarini inobatga olgan holda tanlash 
zarurligini yodda tutish lozim, chunki tuban hissiyotlar va intilishlarni 
qo‘zg‘atish, ulardan foydalanishga asoslangan usullarni qo‘llashga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Gumon qilinuvchi, hatto ayblanuvchiga aylanib qolgan aybsiz kishi 
boshidan kechirayotgan psixologik holat alohida o‘rin tutadi. Shubhasiz u 
g‘azab, jahl, alam hislarini sezadi, asoslanmagan shubhalardan tezroq 
qutulishga, aybsizligini isbotlashga intiladi, shuningdek, chorasizlik, 
o‘ziga qarshi dalillarni rad eta olmaslik, atrofdagilarning o‘zi haqidagi 
noto‘g‘ri fikrlarini yengish hislarini sezishi mumkin. 
So‘roqning samaradorligi ko‘p jihatdan so‘roq qilinayotgan shaxs-
ning psixologik holatiga, ayblanuvchining o‘z aybini anglashiga, to‘g‘ri 
ko‘rsatmalar berishga tayyor ekanligiga bog‘liq. Tergovchi salbiy 
psixologik holatlarni taktik jihatdan mohirlik bilan susaytirishi yoki 
zararsizlantirishi hamda ijobiy tomonlarni kuchaytirishi, qo‘llab-
quvvatlashi kerak. 

Download 39,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish