"GULLI" yoki "KAPALAK" chuchvara tugilishi
Aslida "gulli" chuchvara edi menga kapalkga ham o'xshagandek tuyuldi, qizim gullar va kapalaklarni "fanat"i bo'lganligi uchun juda ham qiziqib hursand bo'lib yedi, mazzasi ga tugilishi hich halaqit bermaydi huddi shunaqa, hamir ham qalin bo'lib qolmas ekan. Sho'rva bilan pishirmoqchi edim negadir oddiy chuchvaraga aylanib ketti
mehmonlarga qaynatma qovurma sho'rvalar bilan ayni muddao. recept uchunShaxzoda.pazandaga va www.pazanda.uz saytiga alohida tashakurlar
Demak tugilishi:
oddiy chuchvaraga kesilgandek to'rtburchak qilib kesiladi hamir... 4ta burchagani o'rtaga qilib orqasini o'giriladi, va qiyma solib tuguncha qilib chetlarini yopishtiriladi...va orqasida qolgan uchlarini ochib chiqiladi... va gullarimiz tayyor...
O'zbek pazandachiligida xamirdan tayyorlanadigan maxsus taomlarni ko'p uchratish alohida yoki ba'zi ichimliklar bilan birga iste'mol qiUsh mumkin. Xamirdan tayyorlangan milliy nonlar boshqa taomlar iste'molida ishlatiladi. Xamir taomlar uchun ko'pincha un, tuzli suv, tuxum, ba'zan ular turiga qarab sut, suv, shakar tuxum, yog', go'sht va boshqa masalliqlar ishlatilishi mumkin. O'zbek milliy xamir taomlariga chuchvara, manti, xunon, lag'mon, mampar, shima, norin va boshqalar kiradi. Ular o'z tayyorlanish usullari,tarkibidagi masalliq miqdori va turiga ishlov berish qoidalariga qarab o'ziga xos nomlar bilan atalishi mumkin.
Xamirdan tayyorlanadigan taomlarga somsalar, passix (ponchik)lar, bo'g'irsoqlar, sangza, qush tili, o'rama, gumma (pirojki) va boshqalar kiradi. Ular ham tarkibidagi masalliq turi, ishlov berish texnologiyasi, shakli, tashqi ko'rinishi, mazasi va boshqa ko'rsatkichlari bilan bir-biridan farqlanadi.
O'zbek nonlarini har bir hudud va viloyatda mahalliy ahoU o'sha joy sharoitlari, urf-odatlari asosida o'ziga xos tayyorlashi sir emas. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanib kelayotgan non turlariga obi non, piyozli non, mehmon non, shirmoy non, yogii patir va boshqalar kiradi. Quyida xamir mahsulotidan tayyorlanadigan ba'zi taomlar bilan tanishtiramiz. Lag'mon. Elangan un uyilib, o'rtasi ochilib, tuzli suv yordamida xamir qorilgach, ho'l mato bilan yopib tindiriladi. Lag'mon xamiriga o'qlovda yoyib, keyin kesib, shakl beriladi. Lag'mon mashinadan o'tkazilib, to'shama, cho'zma usulda shakl beriladigan bo'lsa, xamir biroz yumshoq qorilishi kerak.
Lag'mon xamiriga kesma usulda shakl berish uchun tindirilgan xamir o'qlov yordamida qalinligi 1—1,5 mm qilib, doira shaklida yoyiladi, ustiga biroz un sepilib, taxtakach ustiga taxlanadi va kengligi 2—3 mm lenta shaklida kesiladi. Pishirishdan awal un qoldiqlari qoqib ajratiladi. Lag'mon xamiriga cho'zma usulda shakl berish uchun tindirilgan xamir bo'laklarga bo'linib, uzun naycha shakli beriladi, yog' surtilib, doira ko'rinishida o'rab, usti ho'llangan mato yoki sellofan qog'oz bilan yopilib, 5—10 minut tindiriladi. Keyin bu xamir yana ingichka qilib cho'zilib, tindirilib,qalinligi 1—1,5 mm li uzun naycha shakliga kelguncha bir bor qaytariladi.
Lag'monga vaju (qayla) tayyorlash uchun birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha mol yoki qo'y go'shti mayda kubik, piyoz, bulg'or qalampiri (chuchugi) halqa-halqa yoki yarim halqa, sabzi, turp, kartoshka mayda kubik qilib to'g'raladi Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solib, aylantirib, ustiga tuz se-pib qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha, piyoz solib qizarguncha, sabzi, turp, bol-gar qalampiri solib, biroz yumshaguncha, tomat yoki yangi pomidorni pallalab solib qizarguncha qovuriladi va go'sht, suyak sho'rvasi yoki suv solgach, miltil-latib qaynatiladi. Kartoshka pishishidan oldin mayda to'g'ralgan sarimsoq, ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi.
Lag'mon xamiri qaynab turgan tuzli suv yoki sho'rvada chayib, kosaga solinadi, ustidan vaju (qayla) solib, bir chetiga mayda to'g'ralgan ko'kat qo'yib, taqsimchada dasturxonga tortiladi. Lag'mon uchun alohida idishda «lozi» berish mumkin. Bug'doy uni 150 g, suv 60 g, o'simlik yog'i (moylashga). Vaju uchun: qo'y go'shti 99 g yoki mol go'shti 107 g, o'simlik yog'i 25 g, piyoz 18 g, sabzi 38 g, chuchuk qalampir 33 g, turp 21 g, pomidor yoki tomat 20 g, kartoshka 51 g, sarimsoq 5 g, suv 150 g, ko'kat 7 g, lozi 2 g. Sof og'irligi 50/270/580 g.
Lozi. Pazandachilik sovuq ishlovidan o'tgan sarimsoq mayda to'g'ralib, yanchilgan qizil qalampir dog'langan o'simlik yog'i qo'shilgan holda aralashtirib tayyorlanadi. Sarimsoq 436 g, yanchilgan qizil qalampir 220 g, o'simlik yog'i 490 g. Sof og'irligi 1000 g. Qovurma lag'mon. Elangan un tuzli suv yordamida lag'monga o'xshash xamir qoriladi. Xamirga shakl berish usullari ham lag'monga o'xshash, lekin ikki baravar qalin qilib pishiriladi.
Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha mol yoki qo'y go'shti mayda kubik qilib to'g'ralib, qozondagi dog'langan o'simlik yog'ining yarmida bir aylantirib, ozgina tuz sepib, qizg'ish qobiq hosil qilguncha, to'g'ralgan piyoz solib qizarguncha, tomat yoki yupqa kesilgan pomidor solib, bu ham qizarguncha qovuriladi, keyin oz miqdorda suv quyib biroz dimlanadi, so'ngra suyuqlikni bug'lantirib, mayda to'g'ralgan sarimsoq solinadi. Xom tuxum chaqib, po'chog'i ajratiladi, idishga solib, biroz tuz qo'shib, ko'pirarli darajada aralashtiriladi, yog'lab qizdirilgan tovaga yupqa solinib, ikki yoqlama qovurib, quymoq pishiriladi. Quymoq sovitilib, somoncha qilib to'g'raladi. Pishirib tayyorlangan lag'mon xamiri uzunligi 7—10 sm qilib kesilib, qozondagi dog'langan o'simlik yog'ining qolgan yarmiga solib, quymoq bilan birga 7—10 minut tayyorlangan sabzavotli go'sht aralashmasini qo'shib, yana 5—7 minut qovurilgach, tayyor bo'lishidan oldin ta'bga ko'ra tuzi rostlanadi.
Qovurma lag'mon taqsimchaga uyib solinib, ustidan mayda to'g'ralgan ko'kat sepib dasturxonga tortiladi. Bug'doy uni 150 g, suv 60 g, xamir 205 g, pishgan ugra 270 g, moylash uchun o'simlik yog'i 30 g, qo'y go'shti 107 g yoki mol go'shti 119 g, o'simlik yog'i 30 g, piyoz 130 g, pomidor yoki tomat 18 g, sarimsoq 8 g, tuxum 1 dona, ko'kat 5 g. sof og'irligi 75/465 g. Shima. Xamir tayyorlash va shakl berish usullari lag'mondagiga o'xshash bo'lib, lekin lag'monga nisbatan 2 marta ingichka qilib, pishiriladi. Xuddi qovurma lag'mon tayyorlagandagiga o'xshash usulda tuxumdan quymoq tayyorlanib, to'g'raladi. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shtini mayda kubik qilib kesib, qozondagi dog'langan o'simlik yog'ida qizg'ish qobiq hosil qilguncha piyoz solib qizarguncha, tomat yoki yupqa to'g'ralgan pomidor solib, u ham qizarguncha qovurilgandan keyin suyak yoki go'sht sho'rvasi yoki suv solib 8— 10 minut miltillatib qaynatiladi, mayda to'g'ralgan sarimsoq solib, tayyor bo'lishidan awal ta'bga ko'ra tuz, ziravor qo'shilib, shima uchun vaju (qayla) tayyorlanadi.
Pishgan shima xamiri qaynab turgan tuzli suv yoki sho'rvada chayilib, kosaga solinadi, ustiga shima vajusi, uning ustidan quymoq va bir chetiga mayda to'g'ralgan ko'kat solinib, taqsimchada dasturxonga tortiladi. Bug'doy uni 125 g, suv 50 g, (xamir 170 g, pishgani 225 g,) yog' 3 g, qo'y go'shti 99 g yoki mol go'shti 107 g, o'simlik yog'i 20 g, piyoz 113 g, pomidor 43 g yoki 8 g, suv 150 g, sarimsoq 10 g, (vaju 280) tuxum 1 dona, o'simlik yog'i 5 g, ko'kat 7 g. Sof og'irligi 50/225/280/550 g. Mampar. Elangan undan tuzli suv yordamida sal qattiqroq xamir qoriladi va tindiriladi. Tindirilgan xamir 30—50 g dan bo'laklarga bo'linib, qalinligi 4—5 mm И lenta shakliga keltiriladi, biroz cho'zgan holda eni 1,5—2 sm И kvadrat shaklidagi xamirdan qo'lda uzib, qaynab turgan tuzli suvga tashlanadi, pishgach, suvda chayib silqitiladi, mamparning pishgan xamiri tayyorlandi, so'ngra dog'lanib sovitilgan o'simlik yog'i bilan yog'lanadi.
Vajusini tayyorlash uchun: birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti kubik qilib to'g'ralib, qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga solinib qizarguncha to'g'ralgan piyoz solib toiat yoki pomidor bilan qizarguncha to'g'ralgan bolg'ar qalampiri solib 8—10 minut qovuriladi, so'ngra go'sht, suyak sho'rvasi yoki suv solib 8—10 minut miltillatib qaynatilgach, mayda to'g'ralgan sarimsoq solinadida, tayyor bo'lishidan awal ta'bga ko'ra tuz, ziravor solib, mampar vajusi tayyorlanadi. Mampar vajusi suyuqligidan ozgina suzib olib, xom tuxum chaqib pishiriladi.
Pishgan mampar xamiri qaynab turgan tuzli suv yoki sho'rvada chayilib, kosaga solinadi, ustiga mampar vajusi solib, unga pishgan tuxum qo'shiladi, bir chetiga mayda to'g'ralgan ko'kat solib, taqsimchada dasturxonga tortiladi. Xamir uchun: bug'doy uni 116 g, suv 54 g, tuz 3 g, moylashga yog' 3 g, (xamir 168 g, pishgani 225 g). Vajusiga: qo'y go'shti 99 g yoki mol go'shti 107 g, pomidor 100 g yoki tomat 18 g, piyoz 48 g, chuchuk qalampir 27 g, o'simlik yog'i 20 g, sarimsoq 10 g, suv 150 g, tuxum 1 dona. Sof og'irligi 50/225/510 g.
Norin. Elangan undan tuzli suv yordamida qattiq xamir qorilib, 30—50 minut tindiriladi. Qalinligi 2—3 mm xamir qo'lda yoki mashinada yoyilib, eni 20x10 sm И kvadrat qilib kesilib, qaynab turgan tuzli suv yoki go'sht, suyak sho'rvasida pishiriladi. Xamir sho'rvadan suzib olinib, quruq mato yoki stol ustiga yoyiladi, yuzidagi suyuqligi selgitilib, sovitiladi. Keyin dog'lanib, sovitilgan o'simlik yog'i surtiladi, eni 4—5 sm li lenta qilib kesilib, ustma-ust qo'yilib, eni 1—2 mm li somoncha qilib to'g'rab, norin xamiri tayyorlanadi. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha mol yoki qo'y go'shti pishirib sovitiladi. Xonaki usulda ziralangan mol, ot, qo'y go'shti va qazilardan tayyorlanishi ham mumkin. Pishgan go'sht somoncha qilib to'g'raladi va ta'bga ko'ra zira bilan bosh piyoz halqa-halqa yoki yarim halqa qilib to'g'ralib, yanchilgan qora murch bilan aralashtiriladi. Pishgan xamir va go'shtni o'zaro bir xil aralashtirib, norin tayyorlanadi. Norin taqsimchaga uyib solinib, ustiga murch sepib, aralashtirilgan piyoz solib dasturxonga tortiladi.
Dasturxonga go'sht sho'rvasi bilan «ho'l norin» ham tortilishi mumkin. Buning uchun norin kosaga solinib (275 g hisobida), ustidan go'sht yoki qazi qaynatilgan sho'rva (225 g hisobida) quyiladi, murch, to'g'ralgan piyoz sepiladi.
Xamir uchun: bug'doy uni 346 g, (shu jumladan, urvoqqa 34 g,), suv 136 g, tuz 8 g, moylashga o'simlik yog'i 28 g, (pishgan xamir 740 g.). Qo'y go'shti 436 g yoki mol go'shti 438 (pishgan go'sht 200 g), piyoz 71 g, yanchilgan qora murch 0,02 g, zira 0,02 g. Sof og'irligi 1000 g. Chuchvara. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti qiymalagichdan o'tkazilib, mayda to'g'ralgan bosh piyoz, ta'bga ko'ra tuz, ziravor qo'shib aralashtirib chuchvara uchun go'sht qiymasi tayyorlanadi.
Elangan un, xom tuxum, tuzli suv yordamida biroz qattiq xamir qorilib, 30—40 minut tindiriladi, qo'lda yoki mashina yordamida qalinligi 1,2—2,0 mm, kengligi, eni 50x50 mm kvadrat qilib kesib, chuchvara xamiri tayyorlanadi. Chuchvara xamiri o'rtasiga go'sht qiymasi 5—7 g hisobida solinib, ikki qarama-qarshi burchaklari birlashtirilib, qiyma atrofidagi xamir qayrilib, ikkita quloqcha hosil qilinadi, ikki ostki uchlari o'zaro halqa shaklida aylantirilib birlashtirilgan holda chuchvaraga shakl beriladi, pishirilguncha un sepilgan patnisga terib qo'yiladi. Qaynab turgan tuzli suvga shakl berilgan chuchvara solinib aralashtiriladi, o'rtacha qaynash darajasiga yetkazib pishiriladi. Pishgan chuchvara suyuqlikdan suzib olinib, taqsimchaga solinadi, ustiga qaatiq solib, ta'bga ko'ra yanchilgan qora murch sepib, dasturxonga tortiladi. Yuqoridagi usulda tayyorlangan chuchvarani dasturxonga «chuchvarali sho'rva» sifatida ham tortish mumkin. Qiyma uchun: qo'y go'shti 90 g yoki mol go'shti 87 g, piyoz 29 g, suv 18 g, tuz 1 g, yanchilgan qora murch 0,1 g (chiqishi 107 g). Xamiriga: un 58 g, tuxum 1/8 dona, tuz 1 g, suv 22 g, (chiqishi 83 g, tugilgan chuchvara 185 g, pishgan chuchvara 200 g,), qatiq 32 e yoki smetana (smetana) 15 g, murch 0,02 g. Sof og'irligi 230 g.
Chuchvara pishirishda go'sht qiymasidan tashqari tuxum barak (xorazmcha) ko'k chuchvara, kartoshkali, olchali, tvorogli, qaymoqli va hokazolardan ham foydalanish mumkin. Yuqorida ko'rib chiqilgan xamir taomlaridan tashqari yana shilpildoq (122) kaish (121), turama (123) tuxumli lag'mon (117), yupqa (141), gilmindi (142)' cho'zma (143), qatlama (151), yog'liq lochira (154), balish (156) va boshqalarni ham tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |