Organizmlarning tashqaridan qabul qilgan oziq moddalari ovqat hazm qilish sistemasida muayyan mexanik va kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi va o‘zlashtiriladi, ularning modda va energiya almashinuvi jarayonida ishtirok etishidan hosil bo‘lgan qoldiq moddalar ayirish organlari yordamida ajratib chiqariladi.

Infuzoriyalilarda ayirish a’zosining tuzilishi biroz murakkablashgan, har bir qisqaruvchi vakuola – yig‘uvchi uzun naycha, pufakcha va chiqarish naychasidan iborat. Ortiqcha suv va keraksiz moddalar yig‘uvchi naycha orqali vakuola pufakchasiga yig‘iladi.

Bo‘shliqichlilarda maxsus ayirish a’zosi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvining mahsulotlari entoderma qavati hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari yordamida tana bo‘shlig‘iga, u yerdan tashqi muhitga chiqariladi.

Yassi chuvalchanglarda ayirish sistemasi protonefridiylar (oddiy buyrak) dan iborat. Protonefridiylar parenximada joylashgan uchi berk bir qavatli epiteliy to‘qimalardan iborat tarmoqlangan naychalardan boshlanadi. Naychalar yirik naychaga kelib tutashadi.
Halqali chuvalchanglarda har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan metanefridiylar joylashgan. Naychaning tana bo‘shlig‘ida turgan qismi voronkasimon kengaygan, kiprikli bo‘ladi. Kipriklarning harakati tufayli keraksiz mahsulotlar voronkaga yig‘iladi va naychadan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Molluskalarda ayirish sistemasi tasmasimon buyraklardan iborat. Buyraklarning tuzilishi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash bo‘ladi. Kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak oldi bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi.
Umurtqasiz hayvonlar ichida yuksak tuzilishga ega bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilar tipining vakillarida ayirish sistemasi har bir sinf uchun o‘ziga xos tuzilishga ega. Masalan, qisqichbaqasimonlarda ayirish bir juft yashil bez va ularning naychalaridan iborat. Bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashadi.