Gerbitsidlar kimyosi, xom-ashyosi, olinish texnologiyasi va ishlatilishi Gerbitsidlar o`zi nima ? - Gerbitsidlar (lot. herba - oʻt, oʻsimlik va caedo — oʻldiraman) — begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Q. x.da dala, bogʻ va tokzorlar, oʻtloqlardagi, yoʻl yoqalaridagi begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Gerbitsidlarning bir necha xil preparat koʻrinishlari mavjud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv b-n aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (paxton, kotoran, kotofor, prometrin, gezagard, atrazin, agelon va b.), suv b-n aralashib emulsiya hosil qiluvchi emulsiyalanuvchi konsentratlar (treflan, dual, banol va b.), toʻldirgich hamda taʼsir qiluvchi moddalardan tashkil topgan granula (donador preparat)lar (granulali dalapon va b.).
Gerbitsidlar taʼsir qilish xususiyatiga koʻra yoppasiga va tanlab taʼsir etuvchi preparatlar guruhlariga boʻlinadi. Yoppasiga taʼsir qiluvchi Gerbitsidlardanbarcha turdagi oʻsimliklarga (aerodromlarda, yuqori voltli liniyalar oʻtgan joylarda va b.), tanlab taʼsir etuvchilardan esa dala ekinlari, bogʻlar, oʻrmonzorlardagi begona oʻtlarga qarshi foydalaniladi. Gerbitsidlarlarning bu guruxlari oʻrtasida qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki koʻpgina preparatlar kam miqsorda ishlatilganda tanlab taʼsir etuvchi boʻlsa, yuqori miqdorlarda yoppasiga taʼsir etishi mumkin. Gerbitsidlarning tanlab taʼsir qilishi ekinlar va begona oʻtlar turiga, oʻsish va ularning rivojlanish fazalari hamda tuproq iqlim sharoitlariga bogʻliq. Tanlab taʼsir etuvchi Gerbitsidlarni ekishdan oldin, ekish davrida, ekin yoki begona oʻtlar unib chiqqunga qadar yoki unib chiqqandan soʻng qoʻllash mumkin. Mac, treflan yoki prometrin, odatda, ekishdan oldin, boronalashga qadar dalalarda bir yillik begona oʻtlarga qarshi sepiladi. Bunda Gerbitsidlarning tanlash xususiyati tuproq turiga, yogʻingarchilik miqdoriga hamda preparatning tuproqda saqlanish muddatlariga bogʻliq. Gerbitsidlar taʼsir qilish xususiyatiga koʻra yoppasiga va tanlab taʼsir etuvchi preparatlar guruhlariga boʻlinadi. Yoppasiga taʼsir qiluvchi Gerbitsidlardanbarcha turdagi oʻsimliklarga (aerodromlarda, yuqori voltli liniyalar oʻtgan joylarda va b.), tanlab taʼsir etuvchilardan esa dala ekinlari, bogʻlar, oʻrmonzorlardagi begona oʻtlarga qarshi foydalaniladi. Gerbitsidlarlarning bu guruxlari oʻrtasida qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki koʻpgina preparatlar kam miqsorda ishlatilganda tanlab taʼsir etuvchi boʻlsa, yuqori miqdorlarda yoppasiga taʼsir etishi mumkin. Gerbitsidlarning tanlab taʼsir qilishi ekinlar va begona oʻtlar turiga, oʻsish va ularning rivojlanish fazalari hamda tuproq iqlim sharoitlariga bogʻliq. Tanlab taʼsir etuvchi Gerbitsidlarni ekishdan oldin, ekish davrida, ekin yoki begona oʻtlar unib chiqqunga qadar yoki unib chiqqandan soʻng qoʻllash mumkin. Mac, treflan yoki prometrin, odatda, ekishdan oldin, boronalashga qadar dalalarda bir yillik begona oʻtlarga qarshi sepiladi. Bunda Gerbitsidlarning tanlash xususiyati tuproq turiga, yogʻingarchilik miqdoriga hamda preparatning tuproqda saqlanish muddatlariga bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |