Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta’siri



Download 53,5 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi53,5 Kb.
#32302
Bog'liq
Kimyoviy-ifloslanishning-tuproq-xossalari-va-biologik-olamiga-tasiri
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ, Savollar Javoblar (2), TO'M oraliq biletlari maxsus sirtqi (2), ЎДЖҚНА2-6МАВЗУлар, Защ инф ТМИ рус 2 2019, 4-bilet Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlarining o`zaro munosabatlari., 6-sinf manfiy ishorali sonlarni qo'shish (AIM.UZ), Tabiiy fanlar 2, Tabiiy fanlar 2, Tabiiy fanlar 2, 21.YUZ. TOGRI TORTBURCHAK VA KVADRAT YUZI FORMULASI, diplom ishi 09-06-189, diplom ishi 09-06-189, Turistlarga ekskursiya xizmati ko‘rsatish



Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta’siri

REJA

  1. Kimyoviy ifloslanishning omillari.

  2. Quruqlik va Okean biomassasi.

  3. Ifloslanishni oldini olishni chora tadbirlari

Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi natijasida uning bir qator xossa-xususiyatlari, xususan kimyoviy, fizikaviy, biologik, biokimyoviy, ekologik va boshqa xossalari o‘zgarishga uchraydi. Tuproq xossalarining o‘zgarishi albatta ifloslanish turiga, harakteriga, darajasiga va vaqtiga ko‘ra o‘zgaradi. Tuproq xossalarining o‘zgarishiga qarab, unda o‘suvchi o‘simlik dunyosi va hayvonot olamida ham o‘zgarishlar yuz beradi.

Har qanday kimyoviy modda tuproq qoplamiga tushganda dastlab tuproqning biologik olami, xususan mikroorganizmlar faolligi va miqdori, fermentlar faolligi zarar ko‘radi. YA’ni shartli ravishda toza tuproq deb olingan tuproqda yashayotgan mikroorganizmlar tuproqqa tushgan kimyoviy modda ta’sirida ayrimlari nobud bo‘ladi, ba’zi bir mikroorganizmlar esa o‘zining faoliyatini susaytiradi. Agar ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi juda zararli bo‘lsa, tuproq biologik olami to‘lik nobud bo‘lishi ham mumkin. Biologik olam zararlangandan so‘ng tuproqda ular bilan bog‘liq bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar susayadi, tuproqning kimyoviy va boshqa xossalari yomonlashadi.

Quyidagi chizmada kimyoviy ifloslanishlarning tuproq xossalariga ta’siri keltiriladi.

8-rasm Kimyoviy ifloslanishlarning tuproq xossalari, rejimlari, organik va mineral tarkibiga ta’sir etish chizmasi

Bundan ko‘rinadiki, tuproq qoplamiga tushgan muayyan kimyoviy modda uning bir necha (kompleks) xossalariga ta’sir etadi va boshqa xossalarining o‘zgarishiga ham olib keladi. Bunda tuproqning xossalari quyidagi mexanizmlar orqali o‘zgarishga uchraydi:

• organik moddalarning chirindigaaylanish jarayoni buziladi va chirindining guruhiy tarkibida salbiy o‘zgarishlar kechishi kuzatiladi;

•tuproq mikrobiologik olami jiddiy zararlanib, ayrim holatlarda asosiy kismi nobud bo‘ladi;

•tuproqdagi oziqa elementlarning (azot, fosfor va kaliy) harakatchan shakli keskin kamayadi;

•tuproqning biologik faol moddalari ureaza, polifenoloksidaza, katalaza, invertaza va boshqa fermentlarining faolligi susayadi;

• tuproqning nafas olish faolligi sustlashadi;

• agrofizikaviy xossalarning o‘zgarishi natijasida tuproqning suv va havo rejimi izdan chiqadi;

•tuproq qoplamida boradigan biokimyoviy jarayonlar o‘zgarishi hisobiga modsalar aylanish jarayoni buziladi;

Yuqoridagi holatlarni taxdil etgan holda aytish mumkinki, bu omillar oqibatida tuproq unumdorligi pasayadi va olinadigan qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining miqdori va sifatiga ta’sir qiladi.

Tuproqning takrorlanmas xususiyatlaridan biri, tabiiy tarzda o‘zini o‘zi tozalashidir. Ya’ni tuproq qatlamlariga tushgan og‘ir metallar, chiqindilar, pestitsidlar, neft va neft mahsulotlari, radioaktiv modsalar tuproqqa tushganda turli mikroorganizmlar tomonidan o‘zlmng‘iriladi. Misol uchun, neft va neft mahsulotlarini parchalovchi bakteriyalar, og‘ir metallar va turli mineral tarkibli moddalarni parchalovchi mikroorganizmlar, chirituvchi hamda bijg‘ituvchi mikroorganizmlar tuproqning o‘zini o‘zi tozalash imkonini beradi. Qanchalik tuproqning biologik olami boy bo‘lsa, tuproq qoplami shunchalik toza, unumdor va serhosil bo‘ladi. Tuproqda mavjud barcha tirik mavjudotlar (mikroorganizmlar, o‘similik va hayvonot dunyosi) uning biomassasini tashkil etadi.

Tuproq qoplamidagi tirik olam haqida so‘z yuritganda dastlab undagi o‘simlik dunyosi va mikrobiologik olami ko‘z oldimizga keladi. Yuqorida ma’lum qildikki, tuproq qoplamiga turli ko‘rinish va tarkibdagi kimyoviy moddalarning tushishi natijasida dastlab uning tirik olami zarar ko‘radi. Bunda tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va boshqalar), hashoratlar, o‘simlik qoplami va boshqalar ifloslovchi moddaning kimyoviy xususiyatiga ko‘ra turlicha ta’sir qiladi. Tuproq tarkibida kimyoviy moddalarning qabul qilingan meyoridan (QQM) ortishi asosiy tirik qoplamni keskin kamayishiga va ayrim hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi. Natijada esa tuproq biologik dunyosi qayta tiklanishi uchun bir qator rekultivatsiya tadbirlarini olib borishda 5-15 yil vaqt talab etadi.

Kimyoviy ifloslanishlar natijasida tuproq unumdorligi pasayadi va qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosildorlik miqdori va sifati ta’sir qiladi. Tuproq mikroorganizmlarining roli shundaki, tuproqda boradigan bir qator hayotiy jarayonlar, oziqa elementlarining o‘zlashtirilishi, biokimyoviy jarayonlar, chirindi hosil bo‘lishi, nafas olish va boshqalar barchasi mikroorganizmlar ishtirokida kechadi.

Tuproq bilan tirik organizmlarning o‘zaro bir - biriga ta’siri tuproq hosil bo‘lish jarayonining eng asosiy omillaridan biri, biosferaning rivojlanishi va kurrai zaminimiz hayotining evolyutsiyasi bilan bog‘liqdir.

Tuproq mikroorganizmlari har yili yerga tushadigan organik qoldiqlarni qayta ishlash, parchalash va mineral qismini tubdan o‘zgartiruvchi kudratli "fabrika" hisoblanadi. Agarda har yili yerda qoladigan o‘simlik va boshqa tirik organizmlarning qoldiqlari ko‘plab to‘planaversa, ko‘p o‘tmay yer usti qoldiqlari bilan qalashib hayotning davom etishi mumkin bo‘lmay qolar edi. Shu bilan birga oziqa moddalari ham o‘simliklar qabul qilmaydigan organik birikm.alar holida bo‘lar edi. Mikroorganizmlar har yili yerda qoladigan organik qoldiqlarni parchalab, uning tarkibidagi moddalarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holga aylantirib tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishdan ham saqlaydi.

Bugungi kun olimlari uzok yillar davomida olib borilgan tadqiqotlari asosida ta’kidlashadiki, tuproq qoplamiga tushgan og‘ir metallar (R, Si, №, G‘ye), neft va neft mahsulotlari (benzin, mazut, asfalt, motor moyi, etilenglikol va boshqalar), radioativ lementlarni (V, T) parchalovchi mikroorganizm avlodlarini topishgan.

Mikroorganizmlarning miqsori va faolligida iqlim va tuproq xossalari muhim o‘rin tutadi. O‘rta Osiyo xususan O`zbekiston tuproq-iqlim sharoitida mikroorganizmlarning yashashi uchun optimal harorat 18-28 °S bo‘lib, bahor, yoz va kuz fasllarida faol bo‘ladi. Bundan tashqari mikroorganizmlarning faolligi tuproqning ekologik holtiga bog‘liq bo‘lib, agar tuproq tarkibidan biror kimyoviy modda QQM ko‘rsatkichidan ortik bo‘lmasa, ya’ni meyorida bo‘lsa 1 gram tuproqda 25 mlrd. mikroorganizm bo‘ladi, ming afsuski sanoat korxonalarining rivojlanishi, insoniyat extiyojining ortishi va boshqa omillar tuproqlarimizni turli darajada ifloslantirmoqda, natijada tuproq mikroorganizmlarining kamayishi kuzatilmoqda.

Mikroorganizmlarning ma’lum bir guruxdari tuproqda oksidlanish-qaytarilish, tiklanish kabi biokimyoviy reaksiyalarni bajaradi. Bularga azotli va oltingugurt tarkibli organik moddalarni oksidlantirishi, oltingugurt sulfidlarini tiklashi, atmosfera azoti bilan tuproq tarkibini boyitishi, organik koldiqlarni parchalash va gumus moddalarni yaratishlarini kiritish mumkin. Tirik organizmning har qanday shakli yashash davomida biomassaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Biomassa o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi.

Quruqlik biomassasi - quruqlik yuzasining turli qismlarida biomassaning miqdori bir xil emas. Qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va organizmlar turlarining soni tobora ortib boradi. Ayniqsa tropik o‘rmonlarda o‘simlik turlari juda ko‘p, keng va bir necha yarusda usadi. Hayvonlar ham shunga o‘xshash tarqaladi. Organizmlar o‘rtasida yashash joyi, oziq-ovqat, yorug‘lik, kislorod uchun kuchli raqobat kuzatiladi. Qutblarda buning aksini ko‘ramiz. Inson ta’sirida biomassa hosil bo‘ladigan maydonlar keskin o‘zgaradi va h.k.

Okean biomassasi. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biridir. Suvning asosiy qismi okean, dengizlarda yig‘ilgan. Okean va dengiz suvi tarkibida 60 ga yaqin kimyoviy elementlardan iborat mineral tuzlar bo‘ladi. Okean suvlarining 100 m qatlamida (yuqori) bir hujayrali suv o‘tlari usadi. Okeanning tubida esa ko‘pgina bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular organik moddalarni anorganik moddalarga aylantiradi.

Tuproq biomassasi haqida so‘z yuritilganda shuni aytish mumkinki, turli o‘simliklarning yer ustki va yer ostki qismlari va xayvonot dunyosi hisobiga vujudga keladigan biomassa yillar davomida tuproqning organik moddalar bilan ta’minlanish imkoniyatini beradi. Tuproq biomassasi turli tuproq iqlim sharoitlari, tuproq xossalari va insonlar tomonidan yondashilish farqlariga ko‘ra turli miqdor va tarkibda tuproq qatlamlarida to‘planadi. Bunda o‘simlik dunyosining ulushi katta hisoblanadi, o‘rmon hududlarida o‘rtacha yiliga 1,5-7 t/ga miqdorida barglar tushsa, yaylovli xududlarda o‘t o‘simliklarining yer usti qismlari hisobiga 2-6 t/ga, ildizlari hisobiga yiliga 7-11 t/ga biomassa to‘planadi.

N.N.Bazilevich, L.Rodin, N.N.Rozovlarning ma’lumotlariga ko‘ra kurrai zaminimizdagi biomassaning umumiy og‘irligi 2,4230-1012 tonna bo‘lib, shundan 2,4200-1012 tonnasi quruklikka, 0,0030-1012 tonnasi okean va boshqa suv xavzalariga to‘g‘ri keladi. Quruqlikdagi fotosintez qiluvchi o‘simliklar miqdori 2,4-1012 tonna bo‘lib, hayvonlar 0,023-1012 tonnani tashkil etadi, tuproq mikroorganizmlarining umumiy og‘irligi hozircha aniqlanganicha yo‘q.



Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, okeanning biomassasi kuruqlikning biomassasidan ming barobar oz ekan, boshqacha qilib aytganda okean biomahsuldorligi jihatidan emas, balki biogeokimyoviy nuqtai nazardan biologik sahro ekan. Shu bilan bir qatorda kurramizda 3 million tur tirik organizmlarning asosiy qismi tuproqda yashaydi. Hisoblardan ma’lumki yer kurrasida o‘simliklarning 500 mingdan ortiq, jonivorlarning 1,5 million turi mavjud.

Tuproq biomassasining miqdoriy va tarkibiy jihatdan o‘zgarishiga kimyoviy ifloslanishning ta’siri yildan yilga ortmoqda. Misol o‘rnida Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati atrofidagi o‘simlik qoplamini oladiga bo‘lsak, masofa radiusi bo‘yicha yaqin tuproq hududlarida o‘simlik qoplami 10-20 % bo‘lib, Ularning yillik hosil qilgan biomassasi ham 30 km. uzoqlikdagi biomassaga nisbatan 5-6 marta kam hisoblanadi.
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi