Geografiya



Download 462.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.10.2019
Hajmi462.66 Kb.

Sana 

 

 

 

Sinf 

5 “A” 

5 “B” 

5 “V” 

 

Fan: Geografiya. 

Mavzu: Yer  toshqobig‘ining boyliklari 

 

Darsning maqsadi: 

1. Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga  –  fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning 

yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.  



2. Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda do’stona munosabatlarni shakllantirish, dunyoda ro’y berayotgan 

voqealarga o’z munosabatini  bildirish va fikrlash qobiliyatini shakllantirish. 



3. Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga yangi bilim berish, mavzu bo’yicha tushuncha tasavvurga ega 

bo’lish, mustaqil fikrlashga o’rgatish va dunyoqarashini rivojlantirish.  



Tayanch kompetensiya elementlari: 

  Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, 

ular  asosida  mavzuli  axborotlarni  tayyorlay  olish,  ommaviy  axborot  vositalari  hamda  Internet-

saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish. 

  O’z o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: A2 to‘garakda, kutubxonada, uyda mustaqil o‘rganish 

orqali  bilimini  oshirib  borish,  sportning  yoshiga  mos  turi  bilan  shug‘ullanish,  o‘zini  tuta  olish, 

to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish. 

  Milliy  va  umummadaniy  kompetensiasi:  A2  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  e’tiqodli 

bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida idrok 

etish, o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida aytib bera olish. 

  Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga 

daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok eta olish. 



FK-fanga oid kompetensiyalar: 

  FK1-tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayon  hamda  hodisalarni  kuzatish,  aniqlash,  tushunish  va 

tushuntirish kompetensiyasi; 

  FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi;  

  FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi; 

  FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. 



Dars turi: 

Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.



 

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash 

Dars  jihozi: 

Darslik  ,ko’rgazmali  qurollar,  Globus,  dunyo    tabiiy  kartasi,  atlasi,  yozuvsiz  xaritasi, 

jadvallar, tarqatma materiallar

 

№ 

Dars  taqsimoti 

Daqiqa 

 

Darsni tashkil qilish jarayoni 

2  daqiqa 

O’tilgan  va  uyga  berilgan  mavzuni  so’rash,  takrorlash 

jarayoni 

10  daqiqa 



Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni 

20  daqiqa 

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar 

bajarish jarayoni 

8  daqiqa 



Darsga yakun yasash, baholash metodlari 

3  daqiqa 

Uyga vazifa berish 

2  daqiqa 

 

Jami: 

45  daqiqa 

Darsning  borishi 

I. Tashkiliy qism 

a) O’quvchilar bilan salomlashish. 

b) Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish. 

d) O’quvchilar davomatini aniqlash. 



 

II. O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash: 

Uyga vazifani so`rab baholash:  

a) og`zaki so`rov          b) daftarni tekshirish           v) tarqatma materiallar orqali. 

III. Yangi mavzu bayoni. 

Yerning yoqilg‘i boyliklari. Yoqilg‘i boyliklari asosan torf, ko‘mir, neft va gazdan iborat. 

Torf  botqoqliklarda  o‘simlik  qoldiqlaridan  hosil  bo‘ladi.    Hozirgi    vaqtda    torf    kam  

ishlatiladi.  Uning  o‘rniga  ko‘ mir, neft, gaz tobora ko‘proq yoqilayapti. 

ko‘mir ham  o‘simlik  qoldiqlaridan  hosil  bo‘ladi.  Agar  ko‘mirni sindirib, diqqat bilan 

qarasangiz,  unda  qadimda  o‘sgan  o‘simliklar  barglarining    izlarini    ko‘rasiz.    Ko‘mir 

toshko‘mir va qo‘ng‘ir  ko‘mir deb  ataluvchi  ikki  turga  bo‘linadi.  Toshko‘mir  qattiq  

va  yalti roq bo‘lib, yonganda juda ko‘p issiqlik beradi. Qo‘ng‘ir ko‘mir nis  ba tan kamroq  

issiqlik  tarqatadi.  O‘zbekistondagi  Ohangaron  koni  ko‘miri qo‘ng‘ir ko‘mir hisoblanadi. 

Neft  va  gaz  konlari  ham  cho‘-kindi jinslar  orasida  bo‘ladi.  Ular ko‘pincha  birga  

uchraydi.  Neft  va  gaz Antarktidadan  boshqa  ham  ma materiklardan qazib chiqariladi. 

Neft va gaz dengiz sayozligida ko‘p bo‘ladi Rudali mineral boyliklarga temir rudalari  va  

rangli  metall  rudalari kiradi.  Qayta  ishlangan  rudalardan temir,  mis,  aluminiy,  qo‘rg‘o 

shin,  rux  ajratib  olinadi.  Qimmatbaho  hisoblangan  —  oltinva  kumush  rangli  metallar 

guruhiga  kiradi.  Deyarli  barcha  rudalar  Yerning  qi  zib  yotgan  chuqur  qismida  hosil 

bo‘ladi.Rudamas  foydali  qazilmalar ham  Yer  bag‘rida  ko‘plab  uchraydi. Ular qatlam-

qatlam bo‘lib yotadi. Ba’zan bunday qatlamlar ning qalinligi  bir  necha  o‘nlab  metrga  

yetadi.    Bunday    foydali    qazilmalar  orasida    eng    muhimi  osh    tuzidir.  U    tozalanib,  

maydalanib   ovqatga  va  har  xil   tuzlamalarga   ishlatiladi.   Rudamas  foydali   qazilma 

lardan  qimmatbaho  va  kerakli  mineral  o‘g‘itlar  ham  olinadi.  Kaliyli,  fosforli  va  azotli 

minerallar o‘g‘it ishlab chiqarishda katta o‘rin tutadi. Ko‘p  

tog‘ jinslaridan qurilish materiallari sifatida foydalaniladi. 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash, savol-javob o’tkazish: Savol-javob va mavzuning 

asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 

1.Yerning mineral boyliklari qanday guruhlarga bo‘linadi? 

2.O‘zbekistonda yoqilg‘i foydali qazilmalarning qanday konlari bor? 



V. Darsga yakun yasash, baholash jarayoni: 

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni 

e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. 

VI . Uyga vazifa berish: Mavzuni o`qib o`rganib kelish __________________

 

 

 

 

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _______ ______________. 

             

                                                                       

(imzo)

 

 

 



 

Download 462.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat