O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
GEOGRAFIYA KAFEDRASI
GEOGRAFIYA MAYDONCHASIDA METEOROLOGIK KUZATISHLARNI
OLIB BORISH
QO’QON – 2010
Umumta’lim maktablari geografiya o’qituvchilari va Oliy o’quv yurtlari geografiya yo’nalishi talabalari uchun uslubiy qo’llanma
Ushbu uslubiy qo’llanma Qo’qon DPI geografiya kafedrasining hamda Qo’qon DPI o’quv-uslubiy kengashining 2010 yil avgust oyidagidagi yig’ilishida muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Tuzuvchilar: I.A. Abdug’aniev g.f.n. dotsent
D.G’. Mo’minov
QDPI geografiya kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar: A.H.Otaboyev QDPI geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi.
Yu.S.Rustamova Uchko’prik tumani XTB
geografiya fani uslubchisi.
SO’Z BOSHI
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy ilm lozimdir, zamona ilmidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.
M.Behbudiy
Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning taqdiri komil insonni shakllantirish va kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga asosan, ta’lim mazmuni shakli, sifati va samaradorligini yaxshilash bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridandir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, O’zbekiston Respublikasining rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin olishi bevosita xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim darajasi va mahoratiga bog’liq. Malakali mutaxassislar tayyorlashga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj mohiyatiga e’tibor bergan holda prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi :
“Biz hayotimizning turli jabhalarida, xalq xo’jaligining barcha sohalarida tub islohotlarni amalga oshirib, yangilanish sari borar ekanmiz, ushbu islohotlarning turmush tarzimizni ijobiy tomonga o’zgartirishi, ma’naviy yuksalishimizga ko’mak berishi hamda milliy g’urur va iftihorimizni kuchaytirishi ko’p jihatdan har tomonlama yetuk kadrlarga bog’liq ekanini unutmasligimiz lozim“.
Geografiya – insoniyat yashovchi sayyora, ya’ni Yer haqida to’liq tasavur hosil qilish uchun ma’lumot berishga qaratilgan yagona o’quv fanidir. Geografiya ta’limi Yer kurrasida ro’y beruvchi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar hamda hodisalarni o’rgatadi.
Geografiya ta’limi o’quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini tarkib toptiradi, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o’zaro bog’liqligi, geografik ob’yekt, jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Bu esa Yer kurrasining tabiiy manzarasi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini ko’tarish, atrof muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga undaydi. Binobarin, geografiya ta’limi o’quvchilarda umuminsoniy ma’naviyatning tarkibiy qismi bo’lgan geografik madaniyatni ta’minlaydi.
Maktab geografiyasi oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy-uslubiy konsepsiyasi»da belgilab berilgan. Bu vazifalarni bajarish nazariy geografik bilimlarni amaliyot bilan birga qo’shib olib borishni taqozo etadi. Bunda maktab geografiya maydonchasi va unda olib boriladigan kuzatishlar muhim ahamiyatga ega.
K I R I SH
Geografiya maydonchasi hamma geografiya kurslarini o’qitilishining ilmiy darajasini yuqori ko’tarilishida va geografik qonuniyatlar, xodisalar, ob’yektlarni muammoli yondoshish asosida o’rganishda hamda o’quvchilarda tabiat va xo’jalik hodisa va ob’yektlari ustidan kuzatish olib borishga imkon beradigan malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda o’z ifodasini topgan.
Maktab geografiyasi oldiga qo’yilgan bu muhim vazifalarni bajarishda geografiya maydonchasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Geografiya maydonchasi ta’limni ko’rgazmali va qiziqarli qilishda, o’quvchilarga chuqur bilim va tajriba berishda ahamiyatli bo’lib, u ta’lim va tarbiyaning samaradorligini oshirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu qo’llanmada geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni tashkil qilish, kuzatish natijalarini qayta ishlash va ulardan dars jarayonida foydalanish masalalarni yoritishga harakat qilinadi.
Ma’lumki, ob-havo elementlari tabiatdagi ko’p jarayonlarni vujudga kelishida, tabiat komponentlarining shakllanishida katta rol o’ynaydi. Xalq xo’jaligi turli tarmoqlarining rivojlanishi, aholining hududiy tarqalishi va ularning salomatligi ham ob-havo va iqlim bilan chambarchas bog’liqdir. Ob-havo va uning o’zgarish sabablarini bilishga qiziqmagan kishi topilmaydi. Bundan tashqari maktab dasturi bo’yicha o’rganiladigan mavzular, masalan ob-havo va uni oldindan aytish, iqlim, shamol, yog’in-sochin, bulutlar va boshqa meteorologik elementlarni o’rganish o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishida maktabda olib boriladagin meteorologik kuzatish ma’lumotlaridan foydalanish zarur. Bunda aniq va izchil tashkillangan meteorologik kuzatishlar o’quvchilarga geografiya ta’limida o’lkashunoslik tadqiqotlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Keyingi yillarda Respublikamizdagi ko’pgina maktablarda geografiya maydonchalarini tashkil qilishga e’tibor ancha kuchaydi. Ayrim maktablarda kuzatish ishlari yaxshi tashkillangan. Lekin, geografiya maydonchasida meteorologik va boshqa kuzatishlar izchil olib borilmayapti, hamda kuzatish natijalarida dars jarayonida foydalanishga unchalik e’tibor berilmayapti. Shuning uchun Respublikamiz maktablarida olib borilayotgan foydali tajribalarni to’plash, taxlil qilish va umumlashtirish muhimdir.
Mazkur qo’llanma respublikamizdagi ilg’or geografiya o’qituvchilarining tajribalarini, pedagogik amaliyotlar davomida to’plangan kuzatishlarni o’rganish hamda turli adabiyotlar taxlili asosida tayyorlandi.
MAKTAB GEOGRAFIYA
MAYDONCHASINI TASHKIL QILISH
Maktabda meteorologik kuzatishlarni izchil olib borish uchun eng avvalo geografiya maydonchasini tashkil etish lozim. Uni tashkil qilishni tayyorgarlik, tashkiliy va qurish davrlariga bo’lish mumkin.
Tayyorgarlik davrida maydoncha uchun joy tanlanadi, uning kattaligi va unda joylashtiriladigan o’quv jihozlarining miqdori aniqlanadi. Yetishmagan jihozlar maktabning o’zida tayyoralanadi yoki olib kelinadi.
Geografiya maydonchasi uchun tekis, sport inshootlaridan, baland imorat va daraxtlardan uzoqroqda bo’lgan ochiq joy tanlanadi. Uning maydoni, ya’ni kattaligi maktab hovlisining umumiy maydoniga bog’liq holda 25 x 15; 15 x 15; 12 x 12;
10 x 10 m kabi variantlarda bo’lishi mumkin.
Farg’ona viloyati maktablarining sharoitini hisobga olib geografik maydonchani kattaligi 12 x 12 m bo’lishini tavsiya qilinadi. Bu kattalikdagi maydoncha butun sinf o’quvchilari bilan mashg’ulot o’tkazishga, o’quv jihozlaridan foydalanishga, kuzatish ishlarini erkin amalga oshirishga va asboblardan to’g’ri hisob olishga erishish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Tashkiliy davrda maktab direktori tomonidan maydoncha qurilishi uchun zarur bo’lgan materiallar ko’rib chiqiladi va maydoncha qurilishini tashkil qilishda qatnashadigan ma’sul kishilar tayyorlanadi. Maydonchani qurish rejasi va grafigi maktab pedagogika kengashi tomonidan tasdiqlangandan so’ng qurilish ishlari boshlanadi.
Maydonchani qurish va unda o’quv jihozlarini joylashtirish muhim bosqichdir. Bu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Maydoncha uchun ajratilgan joy tekislanadi, chegaralari belgilanib, uning atrofi panjara-devor bilan to’siladi. Maydonchaning tamonlari gorizontning asosiy tomonlari bo’yicha oriyentirlanadi;
2. Maydoncha sektorlarga bo’linadi va reja asosida ularga o’quv jihozlari qoidasi bilan joylashtiriladi (1, 2 – rasmlar). 1-rasmdagi geografiya maydonchasining biror sektorida meteorologik jihozlar joylashtiriladi. 2-rasmda esa maktabda alohida meteorologiya maydonchasida joylashtirilgan jihozlar keltirilgan. Bizningcha meteorologik sektor geografiya maydonchasining tarkibida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, geografiya maydochasida faqat meteorologik kuzatishlar emas, balki boshqa kuzatishlarni olib borish uchun ham jihozlar joylashtiriladi.
3. O’quv jihozlari rangli bo’yoqlari bilan bo’yaladi va har birining tagiga uning nomi yozilgan taxtacha o’rnatiladi.
4. Maydonchani doim yaxshi holatda saqlab turish uchun navbatchilar tayinlanadi.
5. Maydonchaga navbatchilar uchun eslatma yozilib ilib qo’yiladi. Unda meteorologik kuzatishlarni olib borish tartibi va boshqalar keltiriladi.
Geografik maydonchasini jihozlash uchun o’quv vositalari, asboblarini topishda ma’lum qiyinchiliklar tug’iladi. Ayniqsa, meteorologik asboblarni topish qiyin, chunki ularni qo’lda ishlab bo’lmaydi. Bu asboblarni har bir katta shaharlar ko’rgazmali qurollar do’konlaridan topish mumkin yoki buyurtma asosida keltirish mumkin.
Agar maktabda yaxshi jihozlangan geografiya maydonchasi bo’lib, ularda izchil ravishda meteorologik kuzatishlar olib borilsa, ularning ma’lumotlari har bir viloyat Gidrometeorologiya markaziga berib turilsa bu tashkilot maktabni zarur meteorologik asboblar bilan ta’minlab turishi mumkin. Har bir viloyat Xalq ta’limi bo’limi, viloyatlar gidrometeorologiya markazi birgalashib, o’sha viloyat maktablarini ehtiyojini hisobga olib meteorologik asboblar chiqariladigan zavodga buyurtma qilinsa, maktab geografiya maydonchalarini to’g’ri jihozlanishiga ijobiy yordam bo’lar edi.
1-rasm. GEOGRAFIYA MAYDONCHASINING PLANI.
Geografiya maydonchasiga joylashtirilgan jihozlar:
-
Panjarali o’lchagich; 2. Yo’lka; 3. Tuproq na’munalari; 4. Tog’ jinslarining na’munalari; 5. Kvadrat metr; 6. Kub metr; 7. Reper; 8. Flyuger; 9. Nefoskop halqasi; 10. Meteorologik budka; 11. Yog’in o’lchagich; 12. Qor o’lchagich chizg’ichi; 13. Astrolyabiya; 14. Eklimetr; 15. Qutb yulduzi ko’rsatkichi; 16. Rumb, azimutlar halqasi; 17. Gorizontal quyosh soati; 18. Ekvatorial quyosh soati; 19. Yo’nalishlar doirasi; 20. Gnomon; 21. Mahalliy meridian va parallellar; 22. Qumli yashik; 23. Relyef shakllarining modeli; 24. Stol va stullar; 25. Sinf doskasi; 26. O’qituvchi stoli.
2-rasm. METEOROLOGIK MAYDONCHANING REJA SXEMASI.
1. Maydoncha chegarasi; 2. Maydonchaga kirish joyi; 3. Psixrometrik budka; 4-5. Termometrlar; 6. Flyuger; 7. Yog’in o’lchagich; 8. Qor o’lchagich. 9.Nefoskop xalqasi.
GEOGRAFIYA MAYDONCHASIDAGI
METEOROLOGIK O’QUV JIHOZLARI
Geografiya maydonchasi uchun zarur o’quv jihozlarining miqdori va ular bilan ishlash yo’llari I.A.Abdug’aniyev, V.P.Golov, K.K.Semakin, L.A.Kuzmin, A.V.Suxorukova, X.S.Masudov, F.A.Muminov va boshqa uslubchi-geograflarning ishlarida yoritilgan.
Zarur meteorologik asboblar to’plangandan so’ng maydonchani jihozlash boshlanadi. Maydonchaning meteorologik sektorida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun quyidagi o’quv jihozlari joylashtiriladi :
Meteorologik budka – ayrim meteorologik asboblarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchaning janubiy-sharqiy qismida eshigi shimolga qaratilgan holda er yuzasidan 2 m balandlikka ega bo’lgan joyga o’rnatiladi. (3-rasm). Bunday holatda budkaning ichkarisidagi asboblarga quyosh nurlari tushmaydi va atrofdagi predmetlar hamda tuproqdan qaytayotgan issiqdan himoya qilinadi. Budka maxsus konstruksiyaga ega bo’lgan qurilma bo’lib, devorlari yog’och panjaradan ishlatilgan va 2 m balandlikda 4 ta yog’och oyoqqa o’rnatilgan bo’ladi. Uning tomi 2 qavat bo’ladi. Budkaning o’lchami quyidagicha: balandligi 525 mm, bo’yi 460 mm, eni 290 mm. Budkaning devorlari qalinligi 6 mm va eni 35 mm li yog’och taxtalardan iborat. Budkaning ichiga quyosh nurlari tushmasligi uchun reykalar devorga 450 burchak bilan qiya qilib o’rnatilgan bo’lib, ular orasida shamol bemalol o’ta oladi. Budka quyosh nuri ta’sirida qizib ketmasligi uchun oq rangga bo’yaladi. Budkaning ichiga temir shtativ o’rnatilib, unga psixrometrik termometrlar mustahkamalanadi. Shtativning quyi qismiga maksimal va minimal termometrlar gorizontal holatda yotqizib qo’yiladi. Psixrometrik budkaga soch tolali gigrometr ham o’rnatiladi.
Agar maktabning imkoniyati bo’lsa, meteorologik sektorga 2 ta budka o’rnatilishi mumkin. 2-budkaning ichiga termograf va gigrograflar o’rnatiladi.
3-rasm. METEOROLOGIK BUDKA.
Psixrometrik termometrlar havo haroratini va namligini o’lchash uchun qo’llaniladigan ikkita vertikal o’rnatilgan simobli termometrlardan iborat. Bular simobli bo’lib, uzunligi 39-43 sm, simob solingan idishchaning diametri 9-12 mm bo’ladi. Shkalasi 00 dan yuqorida 500 gacha, 00 dan pasti esa –350 gacha har 0,20 aniqlikda ko’rsatadigan bo’linmadan iborat. Termometrlarning birini simobli idishi toza batis bilan o’rab qo’yiladi va shu qismi toza suvli stakanga tushirib qo’yiladi. Quruq termometr ko’rsatkichidan havoning harorati, quruq va namlangan termometrlarning ko’rsatishlaridan psixrometrik jadval yordamida havoning namligi tavsifnomasi (to’yingan suv bug’larining elastikligi, namlik yetishmasligi, nisbiy namlik, shudring nuqtasi) aniqlanadi.
Termometrlar vertikal ravishda o’rnashtiriladi. Qishloq joylarida ipak qurti boquvchilariga beriladigan Avgust psixrometridan ham havo haroratsi va namligini aniqlashda foydalanish mumkin. Asbobning termometrlari ko’rsatishidan uning yuzasiga yozilgan jadvaldan nisbiy namlik aniqlanadi.
Maksimal termometr - simobli bo’lib, havoning eng yuqori haroratini o’lchash uchun ishlatiladi. Uzunligi 350 mm, shkalasining har bir bo’limi 0,50 ga teng bo’lib, havo haroratining 710 dan 310 gacha o’zgarishini ko’rsatadi. Undan hisob olib bo’lingandan so’ng termometrni qo’lga olib, 2-3 marta silkitib, yana gorizantal holatda o’z joyiga qo’yiladi.
Minimal termometr – biror vaqt ichida eng past haroratni o’lchash uchun qo’llaniladi. Bu termometr spirtli bo’lib, kapilyar naycha ichida qora rangli shtiv (shisha cho’p) bo’ladi. Hisob olinganda qo’l bilan tegilmaydi va hisob shtivning yuqori uchiga to’g’ri kelgan shkala qismidan olinadi. Termometrning uzunligi 300 mm shkalasi 210 dan –710 gacha bo’ladi. Hisob olib bo’lingandan so’ng termometrni qo’lga olib shtivni pastga tushirib yuboriladi va termometrni gorizontal xolatda o’z joyiga qo’yiladi.
Termograf – havo haroratini uzluksiz ravishda (sutka yoki hafta davomida) lentaga yozib borish uchun qo’llaniladigan asbob. Uning qabul qiluvchi qismida egilgan temir, yoki misdon ishlangan 2 ta plastinka mavjud. Plastinkaning bir tomoni mustahkamlangan ikkinchi uchi esa maxsus tutgich bilan strelkaga ulangan. Strelka uchiga maxsus pero o’rnatilgan va analin siyohi bilan to’ldirilgan. Haroratning o’zgarishi bilan plastinka kengayib, strelkani harakatga keltiradi va strelkaning uchidagi pero aylanib turuvchi barabandagi lentaga egri chiziqlar tushira boshlaydi. Baraban maxsus soat mexanizmi yordamida aylanadi. Lentaning vertikal shkalasi har 15 minutdan bo’lingan, haftalik termografda shkala 2 soatdan bo’lingan. Lentaning gorizontal shkalasi har bir gradusdan bo’lingan. Termograflarning xiliga mos ravishda uning lentasi har sutkada yoki har haftaning dushanba kunlari almashtiriladi. Lentada qayd qilingan chiziqlardan haroratni o’zgarishi aniqlanadi.
Sochli gigrometr – havoning nisbiy namligini o’lchash uchun ishlatiladi. Unda tabiiy soch tolasidan foydalaniladi. Soch tolasi har xil yog’ va kirlardan tozalangandan so’ng, u havodagi namning o’zgarishi natijasida, ya’ni nam ko’paysa uzayadi, nam kamaysa qisqaradi. Asbobni psixrometrik budkaga dastlab o’rnatishda strelkasi psixrometr yordamida aniqlangan, nisbiy namlik miqdori bo’yicha shkalada to’g’rilab qo’yiladi. Keyingi vaqtlarda asbobning ko’rsatishi bilan taqqoslanib boriladi. Bizning sharoitimizda gigrometrdan asosan qish oylarida foydalanish maqsadga muvofiq.
Gigrograf – havodagi nisbiy namlikni sutka yoki hafta davomida uzluksiz yozib borish uchun ishlatiladigan asbob. Asbob korpusining orqa tomoniga soch tolasidan iborat kronshteyn o’rnatilgan. Soch tolasining bir uchi strelkaga, ikkinchi uchi esa kronshteynga o’rnatilgan. Havo namligi o’zgarganda soch tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Natijada strelka uchidagi siyohli pero lentaga chiziqlar chizadi. Asbob strelkasining holati dastlab psixrometr ko’rsatishi bo’yicha aniqlanadi.
Vild flyugeri – shamolning yo’nalishi va tezligini aniqlashda foydalaniladigan asbob. U maydonchaning janubiy-g’arbiy sektorining o’rtasida, gorizont tomonlari yaxshi ko’rinadigan va shamol to’silmaydigan ochiq joyda 8-10 m balandlikda o’rnatiladi. Uning ustunidan balandlik o’lchagich sifatida foydalaniladi. Flyugerni o’rnatishda uning gorizont tomonlari ko’rsatkichini gorizont tomonlariga moslashtirish kerak.
Flyuger bilan shamol tezligi aniqlanishida uning doskasini og’irligiga e’tibor berish kerak. Hozirgi vaqtda yengil (200 gr) va og’ir (800 gr) doskali flyugerlar bor. 2-jadval yordamida doskalarning yoy shtifitidagi holatidan shamolning tezligi aniqlanadi.
Respublikamizning Qo’qon guruh tumanlaridagi maktablarda og’ir doskali flyugerdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, kuchli «Qo’qon shamoli» esganida engil doskali flyuger yordamida shamolning tezligini aniqlab bo’lmaydi.
Yg’in o’lchagich (osadkomer) – yog’inlar miqdorini o’lchash uchun xizmat qiladigan asbob. U 2 dona paqircha, metall plastinkalardan tuzilgan to’siq va o’lchov stakanidan iborat. Paqirchaning yuqori qirrasi er yuzasiga nisbatan 2 m balandlikda bo’lishi kerak. Paqirchaning hajmi 200 sm2 bo’lib, unda jo’mrak va varonka mavjud. Varonka yozda paqircha ichiga qo’yiladi, qishda esa olib qo’yiladi. Varonka yozda paqirchadagi suvni bug’lanishini ozaytirish vazifasini bajaradi. Yog’in miqdorini o’lchashda paqirchadagi suv o’lchov stakaniga quyiladi. O’lchov stakani 100 bo’lakli shkalaga bo’lingan bo’lib, har qaysi bo’lak 2 sm2 ga yoki 0,1 mm ga teng. Demak, o’lchov stakanining hajmi paqirchanikidan 10 marta kichikdir. SHuning uchun, o’lchov stakani bo’yicha aniqlangan yog’in miqdori o’ngga taqsimlanadi va unga bug’lanish hamda idish devorlarini namlanishi evaziga 0,2 mm miqdorida qo’shimcha qo’shiladi. Qor yoqqanida paqircha o’lchashga olinib uning o’rniga ikkinchi paqircha qo’yiladi. Qorli paqircha xonaga olib kirilib, erigan qor suvini o’lchov stakani yordamida yomg’irni o’lchaganday o’lchanadi.
Yog’in o’lchagich imoratlar va daraxtlardan uzoqroqda bo’lgan ochiq joyda joylashtiriladi. Yog’in miqdori sutkada ikki marta, ertalab soat 7 va kechqururun soat 19 da o’lchanadi.
KUZATISH TARTIBI
1-jadval
Vaqt
|
Kuzatish elementi
|
Bajariladigan ishlar
|
Soat
|
Daqiqa
|
9, 12
15, 18
|
5
|
|
Asboblarni kuzatishga tayyorlash
|
9, 12
|
5
|
Havo harorati va namligi
|
Quruq va nam bo’lgan termometrlardan hisob olinadi: Termograf va gigrograflarning lentalariga vaqt belgilanadi; minimal va maksimal termo-metrlardan hisob olinadi.
|
9, 12
15, 18
|
3
|
Yog’in
|
Osodkomer paqirchasi almashtiriladi. Paqirchadagi suv o’lchov stakaniga quyilib, yog’in o’lchanadi. Plyuviograf lentasiga vaqt belgilanadi.
|
9, 12
|
2
|
Bosim
|
Barometr yordamida bosim o’lchanadi. Barograf lentasiga vaqt belgilanadi. Lentasi soat 1300 larga yaqin almashtiriladi.
|
9, 12
15, 18
|
5
|
Shamol
|
Flyuger va anemometr yordamida shamolning yo’nalishi va tezligi o’lchanadi.
|
9, 12
15, 18
|
2
|
Quyosh balandligi
|
Uglomer yordamida quyoshning gorizontdan balandligi o’lchanadi.
|
9, 12
15, 18
|
2
|
Bulutlik
|
Bulut turlari va bulutlilik darajasi aniqlanadi.
|
9, 12
15, 18
|
2
|
Suv harorati
|
Suv termometri yordamida suvning harorati o’lchanadi.
|
9, 12
15, 18
|
5
|
Atmosfera hodisalari
|
Shudring, qirov, bulduruq, tuman, yaxmalak, chaqmoq, kamalak va boshqa hodisalar kuzatiladi.
|
ESLATMA: 1. Kuzatish 10-15 daqiqa ertaroq boshlanadi.
2. Kuzatish natijalari maxsus jurnalga yoziladi.
3. Kuzatish tugagandan so’ng navbatchilar ularni qayta ishlaydilar.
Anemometr va flyuger ko’rsatkichlari 2-jadval
Flyuger doskasining yon shtifitidagi holati
|
Shamolning tezligi, metr sek.
|
Yengil doska
|
Og’ir doska
|
0
|
0
|
0
|
0-1
|
1
|
2
|
1
|
2
|
4
|
1-2
|
3
|
6
|
2
|
4
|
8
|
2-3
|
5
|
10
|
3
|
6
|
12
|
3-4
|
7
|
14
|
4
|
8
|
16
|
4-5
|
9
|
18
|
5
|
10
|
20
|
5-6
|
12
|
24
|
6
|
14
|
26
|
6-7
|
17
|
34
|
7
|
18
|
36
|
4-rasm. YOG’IN O’LCHAGICH.
Nefoskop halqasi – bulutlik miqdori va bulutlarning yo’nalishini aniqlashda foydalaniladigan asbob, uni yashash uchun velosiped g’ildiragining gardishi topilib, uning to’rt tomonidan sim o’tkaziladi va simlarni 2 m balandlikdagi ustunchalarga tortiladi. Halqaning sim o’tkazilgan joylari gorizont tomonlariga moslashtiriladi. O’quvchi halqa ostida turib, bulutlik darajasini va bulutlarning harakatini kuzatadi.
Qor o’lchagich reyka qor qoplamining qalinligini o’lchashda ishlatiladi. Balandligi 1 m bo’lgan reyka har sm dan bo’laklarga bo’linadi va bo’yaladi. Maydonchaning eng tekis yeriga 0 bo’linmasi yer yuzasida bo’lgan holatda o’rnatiladi.
Qor o’lchagich (snegomer) qor qoplamining zichligi va undagi suv zahirasini aniqlash uchun xizmat qiladi. U quyidagi qismlardan iborat: hajmi 8 l bo’lgan polietilenli paqircha; 0 dan 50 sm gacha bo’laklarga bo’lingan qor o’lchagich silindr; qor qoplamining qalinligini o’lchashda ishlatiladigan balandligi 160 sm li metal lineyka.
Qor o’lchagich yordamida qorning zichligi so’ngra qor suv zaxirasi aniqlanadi. Har gektar maydonchaga to’g’ri keladigan qor suvi quyidagicha hisoblab topiladi:
-
Qor o’lchagichning metall lineykasi yordamida nazorat uchun qor balandligi o’lchanadi.
-
Qor o’lchagichning silindri tik holatda qorga tiqiladi va uning shkalasidan qorning balandiligi o’lchanadi.
-
Silindrdagi qorni to’kmasdan ko’tarib olinadi va undagi qor paqirchaga to’kib eritiladi. So’ngra qor suvi o’lchov stakaniga quyilib, uning miqdori aniqlanadi.
-
Olingan ma’lumotlar bo’yicha quyidagi formuladan foydalanib, qorning va qor suvining hajmi, qorning zichligi, qordagi suv zaxirasi, har gektar maydonga to’g’ri kelgan qor suvi aniqlanadi.
1) qh = 100 x N: bu yerda qh – qorning hajmi (sm3)
N – qorning balandligi (sm)
100 – silindrning ko’ndalang kesimi maydoni (sm2)
2) sh = 5 x P: bu yerda sh – qor suvining hajmi (sm3)
P – o’lchov stakanidagi bo’linmalar soni
5 – o’lchov stakanining ko’ndalang kesimi (sm2)
3) qz = sh : qh: qz – qorning zichligi (gr/sm3)
sh – qor suvining hajmi (sm3)
qh – qorning hajmi (sm3)
4) D = 10 x qz x N: D – qorning suv zaxirasi (mm)
qz – qorning zichligi (gr/sm3)
N – qorning balandligi (sm)
10 – sm ni mm ga aylantiruvchi ko’paytma
5) a = 10 x D: bu erda a – har gektar maydonga to’g’ri keladigan qor suvi (tonna/gektar)
D – qorning suv zaxirasi (mm)
10 – mm ni t. ga aylantiruvchi ko’paytma
Barometr – aneroid havo bosimini o’zgarishini mm yoki mb hisobida o’lchashda foydalaniladigan asbob. Asbob yordamida o’lchangan bosimni miqdori hisobida bo’lsa, uni mb yoki gPa ga aylantirish mumkin. Uning uchun quyidagi nisbatdan foydalanamiz:
1 ml = 1,33 mb 1 mm = 1,33 mb
1 mb = 0,75 mm 1 mm = 1 ml
Masalan, bosim 1000 mb bo’lsa, uni mm ga aylantirish uchun 0,75 ga ko’paytiriladi: 1000 x 0,75 = 750 mm.
Barograf – atmosfera bosimini o’zgarishini sutka yoki hafta davomida uzluksiz yozib borish uchun ishlatiladigan asbob. Bunda aylanuvchi barabanga o’rnatilgan lentaga bosim o’zgarishini strelkaga o’rnatilgan pero chizib boradi. Barografning lentasi mb da berilgan. Uning strelkasini o’rnatish uchun avval barometr aneroiddan bosim aniqlanadi va uni mb aylantiriladi. Barometr aneroid, barograf hamda qor o’lchagich geografiya kabinetida saqlanadi. Bosim, uy ichi va tashqarisida kam farqlanishi natijasida bosim o’lchash ishlari xonada o’tkazilishi ham mumkin.
Eklimetr – quyoshning va qutb yulduzining burchak balandligi, daraxtlar, imoratlar, balandliklarni aniqlashda foydalaniladigan asbob.
GEOGRAFIYA MAYDONCHASIDA METEOROLOGIK KUZATISHLARNI O’TKAZISH
Geografiya maydonchasi zarur mateorologiya asboblar bilan jihozlangandan so’ng unda o’quvchilar meteorologik kuzatishlarni olib borishadi.
Ob–havoni kuzatish geografiya maydonchasida olib boriladigan ishlarning ichida alohida o’rin egallaydi. Ob-havoni kuzatish ishlari IV sinfdan boshlab IX sinflarda ham davom ettiriladi. Umumta’lim maktablarining geografiya dasturida V-VI sinf o’quvchilarining quyidagilarni uddalay olishi belgilangan:
- ob-havoni kuzatishni, zarur ma’lumotlarni qayd qilishni, ob-havoning o’zgarishi sabablarini tushuntirishni, o’zi yashayotgan joyda yil fasllarning almashinishini tushuntirishni;
- o’rtacha haroratni hisoblash hamda oy, yil uchun grafik tuzishni; «shamollar guli», bulutlik va yog’inlar diagrammasini tuzishni, sutkalik, oylik ob-havoning tavsifini tuzishni bilishi kerak.
Maktab dasturining yuqoridagi talabini bajarish uchun geografiya maydonchasida o’quvchilarning meteorologik kuzatishlarini izchil uyushtirish lozim.
Quyida geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni uyushtirish ishlarini tashkil etish yo’llari bayon qilinadi.
1. Geografiya maydonchasida qanday meteorologik kuzatishlarni o’tkazish mumkinligi aniqlab olinadi. Chunki, bu maydonchada o’rnatilgan asboblarning miqdoriga ham bog’liqdir.
Geografiya maydonchasida quyidagi meteorlogik kuzatishlar olib borish mumkin :
1) Havo haroratini o’lchash;
2) Havoning namligini o’lchash;
3) Havoning bosimi o’lchash;
4) SHamolning yo’nalishi va tezligi aniqlash;
5) Bulutlik darajasi va bulut turlarini aniqlash;
6) Yg’in turlari va miqdori aniqlash;
7) Quyoshning gorizontdan balandligi va unga bog’liq holda quyosh radiatsiyasining miqdorini aniqlash;
8) Atmosfera hodisalari (momaqaldiroq, kamalak, tuman qirov, shudring va boshqalar)ni kuzatish va aniqlash.
2. Geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun eng avvalo o’quvchilar asboblar bilan ishlash malakasiga ega bo’lishlari juda zarurdir. O’qituvchi o’quvchilarning ob-havoni kuzatishini tashkil etish va kuzatish usullari bilan o’quv yili boshida maxsus darsda tanishtiradi. V sinfda birinchi darsning oxirida o’quvchilarga keyingi darsda katakli daftar, qalam, lineyka olib kelishlari aytiladi. Birinchi darsda ob-havo qanday kuzatiladi va kuzatish natijalari qanday qayd qilinishi tushuntiriladi. O’quvchilar daftarlariga ob-havo kuzatishlarini qayd qilish uchun yilnoma chizib olishadi. Ikkinchi dars bevosita geografiya maydonchasida o’tkazilib, unda o’quvchilarni meteorologik kuzatishlarini olib borishida foydalanadigan asboblar bilan tanishtiradi, kuzatish qoidalari va shartli belgilarni tushuntiradi.
3. Meteorologik shartli belgilar alohida qog’ozga chizilib, ulardan biri geografiya maydonchasiga, ikkinchisi geografiya xonasiga osib qo’yiladi. O’quvchilar shartli belgilarni o’z daftarlariga chizib olishadi. 3-jadvalda atmosfera hodisalari va ularning shartli belgilari keltirilgan.
4. Kuzatish ishlarini olib borish uchun har qaysi sinflarda o’quvchilrning qatorlar bo’yicha ro’yxati tuziladi. Bunda har bir qatorda 4 ta o’quvchi bo’lib, ular ertalab soat 8.00, kunduzi soat 14.00 va kech soat 20.00 da kuzatish ishlarini olib borishlari mumkin. Lekin, maktablarda dars rejimiga ko’ra kuzatish vaqtlari boshqacharoq ham bo’lishi mumkin. Masalan, soat 8.30, soat 12.30 va xokazo. 5-6- sinflarda dastlab navbatchilar emas, balki hamma o’quvchi kuzatish malakalariga ega bo’lishgach navbatchilik asosida kuzatish ishlarini olib borishlari mumkin. Bundan tashqari kuzatishlar soni o’quvchilarning yoshi va bilim darajalariga ham bog’liq. 5- va 6- sinf o’quvchilari kuniga bir marta, ya’ni tush paytida kuzatish ishlarini olib borishadi. 7- sinfdan boshlab har kuniga bir necha marta kuzatish ishlari o’tkaziladi.
5. Ob-havoni kuzatish ishlari aniq kursatilgan vaqtda olib borilishi zarur.
Kuzatish vaqtida meteorologik ketma – ketlikka aniq rioya qilinishi lozim. Bunda kuzatish vaqtidan 15 daqiqa oldin asboblarning tayyorligi va jurnallar tekshirib chiqiladi. Kuzatish ko’rsatilgan vaqtdan 5 minut oldin boshlanadi. Bunda eng avvalo 2 – 3 minut davomida osmonning bulut bilan qoplanishi nefoskop yordamida aniqlanadi va jurnalga qayd qilinadi. Keyin 2-3 minut da shamolning yo’nalishi va tezligi aniqlanadi. Ko’rsatilgan ma’lum vaqtda havoning harorati va namligi o’lchanadi. So’ng yog’in tushgan bo’lsa uning miqdori, va 5 minutdan so’ng havoning bosimi o’lchanadi.
6. O’quvchilar kuzatish vaqtida asboblar bilan extiyot bo’lib muomala qilishi, kuzatish qoidalarini buzmasligi va kuzatgan meteorologik elementlarva hodisalarni daftarga oddiy qalam bilan o’z vaqtida aniq qilib yozib borish lozim.
Kuzatish olib borilayotgan vaqtning o’zida natijalar daftarga oddiy qalam bilan yozib boriladi. Kuzatish vaqtida atmosfera hodisalari ham yoziladi, masalan shudring, tuman va boshqalar.
7. Kuzatish natijalari maxsus jurnallarga qayd qilinadi. V-VI sinflarda 2-, 3-jadvallardan yuqori sinflarda esa 5- jadvaldagi jurnaldan foydalaniladi.
8 Kuzatish natijalari ma’lum davr uchun to’plangandan so’ng, maktab joylashgan xudud uchun ob-havo va iqlim tasnifini berish mumkin. Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib bir oy mobaynidagi haroratining o’zgarishi garafigi (7-rasm), o’ratacha sutkalik va oylik havo haroratlari, amplitudasi, bulutli va bulutsiz kunlar, yog’inli va yog’insiz kunlarning doiraviy diagrammasi (8-rasm), yog’inlarni yillik taqsimlanishi grafigi (9-rasm), shamollar “guli” (10-rasm) va boshqalar chiziladi va ulardan dars jarayonida foydalaniladi.
Havoning nisbiy namligini aniqlashda 4-jadval ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Misol, quruq termometrning ko’rsatkichi 180, namlangan termometrning ko’rsatkichi 120 bo’lsin. Havo namligini topish uchun termometrlar ko’rsatkichlarining ayirmasini topamiz: 180-120=60. jadvaldan namlangan termometrning va ikkala termometrlarning ko’rsatkichidagi ayirma miqdorini kesishtirib, nisbiy namlik 44 foiz ekanligini bilib olamiz.
5-rasm
PSIXROMETRIK JADVAL 4-jadval
Namlangan termometr ko’rsatkichi grad.
|
Quruq va namlangan termometrlarning ko’rsatkichlari farqi, grad.
|
0
|
0,5
|
1,0
|
1,5
|
2,0
|
2,5
|
3,0
|
3,5
|
4,0
|
4,5
|
5,0
|
5,5
|
6,0
|
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
|
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
100
|
91
92
92
92
93
94
94
94
94
94
94
95
95
95
95
95
|
84
85
86
86
86
87
88
88
88
89
89
90
90
90
91
91
|
78
78
79
80
81
82
82
82
83
83
84
84
84
85
85
86
|
71
72
73
74
75
76
77
78
78
79
80
80
81
81
82
82
|
65
66
67
68
70
71
72
73
73
74
75
75
76
76
77
78
|
59
61
62
63
65
66
67
68
68
70
71
72
73
74
74
75
|
54
56
57
58
60
61
62
63
64
66
67
67
68
69
70
71
|
48
50
53
54
55
57
58
59
61
62
63
64
65
66
66
67
|
43
45
47
49
51
53
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
|
39
41
43
45
47
48
50
52
53
54
56
57
58
59
60
61
|
34
35
39
41
43
45
47
48
50
51
52
53
54
56
57
58
|
30
33
35
37
39
41
43
44
46
47
49
50
52
53
54
55
|
Qora sovuqlarni oldindan aytib berish uchun jadval
(4-jadvalga ilova)
Namlangan termometr ko’rsatkichi - oc
|
15
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
14
|
|
|
Q
|
|
|
o
|
|
|
r
|
|
|
a
|
|
|
|
13
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
12
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
11
|
|
|
s
|
|
o
|
|
v
|
|
u
|
|
q
|
|
|
|
|
10
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
|
b
|
o’
|
l
|
m
|
a
|
y
|
d
|
i
|
|
|
|
|
|
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Q
|
o
|
r
|
a
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
s
|
o
|
v
|
u
|
q
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
|
|
|
b
|
|
o’
|
|
l
|
|
a
|
|
d
|
|
i
|
|
0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
Quruq termometr ko’rsatkichi - oc
|
OB-HAVO KUZATISH OYNOMASI. 5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |