Gelioqurilma



Download 57,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2023
Hajmi57,99 Kb.
#948601
Bog'liq
Gelioqurilma - Vikipediya



Gelioqurilma
Gelioqurilma— Quyosh radiatsiyasi energiyasini foydalanish uchun qulay boʻlgan boshqa tur
energiyaga (mas, issiklik yoki elektr energiyasiga) aylantirib beradigan qurilma. G. qurishga,
yaʼni Quyosh issiqligidan foydalanishga qadimdan intilishgan. Mas, mil. av. 1500 y. Misrda
oddiy quyosh issiqlik qurilmasi yasashga urinishgan, lekin to 18-asrgacha tuzukroq qurilma
yasalmagan. 18-asrda Rossiyada (M. V. Lomonosov), Franiiyada (J. Byuffon), Angliyada (D.
Gershel) turli G.lar sinab koʻrilgan, lekin bular uncha yaxshi natija bermagan. 19-asr 2-
yarmidan boshlab G. bilan shugʻullanish yaxshiroq yoʻlga qoʻyildi. Fransuz ixtirochisi O.
Musho (1878), rus olimi V. K. Seraskiy (1890) ancha mukammal qurilmalar yasashdi. Rus
olimi B. P. Veynberg quyosh energiyasidan foydalanishga oid tekshirishlar olib borish uchun
maxsus "quyosh uy" jihozladi. 1927 y.da V. N. Buxman Qozogʻistonda 24 yassi koʻzgudan
iborat quyosh reflektori yasadi, uning yordamida suv isitilardi. V. N. Buxman kasallarni
davolash uchun quyosh reflektoridan foydalanishga oid tajribalar ham oʻtkazdi. Sobiq Ittifoq
FA Energetika instituti geliotexnika lab. 1932—35 y.larda Samarqandda qurilgan quyosh
qurilmalarini hisoblash uchun zarur baʼzi geliofizik maʼlumotlarni aniqpadi. Bu lab.ning amaliy
ishlaridan meva quritgichni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston FA Fizika-texnika instituti
tomonidan F. Yo. Umarov rahbarligida 60-y.larda G. yaratish borasida boshlangan i. t. ishlari
hozirgacha davom ettirilmoqsa. Chorvoq GES yaqiniga qurilgan quyosh energiyasi bilan suv
isitadigan qurilmada tajribalar oʻtkazildi, institutda geliooshxona, geliouylar qurildi va sinab
koʻrildi va b. Yillik radiatsiya taxminan 1000 kkal/ sm2 dan yuqori (yillik quyosh vaqti 1800—
3000 soat) boʻlgan joylarda (jumladan Oʻzbekistonda) quyosh energiyasidan foydalanish
iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq. Issiqlik qurilmalarida quyosh energiyasi
issiqlikka aylantirilib, undan mai-shiy yoki texnologik maqsadlarda foydalaniladi. "Qaynoq
quticha" tipidagi suv isitkichda 70—90’ li issiq suv olish mumkin. Yuqori t-ra hosil qilish uchun
quyosh nurini toʻplovchi kurilmalar qoʻllaniladi. Keyingi yillarda materialshunoslik fani tez
surʼatlar bilan rivojlanishi natijasida quyosh energiyasini toʻplovchi katta qurilmalar —
geliokonsentratorlarga eʼtibor kuchaydi. Bunday kurilmalar yordamida yangi materiallarni
yaratish, materiallar xossalarini yaxshilash uchun ularni nur yordamida qayta ishlash,


materiallarning issiqlik xossalarini oʻrganish, oʻta sof materiallar olish, payvandlash va b.ni
amalga oshirish mumkin. Katta quyosh konsentratorlarining amaliy ahamiyatini eʼtiborga olib,
1987 y.da Toshkent sh.dan 45 km uzoqlikda Parkent tumanida S. A. Azimov rahbarligida
issiqlik quvvati 1 MVt boʻlgan Katta Quyosh sandoni (KQS) qurildi (rayemga q.). KQS maxsus
texnologik tizim bilan jihozlangan va gorizontal oʻqqa oʻrnatilgan katta ikki koʻzguli optik-
energetik qurilmadan (fokus masofasi 18 m, oʻlchami 54x42 m) iborat. Kosmik muhitda,
kosmik uchish apparatlarini energiya bilan taʼminlash va b.da G. (quyosh batareyasi)ning
ahamiyati katta. Quyosh energiyasi fotoelementlar, kremniyli quyosh fotobatareyalari (f.i.k. 5
—11%) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Hozirgacha quyosh energiyasidan
foydalanib ishlaydigan meva, sabzavot va don quritgichlari, binolarni isitish qurilmalari,
sovitkichlar, suvni chuchuklashtirgichlar, avtomobillar yaratildi. G. arzon issiqlik energiyasi
olishga imkon beradi, tibbiyot va q. x.da muhim rol oʻynaydi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gelioqu
rilma&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Gelioqurilma&oldid=1998289
" dan olindi 
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 4 yillar avval
 
EdgarsBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 57,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish