Nukus shahar xalq ta’lim bo’limiga qarashli 44 - sonli umumtalim maktabining Fizika fani o’qituvchisi Kalmuratova Nargizaning
7-g-sinfda
“ Tabiatda va texnikada ishqalanish” mavzusida o’tgan ochiq darsining 1 soatlik
Dars ishlanmasi.
Nukus 2019 yil
Darsning borishi :
1. Tashkiliy qism (3 minut )
2. Uyga vazifa so’rash ( 12 minut)
3. Yangi mavzu bayoni (15 minut )
4. Mustahkamlash ( 13 minut )
5. Uyga vazifa berish ( 2 minut )
Darsning ilmiy maqsadi: O’quvchilarga tabiatda va texnikada ishqalanishning katta ahamiyatga ega ekanligini, ularning tabiatda va inson hayotida foydali yoki zararli bolishi katta ahamiyatga ega ekanligi haqida tushincha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning tabiatda va inson hayotida bo’ladigan ishqalanishlar haqidagi bilimlarini, ilmiy dunyoqarashlarin kengaytirish, tabiatni asrashda tarbiya berish, bilimga yo’naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning Fizik bilimlarin, darslik va qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, gapirish va fikrlash madaniyati rivojlantirish.
MAVZU: TABIATDA VA TEXNIKADA ISHQALANISH.
Tabitda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bolishi mumkun. Ishqalanish foydali bolganda uni oshirishga, zararli bolganda esa uni kamaytirishga harakat qilinadi.
Ishqalanish bolmaganda nima bolishini tasavvur qilib koraylik. Ishqalanish bolmaganda odamlar ham, hayvonlar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoqlarimiz bilan yerda tutilamiz. Ishqalanish bolmaganda edi, buyumlar qolimizdan sirpanib tushib ketar edi.
Vagon gildiraklarini aylanishdan toxtatish uchun ishqalanish kuchidan foydalaniladi. Avtomobilga tormoz berilganda, ishqalanish kuchi uni toxtatadi.
Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, gildiraklar aylanaverardi. Avtomobil esa joyida turaverardi.
Ishqalanishni oshirish uсhun avtomobil shinalarining sirti borttirib ishlanadi.
Tinch holatdagi ishqalanish kuchi polda turgan stol stul va shkaflarni tutip turadi, taqtaga qoqilgan mixni ushlab turadi, boglangan arqonning echilib ketishiga yol qoymaydi.
Zararli ishqalanish va uni kamaytirish.
Bir-biri ustida harakatlanadigan sirtlarda hosil boladigan ishqalanishlar kop hollarda zararli boladi. Bunday hollarda ishqalanishni kamaytiradigan turli vositalar qollaniladi. Masalan, mashina va stanoklarda ishqalanish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziydi va elinadi. Ishqalanishni kamaytirish uchun bir biriga tegib turuvchi sirtlar ishqalanadi, ularning oralari moylanadi.
Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, velosiped va stanoklarning aylanuvchi vallariga podchibniklar kiydiriladi.
Podchebnikning valga bevоsita tegib turadigan qismi Vkladish polat, choyan yokiy bronzadan yasaladi.
Vkladishning ichki sirtiga qorgoshin yoki qalayining turli qorishmasidan qoplanadi va moylanadi. Val aylanganda u Vkladish ustida sirpanadi. Bunday podchebniklar sirpanish podchebniklari deyiladi. Sirpanish podchebnigi val va Vkladish orasidagi sirpanish ishqalanish kuchini kamaytirishga xizmat qiladi.
Bunday podchebniklarda aylanayotgan val podchebnikning qozgalmas Vkladishida sirpanmasdan, balki polat sharchalar va roliklar ustida dumalaydi.
Podchebnikning qattiq polatdan tayorlangan ichki halqasi valga utkazilgan boladi. Tashqi halqasi esa mashina korpusiga mahkamlangan. Val aylanganda ishki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi. Sharchalar va roliklar halqalar orasiga joylashtirilgan boladi. Sharikli yoki rolikli podchebniklar qollanilganda ularning ishqalanish kuchi sirpanish podchebniklarga qaraganda 20-30 marta kam boladi.
Qiyalikdan tushayotgan velosiped pedalini aylantirmasa ham uning gildiragi bemalol aylanaveradi.
Chunki velosiped gildiragi valga sharykli yoki rolikli podchebnik kiydirilgan bоladi. Agar podchebnik bolmaganida velosipedni yurgizich qiyin bolardi.
Avtomobillar, stanoklar, elektr dvigatellar va boshqalarning aylanuvchi qismlarida sharikli va rolikli podchebniklar qollaniladi. Hozirgi zamon sanoati va tranportini bunday podchebniklarsiz tasavvur qilib bolmaydi. Fan-texnikaning Yuksak taraqqiyoti davrida ishqalanish kuchi nihoyatda kam bolgan podchebniklar ishlab chiqarilishi yolga qoyilgan.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
Ishqalanish deb nimaga aytiladi?
2. Ishqalanishlar necha turga bolinadi va qanday?
Sirpanish ishqalanish deb nimaga aytiladi? Formulasini keltiring: