Fuqarolik jamiyati joriy nazorat



Download 17.18 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi17.18 Kb.
2-variant

Fuqarolik jamiyati joriy nazorat

1 Fuqarolik jamiyatining manaviy asoslari nimalardan iborat
2 Ozbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari
3 Ozbekistonda saylov tizimi

1 Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.

Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.

2 Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.



Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).

3 Ozbekistonda saylov tizimi
Download 17.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik