Bajardi: Davurova Marjona
SEMINAR TOPSHIRIG’I
FSMU texnologiyasi
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizning bayoniga biron sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring;
U–fikringizni umumlashtiring.
bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishiga va baxslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Sharq mutafakkirlarining oilaning jamiyat oldidagi vazifalari haqida qarashlarini bayon eting?
SAVOL
|
JAVOB:
|
F-fikringizni bayon eting
|
Sharq allomalari muqaddas qo‘rg‘on bo‘lmish oila haqidagi fikr va qarashlarini o‘z davrida ifoda etib ketishgan. Jumladan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi olimlarning qarashlari bugungi kunimiz uchun ham qimmatlidir.
|
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
|
Sharq mutaffakirlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan bir-lashtirgan asos shu bo‘lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamoloti-da oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo‘lgan sifatlar — halollik, poklik, mardliq, mehribonlik, haqgo‘ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlar-da namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o‘tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.
|
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
Sharq allomalarining oilaviy jarayonlar haqidagi qimmatli fikrlariga quyidagicha misollar keltirish mumkin. Jumladan, Abdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarning intizomiga tayanadi. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi”, deb yozadi. Sharq mutafakkirlaridan yana biri – Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Minerologiya” asarida shunday yozadi: “Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘l, u esa osmon bo‘ladi.
Qomusiy alloma Abu Ali ibn Sino esa “Tadbiri manzil” asarining “Afsofiy behtarin zanho” bo‘limida ayollarning yaxshi xulqli bo‘lishi uchun quyidagi xislatlarga ega bo‘lishlari aytib o‘tiladi:
Bilimli bo‘lsin.
U dinga ishonishi kerak.
Uyatchan, sharm-hayoli bo‘lsin.
Tabiatan jasur bo‘lsin.
O‘z erini qattiq sevsin.
Bola tarbiyasi haqida o‘ylasin.
Ezma bo‘lmasin.
O‘z eriga bo‘ysunsin.
To‘g‘ri, kamtar va farosatli bo‘lsin.
U hech qachon o‘z sha’niga dog‘ tushirmasin.
Eri bilan ehtiyotkor bo‘lib, uning hurmatini joyiga qo‘yib, xushmuomala bo‘lishi shart.
U o‘zvazifasini va burchini yaxshi bilsin.
Xotin oila xo‘jaligidagi narsalardan to‘g‘ri, tejab foydalanishni bilsin.
U o‘z tabiati va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo‘qotsin».
Demak, u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifobaxsh yomg‘iri bilan yerni ko‘kartirgani kabi u ham o‘z mehru shafqati bilan seni xushnud etadi. Yana sen unga kanizak bo‘lsang, u senga xizmatchi bo‘ladi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so‘zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o‘tirma” deya nasihat qilgan.
|
U- fikringizni umumlashtiring
|
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, musulmon olami, Sharq mutafakkirlari orasida oila muammo-lari bilan shug‘ullangan va shu xususda o‘zlarining qimmatli fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko‘p. Ularning o‘gitlari, pand nasihatlari, qimmatli fikr va mulohazalari bugungi kun yoshlari uchun dasturilamal vazifasini o‘taydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |