Fizika-matematika fakulteti «Tekislikdagi Lobachevskiy aksiomasi va undan kelib chiqadigan natijalar»



Download 1,03 Mb.
bet1/13
Sana25.11.2022
Hajmi1,03 Mb.
#872400
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fizika-matematika fakulteti «Tekislikdagi Lobachevskiy aksiomasi (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
«Tekislikdagi Lobachevskiy aksiomasi va undan kelib chiqadigan natijalar» mavzudagi
KURS ISHI

Bajardi: Matematika yo’nalishi 20.04-guruh talabasi N.Akbarov
Qabul qildi: Matematika kafedrasi o’qituvchisi
T.Bakirov

Farg’ona 2021


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….…3
I BOB. LOBACHEVSKIY DAVRIGACHA BO`LGAN GEOMETRIYA…....6

1.1-§. Gresiyada matematika rivoji………………………………………………...6


1.2-§. Yevklidning «Negizlar» asari haqida……………………………………....12
II BOB. NOYEVKLID GEOMETRIYALAR……………………………..….16
2.1-§. Noyevklid geometriyalar haqida…………………………………………...16
2.2-§. Lobachevskiy geometriyasi……………………………………………...…20
III BOB. LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI UCHUN PUANKARE MODELI…………………………………………………………………………27
3.1-§. Ortogonal aylanalar va ortogonal to`g`ri chiziqlarni yasash…………….. 27
3.2-§. Inversiya va inversion almashtirishlar……………………………………..29
3.3-§. Puankare modeli…………………………………………………………..33
3.4-§. Cheksiz uzoqlikdagi nuqta………………………………………………..35
XULOSA………………………………………………………………………...37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….39
KIRISH
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Kurs ishining dolzarbligi: Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Ta’lim- tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Geometriya insoniyat paydo bo`lishi tarixi davomidagi eng qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Fanning tizimli ravishda rivojlanishida (abstraklashuvida) eramizdan avvalgi III asrda yashab ijod qilgan grek olimi Yevklidning “Negizlar” nomli asari sabab bo`ldi. Bu asar 13 ta kitobdan iborat bo`lib, unda Yevklid dastlab ta’riflar, postulotlar (Yevklid bu terminnni geometrik tushunchalar uchun ishlatgan bo`lsa, aksoimalarni algebraik munosabatlar uchun ishlatgan).
Insoniyat tarixida inson yaratgan kitoblar orasida eng ko`p marta qayta nashrdan chiqarilgan ushbu kitobda Yevklid geometriyasini aksiomatik qurilishini bayon etib, nuqta, to`g`ri chiziq va tekislik kabi asosiy tushunchar yordamida keyingi figuralar ta’rifi, ularni bog`lovchi munosabatlat, teoremalar va ularni izchil isbotlash tarzida tizimga solindi.
1826 - yil Qozon davlat universiteti professori N.I.Lobachevskiy tomonidan noyevklid geometriyaga asos solindi. Bu yerda dastlabki to`tta aksiomani o`z o`rnida qoldirib (bu to`rt aksioma o`rinli bo`lgan geometriya absolyut geometriya deb yuritiladi) beshinchi parallellik aksiomasini almashtirish bilan yangi geometriya hosil qilindi.
Yevklidning beshinchi postulotining ingliz pedagogi Pleyfer tomonidan yaratilgan ekvivalanti:
Tekislikda to`gri chiziqdan tashqaridagi nuqtadan u bilan kesishmaydigan yogona to`g`ri chiziq o`tadi.
Ushbu postulotni Lobachevskiy quyidagi bilan almashtirdi:
Tekislikda to`gri chiziqdan tashqaridagi nuqtadan u bilan kesishmaydigan kamida ikkita to`g`ri chiziq o`tadi.
Lobachevskiyning deyarli barcha zamondoshlari uning yaratgan geometriyasi xatolikka ega deb hisoblashar edi. Ular bu geometriyani biz yashab turgan fazoda qo`llab bo`lmasligi bilan birga, bu geometriya qachonlardir ichki qarama-qarshilikka uchraydi deb hisoblashar edi.
Noyevklid geometriya tarafdorlari uchun bu geometriyani zidsiz ekanini asoslash, boshqalarni bunga o`rgatish uchun biror usul yoki Yevklid geometriyasi doirasida ushbu geometriyani tushuntira biladigan uning modellarini yaratish zarurati bor edi.
Bunday modellardan biri Keli-Kleyn modeli bo`lib hisoblanadi. Bu model doira va uning oxirlari hisobga olinmagan vatarlari yordamida tushuntiriladi.
Ikkinchi model fransuz matematigi Puankare tomonidan Lobachevskiy geometriyasi uchun taklif qilingan modeldir. Bu model doira va uning ichki nuqtalari Lobachevskiy tekisligi deb olinib, Lobachevskiy tekisligidagi nuqta doira ichidagi nuqtaga, to`g`ri chiziq esa ushbu doiraga ortogonal aylananing doira ichidagi yoyi tushuniladi.
Bu ikki model ham Lobachevskiy geometriyasining keyingi rivojlanishga katta xizmat qilgan modellardir.
Bu yerda noyevklid geometriyalarni asoslash va uni barcha uchun tushunarli tilda bayon etish maqsadida modellari yaratilishi zarurati bor ekanligi va ularning ushbu geometrlarni o`rganishdagi ahamiyati hamda Lobachevskiy tekisligi haqida so`z yuritildi.
Lobachevskiy geometriyasining Puankare modelini izohlashga bag`ishlandi. Ushbu model uchun zarur bo`lgan ortogonal aylanalar va ularni yasash, inversiya va inversion almashtirishlar kabi tushunchalar bayon etildi. Shundan so`ng “Puankarening sehrli dunyosi” deb ataluvchi modeli kiritildi. Ushbu model yordamida cheksiz uzoqlikdagi nuqta tushunchasi o`z aksini topdi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish