Fizika fanini o‘qitishda fanlararo integratsiya a. J. Ergashev1



Download 32,01 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi32,01 Kb.
#702808
  1   2
Bog'liq
5.Ergashev A.J. , O‘tbasarovaN., Begmatova D.A.


FIZIKA FANINI O‘QITISHDA FANLARARO INTEGRATSIYA
A.J. Ergashev1, N.O‘tbasarova2, D.A. Begmatova1
avazbekergashev8939@gmail.com1
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unversiteti magistranti,
Chirchiq viloyati pedagogika instituti magistri.
Fizika tabiat haqidagi fan bo‘lib hisoblanadi. Tabiatdagi hodisalarni faqat fizika fanigina emas, balki boshqa fanlar ham o‘rganadi. Masalan, tabiatshunoslik, geografiya, kimyo, biologiya, astronomiya va boshqalar.
Umumta’lim maktablarda ba’zi masalalar, g‘oyalar, hatto asboblar turli fanlarda bir necha marta ko‘rib chiqiladi. Masalan, diffuziya hodisasi, 5-sinf tabiatshunoslik darsida (“Suvda eriydigan va erimaydigan moddalar”), 6-sinf geografiya darsida (“Suvdagi tuz tarkibi”), 6-sinf botanika darsida (“Sitoplazmaning harakatlanishi, hujayraga moddaning kirishi”), 7-sinf fizika darsida (“Gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jismlarda diffuziya”),
Kompas asbobi 5-sinfda tabiatshunoslik darsida (“Reja va xarita”), 6-sinf geografiya kursida (“Joyda orientirovka olish, kompasga qarab azimutni belgilash”), 8-sinf fizika kursida (“Magnit maydoni”), 8-sinf geografiya darsida (“Azimutlar”) hammasi bo‘lib to‘rt marta ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni kompas bilan ilgari tanishganliklarini bilmaydi. Shuning uchun yana boshdan tushuntiradi.
Fizika kursini boshqa tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘lab o‘qitish quyidagi imkoniyatlarni ochib beradi:

  1. O‘quvchilar fundamental tabiiy-ilmiy tushuncha (“modda”, “materiya”, “harakat”, “energiya”) va qonunlarni (“ energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni”, “impulsning saqlanish qonuni”, “massaning saqlanish qonuni”) chuqurroq o‘zlashtiradilar.

  2. Turli tushunchalar bo‘yicha o‘quvchilarda umumlashgan ko‘nikma va malakalarni (fanlararo xarakterdagi o‘lchash, grafik yasash, darslik bilan ishlash kabi) hosil qilish.

  3. O‘quvchilarda bilish, qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘qitishning rolini oshirish, ularda har xil manbalardan mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish.

  4. O‘quvchilarning dialektik dunyoqarashlari va politexnik bilimlari doirasini kengaytirishda o‘qitishning rolini oshirish.

  5. Tabiiy-ilmiy sikldagi turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.

  6. Kompleks xarakterdagi masalalarni yechishda, tabiatda va texnikada sodir bo‘ladigan hodisalarni har tomonlama o‘ganishda turli tabiiy fanlar bo‘yicha olingan bilimlardan foydalanish malakasini hosil qilish.

  7. Tabiatdagi ko‘pgina hodisa va qonunlarni o‘rganishda ortiqcha takrorlanishlarni tugatish, natijada ma’lum o‘quv vaqtini tejab qolish.

  8. Tejab qolingan vaqt hisobiga ba’zi hodisa va qonunlarni chuqurroq o‘rganish, ijodiy va amaliy xarakterdagi ishlarni bajarish.

Umuman tabiat haqidagi fanlarning maqsadi – tabiatda mavjud qonunlarni ochish, o‘rganish va ulardan inson ehtiyoji uchun foydalanishdan iboratdir. Tabiat doimo o‘zgarishda bo‘lganligi uchun tabiat haqidagi fanlar ham doimo rivojlanib boradi.
Vaqt o‘tishi bilan fizikadan mustaqil fan sifatida kimyo, biologiya, geografiya, matematika kabi fanlar ajralib chiqdi. Lekin bu fanlar fizikaning asosiy qonunlari, asosida rivojlanishni davom ettirdilar. Bu fanlarning fizikani o‘rganish bilan chambarchas bog‘liqligi saqlanib qoldi. Shuning uchun fizika boshqa tabiiy fanlar bilan bog‘lab o‘rganilishida katta imkoniyatga ega.
Biz quyida fizikani ba’zi tabiiy fanlarga bog‘lab o‘qitishning ayrim masalalarini ko‘rib chiqamiz.
Umumta’lim, akademik litsey, kasb-hunar maktablarida o‘qitiladigan fizika va matematika, kimyo, biologiya, geografiya, tabiatshunoslik va ekologiya fanlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish ko‘p qirrali bo‘lib, alohida ahamiyatga ega. Chunki fizik qonunlar formula shaklida - matematik tenglamalarda ifodalandi. Fizik hodisalarni tahlil qilishda va xulosa chiqarishda matematik formulalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, masalalar yechishda, labaratoriya ishlarini bajarishda matematik tushunchalar qo‘l keladi.
Akademik S. I. Vavilov “ Fizika va matematika doimo biri ikkinchisiga yordam bergan va ularning taraqqiyotini bir-biridan ajratib bo‘lmaydi” degan edi.
Bu fanlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

  1. Fizik hodisa va qonuniyatlarni o‘rganishda matematik tushunchalarni qo‘llash.

  2. Fizik hodisalarni o‘tishda matematik usullardan foydalanish, grafiklar chizish.

  3. Fizik masal yechish va uni tahlil qilish.

  4. Masalalar yechishda funktsiyalarning grafigini chizish yoki berilgan grafigiga ko‘ra kattaliklarni aniqlash.

  5. Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida matematik tushunchalardan keng foydalanish.

  6. Fizika va matematika fanlari bo‘yicha umumlashgan sayohatlar o‘tkazish.

Ta’lim tizimida, kimyo va fizika kurslari bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Chunki ularning o‘rganish ob’ekti bir xil (, jarayonlar, jonsiz tabiatdagi qonuniyat). Bu to‘g‘risida M.V. Lomonosov shunday degan edi: “Kimyo va fizika o‘zaro shunday bog‘langanki, biri ikkinchisiz rivojlana olmaydi”.
Bu fanlarni o‘qitishda fanlararo bog‘lanish, ya’ni integratsiyalash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

  1. O‘quvchilarda fizika va kimyo uchun umumiy bo‘lgan modda tuzilishi, atom va molekula haqidagi tushunchalar, ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.

  2. Fizika va kimyo uchun umumiy bo‘lgan qonunlarni o‘rganish.

  3. Fizika va kimyo uchun umumiy bo‘lgan nazariyalarni o‘rganish

  4. Kimyoviy tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun fizikada o‘rganilgan bilimlardan foydalanish.

  5. Fizik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun kimyoda o‘rganilgan bilimlarni qo‘llash.

Bu o‘zaro bog‘lanishning natijasi sifatida fizik-kimyo fani yuzaga keldi.
Bugungi kunda fizika fanida o‘rganilayotgan turli hodisalarga jonli tabiatdan juda ko‘p misolllar keltirish mumkin. Demak, bunday misollar keltirish orqali fizika darslarida biologik tushunchalardan foydalanish fizik hodisani hayot bilan bog‘lashga, fizika va biologiyadan olingan bilimlarni chuqurlashtirishga, har ikki fanga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga va kasb tanlashlarga imkon beradi. O‘quvchilar birinchi darsdayoq barcha tabiiy fanlar fizika qonunlaridan foydalanishini tushunib yetadilar. Fizika – jonsiz va jonli tabiatda ro‘y beradigan hodisalarning kaliti ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Fizika darslarida biologiya materiallaridan foydalanish uchta yo‘nalish bo‘yicha olib borilishi mumkin:

  1. O‘rganiladigan fizika qonunlarini jonli tabiatga, tirik organizmlarga qo‘llash ( jonli tabiatdan misollar keltirish).

  2. Biologiya va tibbiyotda foydalaniladigan fizik usullarni qo‘llashga imkon beradigan materiallarni tadbiq etish. (masalan, turli optika asboblar: lupa, mikroskop, stetoskop, fonendoskop kabilar).

  3. Darsga bog‘langan holda biologiyaning yangi-yangi tarmoq va yo‘nalishlari bilan o‘quvchilarni tanishtirib borish. (Masalan, radiolakatsiyadan texnikada foydalanishni tushuntirishda turli hashorotlar, qushlar, delfinlar harakatini gapirish mumkin).

Keyingi yillarda har ikkala fan asosida biofizika vujudga keldi.
Yuqoridagilar kabi fizika, tabiatshunoslik va geografiya fanlari bilan ham chambarchas bog‘langan. Ular tabiat hodisalarining turli tomonlarini o‘rganadi.
Tabiiy geografiya kursining asosiy vazifasi tabiat va jamiat taraqqiyotining qonunlari bo‘yicha o‘quvchilarga bilim berishga, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratiladi.
Geografiyaning muhim bo‘limi bo‘lgan tabiiy geografiya va uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan tabiatshunoslik fanlari bir-biriga juda yaqin hisoblanadi.
Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi tabiatni va uning Yer yuzidagi o‘zgarishlarini, Yerning o‘z o‘qi atrofidagi va Quyosh atrofidagi yillik harakatlarini o‘rgansa, tabiatshunoslik fani esa jonli va jonsiz tabiatni va uning yangiliklarni o‘rganadi.
Tabiiy geografiyaning keyingi bosqichlarida esa (6-8-sinflarda) o‘quvchilarga geografik qobiq, uning bir butunligi, mavjud organik va noorganik strukturalar, ularning tarkibi to‘g‘risidagi, insonni o‘rab turgan tabiat, u yashayotgan, ishlayotgan, unga o‘z aloqalari ta’sirida va ular orqali umuman dunyoga ta’siri to‘g‘risidagi bilimlar beriladi.
Umuman, tabiatshunoslik va geografiyaning fizika bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p masalalari avval tabiatshunoslik va geografiya kurslarida, keyinchalik fizika kursida o‘rganiladi. Boshqacha qilib aytganda, fizika kursida o‘rganiladigan materiallar, parametrlar, asboblar, ba’zi terminlar tabiatshunoslik va geografiya kurslarida uchraydi. Bu yerda har bir qonun yoki hodisalar batafsil tushuntirilmaydi. Tabiatshunoslik va geografiya o‘qituvchilari tabiatdagi hodisalarni tushuntirishda fizik terminlardan foydalanadi, lekin uning ilmiy mohiyatini o‘quvchilarga tushuntira olmaydi.
Fizika, tabiatshunoslik va geografiya fanlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishning asosiy xususiyati shundan iboratki, fizika o‘qitishda ana shu tabaitshunoslik va geografiya fanlarida o‘rganilgan materiallarga suyangan holda tabiat hodisalarining fizik mohiyati ochib beriladi.
Fanlararo bog‘lanishni to‘g‘ri o‘rnatilishi tabiiy-ilmiy siklda turli fanlar bo‘yicha o‘quv materialining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, vaqtni ma’lum darajada tejashga imkon beradi.
Har bir tabiiy fan tabiat hodisalarining turli tomonlarini o‘zining uslubi bilan o‘rganadi. Lekin ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Barcha tabiiy fanlar birgalikda tabiat haqida umumiy tasavvur hosil qiladi. Bu fanlar orqali materiya tushunchasini doimiy kengaytirib borish, materiya harakatining turli shakllarini ma’lum ketma-ketlikda o‘rganish o‘quvchilarda materiya va uning uzluksiz harakati haqidagi tasavvurlarning yagona tizimini yaratadi. Bundan tashqari, harakat materiya mavjudligining yagona shakli ekanligiga ko‘nikma shakllanishiga yordam beradi. Tabiat hodislarini o‘zaro aloqa va bog‘liqlikda o‘rganish bu hodisalarning umumiy aloqadorligi haqida o‘quvchilarda ishonch hosil qiladi.



Download 32,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish