Filtr suyuqlik, gaz oqimi yoki qattiq aralashmalami bir-biridan g'ovakli



Download 17,03 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi17,03 Kb.
#567959
Bog'liq
Документ (1) (3)


Filtr suyuqlik, gaz oqimi yoki qattiq aralashmalami bir-biridan g'ovakli
to'siqdan o'tkazish orqali ajratadigan moslama.
Noorganik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida har xil tuzilishga
ega bo'lgan suzgichlar ishlatiladi. Bular jumlasiga barabanli, disksimon,
tasmali va karuselli vakuum-filtrlar, listsimon, ramali filtr-presslar va
ФПАКМ tipidagi avtomatik filtrlar, nutch-filtrlar kiradi. Filtrlar
tuzilishining bunday turli-tum anligi suspenziyalarning xossalari
o'rtasidagi farq va suzish jarayonining turli maqsadlarga mo'ljallanganligi
bilan bog'liq.
Filtrlaming asosiy elementlaridan biri filtrlash to‘sig‘idir. Filtrlaming
ish unumi, filtrlab olingan suyuqlik (filtrat)ning tozaligi, to'siqlarning
xizmat ko'rsatish muddati va filtrlash jarayonining tejamkorligi ko'p
jihatdan filtr to'siqlarni tanlashga bog'liq. Ular, asosan, quyidagi
talablarga javob berishi lozim:
— muhit ta’siriga chidamli;
— yetarli darajada mexanik mustahkam;
— issiqqa chidamli;
— qattiq zarrachalami yaxshi ushlab qolishi;
— cho'kmaga nisbatan past gidravlik qarshilikka va kam adgeziyaga
ega bo'lishi lozim.
Odatda, filtrlovchi to'siqlar sifatida turli matolardan foydalaniladi.
Ular, asosan, paxta, jun, shisha, perxlorvinil, poliamid, lavsan tolalaridan
to'qilgan bo'lib, paxta tolali filtr to'siqlar ko'proq ishlatiladi. Ular neytral
muhitda 100°C haroratgacha bo'lgan suspenziyalarni filtrlash uchun
mo'ljallangan. Jun matolar paxta matoga nisbatan kislotalar ta’siriga chidamliroq,
ishqorlar ta’siriga esa chidamsizroq. Perxlorvinil va lavsan matolar
kislota, ishqor va oksidlovchilar ta’siriga chidamli hamda suvda
bo'kmaydi. Poliamid mato ishqorlar ta’siriga va hatto 100°C haroratga
ham chidamli. Shisha-mato nordon eritmalarga juda chidamli,
cho‘zilishga mustahkamligi yuqori, lekin ishqalanishga qarshiligi past.
Yuqorida qayd etilgan materiallardan tashqari filtrlovchi to'siqlar
sifatida metall-matolar, to‘rlar hamda sopol, shisha va grafitdan yasalgan
list-plitkalar ham ishlatiladi.
Suzgich to‘sig‘i sifatida ishlatiladigan mato aw al laboratoriya
sinovidan o'tkaziladi. Bunda uning qanday suspenziyani filtrlashga
(cho‘kma yoki suyuqlik olishga) mo'ljallanganligi, xususiyati (vodorod
ko‘rsatkich, harorat), zarrachalaming agregatlanishi, zarrachalaming
o'lchami va shakli hamda filtrning turi e ’tiborga olinadi. Filtrning
tuzilishi matoning xususiyatlari: cho'zilishga mustahkamlik, egilishga
va ishqalanishga chidamlilik, gardish shaklini hamda zichlantirish
xususiyatlarini belgilab beradi.
Filtrlar ichida barabanli vakuum-filtrlar sanoatda ko'proq qo'llaniladi.
Ularning afzalligi shundaki, filtrlash jarayoni uzluksiz olib boriladi va
cho'kmani filtrning o'zida yuvish mumkin. Nisbatan murakkab
tuzilganligi va sikldagi ayrim operatsiyalarni ixtiyoriy ravishda keng
oraliqda o'zgartirib bo'lmaslik ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning
uchun suspenziyaning xossalarini doim birdek ushlab turishga to'g'ri
keladi. Bu filtlar yuqori dispers suspenziyalarni suzishga yaramaydi.Filtr
yon tomonlari parmalab teshilgan ichi havol barabandan iborat bo'lib,
uning ichki tomoni uyachalar shaklida to'g'ri burchakli uchastkalarga
bo'lingan. Baraban sirti awal metall to'r, so'ngra filtrlovchi mato bilan
qoplanadi. U bir uchi elektr yuritmaga ulangan, ikkinchi uchi esa
taqsimlash qurilmasiga tutashgan g'ovak valda aylanadi.Taqsimlash
qurilmasi har bir uyani vakuum va siqilgan havo manbayiga ketma-ket
ulash uchun xizmat qiladi. Bu filtrlash, cho'kmani yuvish, uni
suvsizlantirish, chiqarib yuborish va matoni qayta tiklash operatsiyalarini
navbatma-navbat bajarish imkonini beradi. Cho'kmani birlamchi
suvsizlantirilgandan va yuvilgandan keyin uni zichlash uchun filtrlarga
zichlovchi jo'valar yoki boshqa maxsus moslamalar o'rnatiladi. Bu
cho'kmaning yorilib ketishini oldini oladi va undan suvning butunlay
chiqarib yuborilishiga yordam beradi.
Tasmali vakuum-filtrlar yuqori dispers suspenziyalarni suzish uchun
mo'ljallangan. Birinchi navbatda, yirik zarrachalaming ch o ‘kmaga
tushishi matoning teshiklari mayda kristallar bilan bekilib qolishini
kamaytiradi. Tuzilishining soddaligi va ayrim suzish operatsiyalarining
davomiyligini boshqarishda hamda cho'kmani ko'pbosqichli yuvishni
tashkil qilish imkonining mavjudligi tasmali filtrlaming afzalligi
hisoblanadi. Suzish yuzasining kichikligi, suzish va yuvish zonasining
aniq chegaralanmaganligi bu filtrlaming kamchiligi hisoblanib, bunda
filtrlangan suyuqlik (filtrat) ma’lum darajada suyuladi. Tasmali vakuumfiltrlar bor kislotasi va ekstraksiya yo‘li bilan olinadigan fosfor kislotasi,
kaliy xiorid ishlab chiqarishda ishlatiladi.
K-100-15K. va K-50-11,5 K aylanma vakuum-filtrlari ekstraksiya
yo‘li bilan fosfor kislotasi ishlab chiqarishda qo'llaniladi. U doira
shaklidagi gorizontal aylanuvchi romadan iborat bo'lib, aylanib yuradigan
relslarda sirpanadigan roliklarga tayanadi. Ramaga ag'darma filtrlovchi
novlar (nutchlar) o'rnatilgan bo'lib, ularga yuzasiga filtrlovchi mato
qoplangan teshik-teshik tayanma to'siqlarjoylangan. Novlaming vakuum
bo'shlig'i egiluvchan shlang yordamida taqsimlovchi qopqoqqa ulangan.
Rama aylanganda har bir nov birin-ketin filtrlash, ikki (yoki undan
ko'proq) marta cho'kmani yuvish, uni to'kish va matoni qayta tiklash
zonasidan o'tadi. Filtrlash va har bir yuvish tugallangandan so'ng
cho'kma orqali havo o'tkazish yo'li bilan suvsizlantiriladi. To'kish
zonasida nov avtomatik tarzda ag'dariladi va cho'kma o'z og'irligi hamda
siqilgan havo ta’sirida bunkerga to'kiladi. Shundan so'ng mato yuqoriga
yo'naltirilib, suv oqimi bilan yuviladi, so'ngra siqilgan havo yordamida
quritiladi.
Aylanma filtrlar, novlar bir-biriga tegmay turganligi tufayli yuvish
suvi bilan suyultirilmagan, konsentrlangan filtrat olish mumkin. Bundan
tashqari, cho'kmani ko‘p bosqichda qarama-qarshi yo'naltirilgan kam
miqdordagi suv bilan yuvish mumkin. Undan tashqari, vakuumfiltrlaming ish unumi yuqori, matoning xizmat muddati ham kattadir.
Suzilayotgan yuza birligiga to'g'ri keladigan o'lchamlaming kattaligi
ularning kamchiligi hisoblanadi. M asalan, K-100-15K. vakuum
suzgichining umumiy suzish yuzasi 105 m 2 bo'lsa, foydali suzish
zonasining yuzasi 80 m 2 ni tashkil qiladi. Filtrlash yuzasining tashqi
diametri 15 m, novning uzunligi 3,3 m ga teng.
Diskli vakuum-filtrlar disklar o'rnatilgan gorizontal aylanuvchi valdan
iborat bo'lib, disklar seksiyalarga ajratilgan qozonga, har bir disk esa
qozonning alohida seksiyasiga botib turadi. Disklar devori teshikli, ustiga
mato tortilgan 12 ta sektorga bo'lingan bo'lib, har qaysi sektor valning
ichidan o'tuvchi alohida kanal orqali taqsimlovchi moslamaga tutashgan.
Cho'kmani olish zonasida sektorning ichiga resiverdan taqsimlovchi
moslama orqali siqilgan havo yuboriladi va u cho'kmani matodan
ajratishga va pichoq bilan qirib tushirishga yordam beradi. Pichoqlar
diskning ikkala tomoniga o'rnatilgan. Matodan ko'chirilgan cho'kma
qozonning seksiyalari orasiga filtr ostidagi bunker tushadi. Disklari soni
4—6 tadan ortiq bo'lgan filtrlaming taqsimlovchi moslamalari valning
har ikkala uchiga o'matiladi.
Diskli filtrlaming filtrlash yuzasi 0,3 dan 250 m2 gacha, disklar soni
esa 14 ta. Ular zarrachalarining dispersligi deyarli bir xil bo'lgan
suspenziyalarni filtrlash uchun mo'ljallangan. Filtrda qolgan cho'kma
quritilayotganda yorilib ketmasligi kerak.
Diskli filtrlaming afzalligi shundaki, ulaming tuzilishi ixcham va
suzilayotgan yuza birligiga to'g'ri keladigan massa miqdori kam (200—
300 kg/m2). Uning kamchiligi, cho'kma yuvilayotganda filtrdan o'tgan
toza suyuqlik (filtrat) suyulib qoladi.
Qattiq fazasi yuqori disperslikka ega bo'lgan suspenziyalarni filtrlash
uchun filtr-presslardan foydalaniladi. Ular davriy ravishda ishlaydigan
qurilmalar qatoriga kiradi. Filtr-presslar 2 xil bo'lib, ularga filtrlash maydoni
2,5 dan 140 m2 gacha bo'lgan ramali va filtrlash maydoni 2,0 dan 50 m
gacha bo'lgan avtomatlashtirilgan kamerali (ФПАКМ) filtrlar kiradi.
Avtomatlashtirilgan kamerali filtrlar qiyin filtrlanadigan o'ta yuqori
disperslikka ega bo'lgan, diametri 25 mm li quvurlarda oqadigan
suspenziyalarni ortiqcha bosim ostida filtrlashga mo'ljallangan. Ular
S/Q nisbat 2-HO va 80°C gacha bo'lgan haroratda ishlashga
mo'ljallangan. Bu filtlar bariy xiorid eritmalarini va bariy sulfat
suspenziyasini filtrlashda foydalaniladi. ФПАК.М filtrlarini boshqarish
to'la avtomatlashtirilgan bo'lib, ularning avtomatik sistemasi ishni
avtomatik va yarim avtomatik rejimda bajaradi. Filtr kamerasidagi bosim
1,2 — 1,5 MPa ni tashkil etadi.
Download 17,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish