Farrux jumanazarov
Dinlar falsafasi
Konspekt
Xudo
xudo diniy sig’inish va e’tiqod qilish obyekti hisobl angan ilohiy kuchdir. U yaratish, yo’qni bor qilish xususiyatiga ega. Aslida xudoni borligi to’g’risida ilmiy asos yo’q deb hisoblashadi. Har bir dinda xudoni alohida nom bilan zikr qilishadi. Islom dinida Alloh, Xristian dinida Abba, yahudiylik dinida yahve, zardushtiylikda Ahuramazda, buddizm va hinduilikda Brahma, Sintoizm dinida Amaterasu va boshqa dinlarda har xil nom bilan zikr qilishadi. Xudodan qo’rqish Xudoga e’tiqod qilish deyarli har bir dinga xos. Monoteistik dinlarda Xudo olamning yaratuvchisi va hukmdori hisoblanadi. Zamonaviy ilohiyotshunoslikga ko’ra xudo ilmiy asoslar bilan aniqlanmaydi. Xudo payg’ambarlar, kitoblar yubormagan degan qarashlarga Deizm deyiladi. Xudoning mavjudligi yoki mavjud emasligi to’g’risida o’rta asrlardan buyon bahs yuritiladi. Xudoning kimligi va qandayligi aniqlanmagan degan fikrlar mavjud. Xudo mavjud emas deb fikr yurituvchi faylasuflar Olamning yaratilishida Xudoga hojat yo’qligini aytishadi.
Panteizm
Panteizm (pan... va yun. theos — xudo) — xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi deb hisoblovchi diniy va falsafiy taʼlimot. P. atamasini J. Toland kiritgan (1705). Bu tushuncha Sharqda vujudiyun nomi bilan ataladi. Panteistik tamoyillar oʻrta ayerlardagi yereslik mistikasida koʻzga tashlangan. P. Uygonish davri naturfalsafasi va boshqa Spinoza ("xudo" va "tabiat" tushunchalarini bir narsa deb bilgan) hamda I.G.Gerder, I. V.Gyote va nemis klassik falsafasiga xos.
Ateizm
Ateizm yoki ateist so’zining ma’nosi qadimgi yunonchadan tarjima qilinganda xudosizlik degan ma’noni anglatadi. Bunday qarashning maqsadi Xudoni yoki xudolarni inkor etish. Teizmni inkor etuvchi har qanday qarashga ham ateizm deyiladi. Lekin bunday deyish notog’ri. Chunki Budda yoki hinduilik dini xudolarga muxtoj emas. Bu qarashga nonteizm deyiladi. Barcha ateistlarni dinsiz deyish noto’g’ri aslida. Yuqorida zikr qilganimiz buddizm dini xudoga muxtoj emas. Demakki bunday dinga mavjud shaxslarni ham ateist deb atashadi. O’zini ateist deb nomlagan shaxslar g’ayritabiiy xodisalarga skeptic yondashib xudolarning mavjudligiga aniq va asosli dalil yo’qligiga ishonishadi va bu g’oyani ilgari surishadi. Ateistlar o’z fikrlarida xudoning yo’qligini falsafiy va ijtimoiy, ilmiy argumentlar keltiradi. Ateistlar sikulyarizm, humanizm, ratsionalizm kabi falsafiy qarashlarga ega bo’lganligi sababli bir xil fikrlarga bo’ysunishmaydi. Ateizm atamasi 16-asrda kelib chiqqan bo’lsada bunday qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq kelib chiqqan.