Farhod va Shirin



Download 26,26 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi26,26 Kb.
#666879
Bog'liq
Farhod-va-Shirin-da-komil-inson-tushunchasi


Sana_______
Sinf________
Fan________
Mavzu: “Farhod va Shirin” dostonida komil inson tushunchasi


Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o’quvchilarga mavzu haqida tushuncha va bilim berish
Tarbiyaviy: milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatanparvarlik hissini kuchaytirish, ota-onaga hurmat chin insoniy tuyg’ularni singdirish.
Rivojlantiruvchi: O’z fikrini mustaqil dalillarga suyangan holda bayon etish, ifodali o’qish,malaka va ko’nikmalarni shaklantirish.


Dars jihozi: Navoiy portreti, asarlaridan namunalar: “Xamsa”, testlar toʻplami, tarqatma materiallar, texnik vositalar: kompyuter.
Dars uslubi:og`zaki,yozma,ko`rgazmali-amaliy
Dars usuli: noan’anaviy, savol-javob
Dars turi: amaliy ijodiy mashg’ulot fanlararo integratsiya


Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti



1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Uy vazifasini so‘rash

7 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

  1. yangi bilimlarni o‘zlashtirish;

  2. savol-javob

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash:
Tarqatma savollar

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

3 daqiqa

6

Uy vazifa

2 daqiqa



1- bekat. Aql charxpalagi (O`tilganlarni takrorlash):
a) tezkor savol - javob
b) test savollari ustida ishlash
c) jadval ustida ishlash
2 - bekat. Koʻngil ka’basi (Yangi mavzu bayoni):
Dil nigohi dunyo bag’rini kesib o’tgan faylasuflarning faylasufi va mutafakkirlarning murshidi Alisher Navoiyning ilohiy kashf va ilhom bilan bitilgan kitoblarida tafakkurni ichdan yolqinlantirib, tasavvuf falsafasining oyog’ini yerdan ko’taradigan javhari zot mavjud. Ulug’ shoir asarlarida har bir detal, sujet lavhalari timsollar tilida gapiradi, ya’ni u bir badiiy maqsadni turli lavhalar orqali bayon qiladi. Shu jihatdan olib qaraganda, Navoiy lirikasida ham, “Xamsa” dostonlarida ham yagona bir g’oya bor: bu insonning Iloh tomon ko’tarilishi – urujdir. Alisher Navoiy ijodida dunyo go’zalligi ilohiy Husn jamolning davomi va moddiy ifodasi sifatida qaraladi. Shoir uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism birgadir. U kuylagan reallik ilohiy sifatlarning mazhari va jilosi. Ilohiy mazhardan ilohiy manbaga qarab boradigan ruh ular uchun eng go’zal ruhdir. Ilohiy Mutlaq vasliga yetishish yo’liga kirgan solik o’zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartirib borib, barcha to’siqlarini yengib o’tib, shaxsiy menidan qutuladi va to’laligicha Mutlaqiyatga qo’shilib, u bilan qorishib ketadi. So’fiylar buni qatraning dengizga qo’shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab keltirganlar.
Qatra dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Olloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g’ariblikda, musofirlikda bo’lgan inson ruhi hijron dog’ida qiynalib, azob chekadi. Ammo ruh moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday bo’lib, Dengizga va asliga borib qo’shilishi mumkin. Bu esa faqat ilohiy ma’rifat orqali, ya’ni o’zini anglash va shu asosda o’z Rabbini tanish orqali qo’lga kiritiladi.
“Farhod va Shirin” dostonining markaziy qahramoni Farhod ham solik timsolidir. Navoiy e’tiqodiga ko’ra, oshiqlik va shohlik umuman bir-biriga kelishmaydigan tushunchalardir. Navoiy Haq yo’lida sayr qiluvchi orif inson ishqi bilan saltanat sohibi shoh ishqini solishtiradi va haqiqiy oshiq qanday bo’lishi kerakligini Farhod tilidan bayon etadi. Haqiqiy oshiq chindan ham o’zini unutgan majnundir. Oshiq bir parvonadir, hamisha shamga intilguvchi, u bir zarradir quyoshga intilguvchi, u bir qatra kabidir, dengiz mavjlariga qo’shilishni qo’msaguvchi. Dunyo moliga hirs qo’yganlar uchun bu dunyoda shohlikdin ulug’roq martaba yo’q, amo ishq sohibi Farhod uchun bu kifoya emas, uning ko’ngli hamisha bir dard iskanjasida yonaveradi, o’rtanaveradi. U vujudini o’rtayotgan dardning boisini bilishi lozim edi. U toj-taxt ilinji, ganj-u xazinadan butkul voz kechib, ishq gavharini tanladi. Xisrav bo’lsa, shohlik g’ururi bilan mast, demak, г ilohiy ishqqa noloyiq. Chin oshiq na rasvolikdan, na el malomatidan, na o’limdan qo’rqadi. Yor vasli zo’rlik, manmanlikni emas, ranj va niyoz bilan dard chekishni taqozo etadi. Xisravning omiyona savollari, do‘q-po’pisalariga Farhod orifona javoblar qaytarib, uni mulzam qiladi. Ushbu “munozara” Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” va Husrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav” dostonlarida ham bor. Biroq ularda ishq masalasida ikki qutbning to’qnashuvi, shoh-u darvesh dunyoqarashidagi chuqur ziddiyat Navoiyda bo’lganidek, keskin va aniq ifodalangan emas. Voqean, ulug’ o’zbek shoiri uni “Farhod va Shiirn” dostoni muqaddimasidayoq qayd etib, salaflarda tasavvufiy orifona ishq tasviri namoyon emas, ular ko’proq Xisravga maddohlik etganlar, deydi. Shoirning vazifasi dardli dillar rozini kuylashdir. Shu maqsadda ham Navoiy Farhodni markaziy qahramon darajasiga ko’tardi. Xuddi shu tasavvufiy mazmun Nizomoy va Husrav Dehlaviy asarlaridan Navoiy asarining mazmuniy mundarijasini ajratib turadi.
Yangi tug’ilgan go’dakning yuzida shohlik yog’dusi, shahanshohlik nuri ko’zga tashlanib turganligi sababli bu nurdan yer-u ko’k yorishib ketdi. “Himmat”, “iqbol”, “davlat” yuz ko’rsatib, shu yog’dudan ziynat topdilar. Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar go’dakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga qo’shilsa, Farhod ismi kelib chiqadi. Shuning uchun Xoqon o’g’liga shu ismni berdi.
Navoiy talqinida esa bu ishqdan bexabarlarning xulosasi. Aslida Farhod o’zining ismi bilan tug’ildi. Bu bilan buyuk adib “ismlar osmondan tushadi
Farhod o’sha ilohiy ishq ta’sirida edi. Kimki darddan rivoyat aytsa, yaqosini chok qilib yig’lar, bir zumda ma’yus tortardi. Hakim ham, ota-onasi ham uning bu holidan ko’p g’amnok edilar, chora topolmay ovora edilar. Farhodning o’n yoshga yetganini Navoiy shunday ta’riflaydi:
Jahonda qolmadi ul yetgan ilm,
Qilib tahqiiqni kasb etmagan ilm.
Farhod faqat ma’naviy bilimlar egasi emas, u jismonan kuchli hamdi, o’n yoshligida yigirma yoshlik ko’rinishini berardi.
Navoiy Farhod haqidagi xulosalarini jamlab shunday deydi:
Demonkim ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok,
Tili pok-u, so’zi pok-u, o’zi pok.
Ilohiy ishq yuragiga olov solgan odam hijron qiynoqlariga bardosh berishi kerak. Farhodning peshonasiga esa taqdiri azal shuni bitgan. Atrofdagilar, Farhodning o’zi ham ruhiy qiynoqlari boisini bilmaydi. Faqat shuni biladiki, ixtiyori o’zida emas, allaqanday olov yonib-yondiib o’ziga chorlamoqda. Atrofida hamma narsa muhayyo, ammo ko’ngli hamisha nimagadir mushtoq. Bu holning-da tasavvufiy talqini bor: Farhod dardining boisi nima ekanligini bilishi, o’zligini anglashi uchun ma’rifat manzillarini bosib o’tishi lozim. Farhod ko’ngil oyinasida g’ayb jamolini aks ettira olishi uchun u piri komil ta’limini olishi kerak edi.
Farhodning tariqat yo’lidagi birinchi piri Suhaylo, u Suqrot darajasida komil emas, oyina tilsimini yechishga qurbi yetmaydi. Ammo u Farhodga Suqrot huzuriga borish yo’lini ko’rsata oladi. Tariqatda bir necha pirdan ta’lim olish rasm edi. Masalan, Boborahim Mashrabni Mulla Bozor Oxund o’zidan kuchliroq murshid Ofoqxo’ja huzuriga jo’natadi.
Suhayloning ham ko’ngil ko’zi ochiq. U ajdarho (nafs) , Ahraman dev (saltanat, boylik)dan xabar beradi. Ajdarhoni yengish uchun u Farhodga samandar yog’ini beradi. U Farhodning qachonlardir kelishini, Iskandar tilsimini ochishini ham oldindan biladi. Chunki Jomospning o’limidan so’ng uning vasiyatini yozib qoldirganlar, uning o’limidan ming yil o’tib, Chin o’lkasidan Farhod degan yigit kelib Iskandar tilsimini ochishi bashorat qilingan edi.

Alisher Navoiyning “Farhod va Shiirn” dostonini sarguzasht asarning mukammal turi deb ko’rsatilmoqda, Xususan, maktab darsliklarida xuddi shunday munosabat kuzatiladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bu asar mohiyatiga bir taraflama yondashuv, xolos. Aslida yuqorida ta’kidlaganimizdek, Navoiy o’z asarida majoziy ishq libosida Iloh vasliga qa’t aylagan komil oshiq timsolini yaratadi. Ko’ngliga pok mazharning jilvasi trushgan oshiq o’z maqsadi yo’lida polkanish manzillarini bosib o’tadi.


To’g’ri, asarda fantastik elementlar talaygina. Lekin bu asar mohiyatining bir qirrasi xolos. Aslida Farhodning Shirinni izlab Arman o’lkasiga otlanishi faqatgina, sarguzasht elementlari emas, balki chuqurroq e’tibor beradigan bo’lsak, Farhodning Iloh vasli yo’lidagi pok mazhardir. Agarda Navoiy ijodi faqatgina shu maqsad bilan cheklanganida edi, uning asari bu qadar sevib o’qilmagan bo’lardi. Butun voqealar zamirida Alisher Navoiy ramziylik va hayotiylikni, majoz bilan haqiqatni g’oyat san’atkorona qo’shib olib boradi. Xusrav butun qo’shini bilan Farhodga bas kelolmaydi, chunki Farhodda ilohiy qudrat bor. Dunyoviy kuch hech qachon ilohiy kuchga bas kelolmaydi. Xisrav aql-u donishda ham Farhoddan yengiladi: chunki orif insonning bilimi, aqli oldida dunyoviy bilimlar arzimas. Xisrav dunyo timsoli bo’lgani uchun unda g’ofillik va johillik bilan birga makkorlik, beburdlik va nomardlik mujassam. Ya’ni ilohiy xislatdan mahrum odam yomonlikning hamma ko’rinishiga qo’l ura oladi. Uning eng katta gunohi Farhoddek pokiza, Tangri suygan odamga jabr etib, uni zindonda zanjirband qilish edi. Bu holatni aslida biz Suqrot tilidan bashorat tariqasida tinglagan edik: “Haqiqat ahli zindoniydir asru”. Shu tariqa osiy yerning g’ofil bandalari va qudsiy ruh, keng miqyosda olinganda, mushtoq ruh bilan moddiy dunyo orasidagi ziddiyat avjiga ko’tariladi. Xisrav zolim falakning qo’li bo’lib, oshiq Farhod boshiga sitam toshini otaveradi, Farhodni mazhari, jonon dilbari Shirindan ayrib Zindon, tog’lar orasidagi Salosil dev qal’asida qamalish va ko’plab epizodlar tasavvufiy ma’noda solikning hol maqomidagi ruhiy manzaralari ko’rinishidir. Shirinni ko’rganda hushni yo’qotish – mushohada avjida ilohiy nur ko’ngilda aks etib, hayratga tushish ila g’oyibona sirlashuvdir. Farhodning zanjirdan ozod bo’lib, oshiq-mashuq maktublari mahbubi haqiqiy bo’lishiga qaramay, Xusravga qarshi chiqmasligi, vahshiy hayvonlar bilan do’stlashuvi solikning samou vajdga berilib, jismini unuta boshlashi va fanoga yaqinlashuvidan nishona. Shirin ham bu asarda faqat mashuqa pok mazhar emas, balki oshiq ham, chunki Husn ila Ishq ajralmas, ular bir-biriga intilishi muqarra qonuniyat. Farhod va Shirin hajr qiynoqlari ostida jisman zaiflashib, axir jonlari xorij bo’ladi, ya’ni ikki ruh moddiy dunyo zindonidan qutulib, o’zaro qovushadi. 1
Asardagi tasavvufiy g’oya, insoniylik mohiyati haqidagi qarashlar go’zal badiiy libosda berilgan. Bu badiiylikni ta’minlagan muhim omillardan biri, dostondagi badiiy-tasviriy vositalardir. Yuqorida she’riy san’atlarning ayrimlari haqida mulohazalarni aytib o’tdik. Demak, Navoiyning mahorati so’z qo’llashdan tortib, tovushlardan foydalanishigacha bo’y-bastini ko’rsatib turibdi.
Ulug’ adib Farhod timsoli bilan ko’nglida ilohiy jazba bilan tug’ilgan go’dakning foniy dunyodagi pok mazhar sari intilishi badiiy aks ettirilgan. Farhodga ta’lim bergan ustoz ham, (Arastu bir kichik shogirdi oning, deya ta’riflangan edi) , Qoran, Moniy, Boniy timsollari ham ko’ngilga ishq binosini qurishni o’rgatgan timsollardir. Farhodga madad beruvchi Suhaylo, Xizr va Suqrot timsollari ham tasavvufiy ma’no tashiydi. Navoiy tasavvurida eng ulug’ pirlar qanday bo’lishi kerakligi Suqrot timsoli orqali ochib beriladi.
Alisher Navoiy dostonning ikkinchi bobidayoq:
Ajab suratki bir naqqoshi mohir,
Bo’lur yuz nav’ surat birla zohir.
O’zi naqsh-u o’zi manqush-u naqqosh,
Kishi bu sirni mendek qilmadi fosh.
Bu shunday ajoyib su’ratki, uni nihoyatda mohir bir naqqosh chizgan bo’lib, u ko’z oldingda yuz xil bo’lib ko’rinadi. O’zi naqshu o’zi naqshlanganu o’zi naqqoshdir. Hech kim bu sirni mendek ochiq aytolmagan, deya faxriya san’atini qo’llaydi.
Ulug’ shoir dostonning Ollohga hamd qismida ezgu niyatlar qiladi. U aytganlari o’qiganlar ko’zidan yoshlar oqizishini istaydi. Shu bilan birga, deydi davom etib, xoh oshkora o’qilsin, xoh pinhona – bu asarimni ko’z ichidagi yoshdek asraydigan qil. So’z ahllariga uni sarmoya qil: qanday gavhar nazm qilmoqchi bo’lsalar, unga zeb-ziynat etgil, zamon qutisini u bilan to’ldirib falak bo’shlig’ini ham u bilan to’lat. Kimki uni sindirsa, o’zini sindirgil. Qutlug’ ko’rgan odamlarga esa baxtiyorlikni ravo ko’r, - deya niyat qiladi.

Kutilayotgan natijalar:
O`quvchilarda dars oxirida shakllanishi lozim bo`lgan BKM elementlari (DTS talablari asosida):
3 - bekat. Nazm gulshani asrori (Mustahkamlash):
a) “Farhod va Shirin” dostonidagi qaysi obrazlarni komil inson sifatida tavsiflash mumkin;?
b) qanday kishilarni komil inson sifatida ta’riflash mumkin?


Uyga vazifa: mavzuni oʻzlashtirib kelish



1


Download 26,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish