“Farhod va shirin “ dostoni .Reja : 1.” Farhod va Shirin” dostonining yaratilish tarixi 2. Farhod va Shirin timsoliga tavsif 3. Dostonning badiiy xususiyatlari Ki, inson koʻnglin etti gulshani ishq, Bu gulshanning harimin maxzani ish Ne maxzan , har duri sham’i farogʻi Ne dur, ne sham’, durri shabcharogʻi Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo’lib, milodiy 590 yilda taxtga chiqib, 628 yilda o’z o’g’li Sheruyaning buyrug’i bilan o’ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo’lgan muhabbati ko’pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o’zi ham “Tarixi muluki Ajam” asarining sosoniylar tarixiga bag’ishlangan qismida Xusrav Parvez haqida ma’lumot beradi Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o’z ichiga oladi. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni “ deb ataydi. Asarning xotimasi ya’ni 53-54 boblar Abdulvoris Shohgʻarib Mirzo madhi va unga bagʻishlangan nasihatlardan tashkil topgan
Quyoshliq istasang kasbi kamol et,
Kamil ar kasb etarsan , bemalol et
Kishi ta'limdin topsa malolat,
Topar ilm ahli oldinda hijolat
Ustozi “Alif”,”Be” deb boshlaganda,Farhod “alam”dan “Alif”ni , “balo”dan “Be”ni chiqardi
Uch oyda savodi chiqdi, bir yilda Qur’onni yod oldi ,10 yoshligida u egallamagan birorta bilim qolmadi
Farhod Xitoyning mashxur me’mori Boniy, naqqosh Moniy va tosh yo’nuvchi Qorandan ilmlarni o’rgandi
Farhod
Labidan ko’pdan ko’p jon tomsa, so’zidan uyum-uyum bol oqardi.Labidan so’limlik, yuzidan malohat chak-chak oqib, tomib turardi
Uning qaddi-qomati jannat savsaniday ozod, yuzi gul biroq yuz gulning xirmani kabi edi .uning o’t rangidagi la’l toshiday qip-qizil lablaridan xarorat ko’tarilib o’sha gul xirmaniga o’t tushgan edi
Xolining qoralig’i kunduz kuni qand o’g’rilashga kelgan o’g’riga o’xshardi. U o’g’ri shirinliklarni o’g’rilaganu , qaytar chog’ida oyoqlari shakarga mahkam yopishib qolganday edi
Shirin
Alisher Navoiy ijodini o‘rganish hikoya qilishda o‘zining gumanizm, xalqparvarlik, xalqlar do‘stligi, vatanparvarlik, tinchlik, obodonchilik, mehnatsevarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini va ideallarini zo‘r badiiy san’atkorlik bilan ifodaladi. Farhod va Shirin”ning keng tarqalib, xalqning sevimli dostoni bo‘lishiga sabab ham mana shunda. Asardagi tasavvufiy g‘oya, insoniylik mohiyati haqidagi qarashlar go‘zal badiiy libosda berilgan.Bu badiiylikni ta’minlagan muhim omillardan biri, dostondagi badiiy-tasviriy vositalardir.
E'tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |