Fan: O’zbekiston tarixi Sana


Muhammad Yusuf Munshiy 5



Download 39.94 Kb.
bet3/3
Sana28.08.2021
Hajmi39.94 Kb.
1   2   3
11

Muhammad Yusuf Munshiy

5

Xoqonga foydali maslahatlar”


15

Bedil


6

Subhoniy tibbiyoti bo’yicha davolash”


3

Muhammad Husayni Buxoriy

7

Tarixi Rashidiy”

13

Abdurahmon Tole

8

Mehmonnomayi Buxoro”

10

Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

9

Abdullanoma”, (“Sharafnomayi shohiy”)

14

Ubaydullaxon

10

Tarixi jadidayi Toshkand”

16

Sayido Nasafiy


11

Tarixi Muqimxoniy”

1

Sultonali Samarqandiy

12

Ubaydullanoma”

17

Turdi Farog’iy


13

Abulfayzxon tarixi”

5

Muhammad Sharif Buxoriy


14

Kulliyot”

12

Muhammad Amin Buxoriy

15

To’rt unsur”


7

Muhammad Haydar

16

Hayvonotnoma”


9

Hofiz Tanish al-Buxoriy

17

Tor ko’ngillik beklar”


2

Ubaydulloh Kahhol

“Abulma’oniy” (Ma’nolar otasi) Mirzo Abdulqodir Bedil

“Tabiblar iftixori” Muhammad Mazid

“Buxoro shoirlari taxtida sulton” Sayido Nasafiy


Muhammad Solih

Kamoliddin Binoiy

“Shayboniynoma” asarlari mualliflari

YOPIQ TEST:



  1. Xalq tortayotgan azob-uqubatlarni ro’y-rost tanqid qila olgan jasoratli shoir?: Turdi Farog’iy

  2. Kimdan 220 dan ortiq hikmat meros qolgan edi?: Ubaydullaxon

  3. Kim Samarqandni jannatga qiyoslagan edi?: Shayboniyxon

  4. Nodir devonbegi madrasasi qayerda joylashgan?: Buxoroda

  5. Sherdor va Tllakori madrasasini kim bunyod ettirdi?: Bahodir Yalangto’sh

  6. Shayboniyxon qayerni Kabaga qiyoslagan edi?: Buxoro

  7. Baraqxon va Ko’kaldosh madrasalari qayerda joylashgan?: Toshkent

  8. Qur’oni Karimning yettidan biri?: Haftiyak

  9. Ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan shaxs?: Shohali ibn Sulaymon

  10. Muhammad Shayboniyxonning yagona she’rlar to’plami bo’lgan “Devon”i hozirda qaysi shahar kutibxonasida saqlanadi?: Istanbul

  11. Madrasalarda o’qish qaysi o’quv qo’llanmasini o’zlashtirishdan boshlangan?: “Avvali ilim”

  12. Fiqh qanday fan?: Huquq

  13. Buxoro xonligi shaharlarida qanchadan ortiq madrasa bo’lgan?: 150

  14. Maktabda ta’lim necha yil davom etgan?: 2 yil

  15. Bu davrning yetuk jarrohi kim?: Mavlono Baqo

  16. Nasaf hozirgi qaysi shahar?: Qarshi

III. Yangi mavzuni tushuntirish. Reja:

  1. Buxoro xonligining davlat mustaqilligini yo’qotishi.

  2. Mang’itlar sulolasi hokimiyatining o’rnatilishi.

  3. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash.

  4. Doniyolbiy otaliq va amir Shohmurod.

Buxoro xonligining davlat mustaqilligini yo’qotishi. Buxoro xonligida vujudga kelgan parokandalik Eronning Buxoroga hujm qilishi uchun qulay sharoit yaratdi. Shuning uchun ham 1736-yilda Eron shohi Nodirshohning o’g’li Rizoquli yetakchiligidagi qo’shin Amudaryodan o’tdi va ko’pgina hududlarni bosib oldi.

Shunday og’ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so’rashga majbur bo’ldi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganligi sababli Rizoquli qo’shinni orqaga qaytarib kelishga majbur bo’ldi.

1740-yilda endi Nodirshohning o’zi Buxoroga qarshi qo’shin tortdi. Buxoro xonligida muntazam qo’shnning mavjud bo’lmaganligi va o’z xonligida ichki nizolarni bartaraf etish bilan ovora bo’lib qolgan Xiva xonining Buxoroga yordam bera olmaganligi Nodirshohga juda qo’l keldi.

Buning ustiga Muhammad Hakimbiy otaliqning o’g’li Muhammad Rahim Nodirshoh tomoniga o’tib ketdi. Nodirshohning yaqinlashib kelayotganidan qo’rquvga tushgan Abulfayzxon Qarshidan Hakimbiy otaliqni chaqirib oldi va Nodirshoh huzuriga elchi qilib jo’natdi. Unga Nodirshohning Buxoro xonligini xarobaga aylantirmaslik shartlari haqida kelishuvga erishish vazifasini yukladi. Hakimbiy bu vazifani uddaladi.

Buxoro Eron bosqiniga qarshi tura olmagach, Abulfayzxon taslim bo’lish shartlari haqidagi shartnomani imzolashga majbur bo’ldi.

Shartnomaga ko’ra, Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga qaram davlat deb tan olindi. Shuningdek, katta mqdorda o’lpon to’landi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarlik qo’shin to’planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo’natildi. Bu qo’shinga Muhammad Hakimbiyning o’g’li Muhammad Rahim qo’mondon etib tayinlandi. Shu tariqa, Abulfayxon amalda Eronga qaram qo’g’irchoq hukmdorga aylandi. Muhammad Hakimbiy esa qo’shbegi (Bosh vazir) lavozimini egalladi. Butun hokimiyat amalda uning qo’lida to’plandi. Endi ashtarxoniylar hukmronligining barham topishi muqarrar bo’lib qoldi.

Mang’itlar sulolasi hokimiyatining o’rnatilishi. Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan biri mang’itlarning nufuzi baland edi. Bu qabila hokimiyat to’la ashtarxoniylar qo’lida bo’lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qildi. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega bo’lish uchun astoydil kurashdilar va Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.

Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgach, Rahimbiy o’z qo’shini bilan Buxoroga qaytib keldi va o’zining muntazam qo’shinga galigidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogarlik qila boshladi. So’nngi ashtarxoniy Abulfayzxon uni otasininh o’rniga tayinlashga majbur bo’ldi.

Nodirshoh 1747-yilda o’ldirilgandan so’ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochdi. Uning buyrug’I bilan Abulfayzxon 1747-yilda o’ldirildi. Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzxonning o’g’li Abdulmo’minni o’tqazdi va uni o’ziga kuyov qilib oldi. Ko’p o’tmay Muhammad Rahimbiy soxta xonlarni ham qat ettirdi va 1756-yilda hokimiyatni to’la egalladi. Biroq mang’itlar chingiziylar nasliga mansub emas edilar. Shuning uchun mang’it hukmdorlari o’zlarini xon deb emas, amir deb atadilar.

Markaziy hokimiyatni mustahkamlash. Amir Muhammad Rahim mamlakatda o’zining mutlaq hokimiyati o’rnatish hamda ichki bosh-boshdoqlikni tugatish siyosatini yuritdi. Bu siyosatdan ko’zlangan maqsad – davlatni markazlashtirish edi.muhammad Rahim maqsadini ro’yobga chiqarishga qattiq kirishdi.

Mustaqillikni da’vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo’bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut viloyatlarini to’rt yil davomida bo’ysundirdi. Ayni paytda, markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni yashab turgan joyidan ko’chirtirib yuborish amaliyotini ham qo’lladi.

Doniyolbiy otaliq va amir Shohmurod. Muhammad Rahim vafotidan so’ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o’z qo’liga oldi (1758-1785). U qo’shinni mustahkamlashga, unga tayanib ish ko’rishga harakat qildi. Barcha mang’it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko’paytirdi. Bundan norozi xalq qo’zg’olon ko’tarar, Doniyolbiy esa ularni bostirishga ulgurmasdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa viloyatlarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalarining o’zboshimchaligi haddan oshdi. Doniyolbiy shunday sharoitda taxtni o’g’li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi. Shohmurod darveshona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro’zgor tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlri bilan xalq orasida katta obro’ qozongan edi.

Amir Shohmurod yoshligidan xudojo’y, porso (pokiza) bo’lib o’sdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ’ibotchisidan biriga aylandi. Xalq uni hurmat bilan “amiri ma’sum” (begunoh amir) deb atadi.

Amir Shohmurod islohotlar o’tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to’g’ri baholay oldi. Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o’sishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlab berdi. Xususan, Buxoro aholisiga Tarxon yorlig’i yozib berdi. Unga ko’ra, aholi savdo daromadidan to’laydigan boj solig’idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig’ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish ta’qiqlandi. Asosiy soliq – xiroj miqdori kamaytirildi.

Shuningdek, urush kelib chiqqanda qo’shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug’orish tizimlarini qayta tiklatdi. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan viloyat hokimlriga qarshi shiddatli kurash olib bordi. Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi. Mamlakat qtisodini yo’lga qo’yishda Shohmurod o’tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga ko’ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush bo’lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishga ruxsat etildi. Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi.

Shohmurod joriy qilgan qonun bo’yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’iy nazar qattiq jazoga tortilardi. Bu xalq manfaatlariga qarshi qilinadigan tajovuzlarning oldini oldi.



Amir Shohmurod faoliyatiga yuksak baho bergan mashhur olim Ahmad Donish bunday deb yozgan edi: “U amirlik qalamini kambag’allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog’idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug’urib tashladi va adolat nihollarini o’tqazdi”.

*Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola – mang’itlar sulolasi keldi. Sulola davlatni 1920-yilgacha idora qildi. 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo’ldi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Buxoroning Eronga qaram davlatga aylanib qolishining sabablarini qayd eting.

  2. Nima uchun Xiva xonligi Buxoroga yordam bera olmadi?

  3. Buxoroning taslim bo’lishi to’g’risdagi Buxoro-Eron shartnomasining mazmunini so’zlab bering.

  4. Buxoroda mang’itlar sulolasi hokimiyatining o’rnatilishiga qanday omillar yordam berdi.?

  5. Amir Shohmurodning davlatchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga topshiriq berish. Mavzuni o’qib kelish.

Ko’rildi:
Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat