Fan nomi: Biznes huquqi Mavzu: Biznes faoliyatiga soliqlar orqali ta’sir qilish
REJA:
1. Hozirgi kunda mavjud soliq turlari.
2. Soliq turlari ob’ekti bazaviy stavkalari.
3. Biznes faoliyati sub’ektlari to`laydigan soliqlar.
Hozirgi kunda mavjud soliq turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
aylanmadan olinadigan soliq;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi;
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi.
Soliq turlari ob’ekti bazaviy stavkalari
Soliq stavkasi — soliq obʼyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori; pul summasi hisobida undiriladi. Mac, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan miqdori, yerning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. Soliq stavkasi qonun yoʻli bilan turli usulda belgilanadi: qatʼiy yoki proporsional belgilangan stavkalar — soliq obʼyekti miqdoriga nisbatan oʻzgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Mac, Oʻzbekistonda korxonalar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu Soliq stavkasi obʼyekt qiymati (molmulk qiymati)ning maʼlum ulushiga teng (4%) boʻladi; progressiv S.s — soliq obʼyekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar. Oʻzbekistonda soliq qonunchiligiga koʻra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% Soliq stavkasi belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi bilan Soliq stavkasi ham oshib boradi (2004, 1 yanvar).
Regressiv Soliq stavkasi — daromadlarning oʻsishi bilan stavkalar miqdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qoʻllanadi. Nolli Soliq stavkasi — eksportga moʻljallangan tovarlar i.ch.ni ragʻbatlantirishda qoʻllaniladi. Mac, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi boshqa tovarlar tushumi boʻyicha olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasidan chegirib kamaytiriladi. Bunday Soliq stavkasini qoʻllash iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi.
Biznes faoliyati sub’ektlari to`laydigan soliqlar
Soliq sub`yekti— soliq to`lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o`zaro majmuasi bo`lib, unda bir tomondan soliq to`lovchilar, boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari qatnashadi. Soliq agentlari —Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar.
Soliq siyosati va soliqqa tortish tizimni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida iqtisodiyotni erkinlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida moliyaviy munosabatlar, shu jumladan korxona, tashkilot va birlashmalarning davlat budjeti bilan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha munosabatlaridagi hisob-kitoblarini takomillashtirish dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda, shu jumladan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini ham muntazam ravishda takomillashtirish davr talabiga aylanmoqda. Buni quyidagi holatlarda ko’rish mumkin: Soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy qilingan davrdan hozirgi kungacha tizimni yanada takomillashtirish bo’yicha hukumat tomonidan bir qancha qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritib kelindi. Shunday ekan, kichik korxonalarni yagona soliqqa tortishdagi birinchi muammo soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimga o’tish mezonlarining tor doiradaligi.
Haqiqatda, kichik korxonalarni qo’shilgan qiymat solig’ini to’lamasliklari, mazkursoliq bo’yicha soliq yukini boshqa qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarga o’tib ketishini imkoniyatini bermoqda. Natijada qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shilgan qiymat solig’ini budjetga to’lik oborotdan to’lashga majbur bo’lmoqdalar. Bu holat yagona soliq to’lovi to’lovchi kichik korxonalar va qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi xo’jalik yurituvchi subektlar o’zaro moliyaviy munosabatlarida qiyinchilik to’g’dirmoqda. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi xo’jalik yurituvchi subektlar qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi subektlardan material, xom ashyo sotib olishni afzal bilishadi, ya’ni kichik korxonalar uchun tayyor mahsulotlar bozori chegaralangan.