MAVZU: Jamiyatni axborotlashtirish. Zamonaviy axborot texnologiyalari Raxmonov Suhrob REJA: - Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?
- Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonlari.
- Jamiyatni axborotlashtirishning imkoniyatlari.
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish – davr talabi
Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz? Har qanday jamiyatning rivojlanish darajasi, shu jamiyatning axborotlashtirilish darajasi bilan chambarchas boђliqdir. Haqiqatdan ham, jahondagi dolzarb bo’lgan barcha muammolar katta hajmdagi zarur axborotlarni yig’ish, saralash, qayta ishlash, tahlil qilish orqaligina hal qilib kelingan hamda hal qilinmoqda. Har qanday jamiyatning rivojlanish darajasi, shu jamiyatning axborotlashtirilish darajasi bilan chambarchas boђliqdir. Haqiqatdan ham, jahondagi dolzarb bo’lgan barcha muammolar katta hajmdagi zarur axborotlarni yig’ish, saralash, qayta ishlash, tahlil qilish orqaligina hal qilib kelingan hamda hal qilinmoqda. - * Jamiyatni kompyuterlashtirish deganda nimani tushunasiz?
- AQShda 1980 yilllardan boshlab "kelajak ofisi" loyihasini zudlik bilan ishlab chiqarish jarayoni boshlandi. Bunday ofisning asosini lokal informasion hisoblash to’rlari, avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari, ma’lumotlar bazasi, elektron pochta aloqasi, videotekst xizmati va videokonferensiyalar tashkil qilinishi ko’zda tutilgan edi.
- * Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish zaruruyati qayerdan paydo bo’ldi, uning asosiy sabablari nimada?
- Birinchidan - zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, davlat muassasalari va xo’jaliklar, idora va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun kompyuterlashtirilgan axborot xizmatini yo’lga qo’yish. Ikkinchidan - iqtisodiyot, fan, texnika, ta’lim va ijtimoiy sohalarda kompyuter texnikalari hamda texnologiyalarini keng qo’llash va zamonaviy kompyuterlashtirilgan axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan - respublikamizni jahon axborot tizimlari va xalqaro kompyuter tarmoqlariga ulanishini ta’minlash hamda o’zaro axborot almashinishini keng yo’lga qo’yish;
- * Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirishda qanday muammolarga duch kelinadi?
- Inson miyasini katta axborotiy zo’riqish bilan ishlashiga sabab bo’lmoqda. Bunday zo’riqish inson asablariga, sog’ligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi albatta. Jahonning ko’zga ko’ringan tabiblari XX asr xastaliklari hisoblanmish asab, qon bosimi, qandli diabet hamda yurak - qon tomirlari xastaliklarining kelib chiqishini aynan shu zo’riqishlar bilan bog’lashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |