talaba.tdpu.uz – sirtqi va maxsus sirtqi bo‘lim talabalariga beriladigan sessiya oraliq nazorat materiallarini tarqatish, talabalar tomonidan bajarilgan nazorat ishlarini onlayn shaklda baholash tizimi bo‘lib, talabalar ushbu tizimdan istalgan vaqtda manzildan turib foydalanish imkoniga ega. Ushbu tizimda har bir guruh talabasining joriy semestr davomida o‘qiydigan fanlariga oid ma’ruza va amaliy mashg‘ulot materiallari, elektron o‘quv metodik majmualardan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish, mavzu yuzasidan berilgan savollarga onlayn javob yozish va baholash natijalari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Talaba o‘z kabinetini tark etmasdan universitet elektron kutubxonasi tomonidan raqamlashtirilgan elektron manbalardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |