1.4. ta'limni tashkil etish va boshqarish jarayonlarini raqamlashtirilganligi (ta'lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilganligi, videoproyektorlar, wi-fi mavjudligi, ta'lim resurslarini mavjudligi, kontentlami ishlab chiqilganligi)
|
Universitetda ta'limni tashkil etish va boshqarish jarayolarini raqamlashtirish bo’yicha barcha ishlar amalga oshirilgan jumladan: exujjat.tdpu.uz – markaziy elektron hujjat almashish tizimi ishlab chiqilib, samarali foydalanib kelinmoqda. OO‘MTV va boshqa tashkilotlardan kiruvchi direktiv hujjatlarni ijrochiga yetkazish va ijrosi nazoratini elektron monitoringi yuritiladi. Universitet rektorining virtual qabulxonasi rektor.tdpu.uz ushbu tizimga integratsiya qilinib, fuqarolar va turli tashkilotlardan bo‘ladigan murojaatlarni qaytadan tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqt minimumga keltirilgan bo‘lib, tizim murojaatchilar bilan belgilangan muddatlarda teskari aloqa o‘rnatish imkonini bermoqda.
reja.tdpu.uz – universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan yillik yuklamalarni hisobini yuritish, kafedra va fakultetlar kesimida monitoringini olib borishga mo‘ljallangan (elektron dekanat) tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim professor-o‘qituvchilar tomonidan bajarilayotgan o‘quv, ma’naviy, ilmiy va ilmiy-metodik sohalar bo‘yicha yuklamalarni sarhisob qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek ushbu tizimda professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholash 110 ballik reytingining elektron ko‘rinishdagi monitoringi yuritilmoqda. Universitet elektron kutubxonasi elektron bazasidan resurslarga professor-o‘qituvchi kabinetidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
elektron jurnal – bevosita o‘qituvchi kabineti orqali yuritiladigan tizimga kiritilgan ma’lumotlar asosida guruh, kurs va fan kesimidagi o‘zlashtirish natijalari va davomati tahlil qilib boriladi. E-universitet tizimining asosiy tashkil qiluvchisi sifatida elektron jurnal moduli barcha akademik guruhlarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yuritilishi yo‘lga qo‘yilgan. Tizim ma’lumotlari asosida semestr yakunlari (fanni o‘zlashtirish qaydnomasi, guruhning fanlar kesimidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, semestrovka) kabi ma’lumotlarni avtomatik generatsiya qilish, chop etish va markaziy ro‘yxatdan o‘tkazish kabilar yo‘lga qo‘yilgan.
|