Европанинг табиат зоналари



Download 70 Kb.
bet1/2
Sana31.05.2022
Hajmi70 Kb.
#622786
  1   2
Bog'liq
Yevropaning tabiat zonalari


www.arxiv.uz

Yevropaning tabiat zonalari

Reja :



1. Arktika va subarktika mintaqasi geografik zonalari.
3. Mo`tadil mintaqa geografik zonalari.
4. Subtropik mintaqa geografik zonalari.

Arktika va subarktika mintaqalarida Yevropaning kichik bir qismi joylashgan. Arktika mintaqasida Svalbard (Shpitsbergen) arxipelagi, subarktika mintaqasida Islandiya, Yan-Mayyen va Skandinaviyaning shimolidagi qirg`oqqa yaqin qator orollar bor.


Arktika mintaqasida Arktika muz va toshloq sahrolar landshaftlari mavjud. Arktika sahrolari zonasi iqlimining eng muhim xususiyati radiatsiya balansining kichikligi. Radiatsiyaning balansi deyarli hech qayerda yiliga 10-20 kkal/sm2 dan oshmaydi. Havoning o`rtacha yillik haroratsi 00S dan past. Qutb tuni 120 kunga yaqin davom etadi. Yillik (faqat 3-4 oy davomida) o`rtacha harorat 00S dan yuqori bo`ladi, biroq bu ham ko`p hollarda 50S dan oshmaydi. Yoz oylarida haroratning past bo`lishi, qisman, issiqlikning muz ham qorni eritishga sarf bo`lishi bilan bog`liqdir. Svalbard iqlimi ancha qattiq bo`lishiga qaramay, Osiyo va shimoliy Amerikadagi bu zonaning ba`zi bir boshqa qismlariga qaraganda iliqroq. Bu yerda qishda iliq Shpitsbergen oqimi hamda kuchli siklon faoliyati ta`sir ko`rsatadi. Siklonlar vaqtida yer yuzasida janubiy hamda janubiy-g`arbiy shamollar hukmron bo`ladi. Bug`lanish nihoyatda kam. Shu sababli yog`in u qadar ko`p yog`masa ham (yiliga 300-250 mm) yog`in miqdori bug`lanishdan ko`ra ko`proqdir. Bu hol zonada ko`pincha harorat manfiy bo`lganligidan qor va muz to`planishiga olib keladi. Svalbardning taxminan 90% maydoni muz bilan qoplangan.
Svalbardning muz bilan qoplangan yerlarida toshlarga yopishgan lishaynik hamda moxdan iborat juda siyrak o`simliklar bilan qoplangan. Arktika toshloq sahrolari landshaftlari hukmrondir. Mayda jinslar to`planishi uchun sharoit qulay bo`lgan joylarda asosan driada (kaklik o`ti), toshyorar, ayiqtovon, qizg`aldoq va boshqa o`simliklardan iborat o`t va buta formatsiyalari tarqalgan. Hayvonot dunyosining turlari ham kam: mayda kemiruvchilar, qutb tulkisi (pesets), oq ayiq, shimol bug`usi uchraydi. Faqat qushlar ko`p. Qushlardan ko`plari – chistik, kayra, chayka-moyevka, gaga va boshqalar subarktika mintaqasi zonalari uchun ham xarakterlidir.
Subarktika mintaqasining G`arbiy Yevropa qismida tundra landshaft zonasi joylashgan. Yevrosiyo tundra zonasining boshqa qismlaridan farq qilib, g`arbiy Yevropa qismiga Atlantika okeani katta ta`sir etadi va qish u qadar qattiq bo`lmay, iliq kunlar bo`lib yoz oylarining o`rtacha harorati past bo`lib, 100S dan oshmaydi, shu sababli bu yerda o`rmon yo`q.
Vegetatsiya davri qisqaligidan gulli o`simliklar orasida ko`p yilliklar va doimiy yashil butalar keng tarqalgan. Butalar pakana bo`ladi, yer bag`irlab o`sadiganlari ko`p uchraydi. Bunday shakl o`simliklarning havoning yer yuzasiga yaqin qatlamidan issiqlik olishga imkon beradi.
Mox va lishayniklar o`simliklar orasida asosiy fonni tashkil qiladi. Og`ir gil tuproqli yassi yerlar asosan moxlar, qum tuproqli va toshloq tuproqli tepaliklar lishayniklar bilan qoplangan. Lishayniklar yagel bilan tundrani hosil qiladi, bunday tundrada asosan bug`u moxi, Islandiya moxi va boshqa lishaynik turi o`sadi. Mox va lishayniklar ustida butalar va kichik butalar, rangbarang gulli o`tlar, qiyoqlar ko`tarilib turadi. Qumli yerlarda pakana, bagulnik, toloknyanka va boshqalar ko`p uchraydi. Pakana qayin qumli yerlarda butazorlar tashkil etadi.
Islandiyaning ancha janubiy rayonlarida, shamollardan to`silgan vodiylarda tundra zonasining boshqa formatsiyalari: ancha baland bo`yli xar-xil o`tlar va boshoqlilardan iborat o`tloqlar, qayin, tog`terak, chetan, archadan iborat butazorlar uchraydi. Biroq bunday o`simliklar maydoni jixatdan mox va lishayniklarga qaraganda kam territoriyani egallaydi. Tundra tuproqlari juda sernam. Tuproq hosil qiluvchi asosiy jarayon gley jarayonii bo`lib, bu jarayon torf-gleyli tundra zonal tuproq zonal tiplarini vujudga keltiradi. Bunday tuproqlar mineral birikmalarga kambag`al va qatlami yupqa, chunki tundrada bioximiyaviy jarayonlar juda sekin boradi. Tuproqdagi chirindi odatda nordon bo`ladi. O`tloq tuproqlari uchun chimli tuproq hosil qilish uchun jarayoni xarakterlidir. Qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`i ko`chmanchi bug`uchilik bo`lib, bug`ular yil bo`yi yaylovda boqiladi.
Yem-xashak yetishmaganligidan tundra faunasining turlari kam. Tundra xayvonlari qishda uyquga kirmaydi. Sut emizuvchilardan Norvegiya lemmingi eng ko`p tarqalgan. Bu jonivor ko`pchilik yirtqich xayvonlar va parandalarning, ya`ni bo`ri, qutb tulkisi, oqsuvsar, qutb boyqushining asosiy yemishidir. Qutb quyonlari ko`p. Shimol bug`usi xonakilashtirilgan.
Tundrada qushlar ko`p. Lekin ularning turi kam. Quruqlikda yashovchi qushlar kam (oq kaklik, punochka). Suv va botqoqlik: chistik, qayra, gaga, kazarka, g`oz, o`rdak va glupishlar ayniqsa ko`p.
Mo`tadil mintaqa. G`arbiy Yevropaning mo`tadil mintaqasi radiatsiya balansi subarktika mintaqasidagidan ancha yuqori, bu esa daraxtlarning o`sishiga imkon beradi. Landshaft biokomponentlari, girogeologik rejimi va boshqa xususiyatlarni belgilab beradigan issiqlik va namlik nisbati mintaqa doirasida turli joyda turlichadir. Bu nisbat mintaqa janubining Atlantika bo`yidagi rayonlarida, keng bargli o`rmonlar zonasida ayniqsa qulay. Sharqqa va Janubiysharqqa borilgan sari issiqlik bilan namlikninig nisbati buziladi, bug`lanish yog`indan ko`ra ko`proq bo`ladi. Shuning uchun keng bargli o`rmonlar zonasi torayib borib, o`rmon-dasht, dashtzonalar tomonidan surib chiqariladi. Keng bargli o`rmonlar zonasidan shimolda radiatsiyabalanishining kamayishi natijasida namgarchilik ortadi va keng bargli o`rmonlar o`rnini aralash xamda tayga o`rmonlari oladi.
Tayga zonasi Fennoskandiyaning katta qismini egallaydi. Tayga zonasining asosiy xususiyatlari igna bargli o`rmonlarning asosiy o`rin tutushi, bug`lanishga nisbatan yog`inning ko`p bo`lishi natijasida tuproq va gruntdanamning ortiqcha bo`lishi hamda yerlarning kuchli botqoqlanishidir. Zonaning tekislik rayonlarida suv yaxshi oqib ketmaydi, erozion jarayonlar kuchli emas va erozion relyef shakillari ham yaxshi tarkib topmagan. Sfagnum botqoqlari keng tarqalgan. Daryolarning suv rejimi bahorda katta toshqinlar bilan xarakterlanadi. Yozda suv bir oz kamayadi.
Igna barglar va igna bargli - mayda bargli o`rmonlar asosiy o`simlik tiplaridir. Igna bargli o`rmonlarda Yevropa yeli va oddiy qarag`ay eng ko`p o`sadi. Qarag`ay o`rmonlari, odatda, oziq moddasi kam bo`lgan qumlik va toshloq yerlarda, yel o`rmonlari esa oziq moddalariga boyroq gil tuproqlarida o`sadi. Zonaning shimolidagi tayga o`rmonlarida g`uddala va sertuk qayinlar, tog`terak, tol, chetan, cheryomuxa va boshqa barglilar rol o`ynaydi.
Tayga tuproqlari asosan kristall jinslarining nurash mahsulotlari, yirik parchali jinslar ustida hosil bo`ladi; tuproq tarkibida gil juda kam. Tuproq-gruntlarining anna shu xususiyatlari hamda namgarchilikning ortiqcha bo`lishi igna bargli o`rmonlar barglarning kam to`kilishi va tuproqqa havoning kam kirishini natijasida chirindisi kam qatlami yupqa, nordon podzod tuproqlar paydo bo`lgan. Pastlik joylardan torf - botqoq tuproqlari keng tarqalgan.
Tayga zonasining tuproq va o`simliklari tundra zonasidagiga qaraganda ancha boy va xilma-xildir. Shuning uchun ham hayvonlarning, birinchi galda, o`rmon hayvonlaring yashash uchun xilma-xil sharoit mavjud. Los, olmaxon, oq quyon, o`rmon lemmingining asosiy ozig`i o`simliklardir. Mayda hayvonlarning ashaddiy dushmani bo`lgan yiritqichlardan taygada: bo`ri, tulki silovsin, o`rmon suvsari yashaydi. Tayga qushlari yerda va daraxat ustida kun kechiradi. Qushlardan klyost, qizilishton, oq kaklik, qur, chil boyqushlar ayniqsa ko`p.
Tundiradan farq qilib tayga zonasida chorvachilik bilan birga dehqonchilik va botqoqlar quritilib kartoshka, ildizmevalilar ekilgan va o`tloqlar barpo qilingan. Bir oz miqdorda suli, javdar, uzun tolali zig`ir ekiladi. Chorvachilikda go`sht – sut beradigan mollar, tog`larda qo`ychilik rivojlangan.
Skandinaviya chrim orolining g`arbida, iqlim o`zgarib, yani namlik ko`payib borgandan past bo`yli butalar: oddiy veresk, chernika, jirg`anoq, toloknyanka, brusnikalardan iborat o`tloqlar va buta o`simliklaridan iborat vereskzorlar asosiy o`rin tutadi.
Skandinaviya tog`laridan balandlik mintaqalari yaqqol ko`rinadi. Skandinaviya tog`larining janubida yon bag`irlar 800-1000 m balandlikkacha tayga tipidagi o`rmonlar bilan qoplangan. Undan balandda qing`ir - qiyshiq qayin daraxatlardan iborat mayda bargli pastak o`rmonlar toshloq, yupqa qatlami tog` podzol tuproqli joylarda o`sadi. Qayinzorlarining yuqori chegarasi 1000-1150 m gacha yetadi. Uchinchi balandlik mintaqasi tog` tundirasi mintaqasidir. Bu mintaqa o`simliklarining tarkib topishida tundra o`simliklari yetakchi rol o`ynaydi. Alp florasi vakillari ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Shimolga tomon bu mintaqalarning yuqori chegarasi pasaya boradi. Qayinzorlar va ayniqsa tog` tundirasi mintaqasining kengayishi hisobiga igna bargli o`rmonlar mintaqasi torayib boradi. Tog` tundrasi Skandinaviyaning eng shimolida tekislik tundrasi Skandinaviyaning eng shimolida tekislik tunrdasiga qo`shilib ketadi.
Aralash (igna bargli-keng bargli) o`rmonlar zonasi. Bu zonaning asosiy qismi Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. G`arbiy Yevropada aralash o`rmonlar zonasi Finlyadiyada Fin qo`ltig`ining qismini va Polsha pastteksiligining chekka shimoliy - sharqini ishg`ol qilib, asta- sekin torayib boradi va tugaydi. G`arbiy Yevropada bu zonaning tugashiga iqlimda okean tasirinin kuchayishi va buning oqibatida keng bargli o`rmonlar zonasi landshaftlarning rivojlanishi uchun sharoitning qulay bo`lishi sababdir.
Taygadan farq qilib aralash o`rmonlar zonasi o`rmonlarida shimoliy igna bargli va mayda bargli daraxatlargini emas, balki keng bargli daraxatlar: yel qarag`ay, qayin bilan birga dub, shumtol, lipa, o`rmon buki katta rol o`ynaydi. O`rmonlar taygadagiga nisbatan siyrakroq, o`rmon tagida qalin o`tlar o`sadi. Sfagn botqoqlari taygadagidan ozroq, tayga qalin, tayga uchun xarakterli bo`lgan tuproq - gruntda namning haddan tashqari ortiqcha bo`lishi kamayadi, vegatatsiya davri uzayadi, qor ham u qadar uzoq yotmaydi Tuproq hosil bo`lishida daraxatlargina emas, o`tlar ham kata rol o`ynaydi. Ana shu xususiyatlar tufayli aralash o`rmonlar zonasida tuproq hosil bo`lishining podzol tipii va chimli tipi rivojlangan. Shunga ko`ra aralash o`rmonlar zonasidan chidamli podzol tuproqlar ayniqsa ko`p taraqalgan. Shu sabali bu tuproqlarda tayga tuproqlaridagiga qaraganda chirindi ko`p (5-6% gacha) tuproq rangi qoramtiroq bo`lib, usti gorizontida mayda donali strukturaga ega.
Aralash o`rmonlar zonasida tayga uchun xos bo`lgan hayvonlar bilan bir qatorda shunday hayvonlar ham borki, ularning areali keng bargli o`rmonlar va o`rmon - dasht zonalarini o`z ichiga oladi. Sut emizuvchi yirik hayvonlardan los qo`ng`ir, ayiq, bazi joylarda shimol bug`usi, Yevropa eligi, bo`ri, tulki, malla quyon va oq quyon xarakterlidir. O`rmon qushlari jumladan, o`troq qushlar taygadagidan ko`ra ko`proqdir. Ayniqsa qizilishton, chittak, savalar, qur, chil va boshqalar ko`p uchraydi.
Keng bargli o`rmonlar zonasi. G`arbiy Yevropa mo`tadil mintaqasining janubiy qismida tipik mo`tadil iqlim bo`lib, keng bargli o`rmonlar landshaft zonasi xarakterlidir. Tayga zonasidan farq qilib, bu yerda yer yuzasi uzoq vaqttgacha nam bo`lib turmaydi. Faqat mavsumga qarab bahorda nam bir oz ortiqcha bo`ladi va yozning ikkinchi yarmida tuproq-grunt sal qaqrab qoladi. Ximiyaviy nurash jarayonii taygadagidan kuchliroq. Ko`klamda nam serob bo`lishi va tog`lardagi qorlarning erishi natijasida daryolar anchagina toshadi. Yozda ayniqsa uning ikkinchi yarmida daryolarning suvi kamayib qoladi. Bunda tayga zonasi daryolariga nisbatan sezilarli darajada sayozlashadi. Shuning uchun bahorda daryolarda yon eroziyachi kuchaysa, yozda chuqurlatish eroziyasi bo`ladi.
Keng bargli o`rmonlar asosan, o`rmon buki va dubdan iborat. Bu daraxatlar kamdan-kam hollarda aralash o`sadi. Bu esa ularning ekologik xususiyatlari bilan bog`liqdir. Dub areli buki areliga qaraganda janub va sharqqa ancha uzoq davom etadi. Tog`larda buk o`rmonlari dub o`rmonlariga nisbatan balandroq etadi. Tog`larda buk o`rmonlari dub o`rmonlariga nisbata balandroq va sernam yon bag`irlarda o`sadi.
Zonaning Atlantika bo`yidagi rayonlarida buk va dubdan tashqari o`rmonlarda asl kashtan (Fransiyada sof kashtan o`rmonlar tagida bazi bir doimiy yashil o`simlik turlari: padub chirmovuq, tisdan iborat butalar yotadi.
Zonaning sharqiy va markaziy rayonlaridan dub o`rmonlari: yozgi, qishqi va sertuk dublar asosiy o`rin tutadi. Bu o`rmonlarda dubdan tashqari oddiy va yirik bargli lipa ingichka bargli zarang, oddiy grab, kata daraxatlar tagida esa leshchina, cheremuxa, g`uddali beresklet va Yevropa bereskleti namatak o`sadi.
Bu zonada keng bargli o`rmonlardan tashqari, boshqa formatsiyalar ham tarqalgan. Fransiyaning janubi - g`arbida va Germaniya- Polsha tekisligining dengiz sohallarida va Yutlandiyada yirik qum uyumlarda qarag`ay va dub- qarag`ay o`rmonlari ko`p. Qarag`ay o`rmonlarining anchagina qismi qumni mustahkamlash uchun kishilar tomonidan barpo qilingan. Okean iqlimni sohillarda tarkibi va oziq moddasi kam bo`lgan qumli yoki torf-botqoqli tuproqlarda vereskzorlar uchraydi. Bu yerda tayga zonasi uchun xarakterli bo`lgan oddiy vereskdan tashqari, vereskning issiqsevar turlari ko`p, g`allagullilardan shchuchka, moliniya, belous qalin o`sadi.
Zonaning asosiy tuproq tipi o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridir. Namgarchilik meyorida bo`lganidan birlamchi minerallar va organik moddalar (bu moddalar hazonrezgidan hosil bo`ladi) tez parchalanadi va ikkilamchi gil minerallarning hosil bo`lishiga imkon tug`iladi. Bu tuproqlarda podzol jarayoniga qaraganda gilga aylanish jarayonii kuchli. O`rmon qo`ng`ir tuproqlari neytral yoki bir oz nordon reaksiyaga ega bo`lib, kam podzollashgan, mustahkam donador strukturaga ega; illyuvial karbonatli qatlami bor. Bu tuproqlardan chirindi miqdori 3-7% ga yetadi. Bu tuproqlardan dehqonchilikda bug`doy, qand lavlagi ekish, mevali daraxatlar o`stirish uchun foydalaniladi. Tekisliklardagi eng sernam joylarda uchraydigan podzolli - qo`ng`ir tuproqlar eng kam unum yerlardir. Ohaktoshlar ustida chirindili - karbonatli tuproqlar, rendzinalarlar tarkib topadi.
Bu zonada balandlik landshaft mintaqalari Alp tog`larida yaxshi rivojlangan va asosan o`rmon - o`tloq tipiga kiradi (pastroqda keng bargli tog` o`rmonlari, yuqoriroqda tog` o`tloqlari uchraydi). Alp tog`larining shimoliy yon bag`rida quyi mintaqada dub o`rmonlari o`sadi, 600-800 m balandlikda esa Yevropa pixtasi, aralash buk o`rmonlari boshlanadi. Bu mintaqaning keng bargli o`rmonlari tagida tog` - o`rmon qo`ng`ir tuproqlari, ohaktoshli rayonlarda esa rendzinalar tarqalgan, 1000 - 1200 m dan balanda tog` podzol tuproqli yerlarda yel va pixtadan iborat qoramtir igna bargli tog` o`rmonlari mintaqasi joylashadi. Bu mintaqaning yuqori chegarasi yaqindagi bazi joylarida kedr qarag`ayi va Yevropa tilog`ochidan iborat yorug` qarag`ay - tilog`och o`rmonlari o`rmonlari bor. Igna bargli o`rmonlar, tog` yon bag`irlarida 1600-1800 m balandlikkacha o`sadi. Bu mintaqaning yuqori chegarasiga yaqin o`rmonlar parklar shaklida siyrak uchraydi.
Igna bargili o`rmonlar mintaqasi o`rnini subalp va o`tloq o`simliklari oladi. Bu o`simliklar 2000-2100 m balandlikkacha chiqib boradi. Yer bag`irlab o`sadigan tog` qarag`ayin, rododendron, pakan archa, baland bo`yli o`tlar bu mintaqalardagi asosiy o`simliklar. Undan yuqori Alp o`simliklari mintaqasi bo`lib, bu mintaqada daraxat va butalar bo`lmaydi. O`simliklar orollar shaklida har yer - har yerda o`sadi. Baland tog` o`tloqlari past bo`yli gulli o`tlar: krokus, primula, gensianalar, chunolnchi erboho, soldanella, veronika, qiyoqning bazi bir turlari va boshqalardan iborat. Subalp va Alp mintaqalaridagi o`tloqlardan yozdan qimmatli yaylov sifatida foydalaniladi. Bu mintaqalarning tuproqlari tog` o`tloq tuproqlari tipiga kiradi.
Keng bargli o`rmonlar zonasining o`simliklari ko`pgina xayvonlarning yashashi uchun qulay. Bu zona faunasida tayga hayvonlari bilan birgalikda mahalliy hayvonlar ham uchraydi. Qor qoplami yupqa bo`lganidan va g`arbda umuman qor yotmaganligidan bu zonada yirik tuyoqli hayvonlar: asl bug`u, elik, to`ng`iz, qishlay oladi. Karpat tog`larida va alp tog`larining bazi bir joylari qo`ng`ir ayiq saqlanib qolgan. Boshqa sut emizuvchilardan olmaxon, oq quyon, malla quyon, bo`rsiq, sasiq ko`zan, tipiratikan, o`rmon suvsari, qora sariq ko`zan silovsin, o`rmon mushugi bor. Shular ham ko`p lekin tayga faraq qilib, bu joyda suvda va botqoqlikda yashaydigan qushlar kam. Qizilishton, zargaldoq, chittak, zialdik, halqunoqlarni hamma joyda uchratish mumkin. O`rmonlar kesib yuborilishi natijasida hozirgi vaqtda yirik hayvonlar juda kam qolmoqdada. Shu bilan birga o`rmonlarining yo`q qilishnishi natijasida yalang joylarda yashaydigan bazi bir hayvonlar: malla quyon, kulrang kaklik, sichqonsimon kemiruvchilar paydo bo`lgan; kemiruvchilar ekinlarning asosiy zararkunandalaridir.
O`rmonlar - dasht va dasht zonalari Sharqiy Yevropadan Dunay bo`yi tekisliklariga o`rmon- dasht va dasht zonalarining parcha- parcha qisimlari kirib kelgan. Bu rayonlarning tabiiy landshatrlarining qanday bo`lganligini bazi yerdagilargina o`zgarmay qolgan joylariga qarab bilish mumkin, chunki boshqa hamma joyda yer haydab yuborilgan. Bu tekisliklarda qora tuproq va bu tuproqqa yaqin tuproqda o`sgan tabiiy o`tlar o`rinli keng ekinzorlar oldi. Hozirgi ekologik sharoit va ba`zi bir paleogegrafik malumotlarga qaraganda o`rta Dunay tekisligi landshaftlari Sharqiy Yevropadagi keng bargli o`rmon dashtlariga o`xshash bo`lgan. Chalov va oq bosh dashtlari (Vengriya pushtalari) bilan asos dublarida iborat keng bargi o`rmonlar bilan birin ketin almashinib kelgan. Namgarchilik kofessentining kichik bo`lgan quyi Dunay tekisligida landshaft Ukraina janubining dashtlariga o`xshash bo`lgan. Sharqiy Yevropaning tipik landshaftlari Yevropada asosan tog` orasidagi kontinental iqlimli tekisliklarda uchraydi.
Suptropik mintaqa: Doimiy yashil tropik o`rmonlar va butazorlar zonasi (O`rta dengiz bo`yi zonasi). Bu zona Janubiy Yevropaning katta qismi joylashgan. Venetsiya – Badan past tekisligi Volqon yarim orolini yarim tekisligi Shimoliy – Sharqiy, pireniya yarim orolining Shimoli eng shimoli sharqiy bunday mustasnodir. O`rta dengiz bo`yi zonasi iqlimning xarakterli zonasi shuki, bu zona suv tropik mintaqadagi boshqa zonalardan farq qilib yog`in yil davomida juda notekis tushadi- uning ko`p qisim salqin mavsumda kam qisimli mavsumda yog`adi. Bug`lanish eng ko`p bo`lgan davrda yog`in kam tushadi. Bug`lanish kamayishi bilan yog`in ko`p yog`a boshlaydi.
Tog` relefi va joyning juda past-balandligi bu zonada yirik daryo xavzalarini paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Daryolar ko`pincha tor toshloq o`zanli chuqur vodiylardan oqadi.
Oqtosh ko`p tarqalganidan bu zona karst landshaftlari ko`p uchraydi. Bunday joylarda daryolar relyef o`ziga xosligi, yer yuzasida o`simlik o`smaydi, desa bo`ladi.
Tog`lar tufayli tipik O`rta dengiz bo`yi o`simlik formatsiyalari va jigarang tuproqlar bu yerdagi kichik – kichik tekisliklarda, tog` yon bag`irlarining pastki qismlarida uchraydi. Zona maydoning kata qismi esa barg tashlaydigan tog` o`rmonlari va butazorlari hamda ularga xos tog` tuproqlari bilan band. Iqlim va boshqa omillarning mahalliy o`zgarishi tufayli formatitsiya tez- tez almashinib turadi. Zonaning barcha rayonlari uchun asosiy formatsiya xisoblanadigan baron bir o`simlik formatsiyaning ko`rsatish qiyin. Zonadagi doimiy yashil o`simliklar to`g`risida gapirganda O`rta Dengiz bo`yi yozi qurg`oqchilik bo`ladigan suvtropiklar zonasi ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun bu yerda o`simliklar kseromorf alomatlariga ega: ko`pincha tukli yoki mum g`ubori bilan qoplangan qattiq bargli bo`ladi, barg o`rnida tikonlarga ega, tarkibida ko`p miqdorda efir moyi bor.
Doimiy yashil qattiq kserofit va butalar asosiy formatsiya tiplaridir. Butalar maydon jihatdan o`rmonlarga qaraganda ancha ko`p. O`rmonlar ko`pincha dubning har xil turlshari (asosiy doimiy yashil turlari), janubiy qarag`ay va kedrlardan iborat: tosh dub va probka dubi zonaning asosan g`aribidagi nam rayonlardan o`rmonlar hosil qiladi; Makedoniya va vallon dublarpi asosan Bolqon yarim orolida bo`yi va alep qarag`aylari gorizontal sarv Atilas va Livan kedrlari o`sadi. O`rta dengiz bo`yi o`rmonlari ancha siyrak va yorug`, daraxtlar tagi mirt, qulpnay daraxti, zaytun, ladannik, archalar o`sadi.
Buta formatsiyalari ko`pincha doimiy yashil o`rmonlar tagida o`sadigan turlardan iborat. Butalar orasida barg to`kadigan turlar ham anchagina bor. Ular zonaning shimoliy va sharqiy rayonlaiga tomon orta boradi. Zonaning ancha sernam rayonlaridagi butalar formatsiyalari qalin va baland bo`yli chakalaklar hosil qiladi(asosan O`rat dengiz bo`yining g`arbi); qurg`oqchilroq rayonlarda esa ( ayniqsa Bolqon chrim orolida) butalar siyrak o`sadi va past bo`ylidir.
Dengiz iqlimi rayonlarda buta va past bo`yli daraxtalar formatsiyaiyasi makvis tipik formatsiya hisoblanadi. Bu formatsiya qulpinay daraxtining ancha baland (1,5–4 m) doimiy yashil turlaridan, ladannik, archa, drok, oleandr, fillireya Korsika pistasi va boshqalardan iborat. Namgarchilik kamroq va tuproq ancha toshloq bo`lgan joylardan (Fransyiyaning janubi, pireniya yarim orolining markazi va sharqi) past bo`yli (1 m gacha) domiy yashil butalar-garriga formatsiyalari tarqalgan. Bu formatsiyalar yaxlit chalakzorlar hosil qilmaydi va ko`pincha makvis formatsiyasining aynigan xili deb qaraladi. Kermes dubi, zira, Ispaniya droki, rozmarin, garriganing eng xarakterli o`simliklaridir. Yevropada yovvoyi holda o`sadigan birdan - bir palma oilasidan bo`lgan past bo`yili xamerops palmasi chakalaklari- palmitas garriganing bir turidi. Palmitos Balear orollarida, Pireniya yarim orolining janubida va Sitsiliyada tarqalgan.
Tomillyara formatsiyalari (zirazorlar) asosan Pireneya yarim orolining markazida bo`lib, past bo`yli xushbo`y o`tlardan: zira, rozmarin, lavandalardan iborat. O`rta dengiz bo`yining sharqiy qismidagi juda quruq toshloq janubiy yon bag`irlarda frigana formatsiyalari-sertikan, doimiy yashil butalar va ko`p yillik qattiq o`tlar: cho`l yalpiz, lavanda, akantolimon, esparset, astragal, sutlama, ko`p uchraydi. Butalar ko`pincha shar shaklida bo`ladi. Yog`in ko`p yog`adigan ko`klam paytida friganada piyoz, qizg`aldok va boshqa efemerlarning ko`pgina turlari o`sadi. Bolkon yarim orolida shiblyak butazorlari-asosan barg tukadigon past buyli sertikan butalar va tikanli o`tlar komg`ok yevvoyi siren sumax na`matak tern dulana butasimon sertuk bir necha turlari o`sadi. Asosan shamshod o`sadigan past bo`yli shamshodzorlar (ayniqsa bolqon yarim orilida) keng tarqalgan.
Doimiy yashil o`rmonlar va butazorlar tog` o`rmonlarining quyi mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqaning yuqori chegarasi shimolda 300 m da, zona janubida 800m da joylashgan. Undan baland 1000-1200 m balandlikgacha dub, kashtan, buk, shumtoldan iborat barg tashlaydigan keng bargli o`rmonlar o`sadi. Buk, pixta, qarag`ay, yel daraxtlardan iborat keng bargli-igna bargli o`rmonlar (2000-2200 m gacha) uch mintaqani hosil qiladi. Undan ham balandda tog` butazorlari va o`tloqlar mintaqasi joylashgan.
O`tlar dengiz bo`yi zonasida bir necha tuproq tipi bor. Bu tuproqlarning ishqori kam va yuvilgan, mehanik tarkibi dag`al bo`ladi. Quruq o`rmonlar va butazorlarning jigarrang tuproqlari xarakterli tuproq tipidir. Qishki mavsumdagi yong`inda tuproqni yuvib, ustki qatlamlardan osson eriydigan xlorid va sulfat tuzlarini olib ketadi. Sekin eridigan kalsiy korbanat to`planib, 50sm dan chuqurda korbanatning illyuvial qatlam hosil qiladi. O`simlik qoldiqlari ham asosan anashu davrda minerallashadi. Yozda tuproqlar ustki qatlamlarining qurib qolishi tufayli eritmalar yuqoriga ko`tariladi, bu esa bir oz chuqurlikda kalsiy korbanat to`planishiga va tuproq reaksiyasining netyral bo`lishiga olib keladi. Bu vaqtida usimlik qoldiklari sekin minerilashadi va chirindi hosil bo`ladi. Chirindi miqdori 4-7 % ga yetadi. Jigar rang tuproqlar anchagina unimdor, lekin ularni sug`orish kerak bo`ladi.
Bu zonada o`rmonqo`ng`ir tuproqlar ham keng tarqalgan, bu tuproqlar tog` yon bag`irlaridagina emas, tekisliklaridagi bazi joylardan ham uchraydi. Ohaktosh ustida ayniqsa Bolqon yarim orolining G`arbida, Apeninning yarim orolida qizil tuproq-terrarossa tarqalgan.
Dehqonchilikda sug`orishna talab qilmaydigan o`simliklar: kuzgi bug`doy, zaytun daraxti va boshqalar yetishtiriladi. Boshqa ekinlar (sitruslar, paxta, sholi) ekish uchun yerlarning sug`orish kerak bo`ladi. Tamaki, tok, bodom, yong`oq, anor, anjir, asl lavr, poliz ekinlaridan esa pomidor, garimdori baqlajon ham ko`p ekiladi. Chorvachilikda qo`y va echki boqish asosiy ahamiyatga ega.
Yevropaning o`rta dengiz bo`yi zonasi o`rta dengiz bo`yi zoogeografik oblast chasiga kiradi. Unda sudralib yuruvchilar va quruqlikda-suvda yashaydigan hayvonlar kata rol o`ynaydi. Kaltakesaklar gekkom, xamelion, toshbaqa, chipor ilon, suv iloni, qora ilon keng tarqalgan. Hashoratlar: saraton, beshiktebratar, vizildoq qo`ng`iz, rang-barang kapalaklar juda ko`p uchraydi. Endemik qushlar orasida tog` kakligi, ko`k qarg`a, bolta yutar, kalxat, ba`zi joylarda qizil g`oz, havorang zag`izg`on, kaptar bilan ispan chumchig`i, toshloq chumchig`i, tolaq qora shaqshag`i ko`p uchraydi; qishda bu yerga tayga va keng bargli o`rmonlarning ba`zi bir qushlari uchib keladi.
Zonadagi sut emizuvchilar ko`plab qirib yuborilgan. Yevropada maymun oilasining birdan bir vakili asli afrikadan chiqan dumsiz makak makot (Gibraltar atroflarida) va kichkina yirtqich genetta (viverlar oilasidan) sut emizuvchilarining xarakterli turlaridir. Genetda ham asli afrikadan chiqqan bo`lib, pireniya yarim orolida va fransiyaning janubida yashaydi. Pireniya yarim orolida yovoyi quyon, vixuxon (suv kalamushi) jayra uchraydi (jayra sitseliyada ham bor).

Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar






  1. Download 70 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish