Evolyutsion taʼlimot
Evolyutsion taʼlimot, evolyutsiya
nazariyasi — tirik organizmlar
evolyutsiyasi sabablari,
harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari
va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan.
Evolyutsion taʼlimot biologiyaning nazariy
asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan
natijalarni umumlashtiradi. Evolyutsion
taʼlimot rivojlanishining mushohidaga
asoslangan 1-davri qadimiy dunyo
faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit,
Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan
bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun
borliqning , jumladan, organizmlarning
tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr
bildirishgan. Bunday qarashlar 17— 19-
asrlar boshlarida yashagan transformizm
tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro,
J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va
K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi.
Transformistlar yagona sistemaga ega
boʻlgan taʼlimot yarata olmagan
boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot
oʻrganadigan asosiy muammolarni
koʻrsatib berishdi. Bu muammolar
organizmlar tuzilishi va xilmaxilligi, turlar
oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar,
tiriklikning progressiv evolyutsiyasi bilan
bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega
boʻlgan organizmlarning yashab
kelayotganligi; ayrim turlar va
guruxdarning qirilib ketishi sabablarini
aniqlashdan iborat. Bu muammolarning
tushunib olinishi va ilm-fanning
rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi
tarixiy davri — evolyutsiyaning dastlabki
konsepsiyalari shakllanishiga zamin
tayyorladi. Bu konsepsiyaning birinchisini
J.ʼ.Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik
lamarkizm deb atalgan konsepsiyada
ham progressiv rivojlanish va
moslanuvchanlikka organizmlarning
oldindan belgilab berilgan xususiyati
sifatida teleologik va metafizik nuqtai
nazardan qaraladi. Ch.Darvin yaratgan
evolyutsiya nazariyasi (1859) Evolyutsion
taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi. Darvin
organizmlar evolyutsiyasining
harakatlantiruvchi kuchlari — yashash
uchun kurash va undan kelib chiqadigan
tabiiy tanlanish ekanligini koʻrsatish
orqali birinchi boʻlib Evolyutsion
taʼlimotning asosiy muammolarini ilmiy
nuqtai nazardan hal etdi. Darvinizmning
paydo boʻlishi bilan bir vaqtda uning
dushmanlari — idealistik va teleologik
konsepsiyalar tarafdorlari 20-asrning 2-
yarmida lamarkizmning ayrim aqidalarini
yana qaytadan tiklashdi (qarang
Neolamarkizm). Ammo yangi dalillar
toʻplanishi tufayli darvinizm tobora keng
yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari
tomonidan tan olindi.
Evolyutsion taʼlimotning Ch.Darvindan
keyingi rivojlanishi evolyutsiya
mexanizmlari va qonuniyatlarini taxlil
qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy nuqtai
nazardan mutatsiya va tabiiy tanlanish
evolyutsiyaning eng asosiy omili
hisoblanadi. Bu omillarning birgaliqsagi
taʼsiri evolyutsiya jarayoni amalga
oshirilishining asosiy sharti hisoblanadi.
Tabiiy tanlanish bevosita organizmlar
fenotipiga taʼsir etadi; natijada ayrim
genlar yoki allellar emas, balki muayyan
reaksiya meʼyoriga ega boʻlgan bir butun
genotiplar tanlanadi. Evolyutsiyaning
elementar birligi populyatsiyalar
hisoblanadi. Genetik jihatdan evolyutsiya
populyatsiya genofondining muayyan
yoʻnalishda oʻzgarishi (mikroevolyutsiya)
dan iborat. Tashqi muhit sharoiti
oʻzgarishi xususiyatiga qarab
populyatsiyaga harakatlantiruvchi,
turgʻunlashtiruvchi yoki dizruptiv
tanlanish taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Tanlanish tur individlar ontogenezining
(qarang Ontogenez) hamma davrida ham
taʼsir etishi mumkin; filogenez
ontogenozning genetik qatorlaridan
iborat.
Makroevolyutsiya — turdan yuqori
guruhlar ichida kechadigan
mikroevolyutsion jarayonlar
integratsiyasidan iborat evolyutsion
jarayon. Makroevolyutsiyada
filogenezning umumiy qonuniyatlari va
yoʻnalishlari namoyon boʻladi.
Organizmlar muayyan guruhlari
evolyutsion oʻzgarishlarining yoʻnalishlari
tabiiy tanlanish bilan bir qatorda
muayyan turning tuzilishi (genetik
sistemasi, ontogenezi va fenotipi)
xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan
evolyutsion cheklanish va taqiqlar orqali
ham belgilanadi.
20-asrning 30- yillarida shakllangan
mikro va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi
tasavvurlar evolyutsiyaning sintetik
nazariyasi deyiladi. Zamonaviy
Evolyutsion taʼlimot fan sifatida
evolyutsion qarashlarning rivojlanishi, har
xil yangi evolyutsion farazlar va
konsepsiyalar (jumladan, tabiiy
tanlanishni evolyutsiyaning bosh omili
sifatida tan olmaydigan konsepsiyalar)ni
oʻz ichiga oladi. Hozirgi Evolyutsion
taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi davriga
qadam qoʻydi. Bu davrning asosiy
vazifasi evolyutsion jarayonlar
mexanizmini ochish orqali
organizmlarning evolyutsion oʻzgarishini
oldindan aytib berish va ana shu asosda
evolyutsiya jarayonini boshqarishdan
iborat (yana q. Darvinizm, Progress).
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Nataev tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Evolyutsion_taʼlimot&oldid
=2029295
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |