Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan 2. va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat; undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. Eritmada erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. E. tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi yoki yutilishi ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritma tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, Eritma tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. Eritma tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farkdantiradi. Shu bois ham Eritma mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi. Suyuq eritmalarning oʻziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi orqali oʻrganiladi. E.ning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning oʻlchami va boshqalar omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi prinsip jihatdan sof suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon boʻlgan dissotsiatsiya bilan bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon E.da zarralar sonining koʻpayishiga sabab boʻladi. Agar erituvchi suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda boʻlsa, solvatlar vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 1887 yil D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish nazariyasini olgʻa surgan. Uning shogirdi I.A.Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy ishlar olib borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi. Amaliyotda koʻproq toʻyinmagan E.dan foydalaniladi. Ularda erigan modda konsentratsiyasi toʻyingan Eritma dagiga qaraganda kamroq boʻladi. Eritmada erigan modda miqdori eritma konsentratsiyasini belgilaydi. Erigan modda miqdori koʻp boʻlgan Eritma konsentrlangan Eritma kam erigan (konsentratsiyasi nisbatan kam boʻlgan) Eritma suyultirilgan Eritma deyiladi. Eruvchanlik — modda.ning biror boshqa modda bilan 2 va undan ortiq komponentdan iborat termodinamik barqaror bir jinsli sistema hosil qilishi. Gazlarning suyuqliklar bilan, suyuqliklarning suyuqliklar bilan taʼsirlanishi natijasida shunday sistema hosil boʻladi (qarang Eritmalar). Moddaning eruvchanligi oʻsha moddaning ayni sharoitda hosil qilgan toʻyingan eritmasining konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi. Turli moddalarning maʼlum erituvchilarda eruvchanligi tashqi sharoitga, asosan, temperatura va bosimga bogʻliq. Koʻpchilik suyukdik va qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ortishi bilan, gazlarning eruvchanligi esa bosim ortishi bilan ortadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuniga boʻysunadi. Suyuqliklar bir-birida istalgan nisbatda (mas, suv bilan spirt), bir-birida maʼlum chegaragacha erishi (mas, suv bilan fenol) yoki bir-birida erimasligi mumkin (mas, suv bilan simob). Moddalarning eruvchanligi tashqi sharoit oʻzgarganda Le Shatelye — Braun prinsipi, yaʼni kimyoviy muvozanatning siljish prinsipiga muvofiq oʻzgaradi. ERITMALARNING KONSENTRATSIYASINI IFODALASH USULLAri Eritmalarning asosiy xarakteristikasi ularning konsentratsiyasidir. Eritmaning konsentratsiyasi deb, ma’lum og’irlikda yoki hajmda olingan eritmadagi erigan modda miqdoriga aytiladi. Eritmalarning konsentratsiyalari turli usullar bilan ifodalanadi, masalan, foizli, molyar, normal, molyal konsentratsiyalardir. Foizli konsentratsiya – 100 g eritmadagi erigan moddaning grammlar sonini ko’rsatadi. Masalan, osh tuzining suvdagi 5% li eritmasi, 100 g eritmada 5 g osh tuzi borligini ko’rsatadi, ya’ni bu eritma 95 g suv, 5 g tuzdan iborat. Erigan moddaning massasini m1, eritmaning massasini m2 bilan va eritmaning foiz konsentratsiyasini C% bilan belgilasak, ular o’rtasidagi bog’lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi: C%= m1 / m2•100 Agar eritmaning miqdori massa birligida (gramm yoki kilogramm) ifodalanmasdan hajm birligida (millilitr yoki litr) ifodalansa, u holda eritmaning zichligini bilish zarur. Chunki eritmaning massasi bilan uning hajmi va zichligi o’rtasida quyidagi bog’lanish bor: m2=dv bu yerda: d – zichlik m2 – eritmaning massasi v – eritmaning hajmi Buning uchun formuladagi m2 o’rniga dv yozish kerak: C%= m1 / dv•100; Molyal konsentratsiya – 1000 g erituvchida erigan moddaning miqdori gramm- molekulalar soni bilan ifodalanadi. Normal konsentratsiya H yoki N harfi bilan belgilanadi. Masalan: 1 litr eritmada 1 g. - ekv Sulfat kislota (H2SO4) erigan bo’lsa, 1N eritma bo’ladi. Normal eritma quyidagi formula bilan ifodalanadi: Bu yerda: CH – eritmaning normal konsentratsiyasi, g-ekv/l Э – erigan moddaning gramm ekvivalentligi, g-ekv. V – eritmaning hajmi, ml m1 – erigan moddaning massasi, g E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |