1-ilova
“ENG YAXSHI GURUH “
ko’rik tanlovi baholash
MEZONI
Tanlov jami 100 ballik baholash tizimida bo’lib, quyidagicha taqsimlanadi:
1.O’quvchilarning o’zlashtirishi – 60 ballgacha baholanib, bunda asosan o’quvchilarning har oylik yakuniy baholari (umumiy va sifat o’zlashtirishlari) hisobga olinib, oy davomida guruh olgan baholar to’liq sanab chiqiladi va bunda maksimal 60 ball ikkiga bo’linib, umumiy o’zlashtirish 100 % bo’lganda - 30 ball, hamda sifat o’zlashtirishi ham 100% bo’lganda - 30 balldan beriladi.
(O’quv bo’limi) Jadval asosida hisoblanadi.
2. O’quvchilarning mashg’ulotlariga qatnashishi – 30 ballgacha baholanib, bunda oylik davomati alohida hisobga olinadi. Oylik davomat 100% bo’lsa maksimal ball 30 ball beriladi.
(Ma’naviyat bo’limi) Jadval asosida hisoblanadi.
3. Guruh o’quvchilari tomonidan har oy yakuni bo’yicha ko’rik tanlovlar, fan olimpiadalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroki va guruh tartib-intizomi - 10 ballgacha.
(Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash markazi rahbari, guruh rahbarlari kengashi raisi va litsey Xotin-qizlar qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi rahbari)
№
|
Baholash parametrlari
|
Beriladigan maksimallar ballar
|
1
|
Ko’rik tanlovlar
|
2.5
|
2
|
Fan olimpiadalari
|
2.5
|
3
|
Ma’naviy ma’rifiy tadbirlarda guruh faolligi uchun
|
2.5
|
4
|
Guruh tartib-intizomi
|
2.5
|
JAMI
|
10 ball
|
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIDA 2021-2022 O’QUV YILI MOBAYNIDA O’TKAZILADIGAN
“ENG YAXSHI GURUH“ KO’RIK-TANLOVI
NIZOMI
SAMARQAND-2021
I. Umumiy qoidalar
1.1 Ushbu nizom Samarqand davlat universiteti akademik litsey guruhlari o’rtasida “Eng yaxshi guruh” ko’rik tanlovini tashkil etish va o’tkazish tartibini belgilaydi.
1.2 Ko’rik tanlovda litseyning barcha guruh va guruhda o’qiyotgan o’quvchilari ishtirok etadi.
II. Ko’rik-tanlov maqsadi
2.1 Ko’rik tanlovning asosiy maqsadlari:
- guruhlar o’rtasida ilmiy va ma’naviy raqobatni oshirish;
- guruh rahbarlarining mas’uliyatini va guruh bilan ishlash mahoratini yanada taraqqiy ettirish;
- tashabbuskor va ilg’or guruh rahbarlarining ishini ommalashtirish;
- ilg’or, bilimli, mehnatkash guruh o’quvchilari va guruh rahbarining mehnatini rag’batlantirish;
-o’quvchilarning darsga qatnashishini to’liq ta’minlash;
- o’quvchilarning ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faolligini oshirish.
III. Ko’rik-tanlovning tashkiliy qo’mitasi va uning tarkibi
3.1 Ko’rik-tanlovni tashkiliy qo’mitasi, tanlovni tashkil etish va o’tkazish akademik litsey ilmiy pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
3.2 Tashkiliy qo’mita ko’rik-tanlovni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq jarayonlarni boshqaradi.
3.3 Tashkiliy qo’mita quyidagi tarkibdan iborat:
- tashkiliy qo’mita raisi akademik litsey direktori A.Umarov;
- akademik litsey O’IBDO’ M.Jumayev;
- akademik litsey YBIBDO’ A.Pardayev;
- o’quv bo’limi uslubchisi B.Usmonov;
- o’quv bo’lim boshlig’i T.Qodirov;
- Yoshlar ittifoqi rahbari Sh.Abdullayeva;
- Xotin-qizlar kengashi rahbari M.Djanzakova;
- guruh rahbarlari kengashi raisi N.Normatov;
- iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash markazi rahbari A.Sharipov;
IV. Ko’rik-tanlovni o’tkazish muddati
4.1 Ko’rik-tanlov 2021-2022 –o’quv yili davomida har oy yakuni bo’yicha baholash mezonlari (1-ilova) asosida baholanadi va o’rinlar ketma-ketligi e’lon qilinadi.
4.2 Natijalar har oyning birinchi haftasi oxirigacha belgilab chiqiladi va dushanba kungi ertalabki saflanishda go’liblar e’lon qilinadi.
V.Ko’rik-tanlov go’liblarini taqdirlash
5.1 Ko’rik-tanlovda g’olib bo’lgan guruh ko’chma kubokni qo’lga kiritadi va (xozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda) guruh o’quvchilari qo’shni viloyatlarga dars mashg’ulotlaridan ajralmagan holda ekskursiyalar tashkil qilinadi.
5.2 Ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra I, II, III o’rinlarni qo’lga kiritgan guruh rahbarlari quyidagicha rag’batlantiriladi:
- I o’rin BXM 3 barobarida pul mukofoti bilan;
- II o’rin BXM 2 barobarida pul mukofoti bilan;
- III o’rin BXM 1 barobarida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
VI.Ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra past ko’rsatkich qayd qilgan guruh rahbarlariga quyidagicha chora qo’llaniladi
5.1 Ko’rik tanlov natijalariga ko’ra 100 ballik tizimda 55 balldan kam to’plagan guruh rahbarlariga
- Birinchi marta bo’lsa “Hayfsan” ;
- Ikkinchi marotaba takrorlansa moddiy jarima;
- Uchinchisida esa guruh rahbarligi vazifasidan ozod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |