Eng qadimgi yunonistonda ishlab chiqarish



Download 101,5 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi101,5 Kb.
#253921
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ENG QADIMGI YUNONISTONDA ISHLAB CHIQARISH


ENG QADIMGI YUNONISTONDA ISHLAB CHIQARISH

Reja:


  1. Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi.

  2. Miloddan avvalgi XI–VI asrlarda Qadimgi Yunoniston va Afina

  3. Qadimgi Yunonistonda ishlab chiqarish

1. Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi. Qadimgi Yuno-niston, Bolqon yarim oroli, Egey, O`rtayer dengizining sharqidagi bir qancha orollarni va Kichik Osiyoning g`arbiy sohilidagi joylarni o`z ichiga olgan mamlakatdir.

Bolqon yarim oroli tabiiy jihatdan Shimoliy, o`rta va Janubiy Yunonistonga bo`linadi. Janubiy Yunonistonni Peloponnes ham deyiladi. Yunoniston tog`lik mamlakat bo`lib, daryolar oqib o`tgan joylarning bir qismi kichik-kichik tekisliklardan iborat. Yunonistondagi tog`larning eng baland cho`qqisi Olimp bo`lib, uning balandligi 2911 metrdir. Bolqon yarim orolini uch tomondan Egey, Adriatika, Ioniya va O`rtayer dengizlari o`rab turadi.

Yunonistonning iqlimi subtropik bo`lib, yozi u qadar issiq emas, iliq, yoqimli. Tog` tepalarida qish ancha sovuq bo`ladi. Vodiylarda qish u qadar sovuq emas.

Yunoniston tog`lari mis, ruh, qo`rg`oshin, oltin, kumush kabi turli xil qimmatbaho toshlarga boy bo`lgan.

Daryo vohalaridagi unumdor yerlar va tog` yaylovlari dehqonchilik, bog`dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun qulaydir. Arxeolog va antropologlarning ma`lumotlariga qaraganda Bolqon yarimoroli va orollarda odamlar tosh asridan beri yashab kelganlar.

Bolqon yarimoroliga odamlar Afrikadan yoki Markaziy Yevropadan kirib kelganlar. Bolqon yarimoroli va orollarda qadimda pelast, ioniy va axey kabi qabilalar yashaganlar. Keyinchalik esa Bolqon yarimoroliga doriylar kirib kelib mahalliy aholi bilan qo`shilib ketganlar.

2. Qadimgi Krit jamiyati. Krit O`rtayer dengizining sharqidagi yirik orollardan biridir. Bu orol odamlarning yashashlari uchun ancha qulayliklarga ega bo`lgan. Miloddan avvalgi VI–Vmingyilliklardayoq orolga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelishgan.

Miloddan avvalgi IV mingyillik oxiri va III mingyillikning birinchi yarmida Kritda xo`jalik – dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish boshlangan. Ular birlashib, Kritda dastlabki davlatni tuzganlar. Miloddan avvalgi 2000-yilda Kritda Knoss hukmdorining juda ulkan va muhtasham saroyi qurilgan. Uch, hatto to`it qavatli qilib solingan bo`lib, devorlari nafis qilib suvalgan. Saroyning pastki qavatidagi binolar yog`du chiqarib turadigan quduqlar bilan yoritilgan ekan. Saroy odam, xilma-xil hayvon va o`simlik suratlari bilan bezatilgan. Devorlarda saroyda yashovchilarning turmushini ifoda etuvchi rasmlar ham bor. Binolar ichida chiqindi suvlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun sopol quvurlardart tashkil topgan qurilmalar ham bo`lgan ekan.

Miloddan avvalgi 1750-yilda Kritda qattiq zilzila bo`lib, aholi markazlaridagi saroyJar, shuningdek Knos saroyi ham vayron bo`ladi. Shu vaqtda Kritga yaqin orollardan birida vulqon otiladi. Shu vaqtda orolni kuldan iborat bulutlar, vulqon changlari va balandligi bir necha o`n metr keladigan dengiz to`lqinlari bosib kelgan. Vulqon changlari, ulkan to`lqin, zilziladan zararlanmagan bog`-u rog` va ekinzorlarni yo`q qilib tashlagan.

3. Krit davlatining ravnaqi va inqirozga yuz tutishi. Miloddan avvalgi XVIII asrning ikkinchi yarmida Kritdagi vayron bo`lgan saroylar qayta tiklangan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukm-ronlikni qo`lga olib, kuchli dengiz davlati tuzgan. Minos kuchli harbiy-dengiz floti qurib Egey dengizidagi orollarni, Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli sohilidagi yerlarni, hatto Attikani ham o`ziga itoat ettiradi. Minos boshliq dengizchilar uzoq Sitsiliyagacha suzib borganlar. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, Minos Sitsiliyadagi janglarda halok bo`lgan ekan.

Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Krit O`rtayer dengizi havzasidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylangan.

Bu davrda Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlanadi. Krit shohlari O`rtayer dengizi havzasidagi hamma mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq olib boradilar.

Minos va uning vorislari davrida Knoss saroyi qaytadan tiklanadi. Qaytadan tiklangan saroy devorlari ajoyib rasmlar bilan bezatilgan. Saroy devorlari zangori ko`ylaklar kiyib marjonlar, munchoqiar taqib olgan serpardoz saroy xonimlarining raqsga tushayotgani ifoda etilgan rasmlari bilan mashhurdir. Devorlarning birida esa ulkan ola-chipor buqaustidao`yin ko`rsatayotgan akrobat-o`yinchilarning tasvirlari ham kishini hayratga soladi. Krit davlati rivoj topgan davrda to`qimachilik, kulolchilik, zargarlik, miskarlik, kemasozlik, rassomlik, haykaltaroshlik va tasviriy san`atning boshqa tarmoqlari rivoj topgan edi.

Qadimgi kritliklar «A» va «B» chiziqli xat belgilariga ega bo`lganlar. Ammo bu yozuvlarni uzoq vaqt hech kim o`qishga muyassar bo`la olmagan. 1953-yilga kelib, ingliz olimlari Ventris va Chadviklar chiziqli «B» yozuvni o`qishga muvaffaq bo`ldilar. Miloddan avvalgi XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Krit davlati yemiriladi. Zilzila, vulqon va dengiz to`lqinlari mamlakatni vayron etgan.

Shu davrda axey qabilalari kelib orolga o`rnashib oladilar. Miloddan avvalgi XIII asrdan boshlab esa Kritga doriylar bostirib kirib, uni ishg`ol qiladilar.

Shu bilan Krit davlati va uning madaniyati ham inqirozga uchraydi.

4. Pilos-Miken jamiyati va madaniyati. Janubiy Yunoniston ham qadim zamondan boshlab o`zining qulay geografik muhiti bilan odamlarni o`ziga jalb qilib kelgan. Miloddan avvalgi IV–III mingyilliklarda Janubiy Yunonistonda ibtidoiy urug` jamoasi buzila boshlaydi. Jamiyatda tabaqalanish sodir bo`lib, Miken, Pilos, Tirinf kabi yirik aholi markazlari vujudga keladi. Miloddan avvalgi III mingyillikning oxiri va II mingyillik boshlarida markazlarda dastlabki quldorlik davlatchalari tashkil topgan.

Peloponnesdagi davlatchalarning eng yiriklaridan biri Miken bo`lgan. Miken Janubiy Yunonistonning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan edi. Bu shahar-davlatiga Dunay bo`yidan kelgan axey va mahalliy yunon qabilalari miloddan avvalgi III mingyillikning oxirida asos solganlar. Miken ham quldorlik davlati bo`lib, miloddan avvalgi XV–XIII asrlarda gullab-yashnagan. Uni oqsoqollar kengashi va amaldorlarga tayangan podsho boshqargan. Miken podsholikning bosh shahri bo`lib, uning akropoli tepalik ustida bino qilingan edi. Akropol yunoncha so`z bo`lib, «yuqori shahar» degan ma`noni bildiradi. Akropol katta-katta xarsanglar bilan urilgan mustahkam devor bilan o`rab olingan edi. Akropol bizdagi qal`aga to`g`ri keladi. Qal`a ichida podsho saroyi, ibodatxona, aslzodalarning uy-joylari va ma`muriy binolar bo`lgan. Ular ajoyib rasmlar, ustunlar va naqshlar bilan bezatilgan.

Miken o`zining kuchli dengiz floti va quruqlikdagi qo`shiniga ega bo`lgan.

Mikenda qadimdan boshlab dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilik ham rivoj topgan edi. Mikenliklar kemasozlikka alohida e`tibor berganlar. Shu tufayli ular O`rtayer dengizi havzasidagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq olib borganlar.

Mikenliklar o`zlariga xos madaniyat yaratganlar. Ammo Krit madaniyati mikenliklar madaniyatiga kuchli ta`sir ko`rsatgan. Mikenliklar kritliklarning madaniyati va chiziqli yozuvlaridan ham foydalanganlar. Shu bois uni Krit-Miken madaniyati deyiladi.

Janubiy Yunonistondagi shahar-davlatlardan yana biri Pilos bo`lgan. U Janubiy Yunonistonning g`arbida bo`lib, dengiz bo`yida joylashgan. U kattagina yer maydoniga ega bo`lgan. Pilosdan Alfey daryosi oqib o`tgan. Pilos ham miloddan avvalgi III mingyillik oxiri – II mingyillikning birinchi yarmida tashkil topgan. Miloddan avvalgi XVI–XIII asrlarda ravnaq topgan. Pilos davlatining hukmdori Vanka deyilgan. Yer podsho, aihoniy, amaldor va oddiy xalq orasida taqsimlangan. Pilosda ham dehqonchilik, hunarmandchilik, chor-vachilik ancha taraqqiy etgan edi. Pilosliklar asosan dengiz va quruqlik orqali uzoq-yaqin mamlakatlar bilan savdo ishlarini olib borganlar. Davlat va xo`jalikning barcha sohalarida qullar mehnatidan foy-dalanilgan. Pilos podsholigi viloyatlarga bo`linib uni noiblar bosh-qarganlar. Mamlakat hukmdori podsho hisoblangan.

Miloddan avvalgi XIV–XIII asrlarga kelib Pilos zaiflashadi va doriylar hujumi natijasida yemiriladi.

Pilosliklar Krit-Miken madaniyatidan bahramand bo`lib, o`zlariga mos madaniyat yaratganlar. Ular ham kritliklarning chiziqli yozuvidan foydalanganlar.

5. Doriylar istilosi va uning oqibatlari. Qadim zamohlardan boshlab Bolqondan shimolda, quyi Dunay bo`ylarida doriy qabilalari yashar edilar. Ular miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda o`z boshlaridan ibtidoiy jatnoa tuzumining so`nggi bosqichini kechirmoqda edilar. Ular madaniyat jihatdan krit-mikenliklardan orqada edilar.

Miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda doriylar Yunonistonga bostirib kirib, uni bosib ola boshlaydilar. Janubiy Yunoniston va Krit ham doriylar ixtiyoriga o`tadi. Faqat Attika aholisi doriylarga qarshilik ko`rsatib o`z mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Doriylar bilan bo`lgan janglarda juda ko`p aholi halok bo`lgan, qishloq va shaharlar kuydirilib, vayron etilgan. Tokzorlar, zaytunzorlar va mevali bog`lar xarob bo`lib qolgan.

Mahalliy aholining bir qismi doriylarga itoat etib, ular bilan aralashib ketgan. Bosqinchilarga itoat etishni istamagan aholi o`z vatanini tashlab uzoq o`lkalarga bosh olib ketishga majbur bo`lgan. Doriylar istilosi natijasida Yunonistonning xo`jaligi tushkunlikka uchragan. Qadimgi Miken, Tirinf, Krit va Pilos kabi quldorlik davlatlari tugatilgan. Ammo doriylar o`zlari bilan temir va temir qurollar olib kelishgan. Kelgindilar yunon aholisi bilan aralashib ketganlar. Keyinchalik xo`jalik ancha rivoj topgan va madaniyat qaytadan jonlangan.

Miloddan avvalgi XI–VI asrlarda Qadimgi Yunoniston va Afina

1. Miloddan avvalgi XI–IX asrlarda yunon qabilalari. Doriylar istilosidan keyin yunon qabilalari Yunonistonning va Kichik Osiyoning turli joylarida tarqalib yashaydilar. Shimoliy Yunoniston va Kichik Osiyoning shimoli-g`arbida eoliylar joylashib olganlar. O`rta Yunonistonning sharqiy Egey dengizi orollari va Kichik Osiyoning g`arbiy sohillarida esa ioniylar yashar edilar. Peloponnes, Krit, Egey dengizining janubidagi orollar va Kichik Osiyoning janubi-g`arbiy sohillariga esa doriylar o`mashib olgan edilar. Peloponnesning shimoliy va markaziy qismi, shuningdek, Kiprdaaheylar yashardilar.

Yunonistonda yashagan aholi bu davrda urug` va qabilalardan tashkil topgan edi. Yunonistonning har qaysi kichik vodiy va orolida alohida qabilalar yashardi.Yer umumiy bo`lib, oila o`zi uchun ajratilgan yerda ishlab dehqonchilik qilardi. Urug` va urug`doshlar chorva mollarini umumiy yaylovlarda boqishardi. Muhim masalalarni muhokama qilish uchun butun qabila erkaklari tomonidan saylangan urug` oqsoqollari kengashi va xalq yig`inga to`planganlar.

Urug` doirasidagi ishlarni urug` oqsoqollari, qabila miqyosidagi ishlarni qabila oqsoqollari bajarganlar.

2. Yunonistonda tabaqalanishning kuchayishi. Doriylar istilosi Yunonistondagi taraqqiyotni sekinlashtirdi. Ammo bu jarayon uzoq davom etmadi. Yunonlaming mehnat ahli va ishbilarmon kishilari o`zlarining fidokorona mehnatlari evaziga xo`jalikni qayta tiklay boshladilar. Temir asboblardan va uy hayvonlarining kuchidan unumli foydalanish mamlakatda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilikni rivojiga katta turtki berdi. Xo`jalikning rivojlanishi natijasida dehqonchilik, hunarmandchilik va chorva mahsulotlari ko`paya bordi. Savdo-sotiq rivoj topib, shu ish bilan shug`ullanuvchi kishilar boyib keta boshladilar. G`olibona urushlar urug`, qabila oqsoqollarining va harbiy boshliqlarning boyishi uchun muhim manba bo`ldi.

Bu jarayonlar Yunonistonda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni kuchaytirdi. Qo`lida boylik va ortiqcha mahsuloti ko`p bo`lgan bir guruh kishilar – urug`, qabila oqsoqollari, harbiylar, ruhoniylar va ularning atrofidagi kishilar aholining nufuzli kishilari – aslzodalarga aylana boshladilar. Dehqonlar, kosiblar, hunarmandlar oddiy, chorvador va mayda savdogarlar esa aholining o`rta tabaqasini tashkil etar edilar.

Aholi orasida qashshoq va kambag`al kishilar ham bo`lgan. Urushda asir tushgan odamlar qullarga aylantirilgan.

3. Yunonistonda shahar, davlatlarning tashkil topishi. Yunonistonda jamiyat rivojlana borgani sari uni boshqarish ham murakkablashib borgan. Ko`p tarmoqli xo`jalikni, harbiy va mudofaa ishlarini boshqarib turish uchun qandaydir tashkilot zarur bo`lib qolgan. Bu tashkilot dastlabki davlat hokimiyati edi.

Bu hokimiyat ixtiyorida qo`shin, xalq saylagan kengash, soqchi, sudya-qozi, qamoqxona va boshqa ma`muriy idoralar bo`lgan. Bunday davlat hokimiyatini boshqarib turadigan rahbarlar, hokimlar va podsholar bo`lgan. Dastlab jamiyatga rahbarlik qiluvchi hokimlar, podsholar va ularning amaldorlarini xalq yig`ini saylagan.

Keyinchalik, podsholik, hokimlik va nufuzli vazifalar otadan bolaga va aka-ukalarga meros qilib o`tkazilgan. Xo`jalikning rivojlana borishi munosabati bilan miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda tepasida hokim va podshochalar turgan bir necha o`n yunon shahar-davlatlari tashkil topgan.

Bular Afina, Sparta, Korinf, Agros, Epis, Fiva va boshqa shahar-davlatlaridir. Yunonistondagi bu shahar-davlatlarni polislar deb atalgan. Bu davlatlarga shahar va uning atrofidagi qishloqlar va viloyatlar kirgan. Shahar atrofi mustahkam devor bilan o`rab olingan. Yunonistondagi shahar-davlatlardan eng yirigi Afina va Sparta bo`lgan.

4. Afina quldorlik davlati. O`rtaYunonistonningjanubi-sharqida Attika viloyati joylashgan bo`lib, yer usti tog`lik va kichik-kichik vohalardan iborat edi. Attika sohillarida qayiq va kemalar to`xtaydigan qo`ltiqlar – bandargohlar ko`p bo`lgan. Attikaning qadimgi aholisi tog` oralaridan chiqib keluvchi mayda soylar bo`yida va tog`larda yashaganlar. Miloddan avvalgi II mingyillikda Attikaning g`arbidagi tekislik o`rtasidagi tepalikda katta bir qal`a qurilgan. Qal`a atrofi mustahkam devor bilan o`ralgan bo`lib, yunonlar qal`ani akropol – yuqori shahar deb atashgan. Ana shu akropol keyinchalik Afina shahriga asos bo`lgan. Afina akropoli atrofida aholining uylari joylashgan. Dushmanlar hujum qilgan vaqtlarda aholi akropolga kirib yashiringan.

5. Attikaning xo`jaligi. Attika tog`lik viloyat bo`lganligi uchun unumdor tuproqli yer maydoni kam edi. Attika dehqonlari yer kamligi va uning unumsizligidan ko`p zarar ko`rganlar. Shu tufayli g`alla Yunonistonga boshqa mamlakatlardan keltirilgan. Attika bog`bonlari tog` yonbag`irlarida zaytun va tokzorlar bunyod etib, ulardan mo`1 hosil olib, uzumdan ajoyib musallas ichimligi, zaytun mevasidan esa zaytun moyi olishgan. Yunonistonda sabzavotchilik va bog`dorchilik ham rivoj topgan edi.

Attikada tog` yaylovlari ko`p bo`lib, togiiklar chofvachilik bilan shug`ullanganlar. Miloddan avvalgi XII–XI asrlarda Yunonistonga temirning kirib kelishi, undan foydalanish hunarmandchilikning rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatdi.

Ayni paytda Attikada kemasozlik, uysozlik, to`qimachilik, zargarlik, asbobsozlik, bo`yoq, shisha ishlab chiqarish ham rivojlangan. Ustalar ishlagan qo`sh quloqli katta-katta xlimiar – amforlar Attika vaYunoniston tashqarisida ham mashhur edi.

Ustalar uy va bozor boshida ustaxonalar ochib, unda o`zlari, farzandlari va shogirdlari bilanbirgaishlab, o`z hunarlarini farzandlari va shogirdlariga o`rgatganlar. Ayrim badavlat kishilar har turli ustaxona ochib, unda ustalarni, yollangan ishchilarni va qullarni ishlatganlar. Miloddan avvalgi IX–VIII asrga kelib Attikada dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilikning rivoj topishi munosabati bilan ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlangan. Ortiqcha mahsulotlar ichki va tashqi bozorlaiga chiqarib sotilgan. Attikada katta-kichik qishloq va shaharlar ko`paygan. Har bir katta qishloq va shaharning o`z bozori bo`lgan. Miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda Afina Attikaning bosh shahri va markaziga aylanib, tez rivojlangan. Akropol atrofida ustaxonalar bino qilinib, dahalar vujudga kelgan. Afina shahri o`rtasida katta bozor – agora joylashgan edi. Agorada hunarmandchilik buyumlari, dehqonchilik va chorva mahsulotlari sotilgan va sotib olingan. Bozorda xorijdan keltirilgan mahsulotlar ham ko`p bo`lgan. Afina yaqinida kemalar to`xtab mol ortadigan va mol tushiradigan qu-lay qo`ltiqlar – bandargohlar ko`p bo`lgan. Ulardan eng mashhuri Pirey qo`ltig`i edi.

Bu bondargohda Afina kemalari va chetdan kelgan juda ko`p kemalar turardi. Bandargohda qullar, yollangan ishchilar kecha-kunduz kemalarga yuk ortib, ulardan yuk tushirar edilar. Afina, Italiya, Misr, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlar bilan qizg`in savdo ishlari olib borgan.

6. Afinada aslzodalar hukmronligi. Afinada aholining katta qismini o`rtahol va kambag`al dehqonlar tashkil etgan. Qurg`oqchilik va hosilsizlik yillarida dehqonlar og`ir ahvolga tushib qolar edilar. Qurg`oqchilik va suvsizlik tufayli zaytunzorlar, uzumzorlar va meva bog`lari qurib qolardi. Ularni qayta tiklash va hosilga kiritish uchun bir necha yil kerak bo`lardi. Bog`lar hosilga kirguncha bog`bonlar badavlat kishilardan qarz olib turardilar. Qarz evaziga esa qarzdorlar boylarga qo`shimcha to`lovlar to`lashardi.

Miloddan avvalgi VII asr oxirlariga kelib boylar va aslzoda dehqonlar Attikadagi yerlarning katta qismini egallab olganlar. Dehqonlaming ko`pi yerdan ajrab qullikka tushib qolganlar. Dehqon yerlarida esa qarz toshlari ko`payib ketgan. XI–IX asrlarda Afinani oqsoqollar kengashi va shu kengash saylab qo`ygan 9 hokim idora qilgan. Hokim, kengash a`zolari va sudyalar Afina aslzodalaridan bo`lgan. Aslzodalar oddiy xalqqa nafrat ko`zi bilan qaraganlar.

Aslzodalardan biri: «... xalqning ko`kragiga oyoqni qattiq qo`yib, mis nayza bilan uni savalab turish kerak», deb yozgan edi.

VII asrda Drakon ismli hokim tomonidan tuzilgan «Drakon qonunlari»da jinoyatchilarni jazolash uchun qattiq jazolar belgilangan. Sudyalar ana shu qonunga asoslanib kishilarga qattiq jazo berganlar. «Drakon qonunlari» haqida odamlar «Ular siyoh bilan emas, qon bilan yozilgan», der edilar. Shu davrda Afinada aslzodalarning mavqei oshib ketgan. Shu tufayli ular o`z idora usullarini «aslzodalar hokimiyati» deb ataganlar. Shu tariqa miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda Afinada zo`rlikka asoslangan davlat qaror topadi. Aholining tabaqalarga ajralishi kuchayib, aslzodalar bilan qullar va quyi tabaqa kishilar o`rtasidagi qarama-qarshilik avjiga chiqadi.

Afinada demosning g`alabasi va davlatning mustahkamlanishi

1. Demos va uning aslzodalarga qarshi kurashi. Demos Afinaning oddiy fuqarosi hisoblangan. Yunonchadagi demos bizda oddiy xalq, fuqaro degan ma`nolarni bildiradi. Afinada demosning ko`pchiligini dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, dengizchilar va yollangan mardikorlar tashkil etar edi. Afina aslzodalari hukmronlik qiigan davrda demosning huquqlari cheklangan edi.

Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda demosning bir qismi badavlat kishilarga aylanadilar. Ular orasidan boy savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar, kema va ustaxona egalari ajralib chiqadilar. Ularning ixtiyorida qullar ham bo`lib, ustaxonalarda qullar va yollangan mardikorlar kuchidan foydalanganlar. Lekin shunga qaramay demosning haq-huquqlari cheklanganligicha qolmoqda edi. Afinada demos aslzodalar hukmronligidan norozi edi. Ular Afinani idora qilish ishlarida qatnashish uchun kurash olib borganlar.

Oddiy dehqonlar esa qarzlarni bekor qilishni, yerdan qarz toshlarini olib tashlashni, yerlarni aslzodalardan tortib olib, uni kam yerli va yersiz dehqonlarga bo`lib berishni talab qilar edilar.

Miloddan avvalgi VII–VI asr boshlarida demosning aslzodalar hukmronligiga qarshi noroziligi kuchayadi.

2. Solon qonuni va uning ahamiyati. Miloddan avvalgi VII asr oxiri va VI asr boshlarida aslzodalar bilan demos o`rtasida shiddatli janglar boshlanib ketadi.

Mashhur yunon faylasufi Aristotel: «Demos aslzodalarga qarshi qo`zg`olon ko`tardi», deb yozgan edi. Bu ikki tabaqa o`rtasidagi kurash ancha uzoq davom etgan va ko`p qon to`kilgan. Xalq harakatidan qo`rqib ketgan aslzodalar demosga yon berishga majbur bo`lganlar. Demos ham urushni to`xtatib, sulhga moyilligini bildirgan. Natijada ikki tomonni kelishtirish g`oyasi tug`ilgan.

Miloddan avvalgi 594-yili Solon Afina (arxonti) hokimi etib tayinlanadi. Solon aslzodalardan bo`lib, kambag`allashib qolgan oiladan chiqqan edi. U jasur jangchi, shoir va ajoyib notiq bo`lib, o`z she`rlarida xalqni mardlikka, vatanparvarlikka va jasoratga undagan. U yoshligida dengiz savdosi bilan shug`ullangan. Solon o`ta bilimdon bo`lib, juda ko`p kitob o`qir va bilish, o`rganishdan charchamas edi.

Arxont bo`lib saylangan Solon Afina uchun juda muhim bo`lgan

Salamin oroliga qo`shin yuborib, uni Afinaga qo`shib olishga muvaffaq bo`ladi.

Solonning eng muhim ishlaridan biri mamlakatda siyosiy va iqtisodiy islohotlar o`tkazishdan iborat bo`ldi.

3. Qarzlarni bekor qilinishi. Oqsuyak aslzodalar hukmronlik qilgan davrda dehqonlar og`ir ahvolda kun kechirar edilar. Yerlar qarz toshlariga to`lib ketgan bo`lib, dehqonlar qarzdorlikdan jafo chekar edilar. Solonning iqtisodiy islohotlaridan biri dehqonlarning qarzlarini bekor qilish va dalalardan qarz toshlarini olib tashlash bo`ldi.

Islohotga binoan dehqonlarning qarzlari bekor qilinib, yerlardagi qarz toshlari olib tashlandi. Qarz tufayli qulga aylantirilgan ozod kishilar qullikdan ham ozod etildilar. Ayni paytda erkin afmaliklarni qullik zanjiriga tushirish taqiqlangan. Uzoq mamlakatlarga qul qilib sotib yuborilgan ozod afinaliklar davlat tomonidan to`lanadigan haq evaziga ozod etilib, Afinaga qaytarib olib kelingan.

Solon ona yurtimning o`zi qilgan ishlarimning shohididir, deb quyidagilarni yozgan edi:

«Qora libos kiygan sitamdiyda ona yurtimdan,

Isnod-badnomlik toshlarini men olib tashladim.

Ilgari cho`ri bo`lsa, hozir ozoddir vatanim,

O`zga yurtga qul qilib sotilgan ko`p odamlarni,

Muhtasham shahrimiz Afinaga qaytarib keldim,

Ham shu yerda – jonajon yurtda qullikka tushgan,

Xo`jayin oldida titrab-qaqshagan, Qullarni ham ozod ayladim».

Qarzlar va qarz badaliga qul qilish bekor qilingach, Afinada dehqon xo`jaliklari rivojlanib mustahkamlandi. Dehqon xo`jaliklarining soni ortdi. Ammo Solon islohotiga ko`ra o`zga mamlakatlardan Afinaga keltirilgan qullarning ahvoli o`zgartirilmadi.

4. Afina davlati fuqarolarining burchlari va huquqlari. Attikada tug`ulib o`sgan erkaklar Afina davlatining chin fuqarosi hisoblangan. Bu fuqarolar boyliklarning miqdoriga qarab to`rt toifaga bo`linganlar. Ular har turli vazifalarni bajarganlar.

Afmaning voyaga yetgan erkak fuqarolari quruqlikda yoki harbiy-dengiz flotida ikki yil harbiy xizmatni bajarishlari lozim bo`lgan. Agar mamlakat urush holatda boisa, ular belgilangan joyga qurollangan holda kelishlari shart bo`lgan. Yeri kam kambag`allar esa piyoda qo`shinda yengil qurollangan jangchi yoki harbiy kemalarda oddiy dengizchi va eshkakchi bo`lib xizmat qilishlari mumkin edi.

O`ziga to`q, qurol-aslahalar sotib olishga kuchi yetadigan dehqonlar og`ir qurolli piyodalar bo`lib, ular Afina qo`shinining asosini tashkil etganlar. Ot sotib olishga qurbi yetadigan kishilar esa otliq qo`shinda xizmat qilganlar. Boy, badavlat aslzodalar esa qo`shin, flotda qo`mondonlik vazifalarini egallar edilar.

Xalq yig`ini Afina davlati hayotida muhim o`rin tutgan. Afinaning voyaga yetgan erkak fuqarolari xalq yig`inida qatnashish huquqiga ega edilar. Xalq yig`ini eng muhim masalalarni hal qilib, davlatni idora qiladigan mansabdor shaxslarni, qo`shin va flotga qo`mondonlik qiladigan strateglarni saylar edi. Bu lavozimlaiga boy va o`ziga to`q fuqarolar saylanganlar. Afinaning barcha ozod fuqarolari sudya bo`lish huquqiga ega edilar.

Fetlar Attikaning yersiz, kambag`al kishilari bo`lib, ular oliy mansabdagi vazifalarni egallashlari mumkin emas edi.

Afina xalq yig`ini saylab qo`ygan arxont boshqaradigan quldorlik davlati bo`lib, unda xalq yig`inining o`rni katta edi. O`sha vaqtda harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlar harbiy saf oldida qasamyod qilganlar. Afina yigitlarining harbiy xizmatga kirayotgandagi qasami: «Men mana shu muqaddas qurolga isnod keltirmayman va qayerda tursam ham jangdagi o`rtog`imni hech qachon tashlab ketmayman. Xonadonimning chirog`i so`nmasligi, uchun jang qilaman, toki mendan keyin Vatanim zaiflashmasin, balki yanada qudratli va kuchli bo`lib qolsin. O`zim ham hamma kabi hozir amalda bo`lgan qonunlarga, shuningdek kelgusida amal qiladigan qonunlarga bo`ysunaman».



Qadimgi Yunonistonda davlatni shakllantirishning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu jarayon qabilalarning doimiy ko'chib yurishi sababli, to'lqinlar bilan uzilib-uzilib, davlatchilikni o'rnatish jarayoni asosan tabiiy va geografik omillar bilan belgilanadi (Gretsiya unchalik unumdor va mos bo'lmagan tog'li mamlakat edi. er madaniyati, ayniqsa Sharqdagi kabi kollektiv sug'orish ishlarini talab qiladigan madaniyatlar). Yunonistonda hunarmandchilikni, xususan, metallga ishlov berishni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Miloddan avvalgi III ming yillikda. yunonlar bronzadan keng foydalangan va miloddan avvalgi 1-ming yillikda. mehnat samaradorligini oshirishga va uning individualizatsiyasiga hissa qo'shgan temirdan tayyorlangan asboblar. Ayirboshlash, so'ngra savdo aloqalarining, ayniqsa dengiz savdosining keng rivojlanishi bozor iqtisodiyotini tezkor ravishda o'rnatilishiga va xususiy mulkning o'sishiga yordam berdi. Ijtimoiy farqlanishning kuchayishi keskin siyosiy kurashning asosiga aylandi, buning natijasida qadimgi dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ibtidoiy davlatlardan yuqori darajada rivojlangan davlatchilikka o'tish tezroq va sezilarli ijtimoiy oqibatlarga olib keldi. Tabiiy sharoit Gretsiyada davlat hokimiyatini boshqa jihatdan tashkil etishga ta'sir ko'rsatdi. Yunonlarning muhim qismi yashagan dengiz qirg'og'ini kesib o'tgan tog 'tizmalari va koylari mamlakatning siyosiy birlashishi uchun katta to'siq bo'lib chiqdi va shu bilan birga markazlashgan hukumat uchun imkonsiz va keraksiz holga keltirildi. Shunday qilib, tabiiy to'siqlar o'zlari tomonidan juda ko'p miqdordagi, nisbatan kichikroq va bir-biridan uzoqlashgan shahar-davlatlar siyosatining paydo bo'lishini oldindan belgilab qo'ygan.
H eng qiziq va o'rganilgan narsa - ikki taniqli yunon shahar-davlatlarida - qadimgi Afina va Spartada davlatni shakllantirish jarayoni. Birinchisi, qul egasi bo'lgan demokratiyaning namunasi, ikkinchisi - aristokratiya.

Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish