Elektr energetika nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qoidalari



Download 14,14 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi14,14 Kb.
#680651
Bog'liq
Elektr energeti-WPS Office


Elektr energetika nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qoidalari, 01.06.2009 yildagi 116-son

Кучга кириш санаси

29.06.2009

Қўшимча ахборот

Улашиш

РУС


ЎЗБ

O’ZB


O‘ZB|РУС

ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BO‘YICHA DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING

BUYRUG‘I

ELEKTR STANSIYALARI VA ISSIQLIK TARMOQLARINING ISSIQLIK MEXANIKA USKUNALARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 19-iyun 6-15/13-5156/6-son]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetika nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizom asosan buyuraman:

1. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Boshliq A. NIMATULLAYEV

Toshkent sh.,

2009-yil 1-iyun,

116-son


“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 1-iyun 116-sonli buyrug‘i bilan
“Tasdiqlangan”

Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi

QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydagi “Mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi” Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi, 1993-yil 5-son, 233-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSRning qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish to‘g‘risida” qarori asosida, shuningdek elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq mustahkam, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash va xavfli ishlab chiqarish vaziyatlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

I bob. Atamalar va ta’riflar

1. Mazkur Qoidalarda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:

ma’muriy-texnik xodimlar — uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi rahbarlar, sex va rayon boshliqlari, korxona uchastkalari va laboratoriyalarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, muhandislar, texniklar va ustalar;

brigada — tarkibida ish boshi, hamda ikki va undan ko‘p a’zolari bo‘lgan brigada;

yuqorida bajariladigan ishlar — ishchi to‘shama, tom yoki yer yuzasidan 5 m va undan yuqori balandlikda konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlarda bevosita turib, ular o‘rnatilayotganda, ekspluatatsiya qilinayotganda va ta’mirlanayotganda bajariladigan ishlar. Bunda himoya kamari ishlayotgan xodimni balandlikdan yiqilishidan asraydigan asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi;

portlash klapanlari — bosim o‘rnatilgan chegaradan ortib ketganda qozon o‘chog‘i elementlari, changsimon yoqilg‘i tizimini ishdan chiqishining oldini oluvchi qurilma;

aylanuvchi mexanizmlar — elektr yoki boshqa yuritmali, nasoslar, ventilyatorlar va boshqalar;

gaz xavfi bor joylar — ishchi zonasining havosida zararli moddalar yo‘l qo‘yilgan konsentratsiyadan oshib ketishi ehtimoli bor yoki portlovchi xavfli aralashmalar tashkil topishi mumkin bo‘lgan xonalar (inshootlar, uchastkalar va boshqalar);

yuk ko‘tarish mashinalari — barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (ishlarni po‘lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida bajaradigan ekskavatorlar), tallar, yuk va odam ko‘taruvchi lebedkalar;

guruh — elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh;

navbatchi xodimlar — smenada navbatchilik qilayotgan va uskunalarni tezkor boshqarish va tezkor almashlab-ulashga ruxsat etilgan xodimlar;

ijozat berish — ish joyining to‘g‘ri tayyorlanishi, ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarining yetarli bo‘lishi, hamda ularning naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishning xususiyatlari va joyiga muvofiqligini ta’minlovchi chora-tadbir;

naryad — ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni, brigada tarkibini, yetarli darajada belgilangan xavfsizlik choralarini, ish boshlanishi va tugatilishi vaqtlarini, ish mazmunini belgilovchi rasmiy maxsus blankada tuzilgan topshiriq;

uskunalarga xizmat ko‘rsatish — uskunalarni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va sinash, shuningdek ularda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish;

xavfli yuklar — tashilganda, ortish-tushirish ishlari bajarilayotganda va saqlanayotganda portlash, yong‘in yoki transport vositalari, omborlar, qurilmalar, binolar va inshootlar shikastlanishiga, shuningdek odamlar va hayvonlar halok bo‘lishiga, jarohatlanishiga, zaharlanishiga, kuyishiga va nurlanishiga yoki kasallanishiga sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar va buyumlar;

tezkor-ta’mirlash xodimlari — ularga biriktirilgan uskunalarga tasdiqlangan hajmda ekspluatatsion-ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish uchun maxsus o‘rgatilgan va tayyorlangan xodimlar;

qayta ijozat — ushbu naryad bilan avvaldan bajarilayotgan ishni davom ettirish uchun ish joyiga qayta ijozat berish;

ish joyini tayyorlash — ishni xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun uskunalarni tarmoqdan uzish, bo‘shatish, sovutish, yuvish, shamollatish, ularni xato qilib ishlashga qo‘shilishni oldini olish, ortiqcha bosim va zararli moddalar yo‘qligini tekshirish, to‘siqlarni o‘rnatish, ushbu ish joyida xavfsizlik belgilarini osib qo‘yish bo‘yicha zarur bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish;

yer osti inshootlari — issiqlik kameralari, o‘tish va yarim o‘tish kanallari, kollektorlar va quduqlar;

doimiy ish joyi — ishlovchi ish vaqtining ko‘proq qismini (50% dan ortiq yoki uzluksiz 2 soatdan ortiq) o‘tkazadigan joy. Agar ish ishchi zonaning turli punktlarida amalga oshirilsa, unda barcha ish zonasi doimiy ish joyi deb hisoblanadi;

saqlash klapanlari — qozondagi, idishdagi yoki quvurdagi bug‘ning bosimi o‘rnatilgan qiymatidan oshib ketishidan saqlab qoluvchi qurilma;

ish boshi (ish bajaruvchi) — naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi;

ishlab chiqarish xonalari — maxsus mo‘ljallangan binolar va inshootlardagi berk joy, u yerda doimo (smena bo‘yicha) yoki davriy (ish kuni davomida) ishlab chiqarishning turli ishlarida, ishlab chiqarishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish, shuningdek transport, aloqa va boshqa korxonalarda mehnatning noishlab chiqarish turlarida ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlarning mehnat faoliyati amalga oshiriladi;

Yopiq fazolarga 35 t/h dan ortiq bo‘lgan bug‘ ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan qozonlarning o‘choqlari, qozonlarning gaz yo‘llari, issiqlik kameralari, o‘tish va yarim o‘tish kanallar, quduqlar va boshqalar kiradi.

Yopiq idishlarga quyidagi tortish puflash mashinalari kiradi: maydalagichlar, tegirmon barabanlari, yoqilg‘i bunkerlari, chang tayyorlash tizimi separatorlari; gazhavo yo‘llarining koroblari; suv tayyorlash uskunalarining filtrlari; suv zaxirasi baklari va boshqalar.

ish zonasi — ishlovchilarning doimiy yoki vaqtinchalik yer sathidan yoki maydonchadan 2 m gacha balandlik oralig‘ida bo‘lish joyi;

ish joyi — ishlovchilarning mehnat faoliyati jarayonida doimo yoki vaqtincha bo‘lish joyi;

balandlikda bajariladigan ishlar — ishchi to‘shama, tom yoki yer yuzasidan 1,3 m va undan yuqori balandlikda va balandlik bo‘yicha farq chegarasidan 2 m dan kam masofada turib ishchi bajaradigan ishlar;

ta’mirlovchi xodimlar — issiqlik mexanika uskunalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar;

ish rahbari — naryad yoki farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarning rahbari;

“shart”, “zarur”, “kerak” so‘zlari — mazkur Qoidalar talablari bajarilishi majburiyligini bildiradi;

“ruxsat etiladi” so‘zlari — mazkur ko‘rsatma mahalliy sharoitlarni hisobga olib istisno tariqasida qo‘llanishini bildiradi;

issiqlik mexanika uskunalari — issiqlik quvvatli, mexanik va suvni tayyorlash uskunalari, shuningdek ushbu uskunalarda o‘rnatilgan issiqlik avtomatika va issiqlik texnik o‘lchash qurilmalari.

II bob Umumiy qoidalar

§ 1. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi

2. Mazkur Qoidalar ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr stansiyalar, shuningdek issiqlik tarmoqlari, issiqlik punktlari va issiqlashtirish qozonlarining ularning qaysi idoraga qarashligi va mulkka egalik shaklidan qat’iy nazar ularning issiqlik quvvatli, mexanik va suvni tayyorlash uskunalarini, yoqilg‘i-transport, qozon-turbina va kimyo sexlarining issiqlik avtomatikasi va o‘lchash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va sinash bilan band bo‘lgan xodimlar uchun majburiydir.

Issiqlik avtomatika va issiqlik texnik o‘lchash va himoya qurilmalarining elektr qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining” mos bo‘limlariga rioya qilishlari shart (2006-yil 18-avgust, ro‘yxat raqami 1614 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 33-son, 331-modda).

3. Issiqlik mexanika uskunalari uchun asosiy va yordamchi uskunalarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishni tashkil etilishi “Qurilish me’yorlari va qoidalari” (bundan keyin — QMQ) va “Shaharsozlik me’yorlari va qoidalari” (bundan keyin — ShMQ), “Elektr stansiyalarining yoqilg‘ini berishda portlash-yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Changsimon holatdagi yoqilg‘ini tayyorlash va yoqish uchun qurilmalarning portlash xavfsizligi qoidalari”, “Qozon qurilmalarida mazutdan va tabiiy gazdan foydalanishda portlash xavfsizligi qoidalari”, “Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarini loyihalashning sanitariya me’yorlari”, “Texnologik jarayonlarni tashkil etish bo‘yicha sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish uskunalariga sanitariya-gigiyena talablari”, “Sanoat korxonalari va aholi turar joylarini qurish loyihalarining yong‘inga qarshi me’yorlari”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoidalari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablari, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun va mazkur Qoidalarga muvofiq bo‘lishi shart.

4. Elektr uskunalari “Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.

5. Issiqlik avtomatika, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalari mazkur Qoidalarga va “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va ularga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.

6. Ishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, moslamalar va asboblar sinalgan bo‘lishi va mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasining qoidalari, hamda “Asboblar va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari”, shuningdek ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi kerak.

7. Mazkur Qoidalar majburiydir va ishlab turgan, hamda ishga yangi kiritilayotgan uskunalarda xizmat ko‘rsatilayotganda ulardan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan mehnatni muhofaza qilish va uskunalarni texnikaviy ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yangi normativlar amalga kiritilishi holatlari istisno. Ishlashda yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli moddalardan foydalanilganda “Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari” (2004-yil 22-aprel, ro‘yxat raqami 1341 —O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 16-son, 194-modda), GOST 12.1.004 — 91 “SSBT. Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST12.1.0Yu — 76 “SSBT. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.007 — 76 “SSBT. Zararli moddalar. Tasnifi va xavfsizlikning umumiy talablari”ga, va shuningdek ro‘yxati mazkur Qoidalarning 1-ilovasida havola etilgan GOST larga rioya qilish kerak.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha Nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqilishi shart.

8. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishchilar va xizmatchilar (bundan keyin “ishchilar va xizmatchilar” so‘zlari o‘rniga qisqa ifodalash uchun “xodimlar” so‘zidan foydalaniladi) uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak; “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga” (2002-yil 4-oktabr, ro‘yxat raqami 1178 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 19- son) muvofiq xodimlar bilan ishlashni tashkil etishi kerak; uskunalar xavfsizlik talablariga muvofiqligi, xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi, saqlagich moslamalari, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalarni qo‘llashi ustidan muntazam nazoratni ta’minlashi kerak.

9. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlari, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-sozlash tashkilotlarining rahbar xodimlari, sex boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, ta’mirlash uchastkalarining rahbarlari zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga majburdirlar.

Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, zarur bo‘lganda, ishlar xavfsizligini oshiruvchi va mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.

10. Har bir xodim mazkur Qoidalarni talablarini qat’iy bajarishi lozim va o‘zining bevosita rahbariga, agar u yo‘q bo‘lsa yuqori turgan rahbarga sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida va o‘zi ko‘rib qolgan Qoidalar buzilishi, shuningdek inshootlar, uskunalar va himoya qurilmalaridagi nosozliklar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berishi shart. Mazkur Qoidalarga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi.

11. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasbiy zaharlanish uchun xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishni ta’minlamagan va baxtsiz hodisalarni va kasbiy zaharlanish

12. Har qaysi xodim tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarining buzilishi mehnat intizomini buzish deb qaralishi kerak va ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan albatta tekshirilishi shart.

13. Mazkur Qoidalar talablarini bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslar intizomiy jazolanadi yoki qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

14. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga va “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida Nizomga” (1999-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil) muvofiq, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha talablar buzilgani uchun, shu hisobda uning xavfsizligi uchun ham korxona rahbari (ish beruvchi) javobgardir.

§ 2. Xodimlarga talablar

15. Issiqlik mexanika uskunalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishga qabul qilinayotgan shaxslar “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” buyruqga (2000-yil 22-iyun, ro‘yxat raqami 937 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil 12-son) muvofiq dastlabki va keyinchalik davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.

16. “Un sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarorga (2001-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 1040 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil 11-son) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

17. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro‘yxati”da (2000-yil 5-yanvar, ro‘yxat raqami 865 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil) ko‘rsatilgan ishlarda ayollarga ishlashga ruxsat berilmaydi.

18. Elektr stansiyalarining sexlari va issiqlik tarmoqlari uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar o‘zining lavozim va kasbiga qarab, mazkur Qoidalarning talablarini bilishlari va bajarishlari shart.

19. O‘zining ishida elektr ximoya vositalaridan foydalanadigan shaxslar “Elektr qurilmalarida foydalaniladigan ximoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari” talablarini bilishi va bajarishi shart.

20. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining asosiy sexlarini uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan shaxslar va maxsus ishlarni bajarish ruxsatiga ega bo‘lgan shaxslar bilimlarini tekshirish guvohnomalarida bu to‘g‘risida yozuv bo‘lishi shart.

21. Maxsus ishlar deb quyidagilarni hisoblash kerak:

yuqorida bajariladigan ishlar;

bosim ostida bo‘lgan idishlarga xizmat ko‘rsatish;

olovli va gazdan xavfli ishlar;

simob bilan ishlash;

elektr-, pnevmo- va abraziv asboblar bilan ishlash; yuklarni osish ishlari;

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJK qarmog‘ida bo‘lgan uskunalarga xizmat ko‘rsatish;

erdan boshqariladigan yuk ko‘taruvchi mexanizmlar bilan bajariladigan ishlar;

avto- va elektr yuklagichlarni qo‘llab og‘irliklarni joydan-joyga tashish;

metallga ishlov berish va abraziv stanoklarda bajariladigan ishlar;

bug‘ va issiq suv quvurlariga xizmat ko‘rsatish.

Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan mahalliy sharoitni hisobga olgan holda boshqa qo‘shimcha ishlar bilan to‘ldirilishi mumkin.

22. Elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish qoidalariga” muvofiq amalga oshirilishi shart.

23. Texnologik ehtiyojlar uchun yonuvchi, portlash xavfi bo‘lgan va zararli moddalar qo‘llaniladigan issiqlik mexanikasi uskunalariga xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar, ushbu moddalarning xususiyatlarini va ular bilan ishlashda xavfsizlik qoidalarini bilishlari shart.

24. Gaz xavfi bor joylardagi uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi va zararli moddalar bilan ishlaydigan xodimlar quyidagilarni bilishlari kerak:

sexda (rayonda) gaz xavfi bor joylar ro‘yxatini;

zararli moddalarning zaharlash ta’siri va ular bilan zaharlanganlik alomatlarini;

gaz xavfi bor joylarida ishlarni olib borish va u yerda bo‘lish qoidalarini;



nafas olish organlarini himoya qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini;

yong‘in xavfi bor moddalarni va ularni o‘chirish usullarini;
Download 14,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish