Ekologik ta’lim – tarbiya haqida tushuncha. Ekologik ong va madaniyat. Ekologik savodsizlikni oldini olish



Download 22,39 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi22,39 Kb.
#764933
Bog'liq
Ekologik ta’lim – tarbiya haqida tushuncha. Ekologik ong va mada
aniq tadbiqlar, 2 5449691166452746324, RAMKA, Jahon tillari fakulteti Nemis tili bolimi birinchi kurs 102, 407g. Sadullayev Sh Kiberxavfsizlik, T-2, 2 5199727991130690868, 8 LAB BIOL, 9 sinf biologiya-2009, cv, Kurs ishi birinchi beti, 3-амалий иш, 49762, boboqulov 22, УР прокурори Мусаев Ш ии

EKOLOGIK TA’LIM – TARBIYA
Reja:

  1. Ekologik ta’lim – tarbiya haqida tushuncha.

  2. Ekologik ong va madaniyat.

  3. Ekologik savodsizlikni oldini olish.



Tayanch iboralar: ekologik ong, ekologik madaniyat.


1. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilashda ekologik ta`lim va tarbiya muhim rol o`ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko`p jihatdan aholining ekologik savodhonlik darajasi, ekologik madaniyatiga ham bog`liq.
Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta`lim va tarbiya bog`chadan olib o`quv yurtigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr insonlarga oqibat demakdir.
Ekologik ta`lim va tarbiya BMT, YUNESKO va YUNEP ning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o`tkazilmoqda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodhon va ekologik madaniyatli bo`lishi va o`z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta`lim tarbiyani, ekologik madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirishga hissasini qo`shishi lozimdir.
Ekologik ong va madaniyat tabiatni avaylab asraganda, unga ongli munosabatda bo`lganda, boyliklaridan me`yorida foydalanishda, noxush hodisalarning oldini olishda, eng zaruri atrof-muhit doimo toza saqlashda namoyon bo`ladi. Ekologik tarbiyalanmagan kishi tabiatni e`zozlay olmaydi. Ekologik ta`lim - tarbiyaning barchasi barobar zarurdir.
Atrof - muhit muhofazasida aholi ekologik ong va madaniyatning ahamiyati – tabiat inson uchun yagona makon, u odamni turli oziq - ovqat mahsulotlari, kiyim - kechak, uy - joy va boshqa zaruriy buyumlar bilan ta`minlaydi. Tabiat – bu avvalo hayot belgisi, zilol suv, toza havo, ona tuproq, kislorodni be`minnat ishlab beruvchi, chiqaruvchi o`simliklar olami. Inson tabiat qo`ynida tug`iladi, yashaydi, uning barcha ehsonlaridan keragicha foydalanadi. Shunday ekan har bir inson tabiiy muhitga mehr - shafqatli bo`lishi, uning barcha boyliklaridan ehtiyojiga yarasha ishlatishi amalga oshirishi, tabiatning turli chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olishi, nomaqbul hodisalarning vujudga kelishini oldindan aniqlashi va ko`z - quloq bo`lib turishi zarurligi sog`lom aql egalariga ma`lum.
Biroq bunday olijanoblik har bir insonning shaxsiy burchi bo`lgan bu ishlar hamma joylarda barobariga to`liq va halol ado etilmaydi. Kishilarning tabiat muhofazasiga nisbatan turli munosabatlarda bo`lishining asl sababini ekologik ong va madaniyatning yetishmasligidir deb izohlash mumkin. Kishilarning joylarda tabiat qonuniyatlariga zid keladigan amaliy ishlarni bajarayotganliklarida ularga nisbatan befarq bo`lishlari atrof-muhitning ifloslanishini yanada kuchaytirmoqda. Ekologik bilimga ega bo`lmagan kishilar tabiatning bag`ri keng, u insonning shuncha yetkazgan zulmiga shu vaqtgacha chidab keldi, endi bunchasiga ham chidasa kerak, degan mantiqsiz fikrlarga cho`lg`anib yuradilar.
Aql - idrokli, madaniyatli va muhandislik olamining sohibkorlari tabiatga ko`proq befarq bo`lishliklari sababli tabiiy muhit aziyat chekib kelmoqda. Binobarin o`sha joylarda istiqomat qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko`rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, tuqroqning zaharlanishi hayot tarzini murakkablashtirmoqda, tabiat qulayliklaridan bebahra qilmoqda.
Binobarin, aholining ekologik ongi, madaniyati tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo`lishiga, vaqti - vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari, bog`cha yoshidagi yosh bolalardan tortib mo`ysafid otaxon va onaxonlargacha atrof - muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo`lishlari unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyalashlari kerak. Har bir kishida “Tabiat – bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakllanishi darkor.
Biz o`qituvchilar, aholi ekologik ongini madaniyatini qanchalik yuqori darajada bo`lishligiga erisha olsak ona – tabiat - biosferamiz shuunchalik omon va sermahsul, latofatli va maftunkor bo`lib boradi.
Muhammad payg`ambar Hadislaridan birida shunday yozilgan: “Albatta dunyo shirin va ko`rkam – Alloh taolo o`sha dunyoga ega qilib qo`yib qanaqa amal qilishligizni kuzatadi”.
Insonning ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta`lim - tarbiyaning tarkibiy qismi. O`qituvchilarning ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo`lishi zarurligi to`g`risidagi fikr ilgaridan ma`lum. Bola tug`ilganidan tortib to umrning so`nggi kunigacha ta`lim - tarbiyadan muayyan qismi tabiatga nisbatan g`amxo`r, fidoyi, mehr - muhabbatli bo`lish haqidagi tarbiya tashkil etadi. Xo`sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qanday mazmunda amalga oshirilishi lozim?
Bizningcha bola tug`ilganidan so`ng ma`lum yoshgacha uyda ota - ona qo`lida tarbiya topadi, ulg`ayadi, so`ngra bog`chada tarbiya ola boshlaydi. Bolaning yoshligidanoq tabiat hodisalariga nisbatan munosabatini shakllantirish lozim bo`ladi.
Inson tug`ilganidan to umrining oxirigacha aql - odob o`rganar ekan, bilim izlar ekan, uning ekologik ongi ham shunga yarasha oshib boradi.
Ekologik ong – bu har bir insonning hayotiy faoliyatida atrof tabiiy muhit uning yashash makoni ekanligini aniqlash darajasi. Ekologik ongni insonni har doim ham ekologik madaniyatli deb bo`lmaydi. Chunki ekologik barqarorlik zaruriyatini anglash haqi uni inson o`z faoliyatida tadbiq qildi, degan so`z emas. Insonlarning ona tabiatga nisbatan ekologik ongli faoliyatlari ularning ekologik madaniyatini belgilaydi.
Sog` tanda sog`lom aql deganlaridek aqli raso inson atrof - muhitga befarq bo`la olmaydi, chunki u mazkur tabiat qo`ynida tug`iladi, ulg`ayadi, uning ehsonlaridan bahramand bo`ladi, musaffo havosidan nafas olib, ziloldek suvlaridan huzur qiladi, orombaxsh go`shalarida hordiq chiqaradi. Tabiat shunchalik go`zal, zebo, ko`rkam uning betakror husnkor chizmalari ko`p, buning barchasi inson uchun yaratilgan. Gap shundaki ko`xlik va maftunkorlik dunyo lazzatlaridan bahramand bo`lish naqadar foydali ekanligiga tushunib yetish zarur.
Afsuski shunday tabiatning nodir go`shalari insonning mehnat faoliyati, ta`sirida keyingi 40-50 yil mobaynida turli darajadagi o`zgarishlarga mubtalo bo`ldi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hali ham insonni ekologik ongi va madaniyat yuqori emas. Kishilarning ekologik ongini, madaniyatini shakllantirish bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Har bir bosqichda ekologik ong va madaniyatning ma`lum shakllari va ularning mazmunlari tarkib topadi. Eng muhimi yoshi kattalashgani sari ekologik madaniyat ham yuksalib boradi. Ammo bu o`sish o`z - o`zidan yuz bermaydi. Ekologik ong va madaniyat muntazam bilim olish va ilm bilan shug`ullanish natijasida shakllanib boradi.
Shu jihatdan qaraganda ekologik ong va madaniyatning rivojlanish bosqichlariga qarab insonda u yoki bu darslardagi ong, madaniyat shakllanadi. Agarda ushbu umumiy o`sish jarayonidagi ma`lum bosqichlarda tegishli ekologik ong va madaniyatni yetarli darajada shakllanmasa u holda yuqori samaraga erishilmasligi ayon.
Uzluksiz ekologik madaniyat huddi ekologik ong kabi quyidagi tartibda shkllanib boradi:
1. Oila - bog`cha - maktab (gimnaziya, litsey)
2. Oliy o`quv yurti (yoki o`rta maxsus o`quv yurti)
3. Ishlab chiqarish korxonasi – mahalla
Albatta bu tizim birin - ketin bo`lishi shart emas. Ekologik madaniyatni shakllanishida oila katta miqyosda ta`sir etadi, shuningdek, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya, matbuot va hakozo), kuchli mutaxassislar, din arboblarining fikrlari ham o`z ta`sirini ba`zan jiddiy tarzda ko`rsatadi.
Sirasini aytganda ekologik ong ekologik madaniyatni belgilaydi, binobarin, ekologik ongga ega bo`lish, kishini ekologik madaniyat sohibi bo`lishiga yetaklaydi.
Ekologik madaniyat - bu hozirgi va kelajak avlodlar uchun ekologik muammolarning yechimini topish va ekologik xavfsizlikka erishish har bir inson hayotida ulkan mas`uliyat ekanligini anglash va shu asosda faoliyat yuritishdir. U muayyan davlat va jahon madaniyatining rivojlangan bosqichi hamda tarkibiy qismidir.
Ekologik madaniyat. Markaziy Osiyo hududi tub xalqlari ongida to`la mujassam bo`lgan, to`g`ri vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizatsiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo`lgan. Lekin xalqlar yuksak ekologik madaniyatga ega bo`lgan.
Odamlar orasida “Savob”, “Uvol”, “Qarg`ish”, “Xarom”, “Birovning (yoki yetimning) haqi”, “Tarozidan urma”, “O`g`irlik qilma”, “Sutga suv qo`shma”, “Hayvonlarga ozor berma”, “Suvga supurindi tashlama”, “Nonni uvog`i ham non, uni yerga tashlama” va shu kabi qator ibora va tushunchalar mavjud ediki ayrim yoshlarimiz bular to`g`risida unchalik tasavvurga ega emaslar. Shuning uchun o`sha vaqtlarda tabiat haqiqiy ardoqlanar edi. Har bir tabiat nemati bu Allohning bizga bergan naziri, marhamati biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab -asrashimiz lozim deyiladi.
Xalq tabiat noz - ne`matlariga , daraxt, buta, o`t o`simliklari, hayvonot olami, suv, havo, tuproq, zamin, non, oziq - ovqat va boshqa shu kabilar zo`r ehtirom bilan hurmat qilingan.
Ozodlikka katta ahamiyat berilgan. Vatan ostonadan boshlanadi deyishganidek har kuni hovli, ko`cha, eshik oldi supurilar va suv sepilib nuragan joylar muntazam ta`mirlanib turilar edi. O`sha vaqtlardan qolganku quyidagi dono hikmatlar: “Suvga tupurma”, “Quduqqa urma” va boshqalar. Juda odobli hikmatlar muqaddas kitoblarimiz Qur`oni Karim va Hadisi Shariflarda keltirilgan. Biz ularga har doim ham rioya qilishimiz lozim.
Darhaqiqat xalqimizning qadimgi urf - odatlari, an`analari, tabiat to`g`risidagi katta ma`noga ega bo`lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib ulardagi tavsiyalarga itoat qilib kelinga, bundan buyon ham, ayniqsa, hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga katta hurmat bilan qarashimiz va hayotda juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz yoshlarga bular to`g`risida tez - tez gapirib turishimiz, undashimiz ham qarz, ham farzdir.
Umuman ekologik tarbiya bo`yicha o`quvchilarga berilgan nazariy bilimlarini ularning amaliy faoliyati bilan mustahkamlash zarur. Sinfdan tashqari ishlar, eng avvalo o`lkashunoslik ishlari bu maqsadga xizmat qiladi. Tabiatni qo`riqlash to`g`risidagi ko`pgina tushunchalarni o`quvchilar aniq o`lkashunozlik materiallari asosida o`zlashtira olishlari mumkin. Shuning uchun geografik o`lkashunoslik o`quvchilarga ekologik bilimlarni berish va ularni tarbiyalashda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarning ekologik madaniyatining shakllantirishning uslubiy jihatlari quyidagilarda ko`rinadi:
1. Bolalar bog`chasidagi tarbiya.
2. O`rta umum ta`lim maktabidagi ta`lim - tarbiya.
3. Oliy o`quv yurtalarida bilim olishlarida.
4. Maktabdan tashqari ishlarda, jumladan to`garak ishlarida.
5. Tabiatni qo`riqlash burchagini qilganda, ekologik kechalar o`tkazishda, har xil ekologik konkurslar tashkil qilganda, tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtirganda va boshqalar.
6. O`zi yashaydigan mahalla obodonchiliklarida qatnashish.
7. Hududni ko`kalamzorlashtirish ishlarida qatnashish va hakozolar.
O`zbekiston Respublikasida ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish sohasida ma`lum tadbirlar o`tkazilmoqda. Mamlakatimizda ekologik ta`lim va tarbiyani amalga oshirishning uzluksiz konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Lekin bu borada ham kamchiliklar ham ko`p. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi qonunida ushbu masalaga kam o’rin berilgan.
Ekologik axborot tizimi yaxshi shakllanmagan. Bu muammolar yaqin yillar ichida ijobiy hal qilinishi lozim.
XXI asr ekologik asri bo`lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatini ziyon yetkazmasdan o`zgartirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashda muqaddas ishga o`zining munosib hissasini qo`shishi lozim. Ehtimol, kimlardir ma`naviyat tarmoqlaridan biri bo`lgan, masalan, adabiyot uchun ekologiyaning sira daxli yo`q-ku, deb e`tiroz birdirishi mumkin. Bizningcha endilikda ekologiyani faqat tabiatdagi muvozanatning buzilishigagina bog`lab tushuntirish va tushinish mutlaqo yaramaydi. Endi ekologiya daxl qilmagan biror sohaning o`zi yo`q va bo`lmaydi ham. XX asrda u juda teran ma`no kashf etadi.
Endi teran ekologiya falsafasi mavjud. Bizning, qiylanib jon berayotgan sho`rlik jonzotlarning og`riqlarini qalban his etolmaslikdan tortib, toki yolg`on narsalarga ishonib, oddiy ko`nikmalar girdobida yashamoq, foydasiz an`analar qolpidan chiqolmaslik, irsiy, jamoa ongsizligi ta`sirida bo`lish, bosqinchilarga qarshi o`z ozodligi, erki uchun kurashganlarni bosmachi, tolonchilar tarzida tasvirlash, insonning muammolarni o`z shaxsiy manfaatlari va maqsadlari nuqtai nazaridan hal etishga intilishi va boshqa illatlar inson ma`naviyatdagi majruhlik - ma`naviyat ekologiyasidir. Dunyoda ijtimoiy tuzilishi turlicha bo`lgan jamiyatlar mavjud. Ularda har xil shaxsiyatli insonlar yashaydi.
Quyidagi psixologik jarayonlar dunyodagi ko`pgina mamlakatlar jamiyati insonlariga xosdir. Surbetlarcha yolg`on gapirish san`atini o`zlashtirish, manfaat yo`lida o`zgalarga shafqat qilmaslik, haqsizlikni haqiqat, shaxsiy mulohazalarni ijtimoiy me`yor tarzida qabul qilish, ijtimoiy hayot daryosidagi "ko`piklar" - o`tkinchi jarayonlarni tarixiy voqea sifatida ulug`lash, o`z shaxsiy kechinma va mulohazalarni yaxshi ko`rib, unga mahkam "yopishib olish" va ularning "na`shidali" ta`siridan xoli bo`lmaslik, yolg`onlarni rost qilib ko`rsatishga urinishlar va insonning ma`naviy olamidagi boshqa majruhliklar ko`ngil ekologiyasi muammolaridir. Chunki ularning aksi jamiyat va tabiatga bo`lgan munosabatlarda ko`rinadi.
Adabiyot esa inson ma`naviyati olamida xuddi ana shunday illatlarni bartaraf etishda, uning qorong`u go`shalarini yoritishda, musaffo aylashda xizmat qiladi. Insoning tabiat va uning jonzotlariga bo`lgan munosabatini ma`naviyati belgilab beradi. Demak, insoning ekologik ongini shakllantirish va uning ma`naviyatini yuksaltirishda, ekologik ongini qaror topdirishda adabiyotning xizmati boshqa fanlarnikidan ko`p bo`lsa ko`p, ammo kam emasdir. Ehtimol, uning xizmati muhimroq va zaruroqdir. Bas, tabiatga bog`lab insonni va aksincha, insonga bog`lab tabiatni o`rganish muammosi ham ko`ndalang turibdi. Uning ijtimoiy va ma`naviy hayoti, aqliy va amaliy faoliyati taraqqiyotini tadqiqot qilish ma`naviyatining umumiy holatini tajribalarga tayanib aniq tavsiflash - inson tabiatini o`rganishning keng doirasi yo`nalishlarini o`z ichiga oladi.
Tabiat - insonning go`zallik haqidagi tasavvurlarining birinchi manbaidir. Ammo tabiat go`zalligini his qilish yoki boshqacha aytganda, unga bo`lgan insoniy munosabat asta-sekinlik bilan rivojlanadi. To`g`rirog`i, tabiatni his etish, unga bo`lgan insoniy munosabatlar kishining ma`naviyatiga bog`liq. Tabiatga bo`lgan mehr-muhabbat yoki shafqatsizliklar badiiy adabiyotda juda ko`p tasvirlangan. Tabiatga mehr uni tushunishdan, uning go`zalligini his qilishdan boshlanadi. Bu insoning tabiat bilan munosabatga kirishib, u bilan o`zini bir butun, yaxlit his qilganida ko`rindi. Shoir o`z satrlarida bu holatni go`zal ifodalab beradi. O, kuz sening turlik ko`rinishlaring Men uchun suyumli va aziz biram. Oqshom cho`kkanidagi urinishlaring, Tongi shafaqlarning sirli va teran. Feruza soylaring qirg`oqlarida Xazondan bexabar yashil maysalar... Menchalik ularni hech kim sevmagay, Umrning sermas`ul bu chog`larida.
A. Suyun "Tabiatni his qilish tabiatda aks etgan shaxs hayotini his qilishidir",-degan edi Prishvin. Tabiatning ham insonga va uning xatti-harakatlariga o`xshash jihatlari ko`p. Masalan, ayrim o`simliklar o`zining po`stlog`i yoki bargini shikastlagan kishi yaqinlashganida g`ujanak bo`ladi va aksincha, mayin musiqa ohanglarida tez rivojlanadi. "Hayvonot olamida" deb nomlangan teleko`rsatuv-laridan birida zog`cha bilan chumchuq voqeasi hikoya qilinadi. Bir chumchuq oyog`idan tuzoqqa ilinib, daraxt shoxiga osilib qoladi. Zog`cha tumshug`i bilan tuzoq ipini uzib uni ozdlikka chiqaradi.
Buni insonlardagi rahm-shafqat, burch va hamkorlikka taqqoslash mumkin. Itning o`z egasiga qanchalik sadoqatli va himmatliligi va hatto uning egasi vafotiga bardosh bera olmay o`lib qolishi haqida hikoyalar yozilgan. Insoniy tuyg`ular va gumanizmning shakllanishi ham barcha jonivorlarga mehr bilan qarashdan boshlanadi. Tabiat obrazi bizning qalbimizda Vatan tuyg`usini o`yg`otadi. Shubhasiz, adabiyot inson ma`naviyatini kamol toptirish, go`zallashtirish, musaffo aylash borasida xizmat qiladi.
Chunki ma`naviyatsiz inson tabiatga, uning jonzotlariga, go`zallikka, vatan timsollariga mehr qo`ya olmaydi. Adabiyot insonda insoniy tuyg`ularni shakllantiradi, uning ichki olamini go`zallashtiradi. Madaniyatli, ma`naviyatli kamol topgan inson uchun ona vatan tabiatini muhofaza qilish to`g`risida g`amxo`rlik uning hayoti va faoliyatini uzviy qismidir.
Haqiqiy madaniyatli kishi tabiatning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o`rnini chuqur tushunadi. Ko`pincha biz, masalan, sof havoning qaerdan kelishini qanchalik o`ylamaylik-bilmaylik, baribir uni ko`rmaymiz.
U har lahzada is gazi bilan zaharlanib turadi va har holda doimo sofligicha qoladi. Bunga sabab nima? Biz kimyo darsligidan bilamizki, xlorofill ortiqcha karbanat angidiridni yutadi va kislorod chiqaradi. Biroq ko`pincha yaproqlarini yulib va navdalarni sindirib, bizning zaharlashdan asraydigan yashil hamkorimizni nobud qilamiz. Shu boisdan ham adabiyotning insoniy go`zallikka yetaklovchi, mehr-shafqatga o`rgatuvchi qalbini musaffo aylovchi kuchidan unumli foydalanish kerak.
Boshqacha aytganda, adabiyot ma`naviyat "ekologiyasi" muammolarini hal etishda yordam beradi.
Download 22,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti