Eh mening telba yuragim
Nega uni o‘ylaysan hamon
Bormi endi unga keragim
Yo yor vasli bo‘larmi armon
Orzularim limmo-lim dilda
Har nafasda u deb yashayman
Unutdim deb aytsam ham tilda
Yuragimni unga tutgayman
U befarvo yoki u beishq
Halovatim oldiyu ketdi
Balki bo‘lgan yolg‘ondan oshiq
Bizning kema manzilga yetdi
Bas bu holga berolmam bardosh
Ko‘zyoshlarim yuvar yuzimni
Nahot ekan shuncha bag‘ritosh
Ko‘r qildimi sevgi ko‘zimni
To‘g‘ri o‘tdi mendan ham xato
Ozor berdim ko‘ngliga bisyor
Yoshlikdanmi yoki beboshlik
Tushunganda kech bo‘ldi ammo
Ko‘p so‘zladim xo‘p og‘ir so‘zlab
Yor dilini qildimku pora
Peshonada bor ekan yo Rab
Chidaymanda endi na chora
Umid so‘nmas qalbimda hamon
Baxt bog‘iga juda oz qoldi
Bizning sevgi bo‘lmas hech armon
Olloh shuni ko‘nglimga soldi
Demak hali oldinda hayot
Baxtli kunlar kutar bizlarni
Sabr qalbga eng yaxshi najot
Rahmat senga ey aziz hayot.
Manzilimga eltar yo'l olis bo'lsa netayin?
Yurak deydi:"Izn ber, men bosh olib ketayin.
Kul qildiku batamom ishqdan qolgan harorat,
Na kechani bilaman, na kunduzda halovat."
Ne deyishim bilmayman, qaytaray qanday javob,
"Baxt deb yo'lin kutganim" nahot barchasi sarob.
Umid bo'lib porlagan, bo'lsa u so'ngan yulduz,
Orzularim misoli, porlagan oydek kunduz.
Onam sochlariga oralagan oq
Darchadan qo‘l qoqib qolgan yoshligim
Otam qo‘llarini mehnatda qadoq
Aylagan o‘zimku sho‘x beboshligim
To‘g‘ri sochlarimni silamadingiz
Sochpopuklar yasab majnuntollardan
Baxtimdan o‘zgasin tilamadingiz
Yaratgan egamdan tangri taolodan
Bahor shukuhi
Eng buyuk musavvir chizdi bir surat
Mo‘jiza ko‘rasatdi yana u takror
Yashil to‘nin kiydi ona tabiat
Mehmonsan o‘lkamga yana sen bahor
Subhidam shabboda ko‘k uzra yelar
Yam-yashil maysalar yer yuzin bezar
Kurtaklar gul ochib bir-birdan o‘zar
O‘lkamda bahorning shukuhi kezar
"Men keldim " degandek butun olamga
Sep yoyding, men bir dam tashlagandim ko‘z
Oshno qilding meni qog‘oz qalamga
Qani tilga kelsa bittagina so‘z
Har kunni sarhisob etganmisiz hech
Qachon erta bo'lar qachon kirar kech
"Bu kun ham o'tadi o'tmagan kun yo'q"
Shunday yashlikki ko'ngil bo'lsin to'q
Halovat topaylik uzun kechalar
Bizni qarshilasin
huzurbaxsh tonglar
Uyg'otasin barchani erta saharda
Bomdod namoziga chalingan bonglar
Har bir kun tangridan ehson aslida
Yashaylik biz faqat jannat vaslida
Bir kuni yetadi umr so'ngiga
Shukrona qilaylik o'tgan har kunga
Bu yilcha shunaqa diydorlashaylik
Bir muddat azizlar shunday yashaylik
Hammamiz bir safda turib yonma-yon
Yovga qarshi ildam qadam tashlaylik
Oshiqmang vaqt ortsa ko‘cha sayliga
Erk bermang shu safar ko‘ngil mayliga
Kitobni qadrdon aylab o‘z uchun
Ko‘z tashlang bir marta "Majnun Layli"ga
Balki sizda bordir boshqa bir tadbir
Ishdan ortib vaqt bo‘lmagandir bir
Rasmlar solarsiz balki jilokor
Bu ishda sizdirsiz eng zo‘r mirishkor
Hali olam bizga chiqadi peshvoz
Shunda samo uzra qilamiz parvoz
Bir kuni yangraydi biz kutgan ovoz
Lek hozir biz uyda qolmog‘imiz soz
Ertangi kun uchun tashlaymiz qadam
Bugun kelajakka bizda ishon bor
Olg‘a bormoqdamiz odimlab ildam
Hammasi qo‘ldadir imkonlar bisyor
Tinch yurtim osuda otmoqda tonglar
Samolar bag‘rida hurriyat porlar
Vatanim baxtimga axir o‘zing bor
Nomingni dilimga yozayin takror
Matematik shoiradan
Do'stlaringiz bilan baham: |