Mavzu: aziz va yagonamsan muqaddas o`zbekistonim!



Download 71.5 Kb.
Sana13.03.2020
Hajmi71.5 Kb.
MAVZU: AZIZ VA YAGONAMSAN MUQADDAS O`ZBEKISTONIM!
Biz bugun eng oliy ne’mat, o‘zbek xalqi tarixida zarhal sahifa ochgan, o‘z taqdirini o‘zi hal eta olish imkonini bergan, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashdek sharafli tuhfani in’om etgan, milliy davlatchiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni, inson huquq va erkinliklarini qayta tiklashdek baxtni tortiq qilgan, ota-bobolarimizning asriy orzusi bo‘lgan – Vatanimiz istiqlolining 27 yilligi bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklash baxtiga muyassar bo‘lganimdan qalbimda yuksak faxr-iftixor tuyaman.

Ta’kidlash joizki, har yili ushbu muqaddas bayramni o‘zgacha gasht, o‘zgacha shukuh bilan qarshi olishga intilamiz. “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tayotgan bu yilgi bayram tantanalari barcha yurtdoshlarimiz qatori universitet jamoasini ham behad quvontiradi.

Bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, istiqlol yillarida bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli yo‘limizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa bir davrda mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritganimiz dillarmizga faxr-iftixor, hayotimizdan mamnunlik hissini olib keladi.

Shubhasiz, o‘tgan o‘quv yili universitetimiz jamoasi tomonidan e’tirof etishga arzirli yutuqlar, muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Hozirgi vaqtda universitetimiz jahon standartlari talablariga to‘la javob beradigan moddiy-texnikaviy bazaga ega. Universitetning qiyofasiga hamohang bu yerda tahsil olayotgan talabalarning nufuzi ham, nufusi ham ortib bormoqda. Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan o‘nlab monografiya, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining nashr ettirilishi, mamlakatimiz hamda xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilayotgan maqolalar ilmiy sohadagi yutuqlarimiz, pedagogik faoliyatimizning samarasi ekani barchamizni quvontiradi. Ishonchim komilki, joriy yilda ham astoydil, sidqidildan mehnat qilib, yetuk kadrlar tayyorlashdek mas’uliyatli vazifani ado etamiz va yanada ulkan yutuqlarga erishamiz.

Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli, bilimli va zukko talaba-yoshlarni aniqlash, tarbiyalash, ularning fan olimpiadalarida munosib o‘rinlarni egallashini ta’minlash, Davlat stipendiyalari va mukofotlariga tavsiya qilish hamda yuksak natijalarga erishishlarida universitet rahbariyati sizning sharafli mehnatingizga ishonch bildiradi.

O‘rni kelganda shuni ham qayd etish lozimki, 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul jarayonida universitetimizda o‘qish istagida hujjat topshirgan abituriyentlar soni respublikada birinchi o‘rinda turgani bu yerdagi ta’lim-tarbiya ishlariga ishonch nechog‘li yuqori ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu Qarshi davlat universitetining obro‘-e’tibori yuksalib borayotganining yorqin dalilidir.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsiy tashabbuslari va ulkan sa’y-harakatlari bilan bugun ta’lim tizimi butunlay yangilanish bosqichiga ko‘tarildi. Yangi o‘quv yilidagi OTMlarga qabul qilishning yangicha tartib-qoidalari so‘zimizning yaqqol isbotidir. Bu yilgi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrda “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3389-sonli qaroriga muvofiq butunlay o‘zgacha tartibda o‘tkazildi. Imtihonlar avvalgi yillardagiga nisbatan tubdan o‘zgarib, testni o‘tkazish jarayoni, savollarni tuzib chiqish va boshqa jihatlar to‘liq isloh qilindi. YA’ni kirish imtihonlarida adolat va shaffoflik asosiy mezon etib belgilandi. Imtihonlarning adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tishi, ayniqsa, ijodkorlik va individual mahoratni talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Tan olish kerakki, sohada erishilgan yutuqlar bilan birga hal qilishi zarur bo‘lgan muammolar ham talaygina. Yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 5 iyunidagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda Oliy ta’lim tizimidagi eng og‘riqli nuqtalarga e’tibor qaratildi. Xususan, talabalar bilimini baholashning bugungi kun talablariga javob bermasligi, professor-o‘qituvchilar faoliyati, bilimi va pedagogik ko‘nikmasiga baho berishning zamonaviy tizimi mavjud emasligi, ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilmagani, olimlarimizning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki sezilmasligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi shular jumlasidandir. Albatta, jamoamiz yangi o‘quv yilida hamjihatlik bilan ushbu kamchilik va muammolarni bartaraf etishda bor kuch-g‘ayratini ayamaydi. Chunki universitetimizda mazkur muammolarni hal etishga qodir malakali professor-o‘qituvchilar, salohiyatli olimlar, iste’dodli ijodkorlar va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan xodimlar faoliyat yuritadilar. Biz birinchi navbvtda, aynan ularning tashabbuskorligi hamda samarali mehnatlariga tayanamiz. Ishonamanki, yaqin kelajakda universitetimiz nafaqat Respublika, balki xalqaro reytingda ham o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ladi!

Aziz vatandosh, kel, endi sen bilan ona diyorimiz — O'zbekiston haqida suhbat quraylik. Bu o'ta maroqli suhbat-sayohatdir. Chunki Vatanga sayohat odamning o'z tarixi, o'zligiga sayohat kabi juda qizi-qarlidir.

O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Sen bilan biz esa uning bag'rida yashaymiz, musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo'lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etavermaydi.

Sen O'zbekistonning qaysi mintaqada joylashganini bilasanmi? Sezib turibmiz, awalo «mintaqa» so'zining ma'nosini bilging kel-yapti. Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma'nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oluvchi hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlami o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlami anglatadi. Masalan, sen «Mamlakatimizning janubiy mintaqalarida bahorgi ishlar boshlab yuborildi» degan mazmundagi gaplarni tele vizor va radiodan ko'p eshitgan bo'lsang kerak. Xo'sh, qani, o'zing ayt-chi, sen mamlaka­timizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlami tushunasan?

Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur.

O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'o-niston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hudu-didan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatning sharqi va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog’lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiy-larda yashaydi.

Sen yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisan? Kel, unga birgalikda bir nazar tashlaylik. Mana, unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, xalqi va beqiyos madaniyati bilan ajralib turadi. Prezident Islom Karimovning «Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor»1 degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.

Haqiqatan ham, bizning yurtimiz shunchalar rang-barang, shun-chalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari, Qoraqalpog'iston kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.

Prezidentimiz Islom Karimov o'z asarlarida ularning har qaysisi haqida ajoyib so'zlarni aytgan. Shu o'rinda ulardan ayrim namunalar keltiramiz, Ishonamizki, sen ularni diqqat bilan o'qib, xotirangga joylab olasan.

«Toshkent — Sharq darvozasi deb nom olgan, ulkan siyosiy. iqtisodiy, ma'naviy mavqega ega bo'lgan, fan, madaniyat, ijod, ilm-ziyo salohiyati yuksak ravnaq topgan, butun jahon miqyosida tan olingan mamlakatimizning bosh shahridir».

«Buxoro qadim-qadimdan sheryurak bahodirlar, mard pahlavonlar yurti bo'lib kelgan. Bugun dunyo miqyosida e'tirof etilayotgan o'zbek milliy kurashining vatani ham mana shu zamindir».

«Surxon vohasi haqida gap borar ekan, awalambor, bir tomoni bepoyon dalalardan iborat go'zal, quyoshli bir o'lka, shu o'lkada yashayotgan, o'zining kuch-qudratiga ishongan, o'ziga to'q el-yurt ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Mana shu go'zal, har tomonlama betakror yurtda yashaydigan mehnatkash, bag'rikeng xalqni, ochiqko'ngil, qalbi qaynoq odamlarni tasawur etamiz».

«Toshkent viloyati deganda, ko'z oldimizda Chotqol, O'gam, Chimyon kabi tog'lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so'lim bog'-rog'lari bo'lgan go'zal bir voha namoyon bo'ladi».

«Samarqand — xalqimiz, millatimiz dovrug'ini butun dunyoga taratgan ming-ming yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir.

Samarqand — o'tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir».

«Qashqadaryo — mamlakatimizning ko'p-ko'p tabiiy zaxiralari joylashgan hududlaridan biri, ulkan imkoniyatlarga ega bo'lgan, go'zal va betakror, Ollohning nazari tushgan makondir. Va o'z yurtini obod etib, shu vohaga sadoqat bilan yashayotgan mard va jasur insonlar Vatanidir».

«Navoiy viloyati deganda, bu go'zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho'l va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga ulkan sanoat mintaqasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi».

«Jizzax vohasining go'zal va betakror go'shalarini, Baxmal va Zomin manzaralarini, Forishning baland tog'larini bir bor ko'rgan kishi bu joylarga maftun bo'lib qolishi muqarrar».

«O'zbekistonning istiqboli — Qoraqalpog'istonning istiqboli, Qoraqalpog'istonning istiqboli — O'zbekistonning istiqboli desak, xato bo'lmaydi».

«Xorazmning shonli tarixi bizda o'tmish merosimiz bilan haqli ravishda faxrlanish tuyg'usini uyg'otadi. Chunki Xorazm tarixi o'zbek davlatchilik tarixining uzviy qismidir, uning qudrati va qadimiyligi timsolidir».

«Sirdaryo tarixi — xalqimiz tarixining uzviy bir qismi sifatida uzoq va qadimiydir».

«Andijon deganda, ko'z o'ngimizda buyuk inson, ulkan shoir va mutafakkir, davlat arbobi, temuriylar avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur gavdalanadi. Bobur biz uchun tom ma'nodagi buyuk madaniyat, oliy darajadagi sharqona odob va axloq tim­solidir».

«Farg'ona viloyati respublikamizning tayanch tog'laridan biri hisoblanadi».

«Namangan xalqi o'ziga xos xususiyatlarini, o'z tarixi, an'ana va urf-odatlarini, betakror shevasini asrlar mobaynida saqlab kelmoqda. Bu xalq o'zining mehnatsevarligi, odamiyligi, xushmuomalasi, mehr-oqibati bilan kishida havas uyg'otadi. Namanganliklar hatto murg'ak farzandini ham «sen» demaydi, «siz»lab gapiradi».

Shoirlarimizning Vatan madhiga bag'ishlangan she'rlarini yodga olaylik. Sen ham bunday she'rlardan ko'pini bilsang kerak. Bilmaganlaringni esa mana hozir o'qib, daftaringga yozib olasan.

Hassos shoir Hamid Olimjon «O'zbekiston» she'rida o'lka-mizning betakror go'zalligini, uning tabiatini shunday tasvirlab bergan:

Chiroylidir go'yo yosh kelin,

Ikki daryo yuvar kokilin.

Qorli tog'lar turar boshida,

Gul vodiylar yashnar qoshida.

Chor atrofga yoyganda gilam,

Aslo yo'qdir bundayin ko'klam.

Tog'lardagi qip-qizil lola Bo'lib go'yo yoqut piyola

Buloqlardan uzatadi suv,

El ko'zidan qochadi uyqu...

Faylasuf shoirimiz G'afur G'ulom esa Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg’usini «Bog’» she'rida g'urur va iftixor bilan shunday bayon et-gan:

Bir vatanning o'g'limenkim, har taraf gul-lola bog',

Qalb ko'ziday eng qorong'i kechada porlar charog'.

Har yigit mag'rur-u har qiz ko'kragi qo'sh cho'qqi tog',

Suv desang, sharbat oqar, iqlim desang, qaymog'-u yog',

O'z-o'zini maqtaganda, maqtamay qolg'aymi men?

Lola jomi to'lsa ko'klam shabnamidan ertalab,

Yozgi chilla sho'x xayolday o'tsa kurtakni yalab,

Er quyosh qandli qozon ostiga qo'ysa o't qalab,

Bilmadim, chillik, daroyi qilg'usi qanday talab,

Lablaridan qand tomarsa, so'rmayin qolg'aymi men?

Bu she'riy misralarda yurtimiz tabiatining jozibasi, o'zbek za-minining saxovati, o'lkamiz quyoshining harorati — barcha go'zalliklar o'z aksini topgan. G'afur G'ulom mevali bog'larni qandli qozonga o'xshatadi. Quyoshni esa ana shu qozon ostiga o't qalaydigan erkak oshpazga qiyoslaydi. Chillik, daroyi kabi uzum navlarining pishib, lablaridan bol tomizib turishi kimni o'ziga maftun etmaydi deysan. Vatanga muhabbat insonni mana shunday shoirga aylantiradi.

Sen yaxshi taniydigan qahramon shoirimiz AbduUaOripovning «O'zbekiston — Vatanim manim» she'rida ona yurtimiz qiyofasi yorqin aks ettirilgan. Shoir O'zbekiston, ya'ni qadrdon vatan in-son hayotining ma'no-mazmunini belgilaydigan bebaho ne'mat ekanini ta'kidlaydi, uning o'tmishi, kelajagi, oddiy va to'pori, mard va oriyatli odamlari, har bir giyohi bilan faxrlanadi. Bu she'rning ilk satrlaridayoq O'zbekistonimiz o'xshashi yo'q o'lka ekani, uning timsolida har bir farzand o'z baxti va quvonchini ko'rishi, hali hech kim bilmagan haqiqatlarni kashf etishi kuchli his-hayajon vositasida tasvir etiladi:

Yurtim, senga she'r bitdim bugun,

Qiyosingni topmadim aslo.

Shoirlar bor, o'z yurtin butun

O1am aro atagan tanho.

Ular she'ri uchdi ko'p yiroq,

Qanotida — kumush diyori.

Bir o'lka bor dunyoda biroq —

Bitilmagan dostondir bori.

Faqat ojiz qalamim manim,



O'zbekiston — Vatanim manim!
Yana bir bor Sizlarni go‘zal va betakror Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi hamda 2 sentabr – Bilimlar kuni munosabati bilan muborakbod etaman. Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, sixat-salomatlik, farovon hayot, ilmiy va murabbiylik faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat