Ega guruhi (noun phrase) va kesim guruhi (verb phrase)



Download 56,5 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi56,5 Kb.
#656972
Bog'liq
Grammatik tavsifning eng sodda


Grammatik tavsifning eng sodda (primitiv) formal modeli gap bo’laklariga ajratish modeli sanaldi. Tabiiy tillar grammatikasida sodda gap ikki qismdan – ega va kesimdan tashkil topgan sintaktik qurilma sifatida tavsiflanadi. Ega nutqning predmetini, kesim esa uning belgisini ko’rsatadi. Ega va kesim alohida so’zlar bilan ham, so’zlar guruhi bilan ham ifodalanishi mumkin. Agar ega va kesim so’zlar guruhi bilan ifodalansa, sodda gap ikki struktur elementga ajratiladi: ega guruhi (noun phrase) va kesim guruhi (verb phrase).
Ega guruhida asosiy mazmun ifodalovchi unsur ot so’z turkumi bilan ifodalangan ega yoki otlashgan so’zlar (substantivatsiya), ega guruhidagi boshqa so’zlar esa eganing aniqlashtiruvchilari vazifasida keladi. Eganing aniqlashtiruvchilari ot, sifat, son, olmosh, kvantifikatorlar (miqdor bildiruvchi so’zlar), determinatorlar (artikllar) orqali ifodalangan aniqlovchi gap bo’lagidir. Kesim guruhida asosiy mazmunifodalovchi unsur fe’l-kesim hamda ot-kesim hisoblanadi, shunigndek, turli so’z turkumlari bilan ifodalangan to’ldiruvchi va hol kesimning aniqlahtiruvchilari bo’lib keladi. Mazkur modelda ega va kesim gapning bosh bo’laklari, gapning semantik sintaktik yadrosi, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol esa ikkinchi darajali bo’laklar deb nomlanadi. Ushbu talqin mumtoz sintaksis tamoyillariga muvofiq keladi.
XX asrning ikkinchi yarmida struktur sintaksis, semantik sintaksis yo’nalishlaripaydo bo’lishi bilan gapning sintaktik tuzilishiga, gap bo’laklariga bo’lgan yondashuv ham o’zgardi. Yuqoridagi ikki cho’qqili nazariyaning o’rniga bir cho’qqili nazariya maydonga keldi. Bunga ko’ra faqat kesimgina gapning grammatik yadrosi sifatida e’tirof etildi. Ushbu yondashuv fransuz tilshunosi Lyusyen Tenyerning verbosentrizm (lotincha verbum – “fe’l”, “kesim” ma’nolarini anglatadi, centrum – “markaz”, ya’ni unga ko’ra gapning markazi – gap bo’lagi sifatida kesim, so’z turkumi sifatida fe’ldir) konsepsiyasi bilan bog’liqdir. Ingliz tilshunosi O.Yespersen mazkur konsepsiyaga qarshi o’laroq gapdagi mutloq hokim bo’lak sifatida egani e’tirof etgan. Gap bo’laklari iyerarxiyasida egani markazga qo’yish tendensiyasi mantiq fanidan kelib chiqqan. Chunki mantiqda ism (subyekt) substansiyani (mohiyatni), fe’l (predikat) aksidensiyani (hodisani) ifodalaydi, degan qarash mavjud. Bunda ega gapning tub mohiyatini aks ettiruvchi birlamchi bo’lak, kesim esa egani to’ldiruvchi, eganing turli belgilarini ko’rsatuvchi ikkilamchi bo’lak sifatida talqin etiladi.
O‘tgan asrning oxiriga kelib fransuz tilshunosi Lusyen Tenyer1 qarashlarini qabul qilgan o‘zbek tilshunoslarining aksari sintaksis sathiga yondashuvda ikki cho‘qqili nazariyadan bir cho‘qqili nazariyaga o‘tish tilimizning tabiatiga muvofiqligini e’tirof eta boshladilar.2 Bu nima degani? Oldingi qarash bo‘yicha gapning grammatik asosi ikkita – ega va kesim edi. Bu gapda bosh bo‘laklar ikkita (ya’ni har qanday sodda gapda, asosan, ikki cho‘qqi) bo‘ladi, demakdir. Endi esa bosh bo‘lak tushunchasidan voz kechilib, gapning grammatik markazi tushunchasi kiritildi: bu – kesim. Kesim gapning ham grammatik, ham mazmuniy markazi deb qaralmoqda. Kesimdan undagi mavjud shakllar vositasida gapga xos bo‘lgan shaxs-son, zamon, mayl, modallik, tasdiq va inkor ma’nolari anglashilib turadi. Shu bois kesimning o‘zigina mutlaq holda gapning markaziy bo‘lagi bo‘ladi, degan to‘xtamga kelindi, ya’ni bir cho‘qqili nazariyaga o‘tildi. Qolgan bo‘laklar (bunga ega ham doxil) kesimni bevosita (ega, to‘ldiruvchi, hol) yoki bilvosita (aniqlovchi) kengaytiruvchi qismlar sifatida olinadigan bo‘ldi. Ot kesimda aniqlovchi ham bevosita kengaytiruvchi bo‘la oladi. Qo‘yilayotgan masalani yaxshi anglash uchun bu nazariy ma’lumot bilan yaqindan tanishib olish darkor. Shundagina muammo ko‘z o‘ngimizda aniq va ravshan namoyon bo‘ladi. Endi qabul qilingan dastur asosida yaratilgan darsliklarga nazar solaylik. Boshlang‘ich sinflar uchun yaratilgan darsliklar o‘rta va yuqori sinflardan farqli o‘laroq, to‘laligicha oldingi ikki cho‘qqili nazariyaga tayanib yozilgan. Ularda ega va kesim – bosh bo‘laklar, qolgan uchalasi ikkinchi darajali bo‘laklar sifatida berilgan. Hozir biz bu holatni ma’qullash yoki inkor qilishdan yiroqmiz. Bu – ham nazariy, ham metodik va amaliy, ham didaktik jihatdan ilmiy o‘rganilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan masala. Maqolamizning muhokama obyekti mualliflari bir cho‘qqili nazariya asosida yozilganligini e’tirof etgan darsliklardir. Lekin ularning hech birida bu nazariya, bu tamoyilga izchil rioya qilinganligini kuzatmaymiz. Valijon QODIROV, mustaqil tadqiqotchi, filologiya fanlari nomzodi SODDA YIG‘IQ VA SODDA YOYIQ GAPLAR XUSUSIDA MULOHAZALAR Amaldagi 5-sinf Ona tili darsligiga3 diqqat qaratamiz. 32-darsdan gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, Kesim mavzusi bilan boshlanadi. 39-betda eslab qoling belgisi ostida quyidagi ma’lumot berilgan: Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi. Shu ikki holatning o‘zida bir cho‘qqili nazariyaning ibtidosi ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin 44-betda berilgan qoidalarda shularni o‘qiymiz: Faqat kesim yoki ega va kesimdan iborat gap yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko‘rdim. Ta’rifning birinchi qismi va misol tariqasida berilgan ikkinchi gap (Men keldim) ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq keladi. Chunki ikki cho‘qqili nazariyada ega va kesim bosh bo‘laklar bo‘lib, ikkinchi darajali bo‘laklarsiz ular yig‘iq gapni hosil qiladi. Ta’rifning ikkinchi qismi esa bir cho‘qqili nazariyaga mos tushadi va birga berilgan ta’rifning birinchi qismiga nisbatan zidlik kuzatiladi. Kesimdan boshqa bo‘laklar deyilganda ega ham ikkinchi darajali deb atalgan bo‘laklar qatoriga kirib ketadi. Shu yerning o‘zida yondashuv va talqinda izchillik buzilgan. Bu bo‘lim (ya’ni sintaksis) darslikning boshlang‘ich sinfda o‘tilganlarni takrorlash qismida bo‘lgani uchun shunga muvofiqlashtirilgan, deyilsa, ta’rifning birinchi qismi to‘g‘ri, lekin bunda bir cho‘qqili nazariyaga muvofiq keyingi ta’rifni kiritmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Yoki aksincha: birinchi qismdagi yoki ega va kesimdan degan so‘zlar qo‘llanmasa edi, ta’rif mazmuniy va mantiqiy bir butunlikni hosil qilardi. 8-sinf darsligi4 ning 54-betida: “Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra: sodda yig‘iq gaplar (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gaplar (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi) ga bo‘linadi” tarzidagi ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq qoida berilgan. Darslikning 56-betida esa bir cho‘qqili nazariyaga mos: “Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimdan ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi” qoidasi keladi. Uning ortidan “To‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol ega va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi” ifodasidagi jumla berilgan. Bu qoida 80-betda yana takrorlanadi. 79-betda o‘qiymiz: “Esga o­ling. Faqat ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap sodda yig‘iq gap deyiladi. Esga oling. Ega va kesimdan boshqa bo‘laklar bilan kengaygan gap sodda yoy‘iq gap deyiladi”. Holbuki, 57-betda “Kesim gap markazi bo‘lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodala keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi… Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati katta… Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi” degan kattagina bir cho‘qqili nazariya mohiyatini aks ettiruvchi qoida yozilgan. Lekin bu qoidada ham egani ikkinchi darajali bo‘laklardan alohida olinayotgani ko‘rinib turibdi. Darslikda, umuman, o‘zbek tilshunosligida ega arosatda qolgan bo‘lak sifatida taassurot uyg‘otadi. Bosh bo‘lak degan termin ishlatilmayapti, uni ikkinchi darajalilar qatoriga kiritish mantiqi ham ko‘rilmayapti chog‘i. Oddiy ko‘ringan mavzuning shu qadar jiddiy muammosini qanday yechish mumkin? Takliflarimiz quyidagicha: 1. Lusyen Tenyer boshdan tavsiya etgan kesimga nisbatan gapning mazmuniy va grammatik markazi, qolgan to‘rttasiga kengaytiruvchi bo‘laklar terminini qo‘llash. Bunda agar ega boshqa uch bo‘laklar bilan bir qatorga va bir mavqega qo‘yilsa, egali va egasiz gaplar tushuncha (mavzu)laridan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Yo‘qsa, egaga maxsus yondashuv kerak bo‘ladi. 2. 8-sinfdan keyin o‘quvchilar maktabda yana uch yil o‘qiydilar. Agar bir cho‘qqili nazariyaga to‘la rioya qilib, yangicha dastur va darsliklar yaratilsa, o‘quvchilarda anglashmovchilik bo‘lmasligi uchun quyidagicha qo‘shimcha ma’lumot berib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi: “Hamma soha va hayotning turli jabhalarida bo‘lganidek, tilshunoslikda ham yangiliklarga yuz tutilmoqda. Jumladan, endilikda kesim gapning grammatik markazi, qolganlari kesimni kengaytiruvchi bo‘laklar deb olinmoqda. Bu qarash maktab dasturiga tatbiq etilsa, keyingi avlod darsliklarida aks etishi mumkin”. 3. Yuqorida biz qayd etgan chalkashliklar darsliklarda mavjud, lekin o‘quvchiga tilshunoslikdagi bu bo‘shliqni tushuntirishning keragi ham, iloji ham yo‘q. O‘qituvchi yo‘l topib bu chalkash vaziyatdan chiqib ketishi kerak. 5-sinfda sintaksisdan maqsad boshlang‘ich sinflarda o‘tilganlarni takrorlash bo‘lgani uchun 44-betdagi “Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar” mavzusida berilgan “Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi” qoidasi tahrir qilinib, “Kesimning ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi” tarzida tushuntiriladi va o‘quvchilar daftariga yozdirib qo‘yiladi. Demak, bu sinfda eski yondashuv asosida ish ko‘riladi. Boshlang‘ich sinfda olgan bilimlari, gap bo‘laklari borasidagi tasavvurlari asosida o‘quvchilar yig‘iq va yoyiq gaplarni o‘zlashtiradilar. Bu metodik va didaktik jihatdan maqbul usul bo‘ladi. 4. 8-sinf darsligida faqat kesimning ta’rifidan boshqa qoida va yondashuvlarda eski ikki cho‘qqili nazariyaga tayanilgani kuzatiladi. Shu bois o‘qituvchi darslikda aniq qilib berilmagan gap bo‘laklarini oydinlashtirib tushuntirib berishi lozim. Gapdagi ega haqida darslikda aniq bir to‘xtam yo‘q ekan, biz sal boshqacharoq tasnifni taklif qilamiz. E’tibor bersak, ikkinchi darajali bo‘lak tushunchasi bor. Ular qaysidir boshqa birinchi bosh bo‘lakka nisbatan ikkinchi degan mantiqni keltirib chiqaradi. Bu kesimmi? Unda ega qaysi tomonda bo‘ladi? Bizningcha, darsliklarda aniq bir to‘xtam va ta’rif berilguncha shunday tasnif qilinishi mumkin: kesim gapning mazmuniy va grammatik mazmuni, ega va kesim bosh bo‘laklar, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi esa ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ko‘rinadiki, kesim ikki grammatik mavqeda. Buni o‘quvchilarga shunday tushuntirish mumkin: gap bo‘laklarini bir oila deb olsak, farzandlar – ikkinchi darajali bo‘laklar, ota va ona – bosh bo‘lak bo‘lgan kesim va ega. Xuddi ota-ona farzandlarga nisbatan bosh bo‘lsalar-da, lekin ota oilaning mutlaq rahbari, yetakchisi hisoblanganidek, kesim ham gapning mutlaq grammatik va mazmuniy markazidir. Mazkur tushuntirish ifodasi hayotiyligi bilan diqqatga sazovor, ayni paytda milliy mentalitetimizga muvofiq. 5. Shart maylidagi fe’l bilan ifodalangan nomustaqil kesim, asosan, qo‘shma gaplarda keladi va ular tarkibidagi har bir sodda gap yuqoridagi mezonlar asosida yig‘iq yoki yoyiq bo‘lishi mumkin. 6. Atov gaplar bitta asosiy bo‘lak – ot kesimdan iborat bo‘ladi va u yig‘iq gap sanaladi (Masalan: Qish.) Agar atov gap qaysidir bo‘lak bilan kengayib kelsa, u yoyiq gap bo‘ladi (Masalan: Qahraton qish.) 7. So‘z-gaplarning ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengayish imkoniyati cheklanganligi tufayli ular yig‘iq gap bo‘ladi. 8. To‘liqsiz gaplarning yig‘iq yoki yoyiq ekanligini aniqlashda o‘quvchilarga tushirilgan bo‘lakni xayolan tiklash usuli tavsiya etiladi. Masalan: Kim keldi? – Karim. (ya’ni Karim keldi). Ko‘rinadiki, 8-sinfdagi qoidalardan kelib chiqsak, ega va kesimdan iborat bu to‘liqsiz gap yig‘iq gapdir. Musobaqaga kim bilan borasan? – O‘rtog‘im bilan (ya’ni o‘rtog‘im bilan boraman) – yoyiq gap. 9. 59-betda ilmiy xatolik kuzatiladi. “Fe’l kesimlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:.. b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, Fotima ham barkashni olib keldi”. Gapda “yozguncha” fe’li kesim emas, chunki unda munosabat shakllari (zamon, mayl, shaxs-son) yo‘q. Shu bois bu qo‘shma gap emas. Gapning “Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha” qismi bitta bo‘lak – murakkab payt holi. Demak, bu jumla yoyiq sodda gapdir. 10. O‘quvchilarga ta’kid bilan tushuntirish kerakki, shakllangan kesimlar soni gapni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. Shakllangan kesim: a) fe’l kesim bo‘lsa, munosabat shakllari; b) ot kesimda esa bog‘lamalar ishtirok etgan kesimdir. Bitta gapda turli vazifa shakllaridagi ko‘plab fe’llar ishtirok etsa ham, bitta shakllangan kesim bo‘lsa, qo‘shma gap bo‘lolmaydi, balki yoyiq sodda gap hisoblanadi.
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish