Barcha mamlakatlarda turli xil mehmonxonalar bor. Quyida dunyoning 7ta noyob mehmonxonalari bilan tanishishingiz mumkin.
Giraffe Manor oteli, Nayrobi, Keniya
Keniya poytaxti Nayrobi yaqinida ajoyib dang’illama uy bor, huddi ertakdagi qasrga o’xshaydi. Bu uy o’tgan asrning 30-yillarida Devid Dunkan tomonidan qurilgan. 1974-yilda uni er-xotin Lesli-Melvillar sotib olib, u yerda yo’qolish arafasida turgan Rotshikd jirafalarini qutqarish markazini tashkil qiladilar. Keyinchalik bu yerda otel ham ochildi.
Otelda mehmonlar uchun o’nta xona ajratilgan bo’lib, ular qadimgi rusumda jihozlangan. Ammo otelning asosiy xususiyati-jirafalardir. Ular har tong odamlar bilan muloqot qilish uchun keladilar. Hayvonlar o’zlarini mutlaqo erkin his qiladilar, ularni silash, ovqatlantirish va ular bilan birga suratga tushish mumkin.
Shvetsiya, Vesteros, Maleron ko’li
Shvetsiyada Vesteros shahri yaqinidagi Maleron ko’li o’zinig ekzotik suvosti va usti oteli bilan mashxur. Bu muassasa faqatgina ikki kishi uchungina mo’ljallangan. Sharotlari kamtarona bo’lsa ham svilizatsiyadan uzoqroqda sokinlikda bahra olish istagidagilar uchun ayni muddaodir.
Otelning tepa qismida oshxona, hojatxona va kichkina ayvoncha joylashgan. Pastki suv osti qismida ikkita bir kishilik karavot va stolcha joylashgan. Katta to’rtburchak shakldagi oynalar orqali ko’lning ostki qismini tomosha qilish mumkin.

Kosmos Mehmonxonasi, Moskva
Kosmos mehmonxonasi 1980-yilda Moskvada bo’lib o’tgan XXII Olimpiada o’yinlari munosabati bilan qurilgan. Mehmonxona shahar markazida “Bug’u oroli” nomli bog’ yaqinida barpo qilingan. Mehmonxona yaqinida Xalq xo’jaligi ko’rgazmasi, Ostankino teleminorasi ba Ostankino bog’I joylashgan. Xoxlovchilar kosmonavtika muzeyini, muhandis-konstruktor S.P.Korolyovning uy-muzeyiga tashrif buyurishlari mumkin. Yaqin o’rtada shuningdek, Botanika bog’I va sport majmualari joylashgan.
Nemis rassomi tomonida yaratilga ushbu joyni otel deyish sal noto’g’riroq. Tashrif buyuruvchilarga ko’ngillaridagi orzularini hamda qo’rqinchli tushlarini gavdalantiruvchi xonalarga joylashish taklif qilinadi. Bu yerda olovrang xonada, qamoqxona kamerasi ko’rinishi shaklidagi xonalarda dam olishlari mumkin. Shuningdek, tobutdaham, ko’zgu orti mamlakatlarida ham uxlash mumkin. Mehmonlarga gilyotina, qafasli, ritsarli qasr, o’yin uchun kubiklardan ibprat krovatlar taqdim qilinadi.
Montana Magica, Chili
Montana Magica Lodge yohud Sehrli tog’ mehmonxonasi Chilining Patagoniyasidagi qo’riqxonalardan birida joylashgan bo’lib, rosmana elflarning ertakli uyiga o’xshaydi. Tosh va taxtadan qurilgan mehmonxonaning tashqi tomoni o’ylar bilan o’ralgan. Yashil devor bo’ylab doimo suv oqib turadi va yaqin atrofdagi harakatdagi vulqon haqida eslatib turadi. Mehmonaga osma ko’prik orqali yetib olish mumkin. Uning ichi ham tabiat bilan muvofiq jihozlangan.
Malmaison Oxford Castle
Oksfordda joylashgan bu otelda yashovchilar kechqurunlari ko’lanka va sharpalarni ko’radilar. Gap shundaki, otelda nafaqat mahbuslar saqlangan, balki qatllar ham bo’lib o’tgan XI asrning viktorian qamoqxonasida joylashgan.
Bu yerning interyerida qamoqxona tematikasi yaxshi saqlangan. Kameralar qulaygina xonalarga aylantirilgan. Bu yerda shuningdek restoran, pivo bari bor. Ammo planirovka va zulmatli ko’rinish binoning o’tmishini eslatib turadi.

V8 Hotel Motorworld Region Stuttgard Germaniya, Byoblingen
Ushbu noodatiy mehmonxona bir paytlar Byublingen shahrining aeroporti bo’lgan binoda joylashgan. Bu yer avtomobil shaydolari uchun ayniqsa, qulaydir.
Otelning barcha xonalari avtomobillarga xos tematikada jihozlangan. Zapravka, avtomobillar tashlandig’I, autoustaxona, Qadimgi G’arb yo’li hamda avtoyuvish xonalarga moslangan. Ba’zi xonalarda nodir avtolar, ularning detallari va aksesuarlari joylashgan.