DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID DISPERS SISTEMALARNI OLINISHI VA HOSSALARI. KOLLOID DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGI Ma`ruzaning maqsadlari - Odam organizmidagi ko`pchilik biologik muhitlar kolloid sistema holatida bo`ladi. Kolloid sistemalarga hos bo`lgan barcha hususiyatlar, hossalar biologik muhitlarga ham hos. Shuning uchun kolloid sistemalarning tuzilishi, turlari, ularni hosil qilish va tozalash usullari, barqarorligi va shu barqarorlikni oshirish yo`llari o`rganiladi.
Ko`riladigan masalalar - dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari
- dispers sistemalarning turlanishi
- kolloid dispers sistemalar (zollar)
- kolloid dispers sistemalarning olinishi va tozalash usullari
- kolloid sistemalarning molekular-kinetik, optik hossalari
- kolloid zarrachalarning tuzilishi
Ko`riladigan masalalar - kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalari (elektroforez va elektroosmos)
- kolloid sistemalarni turg`unligini ta`minlovchi omillar
- koagullanish va uni chaqiruvchi sabablar
- koagullanish bo`sag`asi, Shultse-Gardi qoidasi
- kolloidlarni himoyalash
- kolloid sirt faol moddalar
- kolloid sistemalarning organizmdagi ahamiyati
Dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari - Bir moddaning ikkinchi modda tarkibida teng taqsimlangan holatiga dispers sistema deyiladi.
- Taqsimlangan modda - dispers faza,
- taqsimlangan moddani tutgan modda - dispers muhit deyiladi.
- Dispers sistemalarning fizikaviy va kimyoviy hossalarini o`rganuvchi fan - kolloid kimyo deyiladi.
Dispers sistemalarning turlanishi - Dispers fazaning disperslanish darajasi bo`yicha:
- Molekular-ion dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 1 nm yoki 10-9 m gacha (elektrolit va noelektrolitlar eritmalari)
- Kolloid dispers sistemalar (zollar) - zarrachalar kattaligi 1-100 nm yoki 10-9 - 10-7 m o`rtasida (qon, plazma, oqsil eritmasi va b.)
- Dag`al dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 100 dan yoki 10-7 dan katta (suspenziya, emulsiya, kukun, ko`pik va b.)
Dispers sistemalarning turlanishi - Faza va muhit agregat holati bo`yicha:
- Gaz-gazda - eritma
- Gaz-suyuqlikda - ko`pik
- Gaz-qattiq moddada - qattiq ko`pik (pemza, g`isht)
- Suyuqlik-gazda - aerozol (tuman)
- Suyuqlik-syuqlikda - emulsiya
- Suyuqlik-qattiq moddada -gel
- Qattiq modda-gazda - aerozol (chang, kukun)
- Qattiq modda-syuqlikda - suspenziya, zol
- Qattiq modda-qattiq moddada - qotishma
Dispers sistemalarning turlanishi - Dispers faza va dispers muhit ta`sirlashishi bo`yicha:
- Liofil - oqsil, krahmal, agar-agar
- Liofob - metallar (oltin, kumush), temir sulfid, kumush hlorid zollari
- Dispers muhit (erituvchi) tabiati bo`yicha:
- Gidrozollar (suv), benzozollar (benzol),
- alkozollar (spirt), eterozollar (efir)
Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari - Dispersion usullar:
- Mehanik (kolloid tegirmonda, havonchada yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalash) usuli
- Ultratovush yordamida yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalashusuli
- Peptizatsiyalash (kimyoviy usul) - yangi tayorlangan cho`kmani elektrolit (peptizator) yordamida geldan yana zolga o`tkazish usuli
Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari - Kondensatsiya (zarrachalarni yiriklashtirish) usullari:
- Kimyoviy reaksiyalar asosida:
- Oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, almashinish va boshqalar;
- Erituvchini almashtirish usuli - bunda bir erituvchida molekula holida bo`lgan erigan modda zarrachalari, boshqa erituvchida kolloid zarracha holatigacha yiriklashadi.
Kolloid dispers sistemalarni tozalash usullari - 1. Dializ - kolloid eritmani tayorlashda ortiqcha olingan elektrolit ionlarini yarim o`tkazgich membrana orqali toza erituvchi tomonga o`tish qobiliyatiga asoslangan tozalash usuli.
- 2. Elektrodializ - elektr maydoni ta`sirida elektrolit ionlari harakati ortishi hisobiga dializni tezlashtirish.
- 3. Ultrafiltrlash - g`ovaklari juda mayda bo`lgan maxsus ultrafiltr yordamida dispers fazani dispers muhitdan ajratib, yuvib, yana kolloid holatiga o`tkazish.
Dializator shemasi Elektrodializator shemasi Kolloid zarrachalarning tuzilishi - Kondensatsiya usuli bilan olingan kumush hlorid zolining tuzilishi:
- AgNO3 + KCl = AgCl + KNO3
- ortiqcha elektrolit zol
- mAgCl nAg+ (n-x) NO3- x+ xNO3-
Kolloid zarrachalarning tuzilishi - Kondensatsiya usuli bilan olingan berlin laszuri zolining tuzilishi:
- 4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12KCl
- ortiqcha elektrolit zol
- mFe4[Fe(CN)6]3 n [Fe(CN)6]4- 4(n-x) K+ 4x- xK+
Kolloid zarrachalarning tuzilishi - mFe4[Fe(CN)6]3 n Fe3+ 3(n-x) Cl- 3x+ 3xCl-
- mFe(OH)3 n Fe3+ 3(n-x) Cl- 3x+ 3xCl-
- FeCl3 + 3H2O = Fe(OH)3 + 3HCl
- Fe(OH)3 + HCl = FeOCl + H2O
- mFe(OH)3 n FeO+ (n-x) Cl- x+ xCl-
- Peptizatsiya yo`li bilan olingan temir gidroksid zoli
- Gidroliz yo`li bilan olingan temir gidroksid zoli:
Kolloid sistemalarning molekular-kinetik hossalari - turg`unligini ta`minlovchi omillar sifatida - 1. Broun harakati - dispers faza zarrachalarining erituvchining molekulalari ta`siridagi uzluksiz va betartib harakati
- 2. Diffuziya - harorat ta`siri, hamda broun harakati tufayli eritmada kolloid zarrachalarning teng taqsimlanishi
- 3. Osmotik bosim - kolloid eritma zarrachalari yirik va konsentratsiyasi kichik bo`lishiga qaramay, osmotik bosim kolloid eritmalarda ham kuzatiladi
Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari - 1. Optik hossasi - nurni sindirishi (Faradey-Tindal konusi)
Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari - 2. Koagullanish - kolloid zarrachalarning bir-biriga tortishib, birlashib, yirik agregatlar hosil qilishi:
- a) yashirin koagullanish - ko`z bilan kuzatish imkoniyati bo`lmagan bosqichi
- b) aniq koagullanish - eritmada ko`zga ko`rinarli darajada o`zgarishlar (loyqalanish, rang o`zgarishi, cho`kma tushishi) sodir bo`lishi.
- Cho`kma tishish jarayoni sedimentatsiya deyiladi.
- 3. Kolloid zarrachalarni elektron mikroskopda ko`rinishi
Koagullanishga olib keluvchi sabablar va koagullanish bo`sag`asi - 1. Mehanik ta`sir
- 2. Haroratni keskin o`zgarishi
- 3. Nur ta`siri
- 4. Elektrolitlar va noelektrolitlar ta`siri
- 5. Uzoq vaqt dializ qilish
- Ma`lum vaqt o`tishi bilan 1 litr zolni aniq koagullanishga olib keluvchi elektrolitning millimoldagi eng kichik miqdori koagullanish bo`sag`asi deyiladi.
Koagullanish. Shultse-Gardi qoidasi - Shultse-Gardi qoidasi:
- Zollar koagullanishi, granulaning zaryadiga qarama-qarshi zaryadli, ionlar ta`sirida yuz beradi. Koagullovchi ionning zaryadi qanchalik katta bo`lsa, uning koagullash qobiliyati shuncha yuqori bo`ladi va koagullanish bo`sag`asi pastroq bo`ladi.
- Elektrilitlarning koagullovchi ta`sirini ortib borishi
- KCl < K2SO4 < K3[Fe(CN)6] < K4[Fe(CN)6]
Do'stlaringiz bilan baham: |