Diniy ta'limotlarda oila masalalari Reja: Islom huquqida nikoh tushunchasi



Download 55,5 Kb.
Sana28.03.2022
Hajmi55,5 Kb.
#514421
Bog'liq
1352869151 39237


Diniy ta'limotlarda oila masalalari


Reja:

  1. Islom huquqida nikoh tushunchasi

  2. Shariatda nikoh tushunchasiga mone`lik qiladigan holatlar

  3. Nikohni bekor bo`lishi omillari. Taloq turlari

  4. Meros turlari va uni taqsimlash tartibi

«Nikoh» tushunchasi shariatda shunday shartnoma-bitim sifatida ta`riflanadiki, unga muvofiq nikohga kirgan xotin erkak uchun begona, «taqiqlangan» bo`lmaydi. Nikoh tuzish uchun ayol yoki erkakning xohishi kifoya qilmaydi. Doimiy nikoh uchun ham, vaqtinchalik nikoh uchun ham nikoh duosini o`qish va nikoh bitimini tuzish talab etiladi.
«Uning alomatlaridan (yana biri) - sizlar taskin topishlaringiz uchun o`zlaringizdan juftlar yaratishi va o`rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir».
(Qur`oni karim, «Rum» surasi, 21-oyat).
Islomda oilaning barqarorligi hamma narsadan ustun qo`yiladi, shu bois mustahkam oila qurishga barcha musulonlar tomonidan katta ahamiyat beriladi.
Islomda nikoh Allohga xush keladigan amallardan sanaladi, unga har bir kishi, hatto jamiyatda teng huquqli bo`lmaganlar, aqli norasolar ham haqlidirlar, agarda buni ular uchun xojalari, vasiylari va vositachilar hal etsalar.
Islom huquqiga ko`ra nikohning haqiqiyligi quyidagi to`rt shartning uyg`unligi, chunonchi:
1) bevosita monelik qiluvchi holatlarning yo`qligi;
2) muayyan shaxslarning roziligi;
3) mahrning belgilanishi;
4) rasmiy qoidalarga rioya etilishi bilan belgilanadi.
Nikohning birinchi bosqichi - kelishish, unashtirish (xitba) bo`lib, unda kuyov o`zi yoki vakili orqali kelinning otasi, vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. Erning ayolga ajratadigan mulki (mahr) va nikoh shartnomasi (sig`a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda kelishib olinadi.
Ikkinchi va uchinchi bosqichlar - kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va to`y tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo`lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin hali balog`at yoshiga yetmagan go`dak bo`lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to`lmaguncha kechiktiriladi. Valima vaqtida sig`a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) to`lanadi.
Mana shu barcha bosqichlarda, faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut`a) hisobga olmaganda, nikoh hech qanday oqibatsiz to`xtatilishi mumkin.
So`nggi bosqich - amalda er-xotin bo`lish (nikoh). Nikoh ahdi qoidasini bo`lg`usi er yoki xotin yoxud ularning ishonchli vakillari o`qishlari lozim. Odatda nikoh ahdini arab tilida avvalo bo`lg`usi xotin, so`ng er o`qiydi. «Zavvajtuka nafsi ala–siddak al-ma`lum!» («Muayyan mahrga ko`ra o`zimni sizning jufti halolingiz deb hisoblayman»), deydi qalliq. Kuyov: «Kabiltu at-tazvij» («Nikoh ahdini qabul qildim»), deb javob qaytaradi.
Nikoh ahdini ishonchli vakillar tomonidan aytish ham shu shaklda amalga oshiriladi: uni avval kelinning, so`ngra - kuyovning vakili aytadi.
Shialarda amal qiladigan muvaqqat nikoh ham shu shaklda, faqat nikoh shartnomasi muddati ko`rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Shundan keyin nikoh amalga oshgan hisoblanadi. Nikohning zaruriy shartlariga mahr to`lash, ayolni boqish va unga uning oilasining mavqeiga qarab muomala qilish, erlik vazifalarini ado etish va farzandlarini boqish kiradi.
Nikoh ahdnomasini tuzishda shariat quyidagi to`rt shartga rioya qilishni taqozo etadi:
1. Nikoh ahdi risoladagi arab tilida talaffuz etilishi lozim. Faqat istisno tariqasida (basharti arab tilini er ham, xotin ham yoxud ularning ishonchli vakillari ham bilmasalar) nikoh ahdini boshqa tilda aytishga yo`l qo`yiladi.
2. Ahdni o`qiydiganlar (er, qalliq yoxud ularning ishonchli vakillari) balog`at yoshiga yetgan va aqli raso bo`lishlari kerak.
3. Qoidani talaffuz etishda qalliq va erning nomi aytilishi darkor.
4. Er va qalliq nikoh tuzishga rozi bo`lishlari va ularni biror kishi bunga majbur etmasligi kerak.
Islomda nikoh uchun cheklashlar juda oz, lekin o`zaro nikohdan o`tayotganlarga bir-birlariga yosh va jamiyatdagi mavqei bo`yicha mos kelishlari tavsiya etiladi.
Islom dinida nikohsizlik salbiy holat, nikoh esa har bir musulmonning burchi sifatida qaralgan. Lekin amalda nikoh shartnomasi o`ziga hos savdo bitimiga aylanib qolgan hollar oz emas. Roman nikohga kirishish uchun tomonlar, shuningdek, kelinning roziligi kerak bo`lgan (faqatgina shofiylar kelinning roziligini shart emas deb hisoblaganlar). Lekin kelinning erkini ota-ona bildirishga haqli deb hisoblaganligi sababli, nikoh shartnomasi ko`p hollarda qiz bolani sotishning berkitilgan shakliga aylanib qolgan. Aslida ota katta pul olish maqsadida qizlarining taqdirlarini hal qilgan. Muxammad (s.a.v.) Oyshani 9 yoshida o`z nikohlariga olganliklari sababli, bu yosh nikohga kirishda ayollar uchun yetarli deb tan olingan. Shialarda ma`lum muddatda tuzilgan vaqtinchalik nikohga yo`l qo`yilgan. Shariatga binoan musulmon kishi (ayol) g`ayridin yoki islomdan qaytgan kishi bilan nikohga kirishish mumkin bo`lmagan. Ushbu qoidalarni buzgan holda tuzilgan nikohlar bekor qilingan. Lekin musulmon erkak kishiga g`ayri din ayol bilan nikohga kirishishga yo`l qo`yilgani sababli, erkak kishi ayolni musulmon diniga kiritadi deb uylangan. Musulmon ayoli g`ayri din bilan nikohga kirishi taqiqlangan. Islom erkaklarga muayyan toifadagi ayollar bilan nikoh tuzishni man etadi. O`z onasi, singlisi, qaynonasiga uylanish taqiqlangan. Musulmon erkak mahram (qarindosh) ayollarga uylanishi mumkin emas. Erli xotin bilan nikoh shartnomasi tuzish taqiqlanadi. Agar bunday nikoh tuzilgan bo`lsa, shariat uni bekor qilishni talab etadi.
Qur`onda shunday deyilgan:
«22. Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari o`tgan bo`lsa (ular kechiriladi). Albatta, bu qabix, jirkanch va yomon yo`ldir.
23. Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) – bu onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan «ona»laringiz, emishgan «opa-singil»laringiz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bo`lgan xotinlaringizning qaramog`ingizda bo`lgan qizlari - jinsiy yaqinlikda bo`lmagan bo`lsangiz, sizlarga gunoh bo`lmas – yana, o`z pushti kamaringizdan bo`lgan o`g`illaringizning xotinlaridir. Ikki opa-singilni qo`shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi). Magar ilgari o`tgan bo`lsa (Alloh afv etar). Albatta, Alloh mag`firatli va marhamatli zotdir».
(Qur`oni karim, «Niso» surasi).
Agar ayol yoki erkak ehrom kiygan bo`lsa, nikoh tuzishi man etiladi.
Islomda nikoh quyidagi sabablarga ko`ra bekor qilinishi mumkin:
1) er yoki xotinning o`limi yoki islomdan chiqishi;
2) erning bedarak ketishi;
3) nikohning haqiqiy emasligi yoki noto`g`ri tuzilganligi;
4) erning xotinni taloq qilishi
Eri uch marta taloq qilgan xotin unga harom bo`ladi. Taloq (arab. - qo`yib yubormoq, ajralmoq) - shariatga ko`ra, nikohning bekor qilinishidir. Er tomonidan shu so`zning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan to`la ozod etadi. Bu holatda er tomonidan xotinga berilgan mol-mulk (mahr) xotinda qoladi, er xotinni idda muddati o`tguncha moddiy ta`minlab turishi kerak. Shariatda ikkinchi taloqdan keyin ham er-xotinni qaytadan yarashtirishga ruxsat etiladi. Uchinchi taloqdan keyin esa, shariat bunga yo`l qo`ymaydi.
Taloqdan tashqari, islomda nikohni bekor qilishning boshqa turlari ham mavjud:
- fash - er nikoh shartnomasining biron-bir shartini bajarmagan taqdirda, xotinning tashabbusiga ko`ra ajrashish; biroq er-xotin murosaga kelib yarashsa, bu ajrashish haqiqiy emas deb topiladi;
- hul`a - xotinning tashabbusiga ko`ra uzil-kesil ajrashish, bunda xotin er tomonidan o`ziga ajratilgan mol-mulk (mahr)dan mahrum bo`ladi, boz ustiga unga tovon puli - ivod to`lashi shart; ivod miqdori o`zaro kelishuvga ko`ra yoki qozi tomonidan belgilanadi;
- lian - bir-birini la`natlash, bunda er xotinini xiyonatda ayblaydi, lekin isbotlab bera olmaydi, xotin esa, erini yolg`onchilik va tuhmatchilikda ayblaydi; ajrashish uzil-kesil bo`ladi, xotin o`z mahrini yo`qotadi, er esa, bunday ajrashishdan keyin tug`ilgan bolani o`ziniki deb tan olmasligi mumkin.
Ayol eriga xiyonat qilgan bo`lsa, u eriga harom bo`lmaydi, biroq u tavba qilgandan keyin ham bunday aloqani davom ettirsa, er uni taloq qilib, mahrni qaytarib olishi lozim.

Talabalarga eslatma!


Mahr (arab.) - teng huquqli nikoh (zavoj) tuzilgan paytda er xotiniga ajratib beradigan mulk. Mahr to`lash - shunday nikohning asosiy sharti bo`lib, nikoh munosabatlari uchun xotinga to`lanadigan haq sifatida qaraladi. Mahr faqat xotinga tegishli bo`lib, xotinning eri vafot etsa yoxud eri taloq etib beva qolgudek bo`lsa, uni moddiy ta`minlagan. Ozmi-ko`pmi qiymatga ega bo`lgan va mulk huquqi joriy etilgan barcha narsa mahr bo`lishi mumkin.
Qalin (turk.) - kuyov, uning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari tomonidan kelin uchun to`lanadigan haq. Islom dinini qabul qilgan xalqlarda qadim zamonlarda yuzaga kelgan qalin to`lash odati islom-huquqiy instituti - mahr ta`sirida muayyan darajada o`zgargan va u bilan qisman mos keladi.
Islom meros huquqi asoslari Qur`onda keng tarqalgan. Islom qonunchiligida merosxo`rlarning ikkita katta guruhi mavjud bo`lib, ular:
1) asib – erkaklar, yoki erkak kishining qarindoshlari.
2) farz – ayollar yoki ayol kishining qarindoshlari.
«Farz» merosxo`rlar qatoriga barcha islom mazhablarida, boshqa merosxo`rlar sonidan qat`iy nazar, merosdan qonunda belgilangan ulushlarni olish huquqiga ega shaxslar kiradi.
Birinchi darajadagi «farz» merosxo`rlar qatoriga vafot etgan odamning ota-onasi, xotini (eri) kiradi. Marhumdan farzand qolgan bo`lsa, uning ota-onasi har biri merosning oltidan bir qismini oladi; agar marhum farzandsiz bo`lib, vorislikka uning butun shajarasi chaqirilgan bo`lsa, onasi merosning uchdan bir qismini oladi. Marhumning aka-ukalari bo`lsa, onasi merosning oltidan bir qismini oladi.
O`zidan nasl qoldirmay vafot etgan xotinga qarashli mol-mulkning yarmi uning beva qolgan eriga tegadi; marhumadan farzand qolgan bo`lsa, er merosning to`rtdan bir qisminigina olishga haqli.
Agar farzandlar bo`lmasa, xotin vafot etgan eri qoldirgan merosning to`rtdan bir qismini olishi mumkin; agar eridan farzandlar qolgan bo`lsa, xotinga merosning sakkizdan bir qismigina tegadi.
Ikkinchi darajadagi «farz» merosxo`rlar qatoriga bobolar va buvilar, aka-uka va opa-singillar, nabiralar kiradi.
Boshqa merosxo`rlar bo`lmasa, marhumning bobosi va buvisi birgalikda merosning oltidan bir qismini olishga haqli. Marhumning qizi va ota tomondan qiz nabirasi erkak jinsiga mansub merosxo`rlar bo`lmagan taqdirda merosxo`r bo`ladi, bunda yagona qiz merosning yarmini oladi, agar boshqa qizlar ham bo`lsa, ularning hammasi merosning uchdan ikki qismidan teng ulushlar oladi.
Marhumning o`g`illari va qizlari bo`lmasa, yagona qiz nabirasi merosning yarmini oladi, agar qiz nabira boshqa qiz nabiralar (singillari yoki jiyanlari) bilan birga vorislikka chaqirilgan bo`lsa, u merosning uchdan ikki qismini oladi. Agar qiz nabira meros qoldiruvchining qizi bilan birga vorislikka chaqirilgan bo`lsa, uning ulushi merosning oltidan bir qismiga kamayadi. Agar qiz nabiralar bir nechta bo`lsa, merosning oltidan bir qismi ularning o`rtasida teng bo`linadi.
Mavzuga doir huquqiy adabiyotlar va normativ - huquqiy hujjatlar:

1.A.Mansur. Qur`oni karim ma`nolarining tarjimasi. T., «Toshkent islom universtiteti» 2001


2.A.R.Raxmanov, A.R.Raxmanov. Islamskoye pravo. T.2003. “Yangi asr avlodi”
3.B.Al-Marg`inoniy. Hidoya 1-jild. «Adolat» 2001
4.«Al-Xidoya». Kommentariy musulmanskogo prava 1-tom. T., «O`zbekiston» 1994
5.SH.A.Juzjoniy. «Islom huquqshunosligi» T., 2002
6.A.X.Saidov. Osnovi musulmanskogo prava. T., 1994. 150.b
7.Zohidiy A. Turkistonda o`rta asr arab musulmon madaniyati. T.: «Fan», 1993 U. ibn Mas`ud. Muxtasar. T.: 1994
Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish