DIDURAGAY CHATISHTIRISH VA UNGA DOIR MASALALAR YECHISH
REJA:
Diduragay chatishtirishda belgilarning to’liq holda irsiylanishi
Diduragay chatishtirishda belgilarning oraliq holda irsiylanishi
Diduragay chatishtirishning sitologik asoslari
Diduragay chatishtirishga doir masalalar yechish
Mendel o’z tajribalarida no’xatning faqat bir turg’un belgisi bilan
farqlanadigan xillarini emas, balki ikki, uch belgisi bilan tafovut qiladigan
xiUarini ham chatishtirgan va ulardan hosil bo’lgan duragay avlodlarida
belgilarning irsiylanishini o’rgangan. Odatda ikki muqobil belgisi bilan
farqlangan ota-ona organizmlaming chatishishidan olingan duragaylami
diduragay deb ataladi.Mendel o’z tajribalarini biinda doni sariq, tekis va yashil, burishgan
belgili no’xat navlarini bir-biri bilan chatishtirdi. Chatishtirish natijasida
olingan F, duragaylaming hammasida donlar sariq rangli va tekis ekanligi
ma'lum bo’ldi. Demak donning sariq rangi yashil rang, tekis formasi
burishgan formasi ustidan dominant ekanligi ma'lum bo’ldi. F, avlod
duragaylar o’z-o’zi bilan chatishtirilganda ulardan hosil boigan ikkinchi
avlodda ota-onaga o’xshash, ya'ni donisariq tekis, doni yashil burishgan
no’xatlar bilan bir qatorda, doni sariq burishgan, doni yashil sirti tekis
boigan o’simliklar hosil boidi.To’rtta fenotipik sinflaming miqdoriy
nisbati 9 sariq tekis : 3 sariq burishgan : 3 yashil tekis : 1 yashil burishgan
ekanligi aniqlandi. Agar biz diduragaylardagi ikki xil belgining har birini
alohida-alohida o’rgansak, u holda doni 12 sariq : 4 yashil, 12 tekis : 4
burishgan ekanligini ko’ramiz. Demak ayrim belgilar bo’yicha xuddi
monoduragaylardagidek F2 da dominant belgining retsessiv belgiga boigan
nisbati 3:lga teng. Bu o’z-o’zidan diduragaylardagi bir belgi ikkinchisiga
tobe boimagan, balki alohida-alohida irsiylanishidan dalolat beradi (19-
rasm). Diduragaylardagi olingan natijalami xulosalab, Mendel uchinchi -
belgilarning mustaqil holda irsiylanish qonunini ixtiro etdi.
Bu qonunning mohiyati organizmning bir juft belgilari uning boshqa
juft belgilariga bog’liq bo’lmagan holda, mustaqil irsiylanishini bildiradi.
Shunga ko’ra ikkinchi avlodda ota-ona belgilarini o’zida mujassamlashtirgan
o’simliklardan tashqari, bir belgini changchi o’simlikdan, ikkinchi belgini
urug’chi o’simlikdan olgan duragaylar paydo bo’ladilar. Ya'ni F2da dastlabki
changchi va urug’chi belgilarining yangi kombinatsiyalari: doni sariq sirti
burishgan va doni yashil sirti tekis formalar hosil bo’ladi. Bunday yangi
formalarni hosil boiishiga kombinativ o’zgaruvchanlik deyiladi.
Endi duragaylarning genotipini tahlil qilishga o’tamiz. Monoduragaylar
bilan tanishganda Mendel donning sariq rangini A alleli, yashil belgisini
a alleli bilan ifoda qilganining shohidi bo’ldik. Tabiiy ravishda alfavitda A
harfidan keyin B keladi. Shuni e'tiborga olgan holda Mendel no’xat donining
tekisligini B alleli, burishganligini b alleii bilan ifodalaydi.
Belgilarning irsiylanishini o’rganish uchun tanlangan ota-ona organizm
odatda genetik jihatdan sof, ya'ni gomozigota holatda boiishi kerak.
Binobarin, chatishtirishda qatnashgan doni sariq sirti tekis no’xat o’simligi
genotipi AABB, yashil burishgan donlilarniki esa aabb bo’ladLU holda
urug’cha, chanchi o’simliklardan AB va ab gametalar hosil bo’ladi. Pennet katagidagi o’xshash zigotalarni jamlasak, u holda F2 dagi genotipik
fenotipiksinflar tubandagi ko’rinishda bo’ladi:
Genotipik sinflar Fenotipik sinflar 9ta doni sariq,tekis bo‘lgan o‘simlik 3ta donisariq,burishgan o‘simlik 3ta doni yashil,tekis o‘simlik 1ta doni yashil burishgan o‘simlik
Fenotipiksinflarni belgilashda qisqartirish uchun o’xshash fenotipli
gomozigota va geterozigota formalarni fenotipik radikallar holida yozish
mumkin. Masalan A-B- fenotipik radikali ostida 4 xil genotip:AABB,
AAB6,AaBB, AaBb bo’ladi, chunki ulaming fenotiplari o’xshashdir.
Shunday qilib belgilarning to’liq irsiylanishida diduragaylarda 9 xil
genotipik, 4 xil fenotipiksinf kuzatiladi.
2.Diduragay chatishtirishda belgilarning oraliq holda irsiylanishi
Agar chatishtirish uchun olingan duragaylaming dominant belgilari
to’liq emas, oraliq holda irsiylansa, ulaming ikkinchi avlodida genotipik
va fenotipik sinflar o’xshash 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda bo’ladi. Buni biz
g’o’zaning poyasi, barglari qizil (q), tolasi malla (m) bo’lgan o’simlik
bilan poyasi, barglari yashil (ya), tolasi oq (o) bo’lgan xillarini
chatishtirganda ko’rishimiz mumkin.
|
AB
|
Ab
|
aB
|
ab
|
AB
|
AABB
Qizil malla
|
AABb
Qizil novvotrang
|
AaBB
Oraliq malla
|
AaBb
Oraliq novvotrang
|
Ab
|
AABb
Qizil novvotrang
|
AAbb
Qizil oq
|
AaBb
Oraliq novvotrang
|
Aabb
Oraliq oq
|
aB
|
AaBB
Oraliq malla
|
AaBb
Oraliq novvotrang
|
aaBb
Yashil malla
|
aaBb
Yashil novvotrang
|
ab
|
AaBb
Oraliq novvotrang
|
Aabb
Oraliq oq
|
aaBb
Yashil novvotrang
|
aabb
Yashil oq
|
Diduragaylar ikkinchi avlodining ayrim belgilari ya'ni poya va barg
ranglari yoki tola rangi bo’yicha alohida-alohida tahlil qilsak, u holda
poya, bargi qizil rangdagi o’simliklar 4/16, poya, bargi oraliq holda
bo’lgani 8/16, poyasi, barglari yashil formalar 4/16 ni tashkil etadi.
Tolaning rangi ham shu singari xihna-xillik beradi. Diduragaylarning 4/
16 malla, 8/16 novvotrang, 4/16 oq tolahdir. Binobarin har ikki belgi
1:2:1 nisbatda xilma-xillikni hosil qiladi. Bu diduragaylarning ikkinchi
avlodidagi belgilarning xilma-xilligi monoduragaylarning F2 (1:2:1)
kvadrati ekanligini shohidi bo’lamiz.
3.Diduragay chatishtirishning sitologik asoslari
Mendel hujayrada xromosomalar borligini, xromosomalar sonini ikki
marotaba kamayishiga sababchi bo’lgan meyoz bo’linish mavjudligini
bilmagan.
M e n d e 1
tadqiqotlaridan
ancha keyin har bir
juft belgini hosil
qiluvchi genlar
gomologik xromo-somalarning o’xshash nuqtalarida joylashganligi,
meyoz jarayonida gomologik
xromo-somalar gameta-larga
taqsimlanishi ma'lum bo’ldi.
Har bir jinsiy hujayraga
gomologik xromosomalar
juftidan faqat bittasi tarqaladi.
Modomiki shunday ekan u holda no’xatning don rangini belgilovchi A
(sariq) va a (yashil) genlar bir juft gomologik xromosomalarda, donning
tekis (B) va burishgan (b) bo’lishini ta'minlovchi genlar ikkinchi juft
xromosomalarda joylashgan bo’ladi. Tushunishni osonlashtirish
maqsadida no’xat donining rangini belgilovchi AA va aa allellar
joylashgan gomologik xromosomalarni tayoqchasimon shaklda, no’xat
doni tekisligi (BB) va burishganligi (bb) allellari joylashgan gomologik
xromosomalarni yumaloq shaklda ifodalaymiz. Urug’chi organizmidan
o’tgan xromosomalar bo’yalgan holda, changchi organizmidan o’tgan
xromosomalar bo’yalmagan holda ifodalanadi (20-rasm).
Meyoz bo’linish natijasida har bir gomologik xromosomalar juftligidan
gametalarga bittadan allel tarqaladi. Urug’lanish jarayonida urug’chi
changchi gametalar qo’shilgach zigotada AaBb genlar ikkita
tayoqchasimon, ikkita yumaloq xromosomalarda joylashgan bo’ladi. F,
duragaydan meyoz bo’linishda to’rt xil gameta rivojlanadi. Chunki bu
gametalarda changchi va urug’chi gomologik xromosomalari turli ha
kombinatsiyalar hosil qiladi. Natijada F2 xromosomalarda joylashgan genlarning 16 xil kombinatsiyasi namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, XX asrning oxirida hujayraning mitoz, meyoz bo’linishi,
o’simlik va hayvonlarda urugianish tafsilotlari aniqlangach nemis biologi
A.Veysman ana shu ma'lumotlarga asoslanib irsiyatni avloddan-avlodga
berilishi xromosomalarga bogiiq degan mulohazani ilgari surdi. Bu
mulohazaning to’g’riligini 1902 yili Germaniyada T.Boveri, AQShda
U.Setton o’z tajribalari orqali tasdiqladilar, ya'ni ular irsiy omillarni
gametalarga tarqalishi haqidagi Mendel mulohazalari bilan meyoz bo’linishda
gomologik xromosomalarning gametalarga tarqalishi o’rtasida aynan
o’xshashlik borligini ta'kidladilar va gametalar soflik farazini to’g’riligini
tsitologiya fani dalillari asosida isbotladilar.
1-MASALA: Quyidagi genotipga ega o`simliklar qanday xil gametalar hosil qiladi : a) AaVVSs b) aaVvSs v) AaVvSs g) AaVVSsDD
Masalani yechish tartibi: Masalada 3 ta triduragayli va 1 ta tetraduragayli genotip berilgan. Yuqorida monoduragay chatishtirishda 2 xil gameta 21 = A diduragayda 4 a xil gameta yeki 22 =AV , triduragayda av 8 xil gameta yoki 23 =AVS hosil bo`ladi avs deyilgan edi. Lekin, masalaning a va b qismlaridagi genotiplarda bittadan genlar gomozigota (VV va aa) formada bo`lgani uchun 4 tadan gameta: a) AVS, AVs, aVS, aVs va b) aVS, aVs, avS, avs hosil bo`ladi. Masalaning v qismidagi genotipdan 8 xil ( AVS, AVs, AvS, Avs, aVS, aVs, avS, avs) gameta hosil bo`ladi. Masalaning g qismidagi tetraduragaylar 16 xil gameta yoki 24 = AVSD hosil bo`lishi kerak edi, ammo avsd genotipdagi ikki gen (VV va DD) gomozigota formada bo`lgani uchun 4 ta gameta ( AVSD, AVsD, aVSD, aVsD) hosil bo`ladi.
2-MASALA: Ikkita AaVvSs genotipli triduragaylar bir-biri bilan chatishtirildi. A, V va S genlar o`zlarining allellari ustidan dominantlik qiladi. a) shu triduragaylardan qancha gameta va tip hosil bo`lishini.
b) G`1 da fenotip bo`yicha qanday ajralish ro`y berishni.
v) olingan naslning qancha qismida uchta dominant va uchta resessiv gen bo`lishini aniqlang.
MASALANI YECHISH TARTIBI
Masalani yechishda duragaylar genotipik ( AaVvSs) uch belgi bo`yicha geterozigotali, ya`ni trigeterozigotali ekanligiga e`tibor berish kerak, shu nuktai nazardan maslaning a punktini yechadigan bo`lsak , gametalar xillari 2p formulasi bilan topiladigan bo`lsa va chatishtirilayotgan genotiplar 3 xil belgi bilan farq qilayotgan bulsa , ota va ona formasining har biridan 23=8
xil gameta ( AVS, AVs, AvS, Avs, aVS, avS, avs) hosil bo`ladi. Fenotip bo`yicha klasslar soni 23= 8 ta (27:9:9:9:3:3:3:1) bo`ladi. Bu sonlar (3:1) (3:1) (3:1) ni ko`paytirishdan kelib chikadi. Genotip bo`yicha ajralish 33= 27 ga teng bo`ladi. Bu son monoduragay chatishtirishdan olingan 1:2:1 genotipik ajralishi (1:2:1) (1:2:1) (1:2:1) o`zaro ko`paytirishdan olinadi. Masalaning b punktini yechish uchun chatishtirish natijasini Pennet katakchasiga solib hisoblab chiqiladi. Natijada uchta dominant genli 27 ta genotip va uchta resessiv genli 1 ta genotip olinadi.
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR
1. No`xat donining sariq belgisi (A) yashil (a), silliqligi (V) burishganligi (v), gultojibargining qizilligi (S) oqligi (s) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipli organizmlardan qanday gametalar olish mumkin?
1) AAVVSS; 2) AaVVSS; 3) AAVvSS; 4) AaVvSS; 5) AaVVSs; 6) Aavvss; 7) AaVvSs; 8) AavvSs. 2. Quyidagi genotipli organizmlarning fenotipini aniqlang. AaVvSs; AaVvss; Aavvss; Aavvss; aaVvSs; aaVvss; aavvSs; aavvss.
3. Quyidagi genotipga ega formalarni chatishtirish natijasida hosil bo`lgan no`xatlarning fenotipini aniqlang. 1) AaVvSs x aavvss, 2) AaVvSS x aaVVSs, 3) AAVVSs x AaVvSS, 4) AAvvSS x aaVvSs, 5) aavvSS x AavvSs
4. Quyidagi genotipli organizm qanday gametalar hosil qiladi ? 1) AaVvSsDd; 2) AaVvSsDdEe 5. Agar AaVvSsDd genotipga ega duragay bilan aavvssdd forma chatishtirilsa, u holda: a) duragaydan necha xil gameta olish mumkin; b) ularning nechtasi 4 ta dominant; v) nechtasi 4 ta resessiv
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR 1. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A) noksimon shaklidan (a), qizil rangi (V) sariq rangi (v) ustidan dominantlik qiladi. Tubandagi genotipli pomidorlar mevasining shakli va rangini aniqlang. a) AAVV; b) AaVV; v) aaVV; g) AAVv; d) AaVv; ye) Aavv; j) aavv
G`o`zaning hosil shoxi cheklanmagan (S) va cheklangan (s), gultojibarglari sariq-limonrang (Y) va och sariq (u) bo`ladi.
Quyidagi genotipli o`simliklardan qanday gametalar hosil bo`ladi ? a) SSuu x ssUU; 6) SsUu x SSUU; v) SSUU x ssuu. Genotiplari quyidagicha bo`lgan o`simliklarning fenotipini aniqlang. a) SSYY x SSYy; 6) SsYy x ssUU.
No`xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kalta poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, G`1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojibargli, G`2 da 720 ta o`simlik hosil bo`ladi:
a) G`1 necha xil genotipga ega bo`ladi? b) G`1 da necha xil gameta hosil qiladi? v) G`2 dagi o`simliklarning nechtasi uzun poyali, qizil gultojbargli bo`ladi? g) G`2 dagi o`simliklarning nechtasi uzun poyali, oq gultojbargli bo`ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |