O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI DI-11-20________GURUH TALABASINING
MA’LUMOTLAR TUZLIMASI VA ALGORITMLAR FANIDAN
LABORATORIYA ISHI
Bajardi: Abdurahmonov Shahzod_____________________ Qabul qildi: Olmos Begulov, Akbar Bahriddinov_____
QARSHI-2021
2-laboratoriya mashg‘ulot Mavzu: Ma'lumot qidirish va saralash algoritmlari Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya ishining maqsadi talabalar qanday saralash usullari va algoritmlari mavjudligini va ularning samaradorliklarini baholashni o‘rganishlari kerak. Shu asosda saralash usullarini qiyosiy tahlil qilishlari va ularga oid dasturlar tuzishni o‘zlashtirishlari kerak.
Qo‘yilgan masala:Talabalar topshiriq variantiga mos saralash usuli yordamida masalani yechish dasturini yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqnitp algoritmini ishlab chiqish;
Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo‘yicha massiv ma’lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topish yoki bunday ma’lumot yo‘qligini aniqlashdan iborat.
Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo‘lishi, ya’ni mazkur kalitga ega ma’lumot jadvalda yagona bo‘lishi mumkin. Bunday noyob kalitga boshlang‘ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga yig‘ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan argument bo‘yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli ma’lumotni jadvaldan topish yoki yo‘qligini aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli ma’lumot yo‘q bo‘lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin:
Ma’lumot yo‘qligini indikatsiya qilish(belgilash)
Jadvalga ma’lumotni qo‘yish.
Faraz qilaylik, k – kalitlar massivi. Har bir k(i)uchun r(i) – ma’lumot mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informatsion yozuv mos qo‘yiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvning bir necha turlari mavjud.
24. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan. a ni A massivga shunday qo‘shingki, tartiblanganlik buzilmasin
#include
using namespace std;
int arraySortedOrNot(int arr[], int n)
{
if (n == 1 || n == 0)
return 1;
if (arr[n - 1] < arr[n - 2])
return 0;
return arraySortedOrNot(arr, n - 1);
}
int main()
{
int arr[] = { 20, 23, 23, 45, 78, 88 };
int n = sizeof(arr) / sizeof(arr[0]);
if (arraySortedOrNot(arr, n))
cout << "Ha\n";
else
cout << "Yo'q'\n";
}