Demokratik jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari
Reja:
1. O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar.
2. O’zbekiston xududida dunyoga kelgan davlatchilik boshqaruv negizlari. (IX-XIXasrlar).
3. I. A. Karimov Yangi mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti.
4. O’zbekistonning davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
Jamiyat hayotida shunday hodisalar yuz berishi mumkinki, ular asta-sekinlik bilan kundalik turmush mavjlaridan qudratli to’lqinlarga, mayin shabadalardan bo’ronlaru shaddatli davullarga aylanadi. Erk va mustaqillik uchun kurash o’tmishda Turon zaminda bir lahza ham tingani yo’q. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishida so’zlagan nutqida “O’zbek millati azaldan o’z fikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh” – deb ta‘kidlaydi (I. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom, 1996 yil, 92-bet). Miloddan avvalgi 104-101 yillarda Xitoy istilosini, yoki V asrda eftalitlar bosqinini, Eron shohlarining, Yunon-Makedon imperatorlarining, arablar va tatar-mo’g’illarining istilochilik harakatlarini yodga olish buning uchun kifoyadir. Masalan. Kayxusraf boshchiligidagi Eron bosqinchilariga qarshi To’maris tomonidan ko’rsatilgan martlik, Shiroqning Turon eliga bostirib kelgan Doro qo’shinlarini aql-idrok ishlatib yenganligi, Aleksandr Makedonskiyga qarshi Spitamenning olib borgan kurashi asrlardan-asrlarga o’tib tillarda doston bo’lib kelmoqda.
Tarixning guvohlik berishicha Turkiston o’lkasida bir yarim ming yillik o’tmishi mobaynida bor yo’g’i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo’lgan, boshqa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko’rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishining hamma bosqichlarida turli shakllardagi bo’linishlariga, uning xalqi o’zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitishlarga duchor bo’lgan (qarang: O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. MA‘ruzalar matni. 2001 yil. 15-bet).
Milliy mustaqillik uchun olib borilgan hayot-mamot janglari chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan keyin ham davom etdi. Turkistonga qiziqish rus davlatida Pyotr 1 hukmronli davridayoq boshlangandi. Chor istilochilari Turkiston yerlarini egallash uchun har qanday vahshiylik va qotillikdan tap tortishmagan. Qonxo’r general Skobelev o’zining bosqinchi harbiy guruhi bilan 1881 yilning 12 yanvarida Ko’ktepada 22,5 mingdan ziyod begunoh turkman, qozoq, o’zbek, qirg’izlarni vahshiyona chopib tashlaydi. Bunday vahshiyliklar uning tomonidan Andijonda bo’lib, to’plar otish natijasida 3 mingga yaqin odam vayronalar ostida qolib ketgan.(Majid Hasaniy. Turkiston bosqini. T. 1992 yil 11-12 betlar).
Turkiston Rusiya tomonidan bosib olinib, mustamlakaga aylanishi bilan unga nisbatan zo’ravonlik siyosati, iqtisodiy, siyosiy, harbiytazyiqlar boshlangan edi. Mamlakatimiz, xalqlarimiz ko’rmagan zulm, chekmagan azob-uqubat qolmadi. Mahalliy xalq uchun mustaqillik o’tmishga aylana boshladi. Fitrat bu haqda o’zining “Yurt qayg’usi” she‘riy to’plamida “Ko’rdim, kezdim, eshitdim, o’qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo’qdir”, - deb yozgan edi. (SHarq yulduzi. 1992 yil 4-son, 181-bet).
Qizil imperiyaning tajovuzkorona siyosati 70 yildan ko’proq vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan so’kila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ham, odamlar hatti-harakatini ham boshqarib bo’lmaydigan holat vujudga keldi. Milliy mustaqillik yo’lida olib borilgan qo’zg’olonlardan eng kattasi 1898 yil 18 mayda Andijonning Mingtepa (hozirgi Marhamat tumanida Muhammad ali xalfa Sobir o’g’li –Do’kchi Eshon rahbarligida bo’ldi. Tarixlarda aytilishicha bu qo’zg’olon chor mustamlakasiga qarshi ko’tarilgan 4 mingdan ortiq qo’zg’olonlardan biridir. Bu qo’zg’olon bugun Farg’ona vodiysini qamrab oldi vat yezda Quva, Asaka, Shahrixon, O’sh, Marg’ilon, Namangan shaharlariga ham yoyildi. Ularning maqsadi o’lkadan rus bosqinchilarini batamom haydab chiqarib, mustaqillikka erishish, xalqni zulmdan ozod etish, avj olib ketgan axloqsizlikka chek qo’yish, oyoq osti qilingan shariat qonunlari, milliy urf odatlarimiz va qadriyatlarimizni tiklashdan iborat edi. Mag’lubiyatga uchragan bo’lishiga qaramasdan, Andijon qo’zg’oloni Turkistonning barcha tomonlariga kuchli aks-sado berdi. Chor amaodorlarini dovdiratib qo’ydi.
Mustabit tuzumining ildiziga bolta urdi.
Tariximizning milliy uyg’onish davri deb atalgan 1865-1929 yillarda Vatan va millatni anglash, mustaqillik uchun kurashish eng muhim masalalardan bo’lib turgan edi. Xususan, jazidlar nomi bilan tarixga kirgan fidoyi otalarimiz bu borada katta shijoat ko’rsatdilar.
Darvoqe, bundan rosa bir yuzu o’n yil muqaddam, 1895 yilda Yevropa doyalik qilgan kapitalizimni ham, sotsializmni ham atroflicha tahlil qilib, har ikkisini baravar rad etgan va uchinchi bir yo’lni tavsiya qilgan jadidchilik harakatining buyuk karvon boshisi Ismoilbek G’askrali shunday deb yozgan edi: “Yevropa bir keksa choldir, tajribasi ko’pdir. Ulug’ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan o’rganamiz, lekin xatolarini takrorlamaymiz. Maktablarini, universitetlarini bizlar ham quramiz. Ammo aqllarimizni qancha yoritsak, yuraklarimizni shunga “haqqoniyat” bilan to’ldirmoqqa harakat qilamiz. Yevropada nimani ko’rsak, yosh boladek ko’tarib chopmaymiz. Esli-hushli insonlardek “bu nimadir?” “oqibati nima bo’ladi?” Vijdon va haqqoniyatga uyg’unmi? Deya aql tarozisiga tortib olamiz. Ovrupo madaniyati mulohazasiz qabul qilinaverish mumkin bo’lgan bir narsa bo’lsa edi, bu madaniyatga Ovruponing o’z vorisi dushman bo’lmas edi”. (Vatan va millat muqaddasdir. T. 1996 yil, 7-bet).
XX asr boshlarida zulm ostiga qolgan xalqimizning ijtimoiy faollikka undovchi, milliy istiqlolga kuch berishi uchun, mashhur ma‘rifatparvar Ismoilbek Gasparalining Qirimdan Turkistonga kelishi, Buxoro Amiri bilan uchrashish natijasida 1895 yilda jadid maktablarini tashkil etish davri-Buxoroda Jo’raboy, Samarqandda A. Shakuriy, S. Aziziy, Mulla Qilich, Toshkentda Munavvar Qori, A. Avloniy, Qo’qonda Hamza, Namanganda Ibrat, So’fizoda va boshqalar ochgan jadid maktablari o’lkamizni qoloqlik va zulmdan qutqarmoq uchun avvalo ma‘rifiy-madaniy ishlarni tomir ottirib, keyinchalik xalqni katta kurashga yetaklamoqchi bo’ldilar. Chunki ularning fikricha har qanday davlatning 5 tayanch nuqtasi bo’lgan: siyosat, harbiy, iqtisod, madaniyat, matbuot (SHarq yulduzi, 1992 y, 4-son, 184-bet).
Aytish mumkinki, qizil imperiya va kommunistik mafkura asrimizning 80 yillariga kelib, o’z kelajagining unchalik ham yorug’ emasligini, uzoqqa bormasligini payqay boshladi. Endi u cho’g’ ustida o’tirgan odamdek o’zini har tarafga tashlashga, bu taxliqali va oxir oqibati noma‘lum istiqbol qarshisida qandaydir yo’l topish talvasasiga tushib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, sovet tuzumi o’z haqini, insoniy sha‘ni va yashash huquqini talab qila boshlagan odamlarning qudratli to’lqiniga duch kelgan, bu to’lqin uni g’arq qilib yuborishi hech gap emas edi. Shu bois u cho’kyotgan kimsa kabi “xasta ham, hashakka ham yopisha boshlagan” bir holatda edi. Ana shu harakatlarning sifatida Gorbachovcha “ qayta qurish” siyosati dunyoga keldi.
Bir qarashda, qayta qurish siyosati mamlakatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning haq-huquqlari va erkinliklarini kengaytirish borasida ma‘lum darajada ijobiy siljishlarga olib keldi. Biroq, bu asl manzaraning tashqi ko’rinishi edi, xolos.
Bu sirti yaltiroq, ichi qaltiroq jamiyatda oynaning teskari, ammo haqiqiy tomoni ham bor edi. Bunda eng oddiy haqiatlarni ochiqdan-ochiq tan olmaslik, ashaddiy va ehtirozli siyosiy o’yinlar, turli kichik xalqlarni xona vayron qiluvchi hiyla-nayranglar kuchayib borar edi.
Ikkinchidan, hokimiyatning eng baland kurslarini egallagan kishilarda aniq dasturlar, mamlakat istiqbolini belgilaydigan, uni tanazul botqog’idan olib chiqishga qodir bo’lgan siyosiy iroda, ma‘naviy qudrat, ichki madaniyat va donishmand davlat arboblariga xos muhim fazilatlar yetishmadi. Bularning bari butun mamlakatda siyosiy-ma‘naviy muhitni loyiqalatib yubordi. Ana shu nayrangbozlikning fojiali mahsuli sifatida Gruziyada Tibilisi voqealari, Ozarbayjon va Armanistonda Tog’li Qorabog’, Qirg’izistonda O’sh, O’zbekistonda esa avval “paxta ishi”, so’ngra Farg’ona, Andijon, Guliston, Bo’ka va Parkent voqealari yuzaga keldi.
O’zbekistonda qaror topgan siyosiy ma‘naviy muhit SSSR doirasiga kirgan boshqa respublikalarga nisbatan ancha jiddiy, tahlikali, besaramjon va ziddiyatli edi. Buni nimalarda ko’rish mumkin: Birinchidan, Kremlning qo’lida qo’g’irchoqqa aylanib qolgan mustaqil fikrga ega bo’lmagan, o’z millatimizdan chiqqan munofiqlar butun O’zbekistonni xonavayron qilishdi. Butun o’zbek xalqini poraxo’r, laganbardor, o’g’ri va muttaham qilib ko’rsatishdi. Natijada yuzlab tajribali va yetuk, mamlakat ravnaqiga chinakamiga ta‘sir ko’rsata oladigan rahbarlar qasddan yo’q qilindi. “paxta ishi” keyinroq ataylab “o’zbek ishi”ga aylantirilib xalqimizning milliy nafsoniyatini toptash yo’lga o’tildi. 1984 yil 6 iyundan 1998 iyunga qadar Gdlyan va Ivanovlar boshchiligidagi tergovchilar guruhi 58 ming kishini har xil uydirma bo’htonlar bilan ishdan olib tashlaganlar. Ularning ko’pchiligi rahbar kadrlar edi. (Pravda Vostoka. 1988 yil 17 sentyabr) oqibatida butun respublikamizda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Odamlarning ko’ngli jamiyatdan ham siyosatdan ham sovidi, ular sarosima va taxlikada yashaydigan bo’ldilar. Ikkinchidan, o’zlarini millatparvar va vatanparvar qilib ko’rsatadigan sohta demokratlar O’zbekistonda ham paydo bo’lib ular undoq ham tang ahvolda yashayotgan ahvolining kundalik hayotidagi yetishmovchiliklardan unumli foydalanib qolishga intilar edilar. Ularning maqsadlari iqtisodiy va ijtimoiy muammolar gprdobida gangib qolgan xalq o’rtasida norozilik keltirib chiqarish vash u yo’l bilan ularni hukumatga qarshi oyoqqa turg’azish, turli xildagi isyon va nizolarni vujudga keltirish yo’li bilan hokimiyatni egallash edi.
Bunday soxta xalqparvarlarining SSSRning turli burchaklarida homiylari, maslahatchilari, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchilari bor edi. Ular zarur bo’lib qolganda moddiy, ham ma‘naviy, kerak bo’lib qolganda esa, jismoniy va harbiy jihatdan ham yordam berishga tayyor edilar. Har ikki tomon faollari mamlakatning olovi nuqtalarida, muammolar to’planib qolgan joylarda, aholini asablar nisbatan taranglashib, irodasi sinib qolgan joylarda izg’ib yurishar edi. Minglab odamlarni o’zlariga ergashtirib ko’cha-kuylarda, madonlarda norozilik mitinglari uyushtirishardi. “Birlik” xalq harakati, “Erk” demokratik partiyasi huddi ana shu nomaqbul va ayni paytda mamlakat hayoti uchun ham xalq hayoti uchun hatarli bo’lgan yo’lga turishdi.
Uchinchidan, Sharof Rashidov vafotidan so’ng hayot paytida uning etagini tutib sig’inib yurgan ayrim noqobil va sotqin shogirdlar bu atoqli rahbarning obro’sini to’kish orqali mamlakatda norozilikni kuchaytirish, odamlarni chalg’itish, ularning ruhiyatini singdirish, millatni bo’lib tashlash maqsadida hech narsadan toyishmadi. Jumladan, ba‘zi tumanlar, viloyatlar va turli vazirliklarni qo’shib yuborish orqali ana shu niyatlariga yetmoqchi bo’lishdi.
To’rtinchidan, aholi zich joylashgan, moddiy jihatdan qator yetishmovchiliklar qurshovida qolgan mantaqalarda millatlararo nozilarni keltirib chiqarish va shu yo’l bilan aholini asosiy maqsad va yo’nalishlardan chalg’itib, o’z hukumdorligini saqlab turishga intilgan Kreml Respublikamiz o’sha paytlardagi raxbariyatini noshutligidan ustamonlik bilan foydalandi. Yurtimizda vujudga kelgan turli xildagi tangliklar, jumladan Mesxiti turklarining o’z tarixiy vataniga qaytishdek adolatli talablari yuzasidan kelib chiqqan noroziliklar qonli to’qnashuvga olib keldi.
Beshinchidan, kommunistik mafkura arboblarining islom diniga qarshi kurashi yanada keskinlashdi. U bid‘at va xurofot sifatida qoralandi. “Din - af‘yundir” degan shior odamlar qalbini jarohatladi. Biroq iymon va e‘tiqodi kuchli bo’lgan xalqimizning asosiy qismi yuragida dinga munosabat o’zgarmadi, uni asrab-avaylab yurdi. Namangan, Andijon, Farg’ona va Toshkentda turli tuman mitingbozliklarni avjiga oldirib, dindan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga uringan ayrim aqidaparaslarni niqobi yirtildi.
Ikkinchi savl: Ana shunday og’ir va ziddiyatli bir paytda I. Karimov hokimiyat tepasiga keldi. U o’zi rahbar etib saylangan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo’mitasi Plenumining 1989 yil 23 iyundagi yig’ilishidayoq o’z pazitsiyasini aniq va ravshan ko’rsatib berdi. U birinchi navbatda Respublikada barqarorlikni ta‘minlash orqali hayotiy ehtiyojlarni qondirish yo’lini tutdi. I. Karimov mamlakat rahbarligiga saylanganidan boshlaboq xalqqa suyandi, uning tashvish va iztiroblari bilan yashadi. Aholi ruhiyatiga ta‘sir qiladigan, uni ma‘naviy jihatdan qo’llab-quvvatlaydigan, o’zligini anglashga yordam beradigan usullarni ishlab chiqdi va hayotga tadbiq qildi.
Bugungi kunda sobiq Ittifoq doirasidan ajralib chiqqan mamlakatlar o’rtasida O’zbekistonning eng barqaror rivojlanayotgan mamlakatga aylanganligini jahon jamoatchiligi, siyosatdonlari va yirik davlat arboblari tomonidan zo’r qiziqish bilan o’rganilayotganligining boisi Prezident I. Karimovning o’z zamondoshlari va safdoshlaridan keskin farq qiladigan jihatlaridir. Xo’sh, bu jihatlar nimalarda ko’rinadi?
Birinchidan, mamlakat taraqqiyoti va xalq manfaati uchun zarur bo’lgan eng muhim masalalarni tez ilg’ab olishda va ularni o’z vaqtida hal etishga kirishishga. Ikkinchidan, mamlakat va xalq manfaatiga zid bo’lgan har qanday voqealarga hamda xodisalarga keskin qarshi turishida. Uchinchidan, har qanday “zamonaviy” yo moda tusini oladigan siyosiy o’yinlarga o’z vaqtida chek qo’yish, barqarorlikni saqlab turish uchun butun imkoniyatini ishga solishda. To’rtinchidan, omma fikrini, diqqat e‘tiborini bir nuqtada jamlab, davlat siyosatining naqadar to’g’ri va asosligiga ishontira olish qobiliyatida.
Respublikaning kelajagi uchun qo’yilgan yana bir tarixiy muhim qadamlardan biri sobiq ittifoqda birinchilardan bo’lib 1990 yil 24 martda (12 chaqiriq Oliy sovetining 1-sessiyasi) O’zbekistonda Prezdentlik boshqaruvini ta‘sis etish to’g’risida qaror qabul qildilar. Sessiya yakdillik bilan I. Karimovni O’zbekiston SSRning Prezidenti etib saylash to’g’risida qaror qabul qildi.
I. Karimov SSSR hukumati barcha milliy respublikalarga kundan-kunga taziyiq va zo’ravonlikni oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug’um o’tkazayotgan bir paytda prezidentlik boshqaruvini tashkil etib, vazminlik va qat‘iyatlik bilan O’zbekiston mustaqilligiga dastlabki poydevorni qo’ygan edi. Chunki prezidentlik boshqaruvining eng asosiy tamoyili mustaqillik istagini zarurat darajasida anglash o’zgaga bosh egmaslik, o’z taqdirini o’zi belgilash, barcha davlatlar bilan teng huquqli munosabatda bo’lish, dunyoga o’zligini tanishtirishdir, ana shunday og’ir va qaltis ishni amalga oshirish, bir jihatdan, Karimovning favqulodda jasorati va jur‘atidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, uning nihoyatda mutafakkir va o’tkir siyosatchi ekanligini ko’rsatadi.
Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli Monarxiya va Respublika shakllari mavjud. Respublika, o’z navbatida parlamenta rva prezidentlik respublika ko’rinishlariga ega. Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. 1995 yilgi ma‘lumotlarga ko’ra BMTga a‘zo 186 davlatdan 140 tasida prezident lavozimi mavjud bo’lib ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSH, Frantsiya, Argintina, Braziliya, Meksika, Rossiya federatsiyasi va boshqalar.
Prezidentlik respublikasining Parlamentar respublikasidan farqi shundaki, prezident xalq tomonidan saylanib, davlatning va ijroiya hokimiyatining boshlig’i hisoblanadi, hukumat prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa, Parlament ya‘ni, oliy vakillik, qonun chiqaruvchi idora, Prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o’ziga itoat ettiradi (qarang: Mustaqillik izohli ilmiy – ommabop lug’at. T. 1998 yil, 41 bet).
Uchinchi savol: Agar dunyoda Biron-bir muqaddas, adabiy va hayotiy tuyg’u bo’lsa bu har bir xalq hamda millatning milliy ongidir, milliy o’zligini anglashidir. Milliy o’zligini anglashning birinchi belgisi, milliy tildir. Til birligi, millatning millat bo’lib shakllanishida eng muhim shartlardan biridir. Til bo’lmasa el ham, millat ham bo’lmaydi. El bo’lmasa, millat bo’lmasa turgan gapki, til ham yo’qolib ketadi. Til millat tirikligining uning yashab turganligi va faoliyat ko’rsatayotganligining asosidir. Binobarin, milliy til gurkirab rivojlanmasa, milliy ong o’smaydi. Til har bir xalq va millatning milliy o’zligini namoyon qilishning muhim vositasidir.
Xalqning madaniy-ma‘naviy boyligi aql-idroki va tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida o’z ifodasini topadi. Til bilmaydigan odam xalqning dilini ham bilmaydi. Biron-bir sabab tufayli milliy til yuqolsa millat ham bora-bora yo’qolib ketadi.
Sobiq Sovet jamiyati hukmronlik qilgan 70 yildan ko’proq vaqt davomida milliy cheka o’lka xalqlari, jumladan o’zbeklarning milliy tili, tarixi va madaniyati rivojlanishiga to’ganoq bo’lish maqsadida ishlatilmagan xiylayu-nayrang qolmadi. Shaxsga sig’inish yillarida millatlarning bir-biriga qo’shilib yagona Sovet xalqiga aylanishi haqida “nazariyalar” paydo bo’ldi.
1930 yildan boshlab, milliy tillarni qo’shib yuborish siyosati zo’r berib xayotga joriy etildi. Baynalminallik bayrog’i ostida millatlararo rivojlanish cheklab qo’yildi. O’zbek tilini buzi shva aynitish, uning lug’at tarkibiga ruscha baynalminal so’zlarni sun‘iy ravishda tiqishtirishdan boshlandi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, barcha yig’inlar, majlislar, yozishmalar rus tilida olib boriladigan, dissertatsiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar, ariza, shikoyat va iltimosnomalar shu tilda yoziladigan bo’ldi. Mustabit tuzim siyosati talabi va zo’rma-zo’ravonligi asosida imzomiz ketma-ketiga uch marta o’zgartirildi. 1929 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o’tildi. Oradan o’nikki yil o’tgach (1941) kirill alifbosi qabul qilindi. Insofu diyonatni yo’qotgan kommunistik mafkura yalov bardorlari arab va lotin alifbolarini yo’qotib, maqsadlariga erishib bo’lgach, o’zbek xalqi inqilobiga qadar savodsiz edi, yozuvi ham maktabi ham, kitobi ham, olimu ulamolari ham bo’lgan emas, ularning tili oddiy va rivojlanmagan edi, degan safsatani butun dunyoga yoydilar. Bu uchiga chiqqan tuxmatdan boshqa narsa emasdi.
SHuni alohida ta‘kidlash kerakki, o’lkamizda hamma davrlarda ham madaniyat va fan bo’lgan. Fikrlarimizning dalili uchun Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab kabi mashxur allomalarning dunyoga dong taratganliklarini eslatib o’tamiz.
SHu narsani ochiq aytishimiz kerakki, o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi silliq bo’lmadi. Muzokorlar jarayonida o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblangan fikrlar ham bayon etildi.
Til muammosi singari nihoyatda nozik, qaltis va jiddiy masalani ijobiy hal etish uchun respublikamizda I. Karimov rahbarligida keng miqyosida tashkiliy, g’oyaviy siyosiy, tarbiyaviy, masalaning mohiyati bo’yicha sabr-toqat bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uzoq davom etgan baxslar, tortishuvlar, munozara va muhokamalardan so’ng O’zbekiston Oliy Kengashi X1 sessiyasida 1989 yil 21 oktyabrda “O’zbekiston SSrning davlat tili haqida” qonun qabul qilindi. Bu qonuning qabul qilinishi sovet davrida milliy til masalasida yo’l qo’yilgan hato va kamchiliklarni tuzatish uchun keng yo’l ochib berdi. Zanjirband qilib qo’yilgan tilimiz istibdot kishanlaridan qutildi, erkin bo’ldi.
O’zbek tiliga davlat maqomi berilganligi boshqa millat va milliy til soxiblarining konstitutsiyamizda belgilangan huquqlarini zarracha kamsitmaydi. O’zbekiston SSR ning davlat tili haqida qonunning 13-moddasida bu borada shunday deyilgan: “O’zbekiston SSR o’z hududida respublika davlat tilida, shuningdek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg’iz, turkman tillarida ham respublikada yashaydigan millatlarning tillarida umumiy o’rta ma‘lumot olishini ta‘minlaydi”.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 1990 yil 20 iyunda O’zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 2-sessiyasida qabul qilingan bo’lib, unda o’zbek xalqining davlat qurilishi tarixi, tajribasi har bir millatning o’z taqdirini o’z belgilash huquqi asosida davlat mustaqilligi e‘lon qilindi. Bu xujjatda davlat suverinitetining asosiy atributlari birma-bir bayon etiladi. Bular:
- o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari;
- har bir millatning o’z taqdirini o’z belgilash huquqining ta‘minlashdan iborat oliy maqsad haqi;
- har bir kishining farovon hayot kechirishini ta‘minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;
- O’zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chuqur xis etgan holda;
- Xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga demokratiya printsiplariga asoslanib;
- O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat Mustaqilligini e‘lon qildi.
Mustaqillikning ikkinchi va eng muhim hujjati “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash bayonoti”dir. Bu hujjat 12 chaqiriq O’zbekiston Respublikasi oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan, mustaqillikning uchinchi huquqiy mansabi “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qilish to’g’risida”gi hujjat hisoblanadi. Bu hujjatdan respublika bundan buyon “O’zbekiston Respublikasi” deb atalib 1 sentyabr “Mustaqillik kuni”, umummilliy bayram va dam olish kuni deb e‘lon qilindi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi suverenitetining asosiy hujjati, bu Konstitutsiyadir. U O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan bo’lib, uning birinchi bobi davlat suverentetiga bag’ishlangan.
SHunday qilib, davlat rahbari hayoti uchun xatarli, ammo millat va yurt istiqboli uchun shukuhli bo’lgan dastlabki zalvorli qadamlar qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |