Davlat-xalqaro munosabatlar subyekti sifatida



Download 119 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2022
Hajmi119 Kb.
#407476
  1   2
Bog'liq
DAVLAT-XALQARO MUNOSABATLAR SUBYEKTI SIFATIDA


DAVLAT-XALQARO MUNOSABATLAR SUBYEKTI SIFATIDA

Andullayev Nodirbek Olloberdi o’g’li Koreyashunoslik 1-kurs
Zamonaviy xalqaro munosabatlardagi keskin o‘zgarishlar xalqaro munosabatlar subyekti bo‘lmish davlatlarning ham xalqaro munosabatlardagi faoliyatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Shu jihatdan jahon siyosati aktorlari sifatida davlatlarning manfaatlari, maqsadlari va vazifalarini o‘rganish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylanib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, har qanday ijtimoiy birlikni xalqaro aktor deyishimiz uchun u xalqaro munosabatlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olishi, davlatlar va hukumatlar tomonidan tan olinishi, hamda mustaqil qaror qabul qila olishi zarurdir. Demak, har bir aktor xalqaro munosabatlar ishtirokchisi bo‘lsada, har bir ishtirokchi xalqaro munosabatlar aktori bo‘la olmaydi. Xalqaro munosabatlar aktorlarini bugungi kunda to‘rtta guruhga ajratish mumkin:



  1. Milliy davlatlar;

  2. Xalqaro tashkilotlar;

  3. Nodavlat tashkilotlar;

  4. Davlatlarning ichki siyosatiga katta ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy-siyosiy guruhlar.

Davlatning xalqaro maydondagi hozirgi davrda ham asosiy ishtirokchilar sanalishadi. Mustaqil davlat – nafaqat mamlakat ichida, balki undan tashqarida, ya’ni xalqaro maydonda ham hokimiyatning namoyon bo‘lishidir. Xalqaro munosabatlar tizimi siyosiy chegaralar bilan ajratilgan mustaqil davlatlar majmuidan iboratdir. Bu – uyushmagan, allaqanday bir shaklsiz birlashma bo‘lib qolmasdan, balki bundagi har bir ishtirokchi davlatni alohida-alohida olib qaraydigan bo‘lsak, alohida o‘ziga xoslik va aynan shu davlatgagina xos bo‘lgan qadriyatlar majmini o‘zida aks etadi.

Qadimgi davrlardan beri davlat xalqaro munosabatlarning asosiy subyekti bo‘lib kelgan. Davlatlarning tashqi siyosati qanday bo‘lishiga qarab, o‘sha davr xalqaro munosabatlari xarakteri o‘zgarib turgan, inson hayoti, erkinligi va farovonligiga bevosita ta’sir o‘tkazgan. Xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro munosabatlarning qatnash-chilari faoliyati va hayoti davlatlar ularga qanday munosabatda bo‘layotganiga bog‘liq. Bundan tashqari, davlat insoniy jamiyatlarni birlashtiradigan universal siyosiy tashkilotdir: bugunga kelib deyarli butun dunyo odamzod davlatlarga birlashgan bo‘lib, yangi davlatlarning paydo bo‘lishi haliyam davom etmoqda.

XV asrning xalqaro siyosatida atigi 5-6ta davlat faol ishtirok etgan bo‘lsa, 1900 yilga kelib ularning soni 30taga yetdi. 1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining a’zolari 60ta bo‘lgan, 1965 yil – 100ta, 1990 yil – 160ta, 1992 yil – 175ta, 1996 yil – 185ta, bugungi kunda – 193 ta. BMTning a’zosi bo‘lib, xalqaro huquq subyektiga aylanish uchun davlat mustaqil hukumat, hudud va aholiga ega bo‘lishi kerak(1).

Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davlat degan tushuncha asosida “milliy davlat suvereniteti” kategoriyasi yotadi. Bu kategoriya ham tashqi, ham ichki muhitga tegishli. Ya’ni, bir tomondan, davlat o‘zining iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini, siyosiy tuzumini, fuqarolik va jinoiy qonunchiligi va boshqa narsalarni tanlash huquqiga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, suverenitet davlatlatlar bir-birining ishlariga aralashmaydi, o‘zaro teng va mustaqil deganidir.

Davlatsiz suverenitet bo‘lmaydi, chunki davlatdan tashqarida bunday tushunchaning o‘zi yo‘q. Modomiki, xalqaro tizimning bosh subyekti bo‘lib davlat hisoblanar va uning harakatlari atrofida dunyodagi barcha asosiy voqealar sodir bo‘lar ekan, garchi biz uni qancha nom bilan atasak ham - Vladislav Surkovning ta’rifiga ko‘ra - «suveren demokratiya», yoki «plyuralistik», «majoritar demokratiya» va hokazolardan iborat har qanday nom bilan aytsak ham, istalgan davlatning suvereniteti uning oliy hokimiyatiga tegishlidir hamda uning timsolida namoyon bo‘ladi(2).

Milliy davlat suverenligi xalqaro munosabatlarda ba’zi qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi:

Birinchidan, deyarli har bir davlat o‘z tashqi siyosatida ziddiyatli funksiyalarga ega. Masalan, davlat milliy ekspansiya qilish, jumladan hudud, ta’sir doirasi, resurs, ittifoqni kengaytirish uchun bor kuchini sarflashi yoki o‘zining makoni va milliy manfaati himoyasi haqida qayg‘urishi mumkin. Yoki aksincha, xalqaro munosabatlarda tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun o‘zining biror manfaatidan kechishi ham mumkin.

Ikkinchidan, har bir davlat doim o‘z xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Lekin “suverenitetlar plyuralizmi” bor ekan, bu intilish xalqaro munosabatlardagi eng murakkab va nozik masala – “xavfsizlik dilemmasi”ni keltirib chiqaradi.

Uning mazmuni shundan iboratki, biror davlat o‘z xavfsizligini mustahkamlashga qaratgan sa’y-harakatlari boshqa bir davlat tomonidan tahdid sifatida ko‘rilishi va qurollar poygasidan tortib “preventiv urush”gacha bo‘lgan javob reaksiya bilan yakunlanishi mumkin.

Uchinchidan, davlatlar hudud, aholi, tabiiy resurs, iqtisodiy salohiyat, ijtimoiy barqarorlik, siyosiy obro‘, qurol-yarog‘, yosh jihatidan teng emas ekan, xalqaro huquq oldidaularning yuridik teng ekanligini ta’minlab bo‘lmaydi. Bunday tengsizlik xalqaro tabaqalanish – davlatlarning iyerarxiyasini keltirib chiqaradi.

Shuning uchun ham davlatlarni qudratli davlatlar, buyuk davlatlar, o‘rta darajadagi hamda kichik va mayda davlatlarga tasniflashadi.

Dunyodagi hech bir davlat, u qanchalik boy va qudratli bo‘lishidan qat’i nazar, milliy manfaatlar va maqsadlarni xalqaro tizim shartlariga moslashish jarayonidan xoli emas. Bu yerda bugungi zamonaviy xalqaro munosabatlarga xos bo‘lgan yana bir qonuniyat yuzaga keladi, ya’ni dunyoning hech bir davlati o‘z tashqi siyosiy muammolarini yolgiz o‘zi, mustaqil hal qilishga qodir emas(3).

Xalqaro munosabatlar nazariyasida shakllangan konsepsiyalarda davlatning bugungi kundagi roliga nisbatan yondoshuv turlicha ekanligini kuzatish mumkin. Xususan, xalqaro munosabatlarda davlat rolining cheklanishi borasidagi, ya’ni nodavlat aktorlari borasidagi tadqiqotlar XX asrning 70 yillaridan jadal rivojlana boshladi. 1972 yilda chiqqan J.Nay va R.Koxenning “Transmilliy munosabatlar va jahon siyosati” kitobi xalqaro munosabatlarni tadqiq etishdagi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Mualliflarning fikricha, nodavlat transmilliy aktorlar (TMA) ta’siri ostida Vestfaliya tizimii o‘zgarib, neoliberalizmning yangi yo‘nalishi – transmilliylik yoki plyuralizmga o‘tilmoqda. J.Nay va R.Koxen xalqaro maydondagi aktorlik tushunchasini kengaytirib, ular tarkibiga nodavlat ishtirokchilarni ham kiritishdi(4).

Biroq siyosiy realizm maktabi tarafdorlari fikricha, davlatni xalqaro munosabatlarning bosh aktori sifatidagi rolini inkor etib bo‘lmaydi, uning ta’sirini boshqa ishtirokchilar hisobiga cheklash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Relistik maktab tarafdorlarining fikricha, xalqaro munosabatlarning asosiy ishtirokchlari mustaqil davlatlardir.

Siyosiy realizm konsepsiyasi mohiyatiga ko‘ra, xalqaro munosabatlar – bu, eng avvalo, yagona va real aktor hisoblangan suveren davlatlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Davlatlar o‘zlarining harbiy salohiyatlariga tayangan holda milliy manfaatlarini amalga oshiradi. Davlatlararo munosabatlar anarxiya sifatida ko‘riladi, ya’ni jahondagi turli davlatlarning faoliyatini nazorat eta oladigan markaziy vakolatli kuch, mexanizm mavjud emas. Xalqaro tizim esa milliy manfaatlar himoyasiga asoslangan davlatlar o‘rtasidagi qudratga intilish uchun raqobat muhitidir.

Shu bois davlatlar jahon siyosatida bosh aktor sanalib, davlat insoniyatga xos, ya’ni antropomorfik xususiyatlarga, nizolarga moyillik, hokimiyatga intilish singari xususiyatlarga ega bo‘ladi. Xalqaro siyosat hokimiyat va ta’sir uchun kurash manbasi bo‘lib, davlatning bosh vazifasi imkoni boricha salohiyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ladi. Insoniyatga xos nizolarga moyillik, davlatning tub mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi(5).

Urush, siyosiy realistlar nuqtai nazariyaga ko‘ra, davlat qudratini yuksaltirish maqsadida amalga oshiriladi. Realistlar urushni inkor etmagan holda, uni tashqi siyosatni amalga oshirish vosita sifatida ko‘rishadi. Axloqiy me’yorlar, qadriyatlar, mafkura, iqtisodiy va diniy-madaniy salohiyat davlat qudratini belgilashdagi ikkinchi darajali omil sifatida baholanadi(6). Demak, siyosiy realizm asoslari davlatchilik vujudga kelishi va ular o‘rtasidagi manfaatlar tizimining paydo bo‘lishi bilan shakllanganligini kuzatish mumkin. Qadimgi yunon olimi Fukidid qarashlarida ham kuzatish mumkin. Olim "Peloponn jangi tarixi" kitobida shunday deydi: "Axloq, adolat, demokratiya to‘g‘risida ojizlar gapiradilar, kuchlilar esa o‘z qudrati mevasidan foydalana-dilar"(7).

Keyingi davrlarda realistik qarashlarning rivojlanishi va uning zamonaviy davrdagi mohiyatini shakllanishini N.Makiavelli, T.Gobbs, R.Aron, G.Morgentau singari tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari bilan bog‘liq. Jumladan, N.Makiavelli qarashicha, urushlar yuz berishi muqarrar bo‘lib, davlatlar o‘rtasida umumyalpi tinchlikka erishish imkonsiz holat. Tashqi siyosat borasida davlatning asosiy maqsadi – o‘z manfaatlarini samarali himoya qilish. Manfaat va foyda - xalqaro maydondagi har qanday davlat siyosatining asosini tashkil etadi. T.Gobbs davlat va xalqlar o‘rtasidagi urushlar muqarrarligiga to‘xta-lib, birinchi bo‘lib xalqaro munosabatlarning anarxik (tartibsizlik, boshboshdoqlik) xususiyatini nazariy jihatdan asoslab berdi. Bugungi kunga qadar xalqaro munosabatlar nazariyasi doirasida siyosiy realizm tarafdorlari mazkur xulosalarga tayanadi.

Siyosiy realizm konsepsiyasining rivojiga AQSh siyosiy realizm maktabi asoschisi Gans Morgentau (1904-1980 y.) katta hissa qo‘shgan. U ishlab chiqqan asosiy konsepsiya bu kuch atamalari bilan ifodalanadigan «manfaat» konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiya «siyosatni nazariy idrok etish imkonini berib, siyosiy fanga rasionallik nazariyasini olib kiradi(8).

G.Morgentau o‘z yondashuvlari orqali siyosiy realizmning asosiy tezisini shakllantirdi: «Tashqi siyosatning maqsadi milliy manfaat kesimida aniqlanadi va tegishli ravishda harbiy qudrat orqali qo‘llab-quvvatlanadi»(9).

G.Morgentau tashqi siyosatning bosh komponenti — davlatning qudrati bo‘lishi kerakligini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, jamiyat rivoji va siyosiy sohani boshqaradigan qonunlarning ildizi inson tabiatiga xos bo‘lgan zo‘ravonlikka borib taqaladi. Shu bois, "kuch ishlatish" uchun kurash va boshqa davlatlar ustidan zo‘ravonlikni amalga oshirish uchun vosita va yo‘llar topish davlat siyosatining bevosita maqsadiga aylanishi kerak.

Liberalistik maktab a’zolarining fikricha, davlat har qanday munosabatlarda xalq manfaatlarini hisobga olgan holda faoliyat olib borishi kerak. Ular xalqaro munosabatlar aktori sifatida nafaqat davlat, balki xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar, jamoat guruhlari va alohida shaxslarni ham kirtadilar. Ularning maqsadi oliy maqsadlarga erishishda maqsadlarning xilma xil bo‘lishidir.

Xulosa qilib aytganda, davlatlar Vestfaliya tizimi shakllanganidan beri xalqaro munosabatlar va xalqaro siyosatning aktorlari bo‘lib kelishmoqda. Davlat quyidagi qator muhim jihatlari, ya’ni – egallab turgan hududning hajmi, quruqlikdagi, suvdagi va koinotdagi transport-aloqa tarmoqlariga kira olish imkoniyatlari bilan, yalpi ichki mahsulot hajmlari bilan shuningdek, aholi soni va uning savodxonlik darajasi bilan, harbiy ta’minlanganlik darajasi, ilmiy-texnikaviy iqtsodiy salohiyati va qudratli qurolli kuchlarining jangovarligi kuch-qudrati, qurollanganligi hamda ilmiy-texnikaviy salohiyati bilan bir-biridan ajralib turadi.


Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish