QASHQADARYO VILOYATI SHAHRISABZ TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 78-umumiy o’rta ta’lim maktabining Texnologiya fani o’qituvchisi Sultanova Dilnozaning 6-sinfda “Dasturxon,salfetka-sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish”mavzusidagi Namunaviy ochiq dars ishlanmasi
SHAHRISABZ - 2018
Mavzu :Dasturxon, salfetka-sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish.
Amaliy mashg'ulot:Tushlik uchun dasturxon tuzash. Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga dasturxon, salfetka-sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish talablari haqida tushuncha berish. Tushlik uchun dasturxon tuzashni o`rgatish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni estetik ruhda tarbiyalab borish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni uy-ro`zg`or ishlariga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish. Tayanch kompetensiyalar: Milliy va umummadaniy rivojlantirish kompetensiyasi Fanga oid kompetensiya: Buyum va texnik vositalarni amalda qo’llay oladi. Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirib borish bilan birga pazandachilik sohasiga qiziqish uyg`otish. Dars jihozi: Ko`rgazmali rasmlar. Darsning turi: Suhbat bahs munozara. Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot,savol-javob,suhbat.
Darsning borishi:
№
Darsning bosqichlari
Vaqti
Darsning mazmuni
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
O`quvchilarni darsga jalb qilish, guruhlarga bo`lish
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi. Keyin o`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkaziladi.
Yangi dars bayoni:Dasturxon, salfetka-sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish. Odatda ro`zg`orda dasturxon, sochiq , salfetkalardan foydalanish oilada qizlar, onalar zimmasiga yuklatiladi. Bunda kundalik, mexmonlar uchun, marosimlar uchun alohida dasturxon, sochiq , salfetkalardan foydalaniladi. Ularni tanlash har bir bekaning o`zini didiga bog`liq. Oq yoki ochiq rangdagi dasturxon, sochiq , salfetkalardan foydalanib bo`lgandan keyin uni tezda maxsus kir yuvish vositalaridan foydalanib yuvib qo`yish zarur. Aks holda undagi dog`larning chiqishi qiyin bo`lib qoladi. Kundalik ishlatiladigan dasturxon, sochiq , salfetkalardan foydalanishda ham ularni ozoda saqlashga harakat qilishimiz kerak. Bu avvalo sog`limiz uchun katta foyda beradi. Ularni ozoda saqlash qizlarimizni orastalini bildiradi. Dasturxon atrofida o`tirganda kayfiyatni a`lo darajada bo`lishi orastalikka bog`liq, orastalik esa sog`ligimiz parvarishidir.
Amaliy mashg'ulot: Tushlik uchun dasturxon tuzash. Tushlik dasturxonini bezatishda 3-rasmdagidek oshxona servizi va asboblaridan foydalaniladi. Stolga toza yuvilgan, yaxsfai dazmollangan dasturxon yoziladi va non, tuz, murch qo'yiladi.