Dasht, chalacho’l va cho’l tuproqlari



Download 1,29 Mb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi1,29 Mb.
#895708
  1   2
Bog'liq
Izzatbek , Mustaqil ish

Dasht, chalacho’l va cho’l tuproqlari

Tabiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 201-guruh talabasi jumaniyozov izzatbekning tuproqlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


Dasht zonalari — tabiiy landshaftlarida koʻp joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning moʻʼtadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) moʻʼtadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, suvayirgʻichlari oʻrmonsiz. Qoratuproq, toʻq kashtan va kashtan tuproqlarda oʻtsimon, koʻproq boshoqli oʻsimliklar oʻsadi. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika hududlarida yaqqol koʻzga tashlanadi, Janubiy Amerikaning janubida ham uchraydi.
Dasht — qora va kashtan tuproqlarda chim hosil qiluvchi gʻalla gulli oʻt oʻsimliklari oʻsadigan zonal landshaft tipi. Shim. va Jan. yarim sharlarda qurukliklarning ichki qismlaridagi moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda dasht zonalarini hosil qiladi. Yevrosiyoda bu zona Oʻrta Dunay pasttekisligidan boshlanib, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismi jan.dan oʻtib, Qozogʻiston orqali Oltoy togʻ etaklarigacha choʻzilgan. Xitoyning shim.-sharqida ham katta maydonni egallagan. Shim. Amerikada materikning oʻrta qismida Kordilyera togʻlariga parallel ravishda shim.dan janubga choʻzilgan. Jan. Amerikada 30°—40° kengliklar orasida And togʻ oldi tekisliklarida joylashgan. Avstraliyaning jan.-gʻarbiy va jan.-sharqiy qismlarida, Yangi Zelandiyada ham mavjud. Turli joyda turli nom bilan ataladi: Vengriyada pushta, Ukraina va Rossiyada step, Shim. Amerikada preriya, Jan. Amerikada pampa deb yuritiladi. D. zonasi asosan tekisliklarda joylashgan. Iqlimi choʻlga nisbatan sernamroq, yillik yogʻin miqdori 400–500 mm. Yozda chuldagidek jazirama issiq boʻlmaydi, lekin yogʻin kam va yoz issiq bulganligidan Shim. yarim shardagi D. zonasining jan.da tuproklar bir oz shoʻrlangan boʻlib, asta-sekin chala choʻlga oʻtadi. Asosiy oʻsimligi chalov, betaga, chillakoyoq va b. chim hosil qiluvchi oʻt oʻsimliklari. Daraxt, buta (xususan, yirik buta) uchramaydi. Hayvonlari asosan kemi-ruvchilar, tuyoqlilar; yirtqichlar ham kup. D. tuproqlari juda unumdor bulganligidan deyarli hamma joyda haydalib, ekinzorlarga aylantirilgan. Aholi yashaydigan yerlardan uzoqroq, dehqonchilik uchun noqulay joylarda D. landshaftlari saqlanib qolgan.
Oʻzbekistonda D.lar tekislik yerlarda yoʻq. Faqat togʻlardagi balandlik mintaqasida mavjud. D.lar dengiz sathidan 500 m va 1200–1300 m balandliklar orasida bugʻdoyiq va har xil oʻt, efemerlar oʻsadigan mintaqani hosil qiladi. Tuprogʻi toʻq boʻz va jigarrang tuproklar. Balandroq boʻlgani uchun qishda qor qoplami saqlanib turadi. Qish va bahorda yogʻin koʻproq boʻladi. Lalmikor dehqonchilik va bogʻdorchilikda keng foydalaniladi. 1300–3000 m balandlikda togʻ oʻrmon-oʻtlokdi D. mintaqasi joylashgan. Bu mintaqadagi barg toʻkuvchi oʻrtacha quruq daraxtzor va butazorlar orasida turli xil oʻt oʻsuvchi D. maydonlari uchraydi. Bu mintaqa Gʻarbiy Tyanshan, Turkiston, Zarafshon, Hisor togʻlarida bor. Bu mintaqadan ekstensiv togʻ mevachiligida (yongʻoq, xurmo, anjir, unobi, olma) hamda qoʻy va echki, yilqi boqishda foydalaniladi. Bu mintaqa yaxshi rekreatsiya zonasi ham hisoblanadi
Cho’l zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Qo’ra Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha borpdi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70%i cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Shyerobod, Qarshi cho’llari va boshqa tyerritoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln. ga Cho’l zonasining zonal tuproqlarlari: sur-qo’ng’ir, tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib,qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (40%i) va sho’rhoklar (13% ga yaqin) ham keng tarqalgan. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar.Кelib chiqishi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan, bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning ksyerofit-efemyerni o’simliklarni ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Кlassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi. Mexanik va minyerologik tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslarga shakllanganligi sababli,ularning mexanik tarkibi ham har xil bo’lib,tuproq qumloq va engil qumoq xillari tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tuli tuproqlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 40,5mln gektarga yaqin. Ammo sug’orib dehqonchilik qilinadigan maydonlar juda kam-112.3 ming gektar (tuproqlar maydoniga nisbatan 0,28% ni tashkil etadi). Taqirlarning asosiy belgilari.Taqirlar profili o’ziga xos tuzilishiga ega bo’lib, yuzasining qalinligi 1-5 sm bo’lgan qattiq zich yorikli qatqoloqdan iborat.quruq holda u yirik-kovakli, juda mustahkam qovushmali va namlanganda qumli ko’pchib,deyarli suvni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi
Taqirlarning kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Geologlar taqirlar qadimgi va hozirgi zamon suv oqimlardan nozik zarrachalarning yotqizilishi natijasida hosil bo’ladi deb tushuntiradi .Ayrim geolog va geomorfologlar fikricha taqirlar qadimgi va hozirgi zamon qurigan yo’llarining ostki qismidir .Taqirlar asosan og’ir mexanik tarkibli gilli soz tuproqlar jumlasiga kiradi. Taqirlarning fizik, fizik-mexanik va agrokimyoviy xossalarining nihoyatda yomon bo’lishiga qaramasdan ularni o’zlashtirib dehqonchilik maqsadlarida foydalanish mumkin. Taqirlar unumdorligini oshirilishining samarali usullardan yerga go’ng turli kompostlar solib o’g’itlash shuningdek turli o’tlar ekish muhim ahamiyatga ega. Organik o’g’itlar yerni ozuqa elementlariga boyitish bilan birga tuproqning biologik aktivligini oshiradi, strukturasini va fizik xossalarini yaxshilaydi.
Taqirli tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish. Taqir va taqirli tuproqlarning umumiy maydoni 16,58 mln gektar bo’lib, qishloq xo’jaligida shundan 12,77%i foydalaniladi. Jumladan xaydaladigan yerlar 778,5 ming gektar. O’zbekiston taqir va taqirli tuproqlar maydoni 1,8 mln ga (jumladan taqirli tuproqlar maydoni 1,67 mln ga) ni tashkil etadi. qumli,cho’l tuproqlari O’rta Osiyoda jumladan Qora-qum, Qizilqumda,Qarshi cho’llarida, Mirzacho’l, Shyerobod vodiysi, Buxoro voxasi, Farg’ona vodiysi, G’arbiy Кopetdog’ tog’oldi tekisliklarida va boshqa maydonlarda keng tarqalgan. Кlassifikatsiyasi. qumli cho’l tuproqlari tarkibidagi qumlarning minyeralogik va kimyoviy tarkibiga ko’ra avlodlarga bo’linadi.
Cho’l zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Qo’ra Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha borpdi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70%i cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Shyerobod, Qarshi cho’llari va boshqa tyerritoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln. ga Cho’l zonasining zonal tuproqlarlari: sur-qo’ng’ir, tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib,qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (40%i) va sho’rhoklar (13% ga yaqin) ham keng tarqalgan. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish