D A R S T A H L I L I
Kuzatilgan dars : Tarix sana 13.11.2020.у
Dars mavzusi : Turkiston o’lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o’zgarishlar
O‘qituvchi : Shodmonov Ahmad Sinf 10 “a” O‘quvchi soni 19 ta
Tahlildan maqsad : O’qituvchi ish uslubini, o’quvchi ruhiyatini o‘rganish
Darsning borishi
|
Darsda erishilgan yutuqlar
|
Taklif va mulohazalar
|
Darsning tashkiliy qismi, ya’ni salomlashish, tozalikka e’tibor, kiyinish madaniyati, davomatni aniqlash o‘tkazildi. Uyga vazifa qilib berilgan “Turkiston o’lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o’zgarishlar ” yuzasidan savol-javob qilindi. O‘quvchilar ketma-ket bajarilgan topshiriqqa javob berishdi. O’quvchilar taniqli qo’rboshilar haqida ma’lumotlar aytib berishdi. O‘qituvchi uyga vazifani erkin muloqot tarzida so‘radi. Uyga vazifa mustahkamlanib olingach yangi mavzu bayoni qismiga o‘tildi. Avvalo o‘qituvchi mo‘tabar, hamisha hurmatga loyiq, farzandlar g‘amxo‘ri, qolaversa millat beshigini tebratuvchi buyuk zot – ONA haqidagi hikmatli so‘zlar, hikoyat va rivoyatlarni keltirib o‘tdi.Vatanning muqaddas ekanligi ta’kidlandi va o’sha davrda yurtimizda bo’lib o’tgan voqealar haqida o’quvchilarga qo’shimcha ma’lumot berib o’tildi So‘ngra o‘quvchilar o‘z onalarining qaysi jihatlarini yaxshi ko‘rishlarini bilganlaricha bir-bir bayon qilishdi. Dars so‘ngida darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Uyga vazifa qilib “Turkiston ASSR da sovet hokimiyatiga qarshi quroli harakatlar” mavzusini o’qib kelish topshirildi.
|
Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarning yoshiga mos holda turli metodlardan, jumladan “Aqliy hujum” “FSMU” “Erkin muloqot”, “rqamali teorema” “So‘zlarni o’z o‘rniga qo‘ying”, “Fikrni davom ettiring” kabilardan unumli foydalandi.
O‘qituvchi o‘quvchi bilan muloqotda samimiylikka amal qildi. Bu bilan o‘quvchi o‘zini erkin seza olishiga erishdi.
Dars o‘tishda tizimlilikka amal qilindi.
|
Darsni o’tishda zamonaviy axborot kommunikatsiyalarni qo’llagan holda mavzu mazmununi yanada boyitish mumkin.
|
Xulosa: Dars kuzatish jarayonimda o’qtuvchi darsda o‘quvchilarni jalb qila oldi, tarixdagi raqamlar orqali solishtirma ma’lumotlarni keltirib o’tdi.,darsda prezintatsiya, slaydlardan foydalanib dars mavzusini tushuntirib berishi o’quvchilarni darsga qiziqishlarini yanada ortishiga sabab boldi, o’ylaymanki 10 sinf darsligida berilgan ma’lumotlardan foydalanibgina qolmay internet saytlaridan fanga oid qo’shimcha ma’lumotlar o’quvchilarga berib borilsa,bundan tashqari dars jarayonini noodatiy uslublarda olib borilsa o’quvchilar darslardan bezib qolishlariga sabab bo’lmasdi. Bir xil dars o’tish metodlaridan foydalanish o’quvchilarda zerikib qolish darsga e’tiborsiz qarashga sabab boladi.Bu kabi holatlarni oldini olish uchun esa malakali o’qtuvchilardan o’z bilimlari ustidan ko’proq izlanishlar olib borishlari kerak bo’ladi.
Tahlil qiluvchi: Sultonov D.
Do'stlaringiz bilan baham: |