Darsning texnologik xaritasi



Download 78,52 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi78,52 Kb.
#19527
Sinf:7-I

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Asoslarning olinishi va xossalari

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga suvda eriydigan a suvda erimaydigan asoslarning olinishi va xossalari haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Atrof muhitni muhofaza qilish har birimizning burchimiz ekanligini uqtirish

Rivojlantiruvchi maqsad: Dars davomida reaksiya tenglamalarini to’g’ri yoza bilishni takrorlash orqali xotirani mustahkamlash


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi: Og’zak va yozma

Dars tipi: Yangi bilim va ko’nikma hosil qilish

Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazma, tarqatma savollar, slayd, reaktivlar (mavzuga oid asoslar, tuzlar)

Baholash : 5 balli tizim asosida



Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Qisqa vaqt davomida suvda eriydigan va suvda erimaydigan asoslarning olinishi , xossalari yuzasidan bilim va ko’nikma ,malaka hosil qilinadi.

Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.

O’quvchi faolligini oshiradi. O’quvchilarga fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.


Kelgusi natijalar

O’qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tatbiq etish , takomillashtirish , o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish

O’quvchi :Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. .O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materilallar topishga harakat qiladi.



Uyga vazifa

116-betdagi 4-misolni bajarish

Mashg’ulot bosqichlari

Bosqichlar

Mazmuni

Vaqti

1-bosqich

Tashkiliy qism



Salomlahshish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.

4-daqiqa

2-bosqich

O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash



O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda uyga vazifa bajarganligini tekshirish

10-daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni



Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma ,malakalar hosil qilinadi.

20-daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



O’quvchilar egallagan bilim, ko’nikmalari savol–javoblar orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.

8-daqiqa

5-bosqich

Darsni yakunlash , o’quvchilarni baholash va vazifa berish



Baholarni e’lon qilish ,uyga vazifani tushuntirish . O’quvchilar bilan xayrlashish

3-daqiqa

I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat;b)psixolog muhit yaratish maqsadida topishmoq aytiladi.

Olmosning tarkibida, Ko’mirning suyagida ,

Grafitning mag’zida Mening asl nusxam bor

Qaysi element haqida gap borayapti?(Uglerod)

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga kimyoviy elementlarning belgilari tarqatiladi va doskaga yozib qo’yiladi. Bundan maqsad o’quchilar kimyoviy elementlarning belgilarini va yozilishini eslab qolishlari kerak. O’quchilarning dars davomida qatnashib borgan har bir javoblariga kimyoviy elementlari to’g’risiga bir balldan yozilb boriladi . Mavzuni mustahkamlash maqsadida bo’sh o’zlashtiruvhci o’quvchilarga savollar tarqatiladi . Sinf o’quvhchilari ishtirokida tezkor savol- javob o’tkaziladi .

1.Murakkab moddalar deb nimaga aytiladi?

2. Murakkab moddalar nechaga bo’linadi?

3.Oksidlar deb nimaga aytiladi?

4.Oksidlar nechaga bo’linadi?

5.Asoslar deb nimaga aytiladi?

6.Asoslar nechaga bo’linadi?

Yangi mavzu bayoni: Asoslarning olinishi: Ishqoriy metallarning suv bilan bevosita

ta’siridan olinadi:

2Na+2H2O=2NaOH+H2

Asosli oksidlarning suv bilan ta’siridan olinadi:

CaO+H2O=Ca(OH)2

Erimaydigan asoslarni olish uchun ularning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:

CuSO4+2NaOH=Cu(OH)2+Na2SO4

Erimaydigan asoslardan mis, xrom va aluminiy gidroksidlarini olishni ko’rsatib o’tish mumkin. Labaratoriya ishini bajarishdan oldin ularning eritmalarini tayyorlab olish lozim,shuningdek ishqor eritmasi ham kerak bo’ladi. Ms.Mis (II) –gidroksid olish uchun mis xlogrid tuziga natriy gidroksid ta’sir ettirilganda ko’k rangli cho’kma hosil bo’ladi.

Fizik xossalari. Asoslar qattiq moddalar bo’lib ulardan ishqorlar oq rangli

Kristall moddalar hisoblanadi. Erimaydigan asoslar turli ranglarda bo’ladi: mis gidroksidi ko’k, xrom gidroksidi yashil ,aluminiy va rux gidroksidlari oq rangda bo’ladi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining gidroksidlari suvda yaxshi eriydi, qolgan asoslar suvda yomon eriydi.

Kimyoviy xossalari.1.Suvda eriydigan asoslar indikatorlar rangini o’zgartiradi.



Indikator nomi

Ishqoriy eritmadagi rangi

Lakmus

Ko’k

Metilzarg’aldog’i

Sariq

Fenolftalein

Pushti

2.Asoslar kislotalar bilan ta’sirlashib ,tuz va suv hosil qiladi.

NaOH+HCl=NaCl+ H2O

3.Asoslar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashadi, tuz va suv hosil qiladi

Ca(OH)2+CO2=CaCO3

+H2O

4.Ishqorlar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi asos hamda tuz hosil qiladi:

a)O’rta tuz NiCl2+2NaOH=Ni(OH)2

+2NaCl


b) Asosli tuz CuCl2+NaOH=Cu(OH)Cl+NaCl

5.Asoslar qizdirilganda metal oksidi va suvga parchalanadi (KOH,NaOH)

Cu(OH)2=CuO+H2O

Darsni mustahkamlash uchun savollar beriladi.

1.Suvda eriydigan asoslarga misollar yozing.

2.Suvda erimaydigan asoslar qanday olinadi?

3.Asoslar qanday fizik xossalarga ega ?

4.Ishqorlar indikatorlarga qanday ta’sir etadi?

Shuningdek , qo’shimcha tarzda oksidlar va asoslar formulalari aralash tarzda yozilgan bo’lib, shularni ajratish uchun doskaga bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilardan chiqariladi. Kimyoviy reaksiya tenglamalarining yarimi yozilgan bo’lib , davomini o’quvchilar yozadilar.O’quvchilar reaksiya tenglamalarini davom ettirib tenglashtiradilar.

Dars yakunida 3 ball dan ortiq ball yig’sa 5 baho ,undan kam olgan o’quvchiga 4 baho qo’yiladi.

Vazifa.116 bet dagi 4-misolni bajarish

Sinf: 8



Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Kislorod guruhchasi elementlari .Oltingugurt

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga kislorod guruhchasi elementlari haqida ma’lumot berish.Oltingugurtning tabiatda tarqalishi ,fizik va kimyoiy xossalari haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Ona vatanimiz rivoji yo’lida o’z hissamizni qo’shish har birimizning burchimiz ekanligini unutmasliklari uqtiriladi.

Rivojlantiruvchi maqsad: Dars davomida reaksiya tenglamalarini to’g’ri yoza bilishni takrorlash va 6-guruh elementlari haqidagi fikrlarini umumlashtirish orqali xotirani mustahkamlash


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi: Og’zaki va yozma

Dars tipi: Yangi bilim , ko’nikma hosil qilish

Dars jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazma, tarqatma savollar, slayd.

Baholash : 5 balli tizim asosida



Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Qisqa vaqt davomida kislorod guruhchasi elementlari va oltingugurtning xossalari yuzasidan bilim va ko’nikma ,malaka hosil qilinadi.

Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.

O’quvchi faolligini oshiradi. O’quvchilarga fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.


Kelgusi natijalar

O’qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tatbiq etish , takomillashtirish , o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish

O’quvchi :Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. .O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materilallar topishga harakat qiladi.



Uyga vazifa

37 § 3-misol

Mashg’ulot bosqichlari

Bosqichlar

Mazmuni

Vaqti

1-bosqich

Tashkiliy qism



Salomlahshish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.

4-daqiqa

2-bosqich

O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash



O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda uyga vazifa bajarganligini tekshirish

10-daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni



Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma ,malakalar hosil qilinadi.

20-daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



O’quvchilar egallagan bilim, ko’nikmalari savol–javoblar orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.

6-daqiqa

5-bosqich

Uyga vazifa berish va baholash



Baholarni e’lon qilish ,uyga vazifani tushuntirish . O’quvchilar bilan xayrlashish

5-daqiqa

O’tilgan dars “ Galogenlar” mavzusi bo’lib mavzuni mustahkamlash uchun “Kim ko’p ma’lumot aytadi?” o’yinidan foydalanamiz. Buning uchun har qatordan bittadan o’quvchilar chiqarilib mavzu yuzasidan ma’lumotlar beriladi .Ms: 1-O’quvchi: Galogenlar davriy jadvalning 7-guruhida joylashgan.

2-O’quvchi:Galogenlarga ftor,xlor,brom,yod,astat kiradi.

3-O’quvchi:”Galogen” so’zi “tuz” va “hosil qiluvchi” degan ma’noni bildiradi.

1-O’quvchi:Galogenlar birikma holida uchraydi va ularni faqat birikmalaridan elektroliz qilib olinadi.

2-O’quvchi: Galogenlarning atom massalari ortgani sari fizik xossalari o’zgarib agregat holati va rangi quyuqlashib boradi.

3-O’quvchi:Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan kam.

Shu tariqa ma’lumot aytib borishadi kim to’xtab qolsa o’yindan chiqariladi.

Bu orada qolgan ayrim o’quvchilarga tarqatma savollar tarqatiladi.Tarqatma savollarda har xil sura’tlar aks ettirilgan bo’lib ularni izohlab so’ngra javob berishadi. Ms;Bir savolda tabiat sura’ti aks etgan.O’quvchi atrof muhit tozaligiga e’tiborli bo’lishimiz lozimligini va uni ko’z qorachig’i- day asrashimiz lozimligini aytib o’tadi,so’ngra savolga javob beradi. Shu tariqa o’quvchilarimizda ma’naviyatimizga oid fikrlarini rivojlantiramiz.

Tarqatma savollarda quyidagicha savollar berilishi mumkin.

Ms:1.Galogenlar tushunchasini fanga kiritgan olim kim?

2.Galogen so’zining ma’nosi nimani bildiradi?

3.Galogenlarga qaysi elementlar kiradi?

4.Xlorid kislotaning olinish usulini ayting?

5.Galogenlar qanday maqsadda ishlatiladi?

6.Galogenlarning fizik xossalarini ayting?

Shuningdek “Qo’shningni top” usulidan foydalanishimiz mumkin. Darsda faol qatnashib borgan o’quvchilarga savollarga to’liq javob bersa “oltin” , to’liq javob bermasa yoki qisman javob bersa “kumush” rangdagi kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalar soniga qarab baholanadi.

O’quvchilar savollarga javob berish davomida monitorga qo’shimcha tarzda masalalar berib bir nechta o’quvchini doskaga chiqarib baholanadi. Shuningdek qo’shimcha tarzda o’quvchilarga internetdan foydalanib galogenlarning ishlatilishi, ya’ni inson hayotidagi o’rni va organizmga ta’siri haqida ma’lumotlar toppish aytilgan bo’lib ular topib kelgan ma’lumotlar eshitiladi.

Yangi mavzu bayoni: Kimyoviy elementlar davriy sistemasining oltinchi guruh bosh guruhchasi kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan. Kislorod guruhchasi elementlarining atom tuzilishi quyidagicha:

168O 1s22s22p4

3216S 1s22s22p63s23p4

7934Se 1s22s22p63s23p64s2 3d104p4

Kislorod guruhchasi elementlari o’zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga ,ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Oltingugurt ,selen va tellurning tashqi energetik pog’onasida bo’sh holdagi d-orbitallar mavjud . Tashqiqobiqdagi juftlashgan p- va s-elektronlar bittadan d- orbitallarga ko’chib o’tishi mumkin. Oltingugurtning tabiatda uchrashi .Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham,birikmalar ko’rinishida ham uchraydi O’bekistonda oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud . Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo’lga qo’yilgan. Shuningdek O’zbekistonda qazib olinayotgan mis udalarini tarkibida oltingugurt ,selen va tellur ham mavjud. Fizik xossalari.Oltingugurt uch xil allotropik shakl o’zgarishiga ega :rombik oltingugurt S8, monoklinik Oltingugurt , plastic oltingugurt. Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va sariq rangli qattiq kristall modda bo’lib suvda erimaydi. Zichligi 2g/sm3 bo’lishiga qaramasdan oltingugurt kukunlari suv yuzasida qalqib yuradi ,chunki u suvda xo’llanmaydi. Qattiq jismlarni suyqlik sirtida qalqib turishi flotatsiya deb ataladi.Otingugurt uglerod (IV) –sulfid va organik erituvchilarda eriydi. Oltingugurt elektr va issiqlikni yomon o’tkazadi.112,8 C da suyuqlanadi, 445,5C da qaynaydi. Qaynash haroratigacha qizdirilgan oltingugurt sovuq suvga quyilsa ,plastik oltingugurtga aylanadi. U esa cho’ziluvchan moddadir.



Kimyoviy xossalari.Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda Oksidlovchi ,kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo’lib ishtirok etadi. Oltingugurt oksidlovchi :

1.Vodorod bilan reaksiyaga kirishib ,vodorod sulfid ni hosil qiladi:

H20+S0=H2+1S-2

2.Metallar bilan oltingugurt reaksiyaga kirishib , sulfidni hosil qiladi:

2Na0+S0=Na2+1S-2 2Al0+3S0=Al2+3S3-2

Oltingugurt qaytaruvchi:

Oltingugurt ,kislorod ,xlor va ftorlar bilan reaksiyaga kirishib ,elektron beradi:

S0+O20=S+4O-22

Oltingugurt xalq xo’jaligida juda ko’p maqsadlarda ishlatiladi:

Mustahkamlash maqsadida doskaga mavzuga oid bo’lgan so’zlar yozib qo’yiladi va o’quvchilar xohlagan so’zlariga oid ma’lumot keltiradilar.

Vazifa .37§ dagi 3-misol

1.Kislorod guruhchasi elementlari. Ms.Kislorod guruhi elementlariga kislorod,oltingugurt,selen,tellur kiradi. Bu guruh elementlari kisloroddan tashqari doimo 2,4,6 valentli bo’ladi.

2. Oltingugutning tabiatda uchrashi . Ms.Oltingugurt tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi.

3.Oltingugurtning fizik xossalari .Ms.Oltingugurt uch xil allatropik shakl o’zgarishiga ega. Zichligi 2g/sm3 bo’lishiga qaramay suv yuzasida qalqib turadi.

4. Oltingugutning kimyoviy xossalari va ishlatilishi.Ms .Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo’lib ishtirok etadi.

Dars davomida qo’llaniladigan slaydlar. Oltingugurtning tabiatda uchrashi

Oltingugurtning ishlatilishi.

Kimyoviy elementlar belgilari yoziladigan vaqtda ularning nomlari yozilmaydi, chunki o’quvchilar ularning nomlarini o’zlari topib aytadilar va shu tariqa yodda saqlaydilar

N

O

Ca




Fe

Al

S




Ag

Au

Mg




Ba

K

C




Si

H

Na




Bo’sh o’zlashtruvchi o’quvchilar uchun savollar


1. Oddiy moddalar deb nimaga aytiladi?

2.Quyidagilar orasidan oksidlarni toping. Ca(OH)2,ZnO,HCl,NO2



1.Metallar va metalmaslarga misol keltiring.

2.Quyidagilar orasidan asoslarni ajrating. HNO3,NaOH,NH3,Ba(OH)2





1.Al(OH)3 va NaOH ning grafik tuzilishini yozing.

2.Karbonat angidrid haqida ma’lumot bering.

1.So’ndirilgan ohak nima maqsadda ishlatiladi?

2.Mis(II)-gidroksid va Temir (III)- gidroksid formulasini yozing.





1.NaOH va KOH nima uchun ishqorlar deyiladi?

2.Qaysi oksid qum shaklida uchraydi?



1.Suvda erimaydigan asoslarga misol ayting.

2.Quyidagilardan kislotali oksidlarni ajraing: SO2,CaO,NO2,Al2O3

Quyidagi reaksiya tenglamalarining davomini yozing.Bunda reaksiya tenglamasining davomini yozishga qiynalayotgan o’quvchilarga quyidagicha o’rgatish mumkin.



KOH+HNO3=KNO3+H2O (H OH)

-11- -12- -21- - 22- -11- -22 -22- -12-

11 va 21 joyi almashtirilsa tenglikdan keyin qanday moddalar hosil bo’lishini bilib olish mumkin.(11 birinchi moddaning bosh qismi,12 birinchi moddaning oxirgi qismi.21 ikkinchi moddaning bosh qismi,22 ikkinchi moddaning oxirgi qismi.)

1.KOH + NiCl2 =

2.Bi(OH)3 + H2SO4=

3.KOH + H2SiO3 =

4.NaOH + MgSO4=

5.FeCl3 + NaOH =

6.Zn(NO3)2 +KOH =

Oksidlar va asoslarga ajrating.

CaO,H2O,NaOH,

Ba(OH)2, SO2, KOH, Al(OH)3

N2O5 , Cr(OH)3

P2O5 , Ni(OH)2

SiO2, Cr2O3, NO

“Qo’shningni top” usuli.(Yozilgan reaksiya tenglamasining davomini toping.)

1.KBr+Cl2= KJ+Cl2

2.H2O+F2=KBr+J2

3.Fe+ Cl2=KCl+ Br2

4. Cl2+ H2O=SiF4+O2

5.Cl2+KOHq=FeCl3

6.KCl+J2=HF+O2

7.Fe+HCl=HCl+HClO

8.CaO+HCl=KCl+KClO3+H2O

9.ZnO+HCl=FeCl2+H2

10.CaCl2+H2O=ZnCl2+H2O

“ Zinama –zina” usuli savollari



1. 1..U ruxga xlorid kislota ta’sir ettirib olinadi. 2.Koinotda eng ko’p tarqalgan element … 3.U kipp apparatida olinadi…(H)

2. 1. Unda moddaning agregat holati ,shakli ,hajmi va joylashish holati o’zgaradi..

2. Unda yangi moddalar hosil bo’lmaydi..

3.Yog’ochning sinishi, shishaning suyuqlanishi ,muzning erishi bu … (fizik hodisa )

3. 1 .U yer sharida eng ko’p tarqalgan elementdir..

2.Uning lotincha nomi ”kislota yaratuvchi “ degan ma’noni bildiradi..

3.U nafas olishga va yonishga yordam beradi..(Kislorod)

4. 1.Ular yonuvchanligi natijasida issiqlik beradi… 2. Ular qattiq, suyuq, gazsimon bo’ladi.. 3.Ulardan noto’g’ri f oydalanish natijasida yong’in chiqishi mumkin.(Yonilg’i)

5. 1.Yer sharida eng ko’p tarqalgan kimyoviy birikma hisoblanadi…

2.U rangsiz, hidsiz, ta’msiz suyuqlik, 1000c da qaynaydi…

3. Undan ichimlik sifatida va o’simliklarni ko’kartirish maqsadida foydalanamiz…(Suv)

6. 1.Ularga davriy jadvaldagi barcha elementlar misol bo’ladi…

2. Ular xossalariga ko’ra metal va metallmaslarga bo’linadi..

3. Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar (Oddiy moddalar)

7. 1. Ularni oddiy moddalarga parchalash mumkin…

. 2. U Oksidlar ,asoslar, kislotalar va tuzlarga bo’linadi

3. Tarkibi ikki yoki undan ortiq element atomlaridan iborat bo’lgan moddalar (Murakkab moddalar)

8. 1.U ohaktoshni parchalanishidan olinadi..

2. Daraxtlarni zararkunandalardan bartaraf etish maqsadida foydalniladi..

3.Mahalliy tilda ohak deyiladi ( CaO)




1.Kislorod guruhchasi elementlari.
Imkoniyatdan faoydalan” usuli .Bunda o’quvchilar quyidagi bo’limlardan birini tanlab ma’lumot aytadilar.

Ms.Kislorod guruhi elementlariga kislorod,oltingugurt,selen,tellur kiradi.


2. Oltingugutning tabiatda uchrashi
Bu guruh elementlari kisloroddan tashqari doimo 2,4,6 valentli bo’ladi.

Ms.Oltingugurt tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi.


3.Oltingugurtning fizik xossalari .


Ms.Oltingugurt uch xil allatropik shakl o’zgarishiga ega.

Zichligi 2g/sm3 bo’lishiga qaramay suv yuzasida qalqib turadi.




4. Oltingugutning kimyoviy xossalari va ishlatilishi.


Ms .Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo’lib ishtirok etadi.


Download 78,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish