Darsga kerak bo‘ladigan laboratoriya hayvonlari va jixozlar



Download 21,81 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi21,81 Kb.
#678703
  1   2
Bog'liq
Shish va istisqo


Shish va istisqo.


Darsning maqsadi: Shish va istisqoning sabablari, turlari, belgilari va oqibatlarini o‘rganish; ekssudat va transudatlarning tarkibi hamda farqini bilish.
Darsga kerak bo‘ladigan laboratoriya hayvonlari va jixozlar:
1. Laboratoriya hayvoni: oq quyon, baqalar.
2. Reaktivlar: 20% li NaCl eritmasi, suv, Ringer eritmasi.
3. Jixozlar: kirqilgan po‘kak, bint, tarozi (toshlari bilan), shisha idishlar, 2 ml hajmdagi shpris va ignasi.

To‘qima ora suyuqlik bilan qon o‘rtasida suv almashinuvining buzilishi oqibatida to‘qimada suyuqlik to‘planishiga shish (yunoncha - oidema) deyiladi.


Shish juda xilma-xil faktorlar ta’sirida ro‘y beradi. Bunday faktorlarning eng muhimlari quyidagilardir:
1. Plazmaning kolloid osmotik bosimining pasayishidan;
2.Kapillyalarda bosimning ortishi;
3.Kapilyar qon tomirlar devoring o‘tkazuvchanligini ortishi;
4.Hujayralararo suyuqliklarda kolloid-osmotik bosimning ortishi;
5.Organizmga katta miqdorda suv va natriy xloridni tushishi va kam miqdorda ajralishi;
6.Kislota-ishqor muvozanatini buzilishidan;
7.Nerv va endokrin buzilishlari va boshqalarda.
Suv to‘planishi natijasida to‘qimada quyidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi:
1.To‘qimaning hajmi kattalashadi;
2.To‘qima elastikligi pasayadi;
3.Mahalliy temperatura (harorat) pasayadi;
4.Shish rivojlangan to‘qima yoki organni barmoq bilan bosib ko‘rilganda bormoq o‘rnida sekin yoziladigan chuqurcha paydo bo‘lib qoladi. Shish suyuqligi yoki transudatda 97% suv, 0,7% li tuzlar), 0,3-1,2% oqsil va boshqa modalardan tashkil topadi. Lekin shish chaqiruvchi kasallikga bog‘liq ravishda shish suyuqligining tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: Nefritda shish suyuqligida oqsilning miqdori ko‘proq bo‘lsa, yurak shishida u bir muncha kam va nefrozlarda yanada kam bo‘ladi.
Transudatda oqsillarning miqdori katta bo‘lmasdan 1-2%gacha bo‘ladi. suyuqlik tiniq, sarg‘imtir rangli, engil oplessiruyushie –tavlanuvchan bo‘ladi.
Transudatni tarkibi shishni paydo qilgan sabab va uni joylanishi hayvonning turiga bog‘liq.
Shishlar rivojlanish mexanizmiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1.Turg‘unlik shishi vena qon tomirlarida qon aylanishini buzilishi va limfa tomirlari orqali limfa oqib ketishini buzilishidan hosil bo‘ladi. Agar ular keng qismlarni egallagan bo‘lsa, qatta yuzada hosil bo‘lsa, biror organ yoki uning biror qismida hosil bo‘lsa – mahalliy yoki lokalizirovannie bo‘ladi. Yurak etishmasligi natijasida yurak joylashishidan pastda joylashgan qismlardan qon oqib ketishini qiyinlashishidan vena qon tomirlarida qonning bosimi bir muncha ortishidan keng qismlarda shishi kuzatiladi. Shuning uchun qishloq xo‘jalik hayvonlaridan otda, yirik shoxli hayvonlarda va boshq. yurak faoliyatiga bog‘liq shishlar tos va elka suyagi (grudnix konechnosti)ning teri osti kletchatkasida va podgrudka va qorinning teri osti kletchatkalarida uchraydi. Yurak chap qorinchalarining mitral klapanlari etishmovchiligida va boshqa patologik holatlarda kichik qon aylanish doirasida qon harakati buzilishidan bosimining ko‘tarilishi o‘pka shishlarini hosil qilishi mumkin. Turli to‘qima va organlardagi vena qon tomirlari tiqilib, limfani oqib ketishini qiyinlashishidan turli to‘qima va organlarda shish rivojlanadi.
Vena qon tomirlar sistemasidan qon oqib ketishi buzilganida vena va kapillyalarga mexanik bosimni oshirib, turg‘unlik hosil bo‘lgan to‘qima o‘choqlarida qon tomirlar devorini kengayishi va suyuqliklarni kuchli chiqishi kuzatiladi. To‘qimalardagi almashinish mahsulotlarini jumladan,kislota va karbanat angidridning ko‘payishi to‘qimalarga yana ko‘p suyuqliklarni chiqishiga sabab bo‘ladi.
To‘qimalarda ionlar konsentrasiyasini ortishi va pH ni kislotali tomonga siljishi to‘qimalardagi kolloid osmotik bosimni oshirib, natijada to‘qimalarda katta miqdorda suv to‘planaboshlaydi. Tushintirishlaricha, venalarga berilayotgan mexanik ta’sirdan introreseptiv yuzani qo‘zg‘aladi bu esa reflektor ravishda limfa oqib ketishini chegaralab, shish hosil bo‘lishiga yana ham kuchli imkon yaratadi.
2.Buyrak shishlari buyrak kasalliklaridan nefrit va nefrozda suv-tuz almashinishi buzilib, yumushoq biriktiruvchi to‘qimalar ko‘p saqlangan joylarda rivojlanadi. Buyrak nefrit kasalligida katta miqdorda oqsil ajralib, natriy xlorid ajralishi kamayadi. natijada qonning solishtirma og‘irligi pasayadi (asosan, qon zardobida), unda oqsillar miqdori kamayadi. Buyrakni oqsil almashinishining oxirgi mahsulotlarini ajratish qobiliyati buzilishidan qon zardobida qoldiq azot miqdori ortadi. Kapillyalar devorini o‘tkazuvchanligi kuchayishidan qon plazmasini onkotik bosimi pasayib (suvni ko‘p saqlashidan), osh tuzi (NaCl) ososan oqsil almashinishining mahsuloti (to‘qimada mochevina) to‘planib, qon tomirlaridan suvni chiqishiga va to‘qimalarda osmotik bosim va to‘qima kolloidlarini gidrofilligi ortishidan to‘xtab qoladi.
Nefrozda tuzni va suvni to‘xtab qolishi gipofizni antidiuretik gormonini ajralishini kuchayishidan deb taxmin qilinadi. Hayvonlarda shish nafaqat qorin sohasida, bag‘baqa, dumg‘aza, gortanda hamda qovoqda hosil bo‘ladi. nefrozda buyrak orqali katta miqdorda albuminlar ajralgani uchun qonda oqsil miqdori kamayib – gipoproteinemiya hamda natriy xlorid ajralishini to‘xtashi kuzatiladi. Bularning oqibatida bir tomondan qon plazmasini onkotik bosimi pasayadi, ikkinchi tomondan to‘qimalarda osh tuzi to‘planib, ularda osmotik bosim ortadi. Bu ikkala omil to‘qimaga suvni o‘tib, shish hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shish nafaqat bag‘baqa, qo‘l-oyoq va urug‘don xaltasida va asosan cho‘chqa va itlarning qovoqida ham hosil bo‘ladi.
3.Toksik shishlar. Toksik shishlar turli xil umumiy zaharlanishlar (fosgen, xlor, difosgen, ammoniy xlorid va boshqa ), hamda zaharli moddalarni mahalliy ta’siridan rivojlanadi. Masalan, xlor, fosgen va asosan difosgen nafasga olinganida o‘pkaning shishi paydo bo‘lsa, teriga iprit, lyuizit, kroton moyi va boshqa ko‘p moddalar teri shishini hosil qiladi. Bulardan tashqari shishlar organizmni zaharlanishi bilan kechadigan infeksion kasalliklardan kuydirgi davrida ham kuzatilishi mumkin. Bunday shishlar terining ba’zi hashoratlar chaqqon joyida, iprit, lyuizit, garchisa, kraton moyi va ilon zahari ta’sirida paydo bo‘ladi. bu shishlarning kelib chiqishi esa avvalo qon tomirlar devorini shikastlanishi, ular o‘tkazuvchanligini ortishi hamda to‘qimalarning parchalanish mahsulotlarini ko‘payishi, ularda osmotik bosimni ortishi bilan bog‘liq. shuning bilan birgalikda toksik shishlarni paydo bo‘lishi kapillyalar kengayishi hamda ular devorini o‘tkazuvchanligini kuchayishini chaqiruvchi reflektor reaksiyalarni paydo bo‘lishini o‘rni ham muhimdir. Zaharli moddalar ta’sirida to‘qimalardagi almashinish jarayoni buzilib, to‘qimalarda suvni tutib qoluvchi kolloidlarni bo‘lishini kuchaytiruvchi ammiak, mochevina, xolesterin va uni efirlari hosil bo‘lishi mumkin.
4.Yallig‘lanish shishlari. Ko‘pchilik kasalliklarda yallig‘lanish o‘chog‘ida qon aylanishini buzilishi, moddalar almashinish xarakteri va qon tomirlarida qon oqishini to‘xtashi va qon tomirlar o‘tkazuvchanligini ortishi pH o‘zgarishi va kolloidlarni bo‘kishini o‘zgartiruvchi hujayra kolloidlarini bo‘kish qobiliyatini ahamiyatga egadir.
5.Kaxektik shishlar – og‘ir va surunkali kasalliklar (kamqonlik, sil) va och qolish vaqtida organizmning zaiflanishidan paydo bo‘ladi.
6.Neyrogen yoki neyrotik shishlar – nerv sistemasining vozomotor (toraytiruvchi, kengaytiruvchi) va trofik faoliyatlarining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi.
7.Endokrin shishlar – endokrin sistemasining ayrim patologiyalarida vujudga keladi. Masalan: qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi butun organizmning shishib, «xomsemiz» bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu kasallikka miksedema deyiladi.
8.Allergik shishlar sensibilizasiyalangan hayvonlarda allergenni takroriy yuborilishidan hosil bo‘ladi.
Shishlarning oqibati – organizm uchun xavflidir.
Shish oqibatlari:
To‘qimalarning shishishi hujayralarning bo‘kishiga, bosilishiga, joylarda qon aylanishining qiyinlashib qolishiga olib keladi va natijada organ faoliyati buziladi.
1.To‘plangan suyuqlik hujayra elementlariga mexanikaviy bosim beradi va qon aylanishini buzilishiga olib keladi;
2.To‘qimalardagi almashinuv jarayonini buzadi;
3.Shish rivojlangan organ yoki uning biror qisminifunksiyasi pasayadi;
4.Shish rivojlangan to‘qimaning immunobiologik reaktivligi pasayadi va yallig‘lanish jarayonlari paydo bo‘ladi.
Qon va limfa aylanishining buzilishi natijasida seroz bo‘shliqlarga suyuqliklarni sizib chiqib, katta miqdorda transudat to‘planishiga Istisqo(hydrops) deb aytiladi.
Suyuqlik qaysi bo‘shliqda to‘plaganligiga qarab, istisqo ham har xil nom bilan ataladi. Masalan: suyuqlikning a).yurak pardasi, ya’ni perikard bo‘shlig‘iga to‘planishiga perikapdiya yoki gidroperikardium:
b).ko‘krak bo‘shlig‘ida to‘planishiga hydrothorax-gidrotoraks;
v).miya qorinchalarida to‘planishiga hydrocephalus-gidrosefaliya;
g).qorin bo‘shlig‘ida to‘planishiga ascites-assit;
d).teri osti kletchatkasini shishi anasarca-anasarka deyiladi.
e). Yurak xaltasini shishiga hydroperikardium -gidroperikard deyiladi.
j). Bo‘g‘im bo‘shlig‘ida suv to‘planishiga gidroartroz deyiladi.
Shunday qilib, shish va istesqo davrida to‘plangan suyuqlik atrofdagi organ va to‘qimalarni bosib(qisib), ular faoliyatini buzadi. bunday o‘zgarishlarni suyuqliklarni yurak kuylakchasida, uzunchoq miyada va nerv hujayralariga mexanikaviy bosim berilishi nafas jarayoninikeskin o‘zgarib, o‘limga sabab bo‘lishida kuzatish mumkin.
Seroz bo‘shliqlarda to‘plangan suyuqlikka transsudat deyiladi.
Transsudat, oqsillarga kambag‘alligi bilan ekssudatdan farq qiladi. Unda leykositlar ham kam bo‘ladi.
Seroz bo‘shliqlarda to‘plangan suyuqlik organlar faoliyatini susayib qolishiga olib keladi. Masalan: Gidroperikardium yurak ishini qiyinlashtiradi va hatto to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga yurak tamponadasi deyiladi.



Download 21,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish