1-tajriba. Qon turg‘unligiga aloqador shish.
Tajiba uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: oq quyon, qirqilgan po‘kak, bint.
Tajribani o‘tkazish tartibi: 1.Oq quyon qulog‘ining rangi, hajmi va mahalliy harorati aniqlanadi.
2.Po‘kakning ariqchasi (qirqilgan joyi) arteriya tomiri ustiga qo‘yilib, bint bilan quyon qulog‘i bog‘lanadi.
3.Oq quyon qulog‘ida vena turg‘unligi tufayli shish hosil bo‘ladi.
4.Oq qun qulog‘ining rangi va hajmidagi o‘zgarishlar hamda mahalliy harorati aniqlanadi.
5.Olingan natijalar va xulosa tajriba bayoniga yoziladi.
2-tajriba. SHish hosil bo‘lishida osmotik omilining ahamiyatini namoyish etish.
Tajiba uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: 12 ta baqa, tarozi (toshlari bilan), 12 ta shisha idishlar, 50 yoki 500 ml 20% li NaCl(eritmasi), 100 ml Ringer eritmasi, 1 litr suv, bint, 12 ta 2 ml hajmdagi shpris ignasi bilan.
Tajribani o‘tkazish tartibi: 1.Tana og‘irligi taxminan bir xil bo‘lgan ikkita baqani olib, oyoqlari bint bilan bog‘lanadi va tarozida tana og‘irligi o‘lchanadi.
2.Birinchi baqaning elka limfa xaltasi (terisi ostiga)ga shpris bilan 2 ml 20% li NaCl eritmasidan yuboriladi.
3.Ikkinchi baqaning elka limfa xaltasi (terisi ostiga)ga shpris bilan 2 ml Ringer eritmasidan yuboriladi.
4.Ikkala baqa ham suvi bor shisha idish ichiga solinadi.
5.30-40 daqiqadan so‘ng ikkala baqa ham shisha idishlardan chiqariladi va tarozida alohida-alohida har birining tana og‘irligi aniqlanadi.
6.Olingan natijalar va xulosa tajriba bayoniga yoziladi.
3-tajriba. Kalamush o‘pkasida toksik shishni namoyish etish.
Tajiba uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: 4 ta kalamush, 2 ta 2 ml hajmdagi shpris ignasi bilan, 10 ml 6%li ammoniy xlorid eritmasi, 10 ml natriy xlorid tuzining izotonik eritmasi.
Tajribani o‘tkazish tartibi: og‘irligi bir xil bo‘lgan ikkita kalamush tanlab olinadi. Bayonnomada uning holati, xulq-atvori va og‘irligi yoziladi. So‘ngra tajriba hayvonining terisi tagiga yoki qorin bo‘shlig‘iga 100gr tana vazni og‘irligiga (8 mmol/kg) 6%li ammoniy xlorid eritmasidan 0,7 ml yuboriladi. Nazoratdagi kalamushga ham natriy xloridning izotonik eritmasidan shuncha miqdorda yuboriladi. Asta-sekinlik bilan nafas ritmi va chastotasi o‘zgaradi. Kuzatish 40-50 daqiqa o‘tkaziladi. Agar bu vaqtda kalamushlar o‘lmay qolsa ularning ikkalasini ham elektr toki ta’sirida o‘ldiriladi. Agarda tajriba hayvonlaridan birortasi 40 daqiqadan oldin o‘lsa, ikkinchisi ham o‘ldiriladi va ko‘krak qafasi yorilib, o‘pka ajratilib uning tubiga bog‘lam qo‘yib bog‘lanib kesib olinadi. O‘pkani makroskopik o‘zgarishlari aniqlanadi. So‘ngra har ikkala kalamush (tajriba va nazorat) o‘pkasi torazida tortiladi va tana vazniga nisbatan o‘pkaning og‘irligi aniqlanadi (o‘pka – somatik koeffisienti). Bu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, tajribadagi kalamushda shish rivojlanganligini yuzaga kelganligini bildiradi. Tajriba hayvonlarining tajribagacha va tajribadan keyingi holatlarining dinamik o‘zgarishi ham o‘rganiladi. Bu vaqtda nafas ritmi va ampilitudasiga e’tibor qaratiladi. Tajriba hayvoni yorilganida hosil bo‘lgan o‘zgarishlar va o‘pka somatik koeffisienti aniqlanadi. Xulosa qilinadi. SHish hosil bo‘lish mexanizmi tushuntiriladi.
Nazorat uchun savollar
1.Shish va istisqo deb nimaga aytiladi?
2. Shish va istisqo chaqiruvchi sabablarni ayting?
3. Shish va istisqo rivojlanish mexanizmini tushuntiring.
4. Shish va istisqoning oqibatlarini tushuntiring.
5. Tajribada shish va istisqo hosil qilib ularga tushuncha bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |